Authors

  • Nasiba Baratova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137209

Keywords:

Zoroastrian doctrine three principles perfect human moral qualities.

Abstract

In the Avesta, based on moral principles, the ideas of the immortality of the soul, the vitality of the material world, reverence for the good existence, the pursuit of perfection and spiritual growth, and the embodiment of noble feelings in both soul and body are reflected. The article presents reflections on the representation of moral qualities in the Avesta.

background image

219

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

“AVESTO”DA AXLOQIY SIFATLARNING YORITILISHI

Baratova Nasiba Turopovna

Qashqadaryo VPMM Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti

kafedrasi katta o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17329411

Annotatsiya.

"Avesto"da axloqiy tamoyillar asosida ruhning manguligi, moddiylikning

hayotiyligini e’tirof etish, ezgu borliqni e’zozlash, takomillashtirish, ma’naviy kamolotga
intilish, gо‘zal tuyg‘ ularni ruh va tanga jo qilish g‘ oyasi mujassamdir. Maqolada “Avesto”da
axloqiy sifatlarning yoritilishi borasida fikr-mulohazalar bayon etilgan.

Kalit so’zlar:

Zardo’shtiylik ta’limoti, uch tamoyil, barkamol inson, axloqiy sifatlar.

ОСВЕЩЕНИЕ НРАВСТВЕННЫХ КАЧЕСТВ В "АВЕСТЕ"

Аннотация.

В «Авесте» на основе нравственных принципов отражены идеи

бессмертия души, признание жизненности материального мира, почитание благого
бытия, стремление к совершенствованию, духовному развитию, воплощение прекрасных
чувств в душе и теле. В статье изложены размышления о раскрытии нравственных
качеств в «Авесте».

Ключевые слова:

учение зороастризма, три принципа, совершенный человек,

нравственные качества.

THE DEPICTION OF MORAL QUALITIES IN THE "AVESTO"

Abstract.

In the Avesta, based on moral principles, the ideas of the immortality of the

soul, the vitality of the material world, reverence for the good existence, the pursuit of perfection
and spiritual growth, and the embodiment of noble feelings in both soul and div are reflected.

The article presents reflections on the representation of moral qualities in the Avesta.

Keywords:

Zoroastrian doctrine, three principles, perfect human, moral qualities.


Zardo’shtiylik ta’limotida jamiyat ma’naviy hayotining mohiyati kishilarning

shaxsiy - axloqiy kamolot darajasi bilan belgilanadi. Bunday kamolot axloqning uch tamoyili -
ezgu fikr, ezgu sо‘z va ezgu amal birligiga asoslanib, iymonli bо‘lish, sо‘zda ham, faoliyatda
ham e’tiqodga sodiqlikni bildiradi.

Tom ma’nodagi barkamol insonda bu uchala tamoyil ham о‘z ifodasini topgan bо‘lishi

shart. Binobarin, zardo’shtiylik dinidagi har bir insonning jamoa manfaati va idealiga
munosabati ana shu uchlikka amal qilishi bilan belgilangan. Bu bejiz emas: “Ezgu fikr, ezgu
sо‘z

,

ezgu amal birligi insonni komillik sari yetaklovchi ruh bо‘lib, unga erishgan odam Olloh

Taologa yaqinlashib boradi. Haq yо‘lida ezgu amallar ila axloqiy poklikka erishgan, shuurini
tazarru tо‘lqinlari egallagan inson mohiyati keyinchalik о‘rta asrlar falsafasining tasavvuf
oqimida о‘z taraqqiyot о‘zaniga ega bо‘ladi”.

Shuningdek, inson eng qadimda olam tuzilishini uch qismdan — osmon, yer va yer

ostidan iborat deb tasavvur qilib, ularning har birini alohida dunyo sifatida izohlagan. Vaqt
о‘tgan sari bu raqam bilan bog‘ liq muayyan ma’no kasb etgan tushunchalar doirasi kengayib
borgan (uch yil, uch shart, uch aka — uka, uch tо‘siq va boshqalar).

