Sentabr, 2025-Yil
241
ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI FANIDA PIRLS MATNNI TUSHUNISH
MEZONLARI
Bòriyeva Ruxshona Nusratillo qizi
99-226-84-04
https://doi.org/10.5281/zenodo.17355666
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ONA TILI va O’QISH SAVODXONLIGI fanida PIRLS
(Progress in International Reading Literacy Study) matnni tushunish mezonlari tahlil qilinadi.
Maqola, o’quvchilarning o’qish savodxonligini oshirishda muhim rol o’ynaydigan
matnlarni tushunish ko’nikmalarini baholashga qaratilgan. PIRLS tadqiqoti orqali
o’quvchilarning o’qish qobiliyatlari, matnlarni anglash darajalari va ularning ta'lim jarayonidagi
ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada o’qituvchilar va ta'lim muassasalari uchun
tavsiyalar beriladi, bu esa o’quvchilarning o’qish savodxonligini rivojlantirishga yordam beradi.
Kalit so'zlar:
Ona tili, o'qish savodxonligi, PIRLS, matnni tushunish, o'quvchilar, ta'lim
jarayoni, o'qituvchilar, savodxonlik mezonlari.
Аннотация.
В данной статье анализируются критерии понимания текста PIRLS
(Progress in International Reading Literacy Study) по предметам «РОДНОЙ ЯЗЫК» и
«ЧИТАТЕЛЬСКАЯ ГРАМОТНОСТЬ». Целью статьи является оценка навыков понимания
текста у учащихся, которые играют важную роль в повышении их читательской
грамотности. В рамках исследования PIRLS изучаются навыки чтения у учащихся, уровень
понимания текста и их значение в образовательном процессе. В статье также даются
рекомендации для учителей и образовательных учреждений, которые помогут развить
читательскую грамотность у учащихся.
Ключевые слова:
Родной язык, читательская грамотность, PIRLS, понимание
текста, учащиеся, образовательный процесс, учителя, критерии грамотности.
Abstract.
This article analyzes the PIRLS (Progress in International Reading Literacy
Study) text comprehension criteria in the subjects of MOTHER LANGUAGE and READING
LITERACY. The article is aimed at assessing students' text comprehension skills, which play an
important role in improving their reading literacy. Through the PIRLS study, students' reading
skills, levels of text comprehension and their importance in the educational process are examined.
The article also provides recommendations for teachers and educational institutions,
which will help develop students' reading literacy.
Keywords:
Mother tongue, reading literacy, PIRLS, text comprehension, students,
educational process, teachers, literacy criteria.
Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar rivojlanib borayotgan davrda kitobning
ahamiyatini oshirish muhimdir. O‘quvchilarni kitob mutolaasiga qiziqtirish yo‘llari haqida
kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish orqali o‘quvchilarni tarbiyalash omillarini oshirish
lozim. Boshlang’ich sinflarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab- quvvatlash, yangi
bosqichga olib chiqish ustuvor vazifadir. O’quvchilarda kitob o’qish ishtiyoqini hosil qilish haqida
ko’rsatmalar berilgan. Maqolada jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga bo`lgan yondoshuv va
boshlang`ich sinf o`quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda PIRLS tadqiqotining
o`rni haqida fikr bildirilgan.
