Authors

  • O‘g’iloy Karimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137397

Keywords:

tanqidiy fikrlash provokatsiya pedagogika strategiya ta’lim jarayoni provokatsion pedagogika.

Abstract

ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilarda tanqdiy tafakkur ko'nikmasini provokatsion pedagogika va uning samarali strategiyalari vositasida rivojlantirish haqida so'z boradi.

background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

104

TANQIDIY TAFAKKURNI PROVOKATSION PEDAGOGIKANING

STRATEGIYALARI ORQALI RIVOJLANTIRISH

Karimova O‘g’iloy Murot qizi

Toshkent viloyati Toshkent tumani 9-maktab pedagog psixologi

https://doi.org/10.5281/zenodo.17358336

Annotatsiya

. ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilarda tanqdiy tafakkur ko'nikmasini

provokatsion pedagogika va uning samarali strategiyalari vositasida rivojlantirish haqida so'z
boradi.

Kalit so‘zlar:

tanqidiy fikrlash, provokatsiya, pedagogika , strategiya, ta’lim jarayoni,

provokatsion pedagogika.

Abstract.

This article will talk about the development of critical thinking skills in future

teachers through provocative pedagogy and its effective strategy.

Keywords:

critical thinking, provocation, pedagogy, strategy, educational process,

provocative pedagogy.

Аннотация.

в данной статье речь пойдет о развитии навыка критического

мышления у будущих педагогов с помощью провокационной педагогики и ее эффективных
стратегия.

Ключевые слова:

критическое мышление, провокация, стратегия, педагогика,

образовательный процесс, провокативная педагогика.


Bo‘lajak o‘qituvchilarimizning dunyoqarashini va uning tanqidiy fikrlash ko’nikmasini

yanada rivojlantirish va shu orqali ularda bu globallashuv zamondagi har qanday vaziyatda
to‘g’ri va tanqidiy tafakkurga ega kadrlarnini yetishtirish bugungi kuning dolzarb masalalardan
biri hisoblanadi. Shuning uchun ham Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yilning
8-oktabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida”gi PF-5847-sonli farmonida “…talabalarda tanqidiy
fikrlash, axbarotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko‘nikmalari shakllantirilmagan” ligi haqidagi
dolzarb masalaga e’tibor qaratildi

1

. Va shuningdek, Prezidentimiz o‘z nutqlarida: “Tanqidiy

tahlil, qa’tiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi
bo‘lishi kerak” deb takidlab o‘tganlar. “Tanqidiy tafakkur” nimalagi va uni rivojlantirish uchun
qo‘llaniladigan samarali texnologiyalar ilmiy jihatdan tadqiq etib kelinmoqda.

Tanqidiy tafakkurning eng kerakli usullardan biri – muloqotdir. Kommuni-katsiya orqali

inson yanada to‘g’ri fikr va g’oyalarga ega bo‘ladi, shuning uchun ham Suqrot o‘zining
“Suqrotcha” metodi orqali to‘g’ri qo‘yilgan savollar, jumboqli vaziyatlarda inson yanada
ishonchli va isbotlangan fikr va mulohazalarga ega bo‘lishi mumkin ekanligi haqida ishonch
bilan aytib o‘tgan, sababi inson hayotida har qanday jumboqlar, mantiqiy savollar va
muammolar insonni to‘g’ri fikrlashga undaydi va uni no‘to‘g’ridan to‘g’ri fikrlar sari
yo‘naltiradi, uni illyuziya kabi noto‘g’ri fikrlardan uzoqlashtiradi.

Ta’lim jarayonining bir qismi hisoblangan “tanqidiy tafakkur” atamasi keng miqiyosda

foydalanish amerikalik fayalsuf olimlariga borib taqaladi. Ushbu atamani mashhur amerikalik

1

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 08.10.2019 yildagi PF-5847- sonli Farmoni


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

105

faylasuf Jon Duyi (1910) fanga kiritgan. Jon Duyi “tanqidiy tafakkur” atamasini o‘rniga ko‘proq
“Reflectiv thinking” (aks etiruvchu fikrlash) atamasini qo’llagan va shunday ta’riflagan: “har
qanday e'tiqod yoki bilimning taxminiy shaklini uni qo‘llab-quvvatlovchi asoslar va u moyil
bo‘lgan keyingi xulosalar nuqtai nazaridan faol, qat'iyatli va diqqat bilan ko‘rib chiqish”. (Dyui
1910: 6; 1933: 9)

