Sentabr, 2025-Yil
246
ONA TILI DARSLARIDA OʻQUVCHILARNI MANTIQIY FIKRLASHGA OʻRGATISH
METODIKASI
Mamatqulova Gulshana Keldiyor qizi
+99897-178-03-26
https://doi.org/10.5281/zenodo.17355748
Annotatsiya.
Ta’lim tizimida oʻqituvchilar tomonidan noan’anaviy ta’lim metodlari joriy
etilib, oʻqitishning zamonaviy shakllari va metodlari keng qoʻllanilmoqda. Zamonaviy metod va
usullarini qoʻllash oʻqitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. An’anaviy
oʻqitish jarayonida asosan oʻqituvchi darsni olib borsa, noan’anaviy oʻqitish jarayonida esa
oʻquvchi shaxsiga erkinlik berish, uning mantiqiy fikrlashi, munosabatlarni demokratlashtirish
asosida dars jarayonlari tashkil etiladi. Bunda ta’lim jarayonida oʻyinlardan foydalanish ham
muhim oʻrin tutadi.
Kalit so’zlar:
Pedagogik texnologiya, mahorat, mantiq, didaktik oʻyinli texnologiyalar,
malaka, ko’nikma.
Аннотация.
В системе образования учителя внедряют нетрадиционные методы
обучения, широко используются современные формы и методы обучения. Применение
современных методов и методик обеспечивает высокую эффективность учебного
процесса. В традиционном процессе обучения преподаватель в основном проводит урок,
тогда как в нетрадиционном процессе обучение строится на основе предоставления
свободы личности ученика, его логического мышления и демократизации отношений.
Использование игр в образовательном процессе также играет важную роль.
Ключевые слова:
Педагогическая технология, мастерство, логика, дидактические
игровые технологии, компетентность, умения.
Abstract.
In the education system, teachers are introducing non-traditional teaching
methods, and modern forms and methods of teaching are widely used. The use of modern methods
and methods leads to high efficiency in the teaching process. In the traditional teaching process,
the teacher mainly conducts the lesson, while in the non-traditional teaching process, the teaching
process is organized based on giving freedom to the student's personality, his logical thinking, and
democratization of relationships. The use of games in the educational process also plays an
important role.
Keywords:
Pedagogical technology, skill, logic, didactic game technologies, competence,
skills.
Ma`lumki, mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni
qo‘llab, o‘quvchilarga chuqur bilim berish boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifasidir. Mazkur
vazifani amalga oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga olib kirildi.
Yangi pedagogik texnologiyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchisining aqlan rivojlanishi va
kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik texnologiyalarni bugungi kunda eng
ommaviylashgan turlaridan biri bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o‘quvchi va
o‘qituvchining birgalikdagi faoliyati bo‘lib, o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, zarur xulosalarga
kelishga, tahlil qilish va olingan bilimlarni amaliyotga qo‘llashga o‘rgatadi. O‘qituvchining asosiy
vazifasi esa, o‘quvchilarga aniq yo‘nalish berish, to‘g‘ri xulosalarni aytishdan iborat.
Sentabr, 2025-Yil
247
Interaktiv metodlar yana shunisi bilan ahamiyatliki, o‘qituvchi o‘quvchining fikrini hech
qachon keskin rad etmaydi, faqatgina to‘g‘ri xulosani aytadi, natijada o‘quvchi o‘z xatosini
tushunib, fikrlashdan to‘xtamaydi va ular o‘rtasidagi doimiy faollik ta’minlanadi. Shuni
unutmaslik kеrakki, topshiriqlarda barcha o’quvchilar oldiga qo’yilgan talab bir xil, ammo
o’quvchilarning saviyasi bir xil emas. Tabiiyki, topshiriqlarni hamma bir xilda to’g’ri bajara
olmaydi. Bunday holda qo’shimcha topshiriqlar bеrish orqali mashq shartini soddalashtirish yo’li
bilan o’quvchilarni qiziqtirish mumkin. O’quvchilarning tafakkurini rivojlantirishda ular nutqini
narsa va shaxslarni bildirgan so’zlar bilan boyitish ham muhim rol o’ynaydi. Birinchi sinfda narsa
va shaxsni bildirgan so’zlar haqida tushuncha bеrishda o’quvchilar faolligiga asoslanish lozim.
Chunki ular narsa va shaxs nomlarini bildirgan so’zlarni o’zlashtirishga savod o’rgatish
jarayonida tayyorlangan. Prеdmеtlarga qarab ularning nomlarini aytishgan. Bundan tashqari
o’qituvchining ―Bu nima?, Bu kim, ―Kim ishdan qaytdi?, ―Kim ertalab maktabga yo’l oldi?
kabi savollaridagi «kim», «nima» so’roq so’zlari o’rniga shaxs, narsa nomlarini qo’yib javob
bеrishgan. Shuning uchun ham savod o’rgatish jarayoni prеdmеt bildirgan so’zlar ustida
ishlashning birinchi bosqichi sanaladi. Agar oʻquvchi va uning tildan bajargan ishlari koʻzda
tutilsa, nutq oʻstirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lugʻati, sintaktik qurilishini,
bogʻlanishli nutqni) faol amaliy oʻzlashtirish tushuniladi. Agar oʻqituvchi koʻzda tutilsa, nutq
oʻstirish deganda, oʻquvchilarning tilning talaffuzi, lugʻati, sintaktik qurilishi va bogʻlanishli
nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qoʻllash tushuniladi. Shuning
uchun ham Milliy oʻquv dasturiga koʻra oʻquvchilarda nutqiy kompetensiyani shakllantirishga
e’tibor beriladi va sinflar kesimida amalga oshiriladi.