Sentabr, 2025-Yil
242
Ma’lumki, Vazirlar mahkamasining “2020-2025 yillarga mo’ljallangan kitobxonlik
madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturi to’g’risida’’gi qarori loyihasi e’lon
qilindi. Bunga ko’ra yurtimizda barcha sohada kitobxonlikni targ’ib etish, turli xil loyihalar va
tanlovlar ishlab chiqish, u orqali yoshlarda kitob mutolaasiga qiziqish uyg’otish maqsad qilib
qo’yildi. Kitob o’qish inson dunyoqarashini kengaytirib, bilimini oshiradi, fikrlash qobilyatini
yuksaltiradi. Yosh avlod bizning vatanimizning ertangi egalari, ularning bilimli, aqlli, manan
yetuk qilib tarbiyalashda ota-onalarining, ustozlarning o’rni beqiyosdir. “Yoshlikda olingan bilim,
toshga o’yilgan naqsh kabidir’’ deb bejizga aytilmagan bolalar yoshlikdan otaonalarining aytgan
alla, ertak, hikoyalarini maktabda boshlang’ich sinfda o’zlari o’qishni boshlagan hikoya, ertaklar
orqali kitob, kitob mutolaasi dunyosiga kirib boradilar. Shu sababli bu davrlar bolalarda alohida
e’tiborni talab qiladi. Bu davrda bolada poydevor shakllana boshlaydi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’yinqaroq, ko’proq kompyuter o’yinlari, telefon o’ynashni
yoqtirishadi, ota - onalari bolalarini kitob o’qishlarini xohlashdi. Ota-onalar bolalariga zamonaviy
texnologiyalardan foydalanib audio ertaklar, rasmli kitoblar quyib berishlari maqsadga
muvofiqdir. Statistika ma'lumotlariga qaraganda, kitob o'quvchilarsoniga qaraganda kitob
o'qimaydiganlar soni juda ham ko'p. Bunga juda ko'p narsalarni sabab qilib ko'rsatishimiz
mumkin. Shiddat bilan rivojlanib borayotdan axborot asrida yashayapmiz. Har qadamimizda
kompyuter, telefon, dron va shu kabi ko'plab gadjetlarga duch kelamiz. Bularning barchasi
hayotimizga shu darajada shiddat bilan kirib kelyaptiki, ularsiz hayotimizni tasavvur eta olmaymiz
xatto. Gadjetlar turmush tarzimizni yengillashtirdi. Buni tan olishimiz kerak. Ammo, ularning
zararli oqibatlari ham juda ko'p. Eng achinarlisi "kitobxonlik"ning sezilarli darajada kamayib
ketganidir. Biz pedagoglarning kelajagimiz bolmish yosh avlodni talim-tarbiya olishlari uchun
shart-sharoit yaratish, sog-salomat ulgaytirish, ularga ota-ona kabi mehr berish oliy maqsadimiz.
Bolaning barkamol shaxs bo'lib ulg'ayishida ularning hayotida kitobning hayoti beqiyosdir.
Ular qachon kitobga mehr beradi degan savolga yagona javob bor.
Qachonki bolalarga o'zlarining dunyo qarashi va yoshiga mos kitob tanlay olsak, bolada
kitobga muhabbat uyg'otadi. Aslida, tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yosh o'quvchilar o'z
adabiyotlarini to'g'ri tanlaganlarida, ular yaxshi o'qiydiganlar bo'ladi. O'qituvchilarning asosiy
vazifasi, o'quvchilarning qaysi turdagi kitoblarni o'qishlariga yordam berishini aniqlaydi.
O'qituvchi bolalarning xarakteri, qiziqishlarini inobatga olib ularga, sarguzasht, komedia,
sheriy, drama, rivoyat va h.k tavfsiya qilish mumkin. Bolalarni kitob o'qishga qiziqishtirishning
yana bir usuli kitob o'qishni yaxshi ko'radigan, ularga yaxshi tanish bo'lgan buyuk shaxslarni, asr
qahramonlari hayotini, yutuqlarini misol keltirishdir.
Masalan hammaga birdek tanish bo'lgan MICROSOFT asoschisi Bill Geyts haqidagi
hikoya bo'lishi mumkin. Hikoya ta'sirli va asosli bo'lishi kerak. Kitob – insonning yaqin do`sti,
suhbatdoshi, sirdoshi. U kishining dunyoqarashi, so`z boyligini oshiradi. Amerikalik olim,
yozuvchi Nil Geyman olib borgan tadqiqot natijasi shuni ko`rsatdiki, kitob mutolaa qilmaydigan
bolalar kelajakda bezori bo`lib ulg`ayishi ehtimoli yuqori ekan. Shu bilan birga, kitob o`qish
odamlarni empatiyaga faqat o`z xohish-istaklari va manfaatlarini o`ylashdan voz kechib, umumiy
maqsad yo`lida birlashishga undaydi. Jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga yondoshuv turli
davrlarda turlicha bo`lgan.