Tanqidiy tafakkur – bu umumiy va mustaqil fikrlash qobiliyatidir. Insonda hayotida

davomida oqilona fikr yuritishi zarur. Darhaqiqat, ta'lim, tadqiqot, moliya, menejment yoki
yuridik kasblarda tanqidiy fikrlash va tanqidiy tafakkur muhim ahamiyatga ega. Ammo tanqidiy
tafakkur kompetensiyasi aynan bir mavzu sohasi bilan cheklanmaydi. Yaxshi fikrlash va
muammolarni muntazam ravishda hal qilish har qanday soha uchun ulkan boylikdir.

Tanqidiy tafakkur kreativlikni rivojlantiradi. Muammoning ijodiy yechimini topish

nafaqat yangi g'oyalarga ega bo‘lishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, yaratilayotgan yangi
g'oyalar foydali va vazifaga tegishli bo‘lishi kerak. Tanqidiy tafakkur yangi g'oyalarni
baholashda, eng yaxshilarini tanlashda va kerak bo‘lganda ularni o‘zgartirishda hal qiluvchi rol
o‘ynaydi.

Tanqidiy taffakur yuqorida aytganimizdek har bir sohada muhim ahamiyat kasb etadi,

shu jumladan ta’limda ham. Bilamizki, pedagogika ta’lim va tarbiya nazariyasini, ularning
qo’llanish usullarini o‘rganuvchi fan sifatida o‘rgatiladi va tanqidiy tafakkur bu soha bilan
chambarchas bog’liqdir, chunki ta’lim jarayoni muntazam ravishda fikrlashga, o‘ylashga, tahli
qilishga undaydi,vaholanki bu joyda insonda tanqidiy fikrlaydigan tafakkur shakllangan bo‘lishi
kerak. Oliy ta’limda ish olib borayoygan professor-o‘qituvchilar oldida bo‘lajak o‘qituvchilarda
tanqidiy tafakkurni rivojlantirishi kabi dolzarb vazifa turipti.

Bo‘lajak o‘qituvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish orqali tanqidiy tafakkurni

shakllantirish masalalari mantiqiy ravishda ularning kreativligini rivojlantirish, o‘z-o‘zini nazorat
qila olishi va mustaqil fikrlash kompetensiyasini rivojlantirish muammolari bilan bog'liq
(Brushlinskij & Tixomirov, 2013; Rubinshtein, 2015).

Pedagog Kuzmina turli muammolarni hal qilish jarayoni sifatida fikrlash haqidagi

g'oyalarni ishlab chiqishda davom etmoqda. Amalda, muammoli vaziyatlar turli xil vazifalarni
keltirib chiqaradi, ularning yechimlari yangi evristik jarayonlarga asoslangan. Olim bo‘lajak
o‘qituvchining pedagogik tafakkuri pedagogik vaziyat-larni tahlil qilish, pedagogik vazifalarni
shakllantirish, tegishli qarorlar qabul qilish va ularning pedagogik faoliyati oqibatlarini oldindan
prognozlash qobiliyati bilan ajralib turishiga e'tibor qaratadi. Bu ko‘nikmalarning barchasi
bo‘lajak o‘qituvchi shaxsining ijodiy rivojlanishining yuqori darajasini tavsiflaydi (Kuzmina,
2005).

Amerikalik olim Klusterning so‘zlariga ko‘ra, tanqidiy fikrlash savollar berish va hal

qilinishi kerak bo‘lgan muammolarni aniqlashdan boshlanadi. Olimning ta'kidlashicha, fikrlash
individual xarakterga ega bo‘lgandagina tanqidiy bo‘lishi mumkin, ya'ni tanqidiy fikrlash
mustaqil fikrlashdir. Olimning ta'kidlashicha, tanqidiy fikrlash jarayoni yangi, allaqachon to‘g'ri
g'oyalar sinovdan o‘tkazilganda, baholanganda, ishlab chiqilganda va qo‘llanilganda sodir
bo‘ladi (Kluster, 2005, 5-13 betlar).

