Authors

  • Malika Gʻaniyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137388

Keywords:

Oila maktab hamkorlik tarbiya ta’lim ota-ona pedagog bolalar rivoji.

Abstract

Mazkur maqolada yosh avlodni tarbiyalash jarayonida oila va maktab o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati tahlil qilinadi. Oila va maktab birgalikda harakat qilgan holda bolalarda sog‘lom psixologik muhit yaratishi, ijtimoiy faollikni oshirishi va to‘g‘ri tarbiyani shakllantirishda muhim omil bo‘lishi yoritib berilgan. Hamkorlik shakllari va mavjud muammolar, shuningdek, ularni hal etish yo‘llari haqida ham fikr yuritilgan.

background image


Oktabr, 2025-Yil

124

YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA OILA VA MAKTAB HAMKORLIGI

Gʻaniyeva Malika Sherali qizi

Innovatsion texnologiyalar universiteti Innovatsion pedagogika fakulteti

Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim kafedrasi Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi

3-kurs talabasi

malikaganiyeva065@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17356448

Annotatsiya.

Mazkur maqolada yosh avlodni tarbiyalash jarayonida oila va maktab

o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati tahlil qilinadi. Oila va maktab birgalikda harakat qilgan
holda bolalarda sog‘lom psixologik muhit yaratishi, ijtimoiy faollikni oshirishi va to‘g‘ri tarbiyani
shakllantirishda muhim omil bo‘lishi yoritib berilgan. Hamkorlik shakllari va mavjud
muammolar, shuningdek, ularni hal etish yo‘llari haqida ham fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

Oila, maktab, hamkorlik, tarbiya, ta’lim, ota-ona, pedagog, bolalar rivoji.

Аннотация.

В данной статье рассматривается важность сотрудничества между

семьёй и школой в процессе воспитания подрастающего поколения. Подчёркивается, что
совместные усилия семьи и школы создают благоприятную психологическую среду,
способствуют социальной активности ребёнка и формированию правильных жизненных
установок. Также анализируются формы взаимодействия, существующие проблемы и
пути их решения.

Ключевые слова:

Семья, школа, сотрудничество, воспитание, образование,

родители, педагог, развитие детей.

Abstract.

This article explores the importance of collaboration between the family and

school in the upbringing of the younger generation. It emphasizes that joint efforts between
parents and educators help create a healthy psych ological environment, enhance children's social
engagement, and contribute to effective moral development. The article also discusses forms of
cooperation, existing challenges, and possible solutions

Keywords:

Family, school, cooperation, upbringing, education, parents, teacher, child

development.

Kirish.

Yosh avlod tarbiyasi har qanday jamiyatning eng muhim strategik vazifasi

hisoblanadi. Zero, bugunning o‘quvchisi - ertaning yetakchisi, mutaxassisi va fuqarosidir. Shu
sababli ham farzandlarning barkamol shaxs bo‘lib kamol topishi, ularning ijtimoiy, axloqiy va
ma’naviy rivoji masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof
etilmoqda. Yosh avlodni tarbiyalash jarayonida ikki asosiy muhit – oila va maktabdagi tarbiya hal
qiluvchi o‘rin tutadi. Oila - bolaga dastlabki ijtimoiy tajriba, axloqiy me’yor va qadriyatlarni
singdiruvchi muhit bo‘lsa, maktab - bu bilim, ko‘nikma va hayotiy tamoyillarni shakllantiruvchi
tizimdir. Biroq bu ikki muhit o‘z faoliyatini bir - biridan ajralgan holda emas, balki hamkorlikda
olib borgan taqdirdagina ta’lim -tarbiya jarayoni samarali kechadi. Afsuski, amaliyotda oila va
maktab o‘rtasida uzviy aloqa yetarli darajada emasligi sababli ko‘plab tarbiyaviy muammolar
yuzaga chiqmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-iyuldagi PQ-3775-sonli qarorida ham

oila va maktab o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash, ota - onalarni ta’lim jarayoniga faol jalb etish


background image


Oktabr, 2025-Yil

125

orqali yoshlar tarbiyasini yangi bosqichga olib chiqish zarurligi qayd etilgan. Demak, zamonaviy
pedagogik yondashuvlar shuni ko‘rsatadiki, oila va maktab bir - birini to‘ldiruvchi ikki asosiy
tarbiya muhitdir.

Maqolada yosh avlod tarbiyasida oila va maktab hamkorligining mazmun - mohiyati,

hamkorlik shakllari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi.
Shuningdek, ta’limda samarali hamkorlik madaniyatini shakllantirish borasidagi taklif va
tavsiyalar ham ilgari suriladi.

Asosiy qism

. Oila - bu bolani atrof-muhit bilan ilk tanishtiruvchi, axloqiy qadriyatlarni

singdiruvchi, ijtimoiy me’yorlarni o‘rgatuvchi eng asosiy muhitdir. Bola tug‘ilgandan so‘ng, u ilk
psixologik va axloqiy tajribalarni aynan oiladan oladi. Oiladagi muhit bolaning shaxs sifatida
shakllanishiga to‘g‘ridan - to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Agar oilada o‘zaro hurmat, mehr - oqibat, tartib
- intizom hukm sursa, bu farzandning ichki dunyosida ijobiy his - tuyg‘ularni shakllantiradi.
Aksincha, befarqlik, ziddiyatli muhit, nazoratning yetishmasligi bolaning psixologik holatiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, o‘qish darajadi muvaffaqiyatli bo‘lgan o‘quvchilar va ijtimoiy faol

yoshlarning aksariyati sog‘lom ijtimoiy -psixologik oilada voyaga yetganini ko‘rishimiz mumkin.
Shu bois ota -onalar faqat moddiy ta’minot emas, balki tarbiyaviy mas’uliyatni ham o‘z
zimmasiga olishlari zarur.