Nutq faoliyati uchun, shuningdek, oʻquvchilar nutqini oʻstirish uchun bir necha shartga
rioya qilish zarur: 1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab boʻlishi kerak. Oʻquvchilar
nutqini oʻstirishning metodik talabi oʻquvchi oʻz fikrini, nimanidir ogʻzaki yoki yozma bayon
qilish xohishini va zaruriyatini yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi. 2. Har qanday
nutqning mazmuni, materiali boʻlishi lozim. Bu material qanchalik toʻliq, boy, qimmatli boʻlsa,
uning bayoni shunchalik mazmunli boʻladi. Shunday ekan, oʻquvchilar nutqini oʻstirishning
ikkinchi sharti nutqqa oid mashqlarning materiali haqida boʻlib, oʻquvchi nutqi mazmunli boʻlishi
uchun gʻamxoʻrlik qilish hisoblanadi. 3. Fikr tinglovchi tushunadigan soʻz, soʻz birikmalari, gap,
nutq oborotlari yordamida ifodalansagina tushunarli boʻladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli
oʻstirishning uchinchi sharti − nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. Oʻquvchilarga
til namunalarini berish, ular uchun yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur. Nutqni eshitish va undan
oʻz tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ta’lim metodikasi asoslanadigan ongli ravishda
“tilni sezish” shakllanadi Nutq oʻstirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini
yaratish, ya’ni, birinchidan, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, oʻrgangan til
vositalaridan foydalanib, oʻz fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi. Oʻquvchilar
nutqini oʻstirish oʻz metodik vositalariga ega, oʻzining mashq turlari bor. Bulardan eng muhimlari
bogʻlanishli nutq mashqlari hisoblanadi. Nutq oʻstirishda izchillik toʻrt shartni, ya’ni mashqlarning
izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy maqsadga boʻysundirish
koʻnikmasini amalga oshirish bilan ta’minlanadi. Har bir yangi mashq oldingisi bilan bogʻlanadi
va keyingisiga oʻquvchilarni tayyorlaydi, umumiy maqsadga boʻysungan holda yana qandaydir
yangilik qoʻshadi.
Sentabr, 2025-Yil
248
Maktabda oʻquvchilar nutqini oʻstirishga ona tili oʻqitishning asosiy vazifasi deb qaraladi.
Nutq oʻstirish faqat ona tili va oʻqish darslarininggina emas, balki oʻquv rejasidagi barcha
fanlar (tabiiy fanlar, matematika, texnologiya, tasviriy san’at, musiqa darslari)ning, shuningdek,
sinfdan tashqari oʻtkaziladigan tadbirlarning ham vazifasidir.
Oʻquvchilar nutqini oʻstirish boshqa oʻquv predmetlaridan oʻtkaziladigan mashgʻulotlar
bilan ham uzviy ravishda bogʻlanadi. Ona tili darslarida oʻquvchilar til yordamida tabiat va
kishilar hayoti haqida bilim oladilar; ular kuzatishni, oʻylashni va koʻrganlari, eshitganlari,
oʻqiganlari haqida toʻgʻri bayon qilishni oʻrganadilar. Ona tili darslari bolalar lugʻatini boyitishga
samarali yordam beradi, nutqni toʻgʻri tuzishni oʻrgatadi.
Xulosa: Pedagogning mahorati ta’sir etishning toʻgʻri yoʻlini tanlashdir. Bola uchun qulay
psixologik iqlim yaratish, uning individual xususiyatini rivojlantirish, ijtimoiy minosabatlarni
shakllantirish va mustahkamlash yosh avlodni kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki pedagog yoshlarga ta’lim berib tarbiyalaydi, tarbiyalab ta’lim beradi. Xulosa qilib
aytganda, o‘qituvchi bunday texnologiyani puxta bilishi, hamda uni amaliyotda o‘rganiladigan til
materiallarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uni to‘g‘ri qo‘llay olishi lozim. Darsning
samarali shakllari qanchalik ko‘p qo‘llansa, o‘quvchilarning ona tili faniga qiziqish darajasi ham
shunchalik yuqori bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
G.Ernazarov. Ona tili oʻqitish metoikasi. –Toshkent, 2017 yil
2.
“Pedagоgika”. Tоshkent, “Oʻqituvchi”, 2013 yil
3.
“Ona tili” kitobi, 1-4--sinf, Toshkent, 2017 yil
4.
Fuzayilov S, Xudoyberganova M, Yo‘ldosheva Sh. 3-sinf uchun ona tili darslik Toshkent:
―O‘qituvchi‖ , 2019.-152bet