"Avesto"dagi uch axloqiy tamoyil ham ana shu qarashlarga asoslangan va ular insoniy

kamolot yо‘lidagi zaruriy qarashlardir. Bu Axura Mazda tilidan bayon etilgan: “Ezgu о‘y, ezgu
sо‘z va savob ishlar bilan ezgu о‘y, ezgu sо‘z va savob ishni alqayman. О‘zimni bori ezgu
о‘ylarga, ezgu sо‘zlar (aytishga) yaxshilik ishlar amaliga baxshida qilaman, barcha yomon
о‘ylardan, yomon sо‘zu yomon ishlardan yuz о‘giraman”.


background image

220

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Bu tamoyilning har biri ezgulikka intilgan insonning ichki ma’naviy dunyosi, xayoloti, bu

dunyoni namoyon qiluvchi sо‘zi va xatti —harakati, faoliyati(amali)ni ifodalab, yaxlit axloqiy
dasturni vujudga keltiradi. Bu dastur ezgulik va yovuzlik, nur va zulmat, ma’rifat va jaholat
о‘rtasida davom etayotgan murosasiz kurashda ana shu uchlik munosabatiga qarab har bir
kishining о‘rnini belgilaydi.

Inson, ruh va tan aloqadorligi zardo’shtiylik ta’limotining axloqiy mohiyatini

belgilashdagi muhim jihatlaridan biridir. Bu aloqadorlik odamlarni ilohga iymon keltirgan holda
kundalik turmushda savob ishlarga undash va gunoh ishlardan qaytarishga qaratilgan bо‘lib,
insonni ezgulik e’tiqodida mustahkamligini ta’minlashga, pok foydali va halol faoliyatini ezgu
niyati va sо‘zi bilan muvofiqlashtirishga xizmat etadi.

Shuningdek, "Avesto"da insonlarni oddiy о‘tkinchi va abadiylarga ajratilar ekan, bunda

oddiy fuqarolarning jism(tan)lari boru ruhlari yо‘q deb hisoblanadi. Jism esa о‘z asliga
qaytishligi e’tirof etiladi. Shuning uchun har bir tirik jon ruh pokligi uchun kurashib, ezgu о‘y,
ezgu sо‘z ezgu amal rukniga muvofiq yashamog‘i zarur, deb ta’lim beriladi. Zotan, "Avesto"da
ta’kidlanganidek, “odamlar uchta joyga kо‘proq borishlari kerak: donolar uyi, odillar uyi va
muqaddas olovli ibodatxonaga. Donolar uyiga aqlliroq hamda ixlosu e’tiqodda yanada
mustahkam bо‘lmoq uchun, odillar uyiga ezgulik va yovuzlikni farqlash hamda о‘zidan
yovuzlikni yiroqlashtirish uchun, olovli ibodatxonaga esa о‘zini vujudsiz iblisdan saqlash uchun
tez —tez borib turmoq lozimdir”. Ushbu parchada axloqiy poklanishning zarur shartlari bayon
etilgan.

Zardo’shtiylik ta’limoti yuksak axloqiy sifatlarni, avvalo, ezgulik ma’bud va ma’budalari

timsolida aks ettiradi va kishilarni ularning shaxsiy fazilatlari, amallaridan ibrat olishga undaydi.

Axura Mazda olamining iloxlari — Anaxita, Mitra, Varaxran, Osha va boshqalar

bajaradigan vazifalar shaklan turlicha bо‘lsa ham, ularning mohiyati bitta — ezgulik, yaxshi
xulq — odobni targ‘ ib qilish orqali inson barkamolligini ta’minlashdir. Bu jarayonda ezgulik
timsollari sifatida ilohlashtirilgan siymolar dastlab kо‘p xudolik davrida ilohlar qiyofasida
tasvirlangan haykallar ibodat obyekti bо‘lganiga ishoratdir. Keyinchalik esa ular inson
qiyofasida tasavvur etilganlar, ya’ni mavhum ma’bud tushunchadan aniq inson — homiyga
aylangan.

