ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
599
KOMMUMIKATIV KOMPETENTLIKNI O‘STIRISH
Umirova Xakima Bahodir qizi
Innovatsion texnologiyalar universiteti Innovatsion pedagogika fakulteti
Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim kafedrasi Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 3-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17352535
Annotatsiya.
Mazkur maqolada shiddat bilan rivojlanib borayotgan ijtimoiy hayotda
yoshlarning o‘z o‘rnini topishida ta’lim jarayonini kommunikativ kompetensiya asosida tashkil
etishning samarasi va yosh avlodning ijtimoiylashuviga ta’siri haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
modernizatsiya, ijtimoiy hayot, kompetensiya, kommunikativlik,
boshlang‘ich ta’lim, lug‘at boyligi.
KIRISH.
Bugungi globallashuv jarayonida, modernizatsiyalanayotgan, shiddat bilan
rivojlanib borayotgan ijtimoiy hayotda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish davr talabi bo‘lib
qolmoqda. Ta’limga innovatsion pedagogik texnologiyalardan unumli foydalana olish bilan bir
qatorda ta’limda o‘quvchilarning fanga doir bilim, ko‘nikma, malakalarini rivojlantirish yetarli
emasligi qayd etilmoqda. Hozirgi kunda o‘quvchilarda o‘quv predmetlari bo‘yicha faqatgina
bilim, ko‘nikma va malakalarga
ega bo‘lishning o‘zi
yetarli emas
ligi ma’lum bo‘lmoqda.
ASOSIY QISM.
Hozirda ta’lim kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etilishi
ko‘zda tutilgan ekan, kompetensiya so‘zining ma’nosini ko‘rib chiqamiz. “
Competence
” so‘zi
“to compete
” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”,
“bellashmoq” degan ma’noni bildiradi. So‘zma-so‘z tarjima qilinsa “musobaqalashishga
layoqatlilik” ma’nosida keladi. Kompetensiyalardan, ta’lim kompetensiyalarni farqlash lozim.
Ta’lim kompetensiyasi o‘quvchini kelajakdagi to‘laqonli hayotidagi faoliyatini
modellashtiradi. Masalan, fuqaro ma’lum bir yoshga yetgunga qadar ba’zi bir kompetensiyalarni
tatbiq eta olmaydi. Lekin, bu degani ularni o‘quvchida shakllantirilmaydi, degani emas. Bu
holatda biz ta’lim kompetensiyasi haqida gapiramiz.
Masalan, o‘quvchi maktabda fuqorolik kompetensiyasini o‘zlashtirsada, uni to‘laqonli
ravishda maktabni tugatganidan so‘ng ishlatadi. Shunga ko‘ra bunday kompetensiyalar, o‘qish
davrida ta’lim kompetensiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Tayanch kompetensiyalarning dunyo
bo‘yicha yagona ro‘yxati yo‘q. Chunki har bir mamlakatning yoki regionning o‘z an’analari,
mentaliteti va o‘ziga xos talablari bor. Kompetensiya – bu jamiyatning o‘z fuqarolariga qo‘ygan
ijtimoiy buyurtmasi bo‘lib, ularning ro‘yxati ma’lum bir mamlakatdagi yoki regiondagi ijtimoiy
muhit bilan belgilanadi. Bunday kelishuvga har doim ham erishib bo‘lmaydi. Masalan
Shvetsariyaning va Amerika Qo‘shma Shtatlarining iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti
hamda ta’lim statistikasi Milliy institutining “Tayanch kompetensiyalarni tanlash va aniqlash”
nomli loyihasida tayanch kompetensiyalarni qat’iy ravishda aniqlab olishning imkoniyati
bo‘lmagan.
Kommunikativ kompetensiya:
jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni mukammal
o‘zlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana olish;
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
600
chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish,
jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila bilish,
turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni
hal etishda zarur (konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila olish.
Uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirish jarayonida ko‘ngildagidek o‘qitish va tarbiyalash
haqida gap borar ekan, bunday g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali vazifani faqat yuksak malaka
va pedagogik mahoratga ega bo‘lgan yosh o‘qituvchi kadrlar bilangina amalga oshirish
mumkinligini ta’kidlash lozim.
