Authors

  • Durdona O‘rinboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137181

Keywords:

Kutubxona psixologiyasi empatiya individual yondashuv gamfikatsiya.

Abstract

Maqolada kutubxona psixologiyasining mohiyati va uning zamonaviy kutubxonachilik faoliyatidagi ahamiyati yoritilgan.Kitobxon va kutubxonachi o‘rtasidagi muloqotning yangi yondashuvlari, xususan, psixologik muloqot texnalogiyalari, xizmat ko‘rsatishda shaxsiylashtirilgan yondashuv va raqamli kommunikatsiyalar va vositalarni roli tahlil qilinadi.

background image


Oktabr, 2025-Yil

49

“KUTUBXONA PSIXOLOGIYASI. KITOBXON VA KUTUBXONACHI O`RTASIDAGI

MULOQOTNING YANGI YONDASHUVI’’

O‘rinboyeva Durdona Usmon qizi

Termiz davlat universiteti

Pedagogika va ijtimoiy ish fakulteti Kutubxona axborot faoliyati talabasi

Tel:+998500709281

durdona.urinboyeva0105@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17310996

Annotatsiya.

Maqolada kutubxona psixologiyasining mohiyati va uning zamonaviy

kutubxonachilik faoliyatidagi ahamiyati yoritilgan.Kitobxon va kutubxonachi o‘rtasidagi
muloqotning yangi yondashuvlari, xususan, psixologik muloqot texnalogiyalari, xizmat
ko‘rsatishda shaxsiylashtirilgan yondashuv va raqamli kommunikatsiyalar va vositalarni roli
tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Kutubxona psixologiyasi, empatiya ,individual yondashuv, gamfikatsiya.

Abstract.

The article highlights the essence of library psychology and its significance in

modern library activities. It analyzes new approaches to communication between readers and
librarians, particularly psychological communication technologies, personalized service
approaches, and the role of digital communications and tools.

Keywords:

Library psychology, empathy, individual approach, gamification.

Аннотация.

В статье раскрывается суть библиотечной психологии и её значение в

современной библиотечной деятельности. Анализируются новые подходы к общению
между читателем и библиотекарем, в частности, технологии психологического общения,
персонализированный подход в обслуживании и роль цифровых коммуникаций и
инструментов.

Ключевые слова:

Библиотечная психология, эмпатия, индивидуальный подход,

геймификация.

Kirish

Kutubxona insoniyatning ilmiy, madaniy va ma’naviy rivojlanishda muhim maskan bo‘lib

kelgan.Kitobxonalarning ehtiyojlarini to‘g‘ri anglash, ularga sifatli xizmat ko‘rsatish va ijobiy
taasurot uyg‘otish esa bevosita kutubxonachi mahoratiga bog‘liq. So‘ngi yillarda kutubxona
psixologiyasi alohida yo‘nalish sifatida shakllanib, kitobxon va kutubxonachi o‘rtasidagi
muloqotni chuqurroq o‘rganish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Bugungi kunda muloqotning yangi yondashuvi – empatiyaga asoslangan xizmat, interaktiv

muloqot usullari, raqamli platformalarda individual maslahat berish, shaxsiylashtirilgan tavsiyalar
ishlab chiqish kabi usullar keng qo‘llanilmoqda.

https://unilibrary.uz

Bu esa kutubxonani nafaqat bilim manbai, balki ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash

markaziga aylantiradi.

Kutubxona psixologiyasi

– bu kitobxonlarning ruhiy ehtiyojlarini, kitob va axborotga

bo‘lgan qiziqishlarini , shuningdek, ularning kutubxonadagi xatti-harakatilarini o‘rganadigan fan
sohasi hisoblanadi. Bu yo‘nalish kutubxonachiga nafaqat ilmiy yoki texnik bilimlar, balki


background image


Oktabr, 2025-Yil

50

psixologik yondashuvlar orqali ham xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.Chunki kitobxon bilan
to‘g‘ri muloqot qilish, uning kayfiyatini tushunish, psixologik ehtiyojini hisobga olish xizmat
samaradorligini oshiradi.

Kutubxonachi kitobxon bilan muloqot jarayonida bir vaqtning o‘zida bilim tarqatuvchi,

maslahatchi, hatto ba’zan psixolog sifatida ham maydonga chiqadi.

Empatiya –

kitobxonning ruhiy holatini tushunish va unga mos ravishda javob qaytarish.

Individual yondashuv –

har bir kitobxonning yoshi, bilim darajasi va qiziqishlariga qarab

tavsiyalar berish.

So‘ngi yillarda kutubxona xizmatlarida yangi kommunikatsiya texnalogiyalari keng

qo‘llanilmoqda.

Raqamli maslahat xizmati

– onlayn chatlarva mobil ilovalar orqali yordam ko‘rdsatish.

Shaxsiylashtirilgan tavsiyalar

– foydalanuvchilarning qidiruv tarixiga va qiziqshlariga

asoslanib kitoblar va manbalar tavsiya qilish.

Gamfikatsiya

– o‘quv jarayonini o‘yin shaklida tashkil etish orqali yosh kitobxonlarni jalb

qilish.

https://unilibrary.uz

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, kutubxona psixologiyasi zamonaviy axborot muhitda alohida

ahamiyat kasb etmoqda. Kitobxon va kutubxonachi o‘rtasidagi muloqot faqat axborot
almashunuvi emas, balki ijobiy psixologik tajriba yaratish jarayoni sifatida ko‘rilmoqda.
Empatyaga asoslangan yondashuv, shaxsiylashtirilgan maslahatlar va raqamli kommunikatsiyadan
foydalanishkutubxona xizmatini sfatini oshirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abduazizova M. Kutubxona psixologiya asoslari. – Toshkent: Fan va texnalogiya, 2021.

2.

Nazarova D. Kutubxonachilik va axborot madaniyati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2019.

3.

Ganieva S. Axborot-kutubxona xizmatida inavatsion yondashuvlar. – Samarqand, 2022.



References

Abduazizova M. Kutubxona psixologiya asoslari. – Toshkent: Fan va texnalogiya, 2021.

Nazarova D. Kutubxonachilik va axborot madaniyati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2019.

Ganieva S. Axborot-kutubxona xizmatida inavatsion yondashuvlar. – Samarqand, 2022.