Oktabr, 2025-Yil
83
TILNING JAMIYATDAGI O‘RNI, DAVLAT TILI SIFATIDAGI NUFUZINI
YORITUVCHI ILMIY-PUBLITSISTIK MAQOLASI
Hamroqulova Mahfuza
Buxoro davlat pedagogika instituti
Tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo'nalishi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17331150
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tilning jamiyat hayotidagi o‘rni,milliy ong va madaniyatni
shakllantirishdagi ahamiyati hamda davlat tili sifatidagi nufuzi tahlil qilinadi. Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasida davlat tilining huquqiy maqomi, uni rivojlantirish borasida amalga
oshirilayotgan islohotlar hamda yosh avlodda til madaniyatini oshirish masalalariga alohida
e’tibor qaratilgan. Maqola tilning jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rnini ochib berish hamda uni
ardoqlash zarurligini targ‘ib etishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
til, jamiyat, davlat tili, milliy o‘zlik, madaniyat, islohotlar, til madaniyati, nufuz.
Аннотация.
В данной статье анализируется роль языка в жизни общества, его
значение в формировании национального сознания и культуры, а также его влияние как
государственного языка. Также особое внимание уделено правовому статусу
государственного языка в Республике Узбекистан, реформам, реализуемым в его развитии,
вопросам повышения языковой культуры молодого поколения. Цель статьи – раскрыть ни с
чем не сравнимое место языка в развитии общества и пропагандировать необходимость его
уважать.
Ключевые слова:
язык, общество, государственный язык, национальная
идентичность, культура, реформы, языковая культура, престиж.
Abstract.
This article analyzes the role of the language in the life of the society, its
importance in the formation of national consciousness and culture, and its influence as a state
language.
Also, special attention is paid to the legal status of the state language in the Republic of
Uzbekistan, the reforms being implemented in its development, and the issues of improving the
language culture of the young generation. The article is aimed at revealing the incomparable
place of language in the development of society and promoting the need to honor it.
Key words:
language, society, state language, national identity, culture, reforms, language
culture, influence.
Til — bu insoniyat madaniyatining eng muhim tayanchi, millatning o‘zligini belgilovchi va
jamiyatni birlashtiruvchi asosiy omildir. Har bir xalqning tarixi,madaniyati, urf-odati va tafakkuri,
avvalo, uning tilida mujassam bo‘ladi. Shuning uchun ham tilning jamiyat hayotidagi o‘rni va
davlat tili sifatidagi nufuzi masalasi har doim dolzarb hisoblanadi.
Til — ijtimoiy hodisa.U jamiyatda aloqa vositasi, fikr almashish, bilim uzatish va
ma‘naviyatni shakllantirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Til yordamida insonlar bir- birlari bilan
muloqot qiladi, o‘z fikrini ifodalaydi va kelajak avlodga bilim hamda tajriba yetkazadi.
Shuningdek, til jamiyatning ijtimoiy hayotini tartibga soluvchi, milliy ongni
shakllantiruvchi va birlashtiruvchi kuch sifatida namoyon bo'ladi. O‘zbek jamiyatida ham tilning
ahamiyati beqiyos.
Oktabr, 2025-Yil
84
U xalqimizning asrlar davomida shakllangan qadriyatlari, tarixiy xotirasi va madaniy
merosining ko‘zgusidir.
Til orqali millat o‘z o'tmishini eslaydi, bugunini anglaydi va kelajagini quradi. Tilning
davlat tili maqomini olishi — Bu millat mustaqilligining muhim belgisi.
O'zbekiston Respublikasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi xalqimizning tarixiy
orzusi ro'yobga chiqqanini dalilidir. Davlat tili — Bu mamlakatda rasmiy ish yuritish, ta‘lim,
hujjatlar va boshqaruv tizimida asosiy aloqa vositasi bo'lib xizmat qiluvchi til demakdir.
Bugungi kunda davlat tilining nufuzini oshirish, uning qo'llanish doirasini kengaytirish va
yoshlar orasida til madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan " O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish
konsepsiyasi" qabul qilinib, til siyosatini takomillashtirish yo'lida muhim qadamlar tashlanmoqda.