Davrlar о‘tishi va inson tafakkurining taraqqiy etishi bilan ular tobora antropologik

xususiyat kasb eta boshlagan, insoniy xususiyatlari kuchaya borgan. Hatto Axura Mazdaning
quyosh aylanasi ichiga tushirilgan odam qiyofasidagi tasviri axmoniylar davrida paydo bо‘lib, u
Ossuriya podsholigi davrida Mesopotamiyaning oliy xudosi Ashshur tasvirining biroz
о‘zgartirilgan kо‘rinishi edi. Ma’budlarning inson qiyofasidagi obrazlari "Avesto"da ancha
bо‘lib, ular kishilarga xos olijanob fazilatlarning sohiblari va targ‘ibotchilari sifatida namoyon
bо‘ladilar.

Zardo’shtiylik ta’limoti yuksak axloqiy sifatlarni, avvalo, ezgulik ma’bud va ma’budalari

timsolida aks ettiradi va kishilarni ularning shaxsiy fazilatlari, amallaridan ibrat olishga undaydi.

Axura Mazda olamining iloxlari — Anaxita, Mitra, Varaxran, Osha va boshqalar

bajaradigan vazifalar shaklan turlicha bо‘lsa ham

g

ularning mohiyati bitta — ezgulik, yaxshi

xulq — odobni targ‘ ib qilish orqali inson barkamolligini ta’minlashdir. Bu jarayonda ezgulik
timsollari sifatida ilohlashtirilgan siymolar dastlab kо‘p xudolik davrida ilohlar qiyofasida
tasvirlangan haykallar ibodat ob’yekti bо‘lganiga ishoratdir. Keyinchalik esa ular inson
qiyofasida tasavvur etilganlar, ya’ni mavhum ma’bud tushunchadan aniq inson — homiyga
aylangan.


background image

221

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Davrlar о‘tishi va inson tafakkurining taraqqiy etishi bilan ular tobora antropologik

xususiyat kasb eta boshlagan, insoniy xususiyatlari kuchaya borgan. Hatto Axura Mazdaning
quyosh aylanasi ichiga tushirilgan odam qiyofasidagi tasviri axmoniylar davrida paydo bо‘lib, u
Ossuriya podsholigi davrida Mesopotamiyaning oliy xudosi Ashshur tasvirining biroz
о‘zgartirilgan kо‘rinishi edi. Ma’budlarning inson qiyofasidagi obrazlari "Avesto"da ancha
bо‘lib, ular kishilarga xos olijanob fazilatlarning sohiblari va targ‘ ibotchilari sifatida namoyon
bо‘ladilar.

Zardo’shtiylik ta’limotida insonlar amaliy faoliyatining mezoni ikki qirraga ega: savob va

gunoh. Umrida andeshali, tо‘g‘ri sо‘zli va ezgu amalli bо‘lgan kishilar savobga sazovor bо‘lsa,
yovuz fikr, yovuz sо‘z va yovuz amalni ixtiyor etganlar gunohga botishadi deb hisoblangan.

Barcha ijobiy xislatlar majmuasi savob, salbiy xususiyatlar esa gunoh tushunchalari or

qali umumlashtirilgan.

Insondagi bu sifatlarni aniqlashda ilohiylashgan jon tushunchasi voqealar talqinida reallik

kasb etdi. Gо‘yoki inson joni tanni tark etgach, unga yana muayyan shaklda savob yoxud
gunohning ramzi sifatida qaytar emish.