Pedagogik mahorat tug‘ma talant yoki nasldan-naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki
uning negizida izlanish va ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham pedagogik mahorat
hamma o‘qituvchilar uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir
o‘qituvchining o‘z ustida izlanishi, ijodiy mehnati davomida shakllanadi va rivojlanadi.
Bu o‘rinda ilg‘or o‘qituvchining pedagogik mahorati va tajribalarini boshqa o‘qituvchi
o‘rganishi, undan ijodiy foydalanishi va o‘z faoliyatini ilg‘or tajribalar bilan boyitishi zarur.
O‘qituvining pedagogik mahorati, asosan, sinfda, auditoriya mashg‘ulotlarida yaqqol
ko‘rinadi. Chunki o‘quv mashg‘ulotlari o‘zining mazmun va mohiyatiga ko‘ra o‘qituvchining
o‘quv yurtidagi asosiy ishidir. Shuning uchun u ilmiy g‘oyaviy jihatdan yetuk va ommabop
bo‘lishi, turmush bilan, o‘quvchi yoki talabalarning tayyorgarlik darajasi bilan uzviy aloqador
bo‘lishi zarur.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasida o‘zaro jonli til muloqoti, fikr
almashuv munosabatlari, samimiy hurmat va asosiy maqsadga erishishda yaqin hamkorlik lozim.
Mazmuni sayoz, amaliy tajribadan, turmushdan ajralib qolgan, umumiy so‘z, quruq
nasihatgo‘ylikdan iborat bo‘lgan, rasmiyat uchun yuzaki o‘tkaziladigan dars (ma’ruza) va boshqa
o‘quv mashg‘ulotlari o‘quvchi talabalarni qiziqtirmaydi, ularni ilmiy, g‘oyaviy jihatdan yetarli
darajada oziqlantirmaydi.
Shu sababli, darslarni shunday tashkil qilish kerakki, ularning ta’sirida talabalarda shu
fanga nisbatan turli qarashlar, ilmiy tafakkur va e’tiqodlar vujudga kelishi va shakllanishi kerak.
Inson o‘z oldiga qo‘ygan barcha vazifalarni til yordamida muloqot qilish orqali hal qiladi.
Hayotda duch kelinadigan muammolarni hal qilish ko‘proq ularni muhokama qilish,
boshqalarga tushuntirib bera olish bilan chambarchas bog‘liq.
Dunyo
taraqqiyotida
internatsionallashuv,
globallashuv
va
axborotlashtirish
tendensiyalarining kuchayib borishi kuzatilayotgan bugungi sharoitda uzluksiz ta’lim tizimi
ishtirokchilarini samarali muloqotga tayyorlash hamda ularning samarali muloqotga tayyorlashni
rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
O‘quvchi va talabalarda tildan shunchaki foydalanuvchi shaxs sifatida emas, bu jarayonda
til orqali o‘z shaxsiy sifatlarini namoyon etuvchi, unga milliy-madaniy, etnik belgilarni
singdiruvchi, tilni saqlovchi va kelajak avlodlarga uzatuvchi lisoniy shaxs sifatida qarash
maqsadga muvofiqdir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
601
Ta’limning uzluksizligi sharoitida ushbu maqsadga erishish uchun har qanday ta’lim
muassasasi bitiruvchisi nafaqat kasbiy kompetensiyalarga, balki poydevorlari maktabda
shakllanadigan, so‘ngra oliy ta’limda talabaning kasbiy yo‘nalishiga mos ravishda rivojlanib
boradigan kommunikativ xususiyatlarga ham ega bo‘lishi kerak. Oliy ta’lim bitiruvchisi
tomonidan
kommunikativ
kompetensiyani
egallashi
“uning
mehnat
bozoridagi
raqobatdoshligiga, kelajakda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuviga ta’sir qiladi “ [1].
O‘qituvchilarimiz kognitiv-pragmatik usulda ishlashni – talabaga bilim berishni emas,
uni yo‘naltirib, izlantirib, o‘ylantirib kuzatayotgan hodisalari asosida o‘z hukmini chiqarishini va
uni ifodalashi lozimligini – o‘zlari uchun asosiy me’yor sifatida belgilab olishlari shart. Biroq
kuzatgan darslarimizning ko‘pchiligida maktab o‘qituvchilarimiz o‘quvchini dars davomida,
odatda, ta’limiy o‘yinlar vaqtidagina mustaqil izlanishlariga yo‘l beradilar. Boshqa paytlarda esa,
“darsning asosi” ni o‘qituvchi tushuntiradi, o‘qituvchi dastur va darslikda belgilangan mavzuni
o‘quvchiga (og‘zaki bayon usulida) tayyor holda beradi.
