2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
58
QADIMGI O‘RTA OSIYO XALQLARINING MADANIY MEROSI
Sultonova Husanboy Qahramon oʻgʻli
Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi
Elektron pochta:
Tel:
+ 998901137071
https://doi.org/10.5281/zenodo.17316756
Dolzarbligi:
Bu mavzu ko‘pgina tarixchi, arxeolog, etnograf olimlar kishilik madaniy
taraqqiyoti darajasini davrlashtirish muammosi ustida bosh qotirib, ilmiy izlanishlari natijasi
hamda turli xil manbalarga tayangan holda, kurrai zaminda 5 marta yirik sivilizatsiya
yuksalishlari ro‘y berganligini e’tirof etadilar.
Kalit so‘zlar:
xalq, madaniyat, milliy meros, musiqiy meros, ma’naviyat, tarbiya,
jarayon, faoliyat, nafosat.
Kirish
: O‘rta Osiyoda Miloddan avvalgi 3 ming yillikning o‘rtalarida bronza (mis, qalay
va qo‘rg‘oshin qorishmasi) davri boshlanishi bilan ota urug‘i - patriarxat topadi. Bronza davrida
dehqonchilik xo‘jaligi yangi yerlarda, jumladan O‘zbekiston hududida ham keng yoyilgan.
Mazkur davrda ishlab chiqarish munosabatlari tez rivojlanib, ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlar yangi
asosda taraqqiy etadi. O‘rta Osiyoda qabilalar tomonidan yangi yerlarni keng o‘zlashtirish
jarayoni miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri - 3 ming yillikda boshlangan. Zarafshonning
yuqori qismida, Panjikent shahridan 15 km g‘arbda topilgan 90 gektar maydonda joylashgan
Sarazm qishlog‘i harobasi moddiy topilmalarida Janubiy Turkmaniston ziroatchilari va
Xorazmning Kaltaminor madaniyatlariga mansub buyumlar bor. Xuddi shu davrda (miloddan
avvalgi 4 - 3 ming yilliklarda) Afg‘onistonning shimoli - sharqida Hind - Pokistonning mashhur
Xarappa madaniyati vakillarining makonlari paydo bo‘ladi.
Tadqiqotning maqsadi:
Bronza davrida O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlarida baland
bo‘yli, boshi cho‘zinchoq, yuzi tor odamlarning vakillari tarqalgan. O‘rta Osiyoning shimoliy
dasht va cho‘l qismida janub aholisidan farq qilgan boshi dumaloq, yuzi juda keng va cho‘ziq
bo‘lmagan qabilalar yashagan. Janubiy qiyofali odamlar O‘rta yer dengizi irqining vakillari deb
ataladi. Ular Old Osiyo, Mesopotamiya, Eron, Afg‘oniston, O‘rta Osiyoning janubi, Hindiston
kabi katta grafik hududga yoyilganlar. Shimoliy qiyofali odamlar Janubiy Sibir hududidan to
Qozog‘iston va O‘rta Osiyoning shimoli-sharqiy qismida, Ural, Volga yerlarigacha tarqalganlar.
Miloddan avvalgi 2 ming yillikning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyo hududida qadimgi janubiy va
shimoliy qiyofadagi, ya’ni dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan odamlar
vakillarining aralishib ketishi jarayoni boshlanadi. Shu davrga kelib bronza davri qabilalari O‘rta
Osiyodagi turli elatlarga asos solganlar. O‘zbekiston hududida joylashgan shu elatlarning
vakillari - so‘g‘dlar, baqtriylar, xorazmiylar va saklar, o‘zbek xalqining qadimgi ajdodlaridan
bo‘lib, ular haqida ayrim ma'lumotlar qadimgi yozma manbalarda saqlangan.
Usul va uslublar:
Miloddan avvalgi 1 ming yillikdan boshlab, yirik madaniy - tarixiy
viloyatlar - Xorazm, Baqtriya, So‘g‘d, Farg‘ona, Shosh (Choch) qadimdan, to o‘rta asrlargacha
Sharq hududlarida juda mashhur bo‘lgan. Antropologik va yozma manbalarning ma’lumotlari
O‘rta osiyoda alohida eng qadimgi elatlarning shakllanishi va etnik hududlarning ajrala boshlashi
miloddan avvalgi IX - VIII asrlarga oid bo‘lgani haqida dalolat beradi. Bu masalani o‘rganish
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
59
juda murakkab muammo bo‘lsa ham, shubhasiz aytib o‘tish kerakki, miloddan avvalgi VI
asrning ikkinchi yarmida Erondagi ahmoniylar sulolasi podsholarning O‘rta Osiyoga yurishlari
boshlanganda bu elatlarning ajrala borish jarayoni butunlay tugagan va turli qadimgi xalqlarning
hududiy joylashuv chegaralari, viloyatlarning umumiy chegaralari ahmoniylardan ancha oldingi
davrlarda shakllangan edi.