Sentabr, 2025-Yil
243
Har bir davrning o`z ehtiyojidan kelib chiqib, kitobxonlik darajasi belgilangan. Binobarin,
har qanday davlatning kuch-qudrati o`z fuqarolarining ongliligi bilan belgilanar ekan, bunda
albatta kitobxonlik masalasiga alohida e`tibor berilgan.
Bugungi kunda “Mutolaa madaniyati”, “Kitobxonlik madaniyati”, “O`qish madaniyati”
kabi atamalar bilan qo`llanilib kelayotgan ijtimoiy hodisalar axborot olish madaniyatining tarkibiy
qismlaridir. O`qish – axborot olish madaniyati bo`lib, badiiy adabiyotni to`g`ri tushunish, undan
estetik zavq olish, shuningdek, ilmiy adabiyotlar, barcha turdagi resurslar bilan ishlash, ma`lumot-
bibliografiya va barcha turdagi axborot materiallaridan o`zini qiziqtirgan ma`lumotlarni qidirib
topish, cheksiz axborot oqimlari orasidan kerakli, muhim bo`lgan ma`lumotlarni ola bilish, o`z
kasbiy malakalarini oshirishda foydalanish, axborot-kutubxona muassasasidan to`g`ri foydalanish
yo`llarini o`rganish ham axborot olish madaniyati tushunchasi doirasiga kiradi. Boshlang`ich sinf
o`quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning bir qancha usullari, yo`llari mavjud
bo`lib, shu kunlarda O`zbekiston yoshlari, boshlang`ich sinf o`quvchilari ilk bor qatnashayotgan
PIRLS tadqiqotining o`rni beqiyosdir.
PIRLS - (inglizcha – Progressin International Reading Literacy Study) matnni o`qish va
tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot bo`lib, maqsadi turli xil ta`lim tizimidan iborat
bo`lgan davlatlardagi boshlang`ich sinf o`quvchilarining matnni o`qish va qabul qilish bo`yicha
tayyorgarligi hamda o`quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo`luvchi ta`lim
tizimidagi o`ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq
ta`limi sohasidagi mutaxassislar, olimlar, metodistlar, o`qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari
uchun katta ahamiyatga ega. PIRLS dunyoning turli mamlakatlari boshlang`ich sinf
o`quvchilarining matnni tushunish darajasini taqqoslash, shuningdek, milliy ta`lim tizimlarining
o`qish savodxonligi o`rtasidagi tafovutlarni aniqlaydi.
PIRLS tadqiqotida o‘qish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi; • Eng
yuqori daraja( 625 ball va undan yuqori )- O‘quvchilar matnni yaxlit o‘zlashtira oladi va ayni
patda uning alohida qismlarini bir -biri bilan bog’liq xolda tushunadi. Muallifning g‘oyasini
izohlashda o‘z fikrini izohlash uchun matnga tayana • Yuqori daraja( 550ball)- O‘quvchilar
matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi, matnga asoslanib o’z xulosalarini chiqaradi, matn
mazmuniga ham, shakliga ham baho bera oladi, uning til xususiyatlariga e‘tibor qarata oladi. •
O‘rta daraja(475 ball)-O‘quvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va tilining ba‘zi
xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan o‘z xulosalarini chiqaradi. • Quyi daraja( 400 ba)-
O‘quvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson bo‘lgan xabarni ajratib oladi. Tadqiqotda
O’zbekiston Respublikasi boshlang’ich sinf bitiruvchilari boshqa davlatdagi tengdoshlariga
nisbatan qanchalik darajada yaxshi o‘qiydi? O‘zbekiston o‘quvchilarining o‘qish savodxonligi qay
darajada? O‘qish 4-sinf o‘quvchilari uchun sevimli mashg’ulotmi? Oila tomonidan savodxonlikni
rivojlantirishda qanday hissa qo‘shilmoqda? Bugungi kunda bizning mamlakatimizda o‘qishni
o‘rgatish jarayoni qanday tashkil etilgan? O‘zbekiston o‘qishni o‘rgatish jarayoning boshqa
davlatlarga nisbatan o‘ziga xosligi bormi, agar shunday bo’lsa u nimada namoyon bo’ladi?