Til faqat aloqa vositasi emas, balki ma'naviyatning o‘lchovidir. Shu bois har bir fuqaro,
ayniqsa yosh avlod o‘z ona tilini e‘zozlash, uni to‘g‘ri va boy ifodalar bilan qo‘llashga mas‘uldir.
Til madaniyatini oshirish — bu nafaqat grammatik to‘g‘rilik, balki so‘z orqali milliy
qadriyat va hurmatni namoyon etishdir.Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida toza,
ravon va adabiy tilda so‘zlashish imloviy me‘yo'llarga rioya qilish davlat tilning nufuzini yanada
mustahkamlaydi. Til — millat yuragi, jamiyat hayotining ajralmas qismidir. Davlat tili esa
mamlakat mustaqilligi va birlik ramzidir. Har bir fuqaro o‘z ona tilini qadrlasa, uni sevsa va to‘g‘ri
qo‘llasa, bu nafaqat tilning balki butun millatning yuksalishiga xizmat qiladi.
Bugungi kunda dunyoda 142 ta til oilasiga mansub besh mingdan ortiq til mavjud. Achinarlisi
shundaki, har oyda ularning ikkitasi yo‘qolmoqda. Shukurki, o‘zbek tili o‘z o'rniga ega. Hozirgi
kunda yer yuzida 50 milliondan ortiq kishining ona tili o‘zbek tilidir. Ona tili bo‘lmagan xalqning
joniga ham bo‘lmaydi. Shuning uchun o‘zbek tilining mavqei O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 4- moddasida belgilab qo'yilgan. Biroq bu moddani yozib devorga osib qo‘yish
yoki navbatdagi tadbirbozlikda eslab turish bu – til haqida qayg'urish degani emas. Tilni jon kabi
yurakda olib yurish, jon kabi ehtiyot qilish va oyoq osti bo‘lishidan asray bilish lozim.
Shunday ekan, o‘zbek tilining nufuzini oshirish, uni rivojlantirish va yoshlar ongida ona
tiliga hurmat ruhini shakllantirish – har birimizning muqaddas burchimizdir. Mashhur tilshunos A.
G‘ulomov ta‘kidlaganidek, " Til – jamiyat ko‘zgusi, xalqning o‘tmishi va kelajagini bog’lovchi
vositadir." Darhaqiqat, har bir millatning o‘ziga xoslik belgisi, milliy g'ururi va birligi uning tilida
mujassamdir. O'zbekiston jamiyatida o‘zbek tili xalqning milliy o‘zligini ifodalovchi, mustaqil
davlat ramzlari qatorida turadigan eng muhim omil sifatida e'tirof etiladi.
Tilning davlat tili maqomini olishi — davlatning siyosiy va madaniy mustaqilligini
belgilovchi omillardandir. 1989- yil 21- oktyabrda " O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili
to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilinishi o‘zbek tilining tarixiy yutug'idir. Ushbu hujjat tilning rasmiy
maqomini mustahkamlab, uni mamlakat boshqaruvi, ta‘lim, fan va madaniyat sohalarida asosiy
aloqa vositasi sifatida mustahkamlaydi. 24 moddadan iborat bu qonunning yangi tahriri 1995-
yilning 21- dekabrda qabul qilindi. 2004-yil 3-dekabrda esa mazkur qonunga tegishli o‘zgartirishlar
kiritildi. Mana bu yil mazkur qonunning qabul qilinganligiga ham roppa- rosa 36 yil to‘ldi. " Milliy
tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov " Xalq so‘zi" gazetasida
e'lon qilingan " Ona tilimiz — qadrimiz, sha‘nimiz ifodasi" nomli maqolasida kuyinchaklik bilan
qayd etganidek, "Keyingi yillarda ona tilimiz rivoji yo‘lidagi muammolar ko'paymoqda.
Oktabr, 2025-Yil
85
Qaysi millat o‘z tiliga munosabatini o‘zgartirsa, tilidan uzoqlashsa, bunday millatlar yo‘q
bo‘lib ketishi mumkinligi haqida tarixdan istagancha misollar keltirish mumkin”, degan so‘zlarini,
shuningdek, “Davlat tili haqida”gi qonunning bajarilmayotganligidan eng ko‘p vijdoni
qiynalayotganlar orasida professor Qozoqboy Yo‘ldoshevning OAVdagi chiqishlarini alohida
ta’kidlamoqchiman (“Til orqali singadigan ma’naviyat va o‘zlikdan uzoqlashyapmiz” “Ma’rifat”.