Yozma manbalarga ko‘ra ahmoniylar O‘rta Osiyoning alohida yirik viloyatlariga qarshi
harbiy yurishlarni boshlaganlar. Demak, O‘rta Osiyo viloyatlari va aholisi haqida, ularning
hududiy joylashuvi va ayrim viloyatlarningchegaralari haqida Sharqda turli ma’lumotlar
to‘plangan edi. Jahon tarixidagi ilk davlatlar dehqonchilik kabi ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar
paydo bo‘lgan joylarda shakllandilar. Ming yillar davomida faqat termachilik va ovchilik
hisobiga yashab kelgan, dehqonchilikni bilmagan ko‘pgina qabilalar va elatlar davlatchilik
bosqichiga ko‘tarila olmadilar. Eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi 4 - ming yillikda Ikki
daryo oralig‘ida (Mesopotamiya) va qadimgi Misrda paydo bo‘ldi. Bundan 10 ming yillar
ilgariyoq buyerda termachilik va ovchilik asosida ekinlarni yetishtirishga va yovvoyi
hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish - chorvachilikka o‘tish boshlanadi. Asta-sekinlik bilan dehqonchilik
bu yerdan qo‘shni hududlarga (Kavkazorti, Eron, O‘rta Osiyo, Hindiston, Xitoyga) tarqaladi.
Miloddan avvalgi 3 - 2 - ming yillikdayoq Qadimgi Sharq mamlakatlari o‘rtasida qalin tarixiy -
madaniy aloqalar mavjud edi.
Arxeologik topilmalar shuni ko‘rsatmoqdaki, miloddan avvalgi 2 - ming yillik o‘rtalarida
O‘zbekiston (Surxon vohasi) da qadimgi dehqonchilik madaniyati rivojlanishi asosida ilk
davlatchilikka o‘tish jarayoni boshlanadi. Bujarayon bosqichma - bosqich rivojlanishining o‘ziga
xos xususiyat va qonunlarga ega edi.Dastlabki davlatlar alohida makonlar yoki ilk shaharlar
hamda ishlov beriladigan yerlar va sug‘orish tizimi maydoni bilan chegaralangan nisbatan kichik
hududda, ya’ni zich o‘zlashtirilgan, xo‘jalik va ishlab chiqarish maqsadida keng
foydalaniladigan qadimgi sug‘orma dehqonchilik vohalarida paydo bo‘lgan. Bunday vohalar
aholisi uchuntashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, makonlar va manzilgohlar hududini
mudofaa qilish, sug‘orish va dehqonchilik ishlarini tashkil etish, jamoaning ichki va tashqi
aloqalarini boshqarib turish masalalarni yechish muhim va hayotiy zaruriyat edi. Shu tariqa,
ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti jamiyatda alohida hurmat - e’tiborga bo‘lgan
kishilarning ajralib chiqishga olib keldi. Ular ijtimoiy ishlab chiqarishda doimiy band
bo‘lmasdan, faqatgina ijtimoiy va xo‘jalik hayoti ustidan nazorat va rahbarlikni amalga
oshirdilar. Lekin, ular na boy - badavlat kishilar, na ekspluatatorlar va na quldorlar edi.
Jamiyatda bunday kishilarning ajralib chiqishiga ularning axloqiy xislatlari va obro‘ - e’tibori
sabab bo‘lgan xolos.
Ammo bu muhit keyinchalikkina alohida to‘q oilalarning paydo bo‘lishiga olib keldi va
asta - sekinlik bilan jamoadagi yuksak hurmatga asoslangan hokimiyat meros tariqasida otadan
o‘g‘ilga o‘ta boshladi. O‘rta Osiyoda dastlabki davlat uyushmalari ham dehqonchilik vohalari
aholisini chetdan bo‘ladigan bosqinchilardan himoya qilish va jamoadagi munosabatlarni
huquqiy boshqarib turish uchun tashkil topdi. O‘rta Osiyo xalqlari ajdodlarining ilk davlatchiligi
ancha qadim ildizlarda ega. Milliy davlatchiligimiz shakllangan bronza davriga oid birorta
yozma ma’lumotlar yo‘q. O‘zbekistonning bu davrga oid tarixi faqatgina arxeologik tadqiqotlar
natijalari asosida yoritilib, ular jamiyat taraqqiyotidagi barcha murakkab jarayonlarni to‘liq ochib
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
60
bera olmaydi. Miloddan avval III asrning o‘rtalarida mustaqil davlat sifatida tashkil topgan
Parfiya davlati hozirgi Turkmaniston va Eronning bir qismini o‘z ichiga olgan. Bu davlatning
birinchi hukmdori Arshak bo‘lib, u miloddan avval 247 - yili taxtga o‘tiradi.