Boshqacha aytganda, ezgu amal sohibining joni gо‘zal, yovuz amalli badkirning joni esa

hunuk qiyofada namoyon bо‘ladi. Bu amallar qiz qiyofasida tilga kirib, obrazli tarzda savobdir
va gunohkorlik har biriga xos sо‘zlar bilan murojaat etadi: “Muloyim edim —yanada
muloyimroq qilding, chiroyli edim — yanada chiroyliroq qilding, balandda edim, ezgu fikrat,
ezgu sо‘z va ezgu amallar bilan meni yanada balandroq kо‘tarding". “Ey qora yurak, zahar tilli
munofiq gunohkor! Men sen о‘ylagan, aytgan va qilgan yomon fikrat, yomon sо‘z va yomon
amallaringman. Nomussiz edim, sen tufayli battar orimni yо‘qotdim, jirkanch edim, yanada
nafratli bо‘ldim, sharmanda edim, battar rasvo bо‘ldim”.

Yuqoridagi fikrlarda “qilmish —qidirmish" hikmatining mazmuni aks etgan. Insonning

har ikki dunyosidagi ishlari sarhisob qilinishi, о‘tkinchi va abadiy dunyosidagi yaxshi va yomon
faoliyat uchun javob berishi alohida ta’kidlangan. Bu qarashlar esa odamlarni ma’naviy
bilimdonlik, о‘z umrini faqat xayrli va savob ishlarga bag‘ishlash, sofdil va diyonatli bо‘lishga
о‘rgatadi.

Ezgu olam yо‘li —savob yо‘l ekanligi haqidagi fikrlar Hadislarda ham kо‘p uchraydi.
Ularda ta’kidlanishicha, “yaxshi va xayrli ishlarning kichigi bо‘lmaydi. Biror kishi

о‘zgani unda yо‘q ayblar bilan ayblasa, uni о‘zida mavjud ayblar bilan ayblash shart emasligi,
chunki bundagi gunoh ayblovchiga, savob esa uni kechirgan kishiga nasib etishi” alohida
ta’kidlanadi. Bunday hikmatomuz fikrlar barhayot о‘gitlardir.

"Avesto” matnlari she’riy va nasriy yо‘l bilan bitilgan turli janrlardan iborat bо‘lib,

ulardagi ta’limiy — axloqiy qarashlarning ifoda shakllari va bayon usullari eks etgan. Bu
shakllar turli tuman bо‘lsa ham mazmunan zardushtiylik dunyoqarashini yagona pedagogik
tizimga mujassamlashtiradi. Bu tizim asosida yaratuvchilik mehnati, poklik, о‘zaro yordam,
haqgо‘ylik, olijanoblik, bag‘ rikenglik, tо‘g‘rilik, ilmni qadrlash, yomon niyatdan xalos bо‘lish,
shaxs barkamolligi, ma’naviy yuksaklik kabi fazilatlar yotadi. Binobarin, "Avesto"dagi axloq
meyorlarining ijtimoiy mohiyati aniq olam va inson munosabatiga dahldordir.

Umuman, yuksak axloqiy sifatlarni inson barkamolligi va ma’naviy pokligining negizi

sifatida zardushtiylik ta’limotida ilohiyat ruhi bilan yо‘g‘ irilgan va rivoyatlar hamda
g‘aroyibotlar pardasida talqin etilishi insonparvarlik, ezgulik, bunyodkorlik kabi umumbashariy
qarashlarning tarixiy ildizlari nihoyatda qadimiy, lekin abadiy barhayot qadriyatlar ekaniga
dalildir.


background image

222

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika Т.: O’qituvchi. 2010 y.254-263b

2.

Xasanboyeva O. va boshq. Pedagogika tarixi.-T.: “G'.G'ulom, 2004.

3.Hashimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: 2005.
4.Nishonova S. Komil inson tarbiyasi. – T.: Istiglol, 2004.

References

Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika Т.: O’qituvchi. 2010 y.254-263b

Xasanboyeva O. va boshq. Pedagogika tarixi.-T.: “G'.G'ulom, 2004.

Hashimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: 2005.

Nishonova S. Komil inson tarbiyasi. – T.: Istiglol, 2004.