2024-yil17-may). Biz 3000 yillik davlatchilik tarixiga ega xalqmiz. Biroq “Davlat tili haqida”gi bu
qonun qabul qilingandan beri oradan o‘tgan 36 yil ichida o‘zbek tilini qonunchilik va AKT tiliga
aylantira olmadik. Chunki mazkur qonun puxta ishlanmagan va amalda hech kimga hech qanday
majburiyat yuklamaydi. Shuning uchun har kim xohlaganicha ish tutmoqda.
Ikkinchidan, qonunda ijro mexanizmi ko‘zda tutilmagan, shuning uchun ham u
bajarilmaydi. Oddiy misol. Qonunning 20-moddasida nimalar deyilganligiga e’tibor beraylik:
“Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari
davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin”.
Qonunda belgilangan bu qoida hech bo‘lmaganda shu qonunni qabul qilgan va tasdiqlagan
Oliy Majlis palatalari, ijroga mas’ul Vazirlar Mahkamasi, qonunlarning respublika hududida aniq
va bir xilda bajarilishi ustidan nazorat olib borishga mas’ul Bosh prokuratura joylashgan Toshkent
shahrida bajarilishi ta’minlanmadi. Qayoqqa qarasang chet tillarida yozilgan lavhalarga ko‘zing
tushadi. Shunday paytlari kulishingni ham, yig‘lashingni ham bilmay qolasan kishi. Bunga
millatimizga xos illatlardan biri – o‘zining qadriyatiga nopisandlik bilan qarash, boshqalarning
hayot tarzidan andoza olishga ishqibozlik, befarqlik, loqaydlik kasalligini hali ham tuzata
olmaganligimiz asosiy sababdir. Bu xastalikni tuzata oladigan milliy g‘ururimiz esa o‘ta sust. Milliy
g‘ururning yuqori bo‘lishiga umid qilib yashash esa bolalarcha soddalik, shuningdek, vaqtni
behudaga sarflash bo‘lardi. Buning oldini olish uchun “Davlat tili haqida”gi qonunga jiddiy
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish lozim.
Bolalarimizning chet tillarini o‘rganishiga hech kim qarshi emas. Biroq mashhur jadid,
qatag‘on qurboni Is’hoqxon Ibrat aytganidek, “Bizning yoshlar avval o‘z ona tilini ko‘zlariga
to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar ".Qonunimizdagi yana bir qusur bu – davlat idoralariga istalgan
tilda murojaat qilishga ruxsat etilganligidir. O‘zbek tili davlat tili ekan, davlat organlariga murojaat
tili o‘zbek tili bo‘lishi shart. Ana shundagina o‘zbek tiliga ehtiyoj oshadi, binobarin, O‘zbekiston
fuqarolari bo‘lgan boshqa millat vakillarini o‘zbek tilini yaxshiroq o‘rganishga undagan bo‘lardi.
O‘zbek tilining kelajagi, avvalo, o‘zimizga – biz o‘zbeklarga bog‘liq. Tilimizning qanchalik
ulug‘ til ekanligini bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy o‘zining “Xamsa” asari bilan 5 yarim asr
oldin isbot etganligiga tarix guvoh.
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, til — millatning mavjudligini, jamiyatning barqarorligini
ta’minlovchi eng muhim omildir. O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, uni
hayotning barcha jabhalarida to‘liq joriy etish har bir fuqaroning burchidir. Tilni e’zozlash, uni
asrab-avaylash va rivojlantirish orqali biz millatimizning kelajagini mustahkamlaymiz. Shu bois til
siyosatida ilmiy asoslangan yondashuv, yoshlar orasida ona tiliga hurmatni oshirish va adabiy
me’yorlarni targ‘ib etish masalalari dolzarb bo‘lib qolaveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI VA BOSHQA JANRLAR
MUNOSABATI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
44
(44).
Oktabr, 2025-Yil
86
2.
Sharipova,
M.
(2023).