Boshlang’ich sinflarimizning o‘qituvchilari foydalanayotgan metodlar boshqa davlatdagi
o‘qituvchilarning foydalanayotgan metodlaridan farq qiladimi? kabi asosiy masalalar o‘rganiladi.
Shuningdek, tadqiqotda ta‘lim sifatiga ta‘sir etuvchi omillarni o‘rganish va tahlil qilish
maqsadida anketa so‘rovnomalar o‘tkazilganda o‘quvchilarining so‘rovnomasi orqali, ishtirokchi
Sentabr, 2025-Yil
244
haqida ma‘lumotlar, oilada ta’limiy resurslar , maktabga ,o‘qituvchiga, maktabdagi o‘quv faniga
bo‘lgan munosabat, o‘quv fanlari bo‘yicha o‘zini baholash , sinfdan tashqari mashg’ulotlar
to’g’risida ma‘lumotlar to‘planadi. O‘qituvchilarning so‘rovnomalari o‘qituvchilar to’g’risida
ma‘lumotlar, maktabning jihozlanishi , xavfsizlik, maktab muhiti, o‘qitish usuli, malaka oshirish
masalalarini o‘z ichiga oladi.
Ota-onalar so‘rovnomalarida ota-onalar haqidagi ma‘lumotlar, oiladagi ta‘limiy resurslar,
farzandini maktabga tayyorlash, maktabga qabul qilishdan avvalgi ko‘nikma va malakalar,
otaonalarning maktabga va o‘qishga munosabati o‘rganiladi. Maktab ma’muriyati so‘rovnomasi
orqali maktab quvvati, joylashuvi , jihozlanishi, ta‘limiy resurslar, maktabda o‘quv jarayonining
tashkil etilishi, maktab muhiti o‘rganilib, tahlil etiladi. Tadqiqotning 2016-yil natijalariga ko‘ra,
50ta mamlakat ichida, Rossiya, Singapur, Gonkong, Irlandiya va Finlandiya mamlakatlari
natijalarini qayt etgan bo‘lsa, shular orasida singapurlik va gonkonglik o‘quvchilar matnni o‘qish
va tushunish bo‘yicha eng yuqori natijalarni ko‘rsatdi. Shuningdek, Rossiyaning boshlang’ich sinf
o’quvchilari ushbu mezon bo‘yicha dunyoda yetakchilik qildi. Mazkur davlatlarda o‘qish
savodxonligi bo‘yicha yuqori natijalar quyidagi omillar bilan bog’liq; undagi kitoblar va raqamli
qurilmalarning mavjudligi, ziyoli otaonalar va ularning kitobga bo‘lgan muhabbati, bola maktabga
borgunga qadar o‘qish va yozishga o‘rgatganligi va maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab
olish ko‘rsatkichining yuqoriligi.
Tadqiqotning xalqaro lug`atiga ko`ra, “o`qish savodxonligi” – o`quvchining matn shaklida
berilgan maʻlumotlarni tushuna olish va ularga reaksiya bera olish koʻnikmasi, oʻqigan
maʻlumotlaridan hayoti davomida toʻgʻri foydalana olishi, bilim va imkoniyatlarini oshira olish
layoqatidir. PIRLSda o`qish savodxonligining asosi matnlar bilan to`liq ishlash uchun zarur
bo`lgan o`qish qobiliyatlarini shakllantirish hisoblanadi. Bu o`quvchi tomonidan kerakli
ma`lumotlarni topish va tarqatish, matnning ma`lum qismi bo`yicha xulosalar chiqarish, asosiy
belgilarning harakatlarini sharhlash, matn namunalari va matn tuzilishini dastlabki tahlil qilish
bilan tasdiqlash kabilardir.