Miloddan avval 235 - yildan boshlab, Parfiya podsholari o‘z yerlari hududlarini
kengaytirib bordilar. Milodiy III asrning birinchi choragida sosoniylar arshakiylar hukmronligini
tugatib, Parfiyada hokimiyatni qo‘lga oldilar. Antik davr Parfiyaning qishloq xo‘jaligida qullar
mehnatidan keng foydalanilgan. Miloddan avval III asr o‘rtalaridan boshlab Parfiya davlati
hozirgi O‘zbekiston hududlarida joylashgan qadimgi viloyatlar - Xorazm, Baqtriya,
So‘g‘diyona bilan siyosiy, madaniy va iqtisodiy munosabatlarni ayniqsa rivojlantirdi. Undan
tashqari, parfiyaliklar besh asr davomida Hindiston, O‘rta Osiyo va Xitoyning g‘arb
mamlakatlari bilan qilgan savdo aloqalarida vositachilik qildilar. Parfiyaliklarning yozuvi
oromiy (Niso hujjatlari) yozuvi bo‘lib, zardo‘shtiylik diniga e’tiqod qilishgan.Qadimgi Farg‘ona
turli davrmanbalarida Dovon, Boxan, Polona, Parkana kabi nomlar bilan eslatib o‘tiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda Ershi (Marhamat) shahri Dovonning poytaxti edi.
Natijalar:
Antik davr Dovon aholisi dehqonchilik, uzumchilik, yilqichilik bilan
shug‘ullanishgan. Dovonning “samoviy otlari” o‘lkadan tashqarida ham ma’lum va mashhur
bo‘lgan. Miloddan avval II asrning oxirlarida Xitoy hukmdorlari Dovon yerlarini bosib olishga
harakat qildilar. Ammo qo‘shni davlatlar tomonidan qo‘llab - quvvatlangan dovonliklar o‘z
mustaqilligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldilar. Miloddan avval III asrlar boshlarida paydo
bo‘lgan Qang‘ davlatining hududlari Sirdaryoning o‘rta oqimidagi yerlar edi. Miloddan avval II -
I asrlarda Qang‘ davlati yerlari kengayib, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlar va
Xorazmni o‘z ichiga oladi. Antik davrida Qang‘ davlati ancha rivojlangan davlat edi. O‘troq
aholi asosan vodiylarda yashab, dehqonchilik, bog‘dorchilik va hunarmandchilik bilan
shug‘ullanib kelishgan. Qang‘ hukmdorlarining markaziy shaharlari ikkita edi. Ular yozni
O‘trorda (hoz. Aris va Turkiston oralig‘ida), qishlovni esa Qang‘a (hoz. Toshkent viloyati
Oqqo‘rg‘on tumanida) shaharlarida o‘tkazar edilar.
Xulosa:
Miloddan avval I asrga kelib, O‘rta Osiyo hududlarida antik davrning eng
qudratli davlatlaridan biri bo‘lgan Kushon davlati tashkil topadi. Dastlabki hukmdorlar Kadfiz I
va Kadfiz II lar davlat yerlarini kengaytirib, pul islohoti o‘tkazadilar. Antik davr O‘rta Osiyo
xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyatida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Mil. avv. IV - II
asrlar oromiy yozuvi asosida Xorazm, Parfiya va So‘g‘d yozuvlari paydo bo‘ldi. Kushon davriga
kelib yana bir yozuv-Kushon (Baqtriya) yozuvi shakllanadi. O‘rta Osiyo va Afg‘oniston
hududidagi arxeologik tadqiqiotlar antik davr madaniyatining gullab yashnaganidan dalolat
beradi. Ayritom va Ko‘hna Termizda Budda ibodatxonalari ochilgan. Fayoztepa, Quva,
Xolchayon, Dalvarzin kabi ko‘hna shaharlarda ham saroylar, ibodatxonalar ochilib, ular yuksak
madaniyatga ega ekanligi kuzatilgan. 1972 yilda Dalvarzintepadan (Surxondaryo) tilla buyumlar
xazinasi (32 kg) topilgan. Bu xazina orasida antik davrga oid bilaguzuk, halqalar, to‘g‘alar,
bo‘yin taqinchoqlari kabi san’at buyumlari ham bor. Umuman, antik davr Qang‘, So‘g‘d,
Farg‘ona yerlarida mavjud bo‘lgan madaniyat o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tariladi.
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
61
Adabiyotlar:
1.
Saidiy S. B. Markaziy Osiyo madaniyati tarixi urma zarbli cholg‘ular.//. O ‘quv
qo‘llanma. “Musiqa” nashriyoti. Toshkent - 2008 yil. (8), 217 - 2233.
2.
Ibragim Fayzullayevich Kayumov. Xalq qo‘shiqlari asosida boshlangich sinf
o‘quvchilarining nutqiy malakasini o‘stirish usullari // Scientific progress. 2021. No
3.
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/xalq
- qoshiqlari - asosida - boshlang‘ich - sinf -
o‘quvchilarining - nutqiy - malakasini - o‘stirish - usullari (дата обращения: 26. 10.
2023).
4.
Каюмов И.Ф. и др. Санъатнинг турлари ва уларнинг тарбиявий аҳамияти //Science
and Education. - 2022. - Т. 3. - No. 1. - С. 849 - 854.
5.
Kayumov I. F. Formation of composing art in uzbek music //Researchjet journal of
Analysis and Inuentions. - 2021. - Т. 2. - No. 12. - С. 61 - 65.