“ALPOMISH”
DOSTONIDA
IFODA
ETILGAN
MAROSIMLARDA ARXAIK EPOS XUSUSIYATLARI TALQINI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
44
(44).
3.
Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIMDA INNOVATSION FAOLIYATNI
TASHKIL ETISH FUNKSIYALARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
44
(44).
4.
Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING
ARXAIK-BAIIY XUSUSIYATLARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
44
(44).
5.
Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIMDA INNOVATSION FAOLIYATNI
TASHKIL ETISH FUNKSIYALARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
44
(44).
6.
SHARIPOVA, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O’ZBEK VARIANTLARI
ORASIDAGI MAROSIMLARNING BADIIY TALQINI.
Journal of Research and
Innovation
,
1
(10), 45-52.
7.
Baxshilloyevna, S. M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA SUNNAT TO ‘YI
MAROSIMINING BADIIY TALQINI.
Научный Фокус
,
1
(2), 1091-1095.
8.
Baxshilloyevna, S. M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O ‘RGANISH
BOSQICHLARI, METODLARI HAMDA KUYLASH ETOSI.
Научный Фокус
,
1
(2),
1096-1100.
9.
Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK MADANIY
TA’LIM VA UNING TARIXIY ILDIZLARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
35
(35).
10.
Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IFODALI
NUTQNING
IJTIMOIY-PEDAGOGIK
FUNKSIYALARI.
ЦЕНТР
НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
32
(32).
11.
Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH TO’YI URF-ODATLARI
TASVIRI VA TALQINI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
30
(30).
12.
Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH TO’YI URF-ODATLARI
TASVIRI VA TALQINI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
30
(30).
13.
Sharipova, M. (2020). O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning
ahamiyati.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
14.
Sharipova, M. B., & Nozirova, M. J. Q. (2021). O’ZBEK XALQ DOSTONLARINI
O’QITISHDA KOMPYUTER IMKONIYATLARI.
Scientific progress
,
2
(7), 1102-1108.
15.
Sharipova, M. B., & Farmonova, G. S. Q. (2021). NIKOHDAN SO’NG ADO
ETILADIGAN
URF-ODATLAR
TASVIRI
(“ALPOMISH”
DOSTONI
MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1125-1129.
16.
Sharipova, M. B. (2021). XALQ DOSTONLARIDA SOVCHILIK MAROSIMI BADIIY
IFODASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1120-1124.
17.
Sharipova, M. B., & Mirzayeva, X. N. (2021). XALQIMIZ MADANIYATINING
HAYOTBAXSH SARCHASHMASI.
Scientific progress
,
2
(7), 1135-1138.
18.
Шарипова, М. Б., & Неьматова, Ш. Н. (2020). Формирование эстетической культуры
воспитанников дошкольных образовательных учреждений.
Вестник магистратуры
,
(3-3 (102)), 113-114.
19.
Sharipova, M. (2020). Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi ("
Alpomish" dostoni misolida).
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
20.
MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU.
Maktabgacha ta’lim
.
21.
Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY
Oktabr, 2025-Yil
87
BARKAMOL ASAR.
Scientific progress
,
2
(7), 1145-1148.
22.
Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В
ЭПОСЕ «АЛПОМИШ».
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
23.
Шарипова,
М.
Б.,
&
Хусаинова,
З.
Х.
ВЕСТНИК
НАУКИ
И
ОБРАЗОВАНИЯ.
ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ Учредители: Олимп
, 106-
108.
24.
Sharipova,
M.
(2024).
EPOS
HAMDA
MAROSIM
MUNOSABATINING
QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
46
(46).
25.
Sharipova, M. (2024). Historical-Vital Bases of Epos And Ritual Expression (In The
Example of the Epic “Alpomish”).
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
46
(46).
26.
Sharipova, M. B., & G’afurova, A. A. (2024). METHODOLOGY OF STAGING IN THE
DEVELOPMENT OF CHILDREN'S SPEECH IN THE PRESCHOOL EDUCATION
SYSTEM.
THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN
WORLD
,
3
(1), 21-29.
27.
Sharipova, M. (2023). O ‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGIDA ALPOMISHSHUNOSLIK
TA’LIMOTI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
44
(44).