Talabaning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi asosiy omillar
- bu ijtimoiy buyurtma, Davlat standarti, muassasaning ta’lim maydoni, ta’limning uzluksizligi,
shuningdek, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarni kommunikativ kompetensiyani
rivojlantirishga turtki (motiv) berish, integratsion aloqalar, o‘quv-uslubiy ta’minot, tashkiliy
shakllar va o‘qitish usullaridir.
Kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda uzluksizlik prinsipidan foydalanish bu
“ta’lim dasturlarini moslashtirishga qaratilgan bo‘lib, dastlabki tayyorgarlikdan oliy o‘quv
yurtidan keyingi ta’limgacha bo‘lgan bosqichlarda muvofiqlashtirishni ta’minlaydi. Bir o‘quv
dasturidan “chiqish” tabiiy ravishda ikkinchisiga “kirish” bilan “bog‘lanish” kerak, deb taxmin
qilinadi. Uzluksiz ta’lim sharoitida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish uchun barcha
tizimlarning
umumiy
maqsadlari
asosida
barcha
dasturlarni
boshidan
oxirigacha
standartlashtirish zarur”. [5].
Oliy ta’limda talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish barcha fanlar
bo‘yicha (gumanitar, tabiatshunoslik, kasbiy, shuningdek, sinfdan tashqari ishlarda) amalga
oshiriladi. Gumanitar fanlarning mazmuni o‘quvchilarning og‘zaki yoki yozma matn tuzish
bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytiradi. Tabiatshunoslik fanlari yuqori darajadagi
umumlashtirishni, sabab-oqibat aloqalarining mavjudligini nazarda tutadi, bu esa kommunikativ
kompetensiyani rivojlantirishda bilimlarni oshirishga imkon beradi.
Oliy ta’limda didaktik materiallar kommunikativ faollik, o‘quvchilar faolligi, interaktiv
faollik, topshiriq va kompetensiyalar faolligini o‘z ichiga olgan didaktik prinsipga asoslangan
bo‘lishi kerak.
XULOSA VA MUNOZARA
Xulosa, mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimida joriy etilgan yangi ta’lim standartlari va
fan dasturlari o‘quvchilarda kommunikativ qobiliyatni shakllantirish va takomillashtirish bilan
uzviy bog‘liq ekanligi sababli istiqbolda katta o‘zgarishlarga olib keladi. Ularning amalga
oshishi esa, ta’lim tizimining asosiy shaxslari – o‘qituvchi va o‘quvchilarning oldilariga
qo‘yilgan vazifalarni qanchalik his etishlari, ularni sidqidildan bajarishga intilishlari hamda har
bir fan mutaxassisi o‘z fanining kommunikativ jihatini ochib bera olishi bilan uzviy bog‘liq.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
602
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Zimnyaya, I.A. Ta’limda kompetentsiyaga asoslangan yondashuvning natija-maqsadli
asosi sifatida asosiy kompetensiyalar. Muallif versiyasi / I.A. Qish - M .: Tadqiqot.
Mutaxassislar tayyorlashda sifat muammolari markazi, 2014.–40 b.
2.
Safonova V.V. Madaniyatlar va tsivilizatsiyalar muloqoti kontekstida xalqaro muloqot
tillarini o'rganish [Matn] / V.V. Safonov. Voronej: Origins, 2016. - 237 p.
3.
Sedov, K.F. Nutq va shaxsiyat: kommunikativ kompetentsiya evolyutsiyasi / K.F.Sedov.-
M., 2014.
4.
Smorodinova M.V. Maktab ta’limi tizimida kompetensiyaviy yondashuvning o‘rni//Yosh
olim. -2010. - № 12. T.2. -C.110-112. URLhttps://molouch.ru/archive/23/2353/ (kirish
sanasi: 26.02.2020)
5.
Xutorskoy A.V. Ta'lim standartlarining umumiy fan mazmuni / A.V. Xutorskaya. - M .:
Yangi ta'lim texnologiyalari instituti, 2012 yil.