PIRLS tadqiqotidao`quvchilarga ikki turdagi matn taqdim etiladi, badiiy matn va axborotli
matn. Shuning uchun o`quvchilar bilimi quyidagi ikki mezon asosida baholanadi:
1. Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadida o`qish.
2. Axborotni o`zlashtirish va foydalanish maqsadida o`qish. Adabiy kitobxonlik malakasini
egallash maqsadidagi o‘qish uchun quyidagi mahorat tavsiflari belgilangan: - matnning muayyan
qismlarini ajratib ko`rsatish va ulardan oddiy xulosalarni ifodalashda foydalanish; - voqealar
o`rtasidagi o`zaro aloqalarni ko`rsatish; - matnning umumiy g`oyasini aniqlash; - matn tarkibining
elimentlarini ochib berish; - qahramonlar xatti-harakatiga izoh berish; - asar qahramonlarining
xatti-harakatlari va his –tuyg`ularini taqqoslash va qiyoslash; - matnda qo`llangan til
vositalarining xususiyatlari ustida birlamchi tahlil x o`tkazish; - matnning asosiy g`oyasini
tushunish, yashiringan axborotlarni aniqlash va umumlashtirish; -matndagi savollarga
qahramonlarni asosiy tavsiflari, ularning intilishlari va histuyg`ularini izohlash orqali javob berish;
- matndan misollar keltirgan holda, javoblarni asoslash.
Axborotni o‘zlashtirish va foydalanish maqsadidagi o‘qish uchun quyidagi mahorat
tavsiflari belgilangan: - matnda keltirilgan dalillarni aniqlash va tasvirlash; - kerakli axborotni
o`zida mujassamlashtirgan gapni ajratish; - xulosalarni izohlash uchun olingan axborotdan
Sentabr, 2025-Yil
245
foydalanish; - matnda yaqqol taqdim etilgan axborotga muvofiq xulosa chiqarish; - matnning turli
qismlarini tahlil qilish va kerakli axborotni ajratish; - matnda yashirin berilgan axborotni aniqlash;
- matndagi alohida gaplar o`rtasidagi mazmuniy aloqalar asosida xulosalarni ifodalash; - matn
mazmunini izohlab berish; - turli tipdagi matnlardan foydalanish va alohida tavsiflarni belgilash; -
matnning turli qismlaridagi murakkab ma`lumotlarni anglash va asoslash; - matndagi
ma`lumotlarni tushunish uchun aniq va noaniq elimentlarni baholash va ahamiyatini tushuntirish; -
matnlar, xaritalar, illuystrasiyalar, diagrammalar va rasmlar kiritilgan materiallar asosida turli
matnlardagi ma`lumotlarni umumlashtirish.
PIRLS tadqiqotida belgilangan mahorat tavsiflaridan ko`rinib turibdiki, o`quvchilar matnni
nafaqat tushunishadi balki, matnda berilgan maʻlumotlarni tushuna olish va ularga o`zining
shaxsiy munosabatini bildira olish koʻnikmasi, olgan maʻlumotlaridan hayoti davomida toʻgʻri
foydalana olishi, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati ham shakllanib, rivojlanib boradi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi
xalq ta‘limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi
PF 5712 sonli Farmoni
2.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’lim tizimida ta’lim sifatini
baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish to’g’risida” gi 2018-yil 8-
dekabrdagi 997 -sonli qarori.
3.
Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish - inson kapitalini rivojlantirish omilidir” mavzusidagi
xalqaro vebinar, Sidorova Galina Aleksandrova, Rossiya ta’lim akademiyasining ta’limini
rivojlantirish strategiyasi instituti, ta‘lim sifatini baholash markazining katta ilmiy xodimi,
pedagogik fanlar nomzodi.
4.
Xalqaro tadqiqotlarda boshlang’ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash (
Boshlang’ich sinf o‘qituvchilar, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik
qo’llanma). Ta‘lim instituti huzuridagi Ta‘lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro
tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi. Toshkent 2019-yil. 92b.