Yosh avlod tarbiyasida maktabning tarbiyaviy vazifasi va pedagoglarning roli muhum ro‘l

o‘ynaydi. Maktab - bu nafaqat bilim beruvchi muassasa, balki shaxsning ijtimoiy, axloqiy va
intellektual jihatdan kamol topishiga xizmat qiluvchi asosiy tizimdir. Maktabda bola o‘z
tengdoshlari bilan muloqot qiladi, jamoa hayotini o‘rganadi, mehnatga, mas’uliyatga o‘rgatiladi.
Bu esa tarbiyaning keyingi bosqichi hisoblanadi. O‘qituvchi bu jarayonning markazida turadi. U
faqat dars beruvchi emas, balki tarbiya beruvchi, shaxsni yo‘naltiruvchi, hayotiy ko‘nikmalarni
shakllantiruvchi murabbiydir. Shu sababdan pedagoglardan nafaqat fan bilimlari, balki psixologik
savodxonlik, muloqot madaniyati va didaktik yondashuvlar bo‘yicha ham yuqori tayyorgarlik
talab etiladi. Biroq, o‘qituvchining tarbiyaviy faoliyati ota -onalar bilan uzviy aloqada olib
borilmasa, bu jarayon to‘liq bo‘lmaydi. Ota - onalar farzandining maktabdagi holatidan xabardor
bo‘lishi, pedagoglar esa oilaviy muhit haqida ma’lumotga ega bo‘lishi zarur. Bu ikki tomonlama
muloqot tarbiyaning muvaffaqiyat kalitidir.

Oila va maktab hamkorligi turli shakllarda, muammolarga yechim topish orqali amalga

oshiriladi. Oila va maktab o‘rtasidagi hamkorlik turli shakllarda tashkil etilishi mumkin: ota-
onalar yig‘ilishlari, seminar-treninglar, maktab tadbirlarida ishtirok, individual suhbatlar,
psixologik maslahatlar, uyga tashriflar, elektron platformalar orqali aloqa kabi. Bu shakllar orqali
ikki tomon o‘zaro fikr almashadi, bola haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ladi va tarbiyadagi
muammolarni vaqtida bartaraf etadi.

Ammo amaliyotda ayrim muammolar mavjud:

-

Ota-onalarning befarqligi yoki bandligi;

-

Maktab tomonidan yetarlicha tashabbus bo‘lmasligi;

-

Pedagogik savodxonlikning yetishmasligi;

-

Muloqotning faqat salbiy holatlarda yuzaga chiqishi.

Bu muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi chora-tadbirlar muhim:


background image


Oktabr, 2025-Yil

126

-

Ota-onalarning pedagogik savodini oshirish bo‘yicha treninglar o‘tkazish;

-

Maktabda “ota-onalar klubi” kabi ijtimoiy tuzilmalarni tashkil etish;

-

O‘qituvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish;

-

Har bir o‘quvchi uchun individual yondashuvni joriy qilish.
Bunday yondashuv oila va maktab o‘rtasidagi ishonchli munosabatni mustahkamlaydi,

yosh avlod tarbiyasining sifati esa ancha yuqori bo‘ladi.

Xulosa.

Yosh avlodni tarbiyalashda oila va maktabning o‘zaro hamkorligi muhim

ahamiyatga ega bo‘lib, jamiyatning barqaror rivoji va milliy ma’naviyatning asosi hisoblanadi.
Oila bolaning dastlabki tarbiyaviy muhitini yaratadi, uning shaxsiyati va axloqiy tamoyillarini
shakllantiradi. Maktab esa bu jarayonni davom ettiradi, bolaga bilim va ko‘nikmalar bilan birga
ijtimoiylashish imkoniyatini taqdim etadi. Ammo samarali tarbiya faqatgina oila va maktab
birgalikda harakat qilganida amalga oshadi. Shu sababli, ikki muhit o‘rtasida doimiy, samarali va
uzviy muloqot o‘rnatilishi zarur. Bu esa bolaning har tomonlama rivojlanishiga, uning ijtimoiy
faolligi va axloqiy barkamolligiga olib keladi. Shuningdek, maqolada oila va maktab
hamkorligining shakllari, yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil
qilindi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasida ishonch
va hamjihatlikni mustahkamlash yosh avlod tarbiyasini yangi darajaga olib chiqadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3775-son qarori, 2018-yil 6-iyul - “Maktab

va oila hamkorligini mustahkamlash to‘g‘risida”.

3.

G‘ofurov K. Pedagogika asoslari. Toshkent: Toshkent davlat pedagogika universiteti,

2020.

4.

Abduqodirov A.A. Pedagogik texnologiyalar asoslari. Toshkent: Fan, 2017.

5.

Rahmonov A. Oila va maktab hamkorligi. “Ta’lim va tarbiya” jurnali, 2022, №2, 45-52-

betlar.

References

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3775-son qarori, 2018-yil 6-iyul - “Maktab va oila hamkorligini mustahkamlash to‘g‘risida”.

G‘ofurov K. Pedagogika asoslari. Toshkent: Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2020.

Abduqodirov A.A. Pedagogik texnologiyalar asoslari. Toshkent: Fan, 2017.

Rahmonov A. Oila va maktab hamkorligi. “Ta’lim va tarbiya” jurnali, 2022, №2, 45-52-betlar.