Tanqidiy tafakkurni provokatsiya orqali rivojlantirish o‘rganilayotgan dolzarb

muammoning samarali yechimlaridan bir hisoblandi. Provokatsiya o‘zi nima va uni qay yo‘sinda


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

106

ta’lim sohasida tanqidiy tafakkurni rivojlantirish uchun qo‘llaymiz degan savollar har birimizni
o‘ylantiradi."Provokatsiya" atamasining ildizlarini tushunish uchun uning tarixiy manbalariga
qarashimiz kerak. "Provokatsiya" so‘zi lotincha

“provocatio”

dan keladi, bu

“qiyinchilik”

degan ma'noni anglatadi. O‘z navbatida, lotincha

“provocare”

so‘zi

“sabab qilish”

yoki

“qo‘zg'atish”

degan ma'noni anglatadi.

Provokatsiya

– ingliz tilida – qo‘zg'atish harakati va

qo‘zg'ata-digan narsa.

Provokatsiya – bu boshqalarda reaktsiya, hissiyot yoki ziddiyatni qo‘zg'atish uchun

mo‘ljallangan maxsus maqsadli harakat yoki so‘z. Oddiy qilib aytganda, provokatsiya – bu
boshqa odamni o‘z harakatlari yoki so‘zlari orqali ma'lum bir reaksiya, hissiyot yoki ziddiyatga
undashga urinishdir. Tanqidiy taffakurni, ta’lim sohasida muhimligini yanda rivojlantirish uchun
biz yangi texnalogiydan foydala-nishimizni talab qiladi. Bu texnalogiya “provokativ
pedagogika” hisoblanadi. “Provokatsion pedagogika” – pedagogikaning yana bir yo‘nalishi,
muammolarni hal qilishga qaratilgan amaliy pedagogikaning bir turidir. “Provokatsion
pedagogika” ning zamirida o‘quvchiga qarshi chiqish, salbiy pedagogik ta’sirni yengish uchun
shaxsning orqa reaktsiyasini qo‘zg‘atish, natijada qarshilikning yashirin energiya-sini, ijobiy
manbalarini kuchaytirish, mustahkamlash yotadi va u har bir shaxsini “men” ni o‘z-o‘zini
anglashini, o‘z taqdirini o‘zi belgilashini, o‘z-o‘zini rivojlanti-rishini o‘rgatib boradi.
Boshqa jihatlarni hisobga olgan holda, A.V.Enin ta'kidlaydi: “Provokatsion pedagogika” – bu
turli xil texnikalar, usullar, vositalar va effektlar yordamida o‘quvchilarga ta'sir qilishning keng
tizimi. Ammo u dastlab qarama-qarshilik, mojaro, javobsiz savollar, aniq ma'lumotlarning
muloqotini o‘z ichiga oladi. Ammo eng muhimi, “mojaro”ni qo‘yish orqali odamni undan
chiqish yo‘lini izlashga majbur qiladi. Avvalo, provokatsion vaziyatdan muvaffaqiyatli tashkil
etish uchun sinfda ma'lum bir shart-sharoit bo‘lishi kerak ya’ni o‘ziga xos iqlim, psixologik
qulaylik, o‘zaro ishonch, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi sub'ekt-sub'ekt munosabatlar.
Bo‘lajak pedagoglarda tanqidiy tafakkurni provokatsion pedagogika vositasida rivojlantirishning


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

107

asosiy strategiyalari mavjud, bular:

1-rasm.

Tanqidiy taffakurni rivojlantirish strategiyalari

1.

Mantiqiy aloqalarni anglash va tahlil qilish

- bu bosqichida asosiy usul sifatida

induktiv va deduktiv usullardan keng foydalaniladi. Mantiqiy fikrlash

induktiv

(alohida

faktlardan umumiy qoidaga chiqish) va

deduktiv

(umumiy qoidadan alohida holatga xulosa

chiqarish) usullariga asoslanadi. Bu metodlar bilimlarni tuzatish, dalillarni tartibga solish va
xatolarni aniqlash uchun ishlatiladi.

2.

Muammoni aniq identifikatsiya qilish

- muammoni “5 Nega?” (5 Whys) metodi yoki

Muammo daraxti” (Problem Tree)

yordamida ildiz sabablarigacha aniqlanadi.

3.

Mavjud xatolarni aniqlash

- bu bosqichda asosan

, kognitiv qalbakiyliklar

(cognitive biases), mantiqiy xatolar (logical fallacies)

va maʼlumotlar ishonchliligini

tekshirish.

4.

Muammoning dolzarbligi va ahamiyatini baholash

- ushbu bosqichda ilmiy usul

SWOT-tahlil

(Strengths, Weaknesses, Opportunities, Threats) yoki

prioritet matritsalari

(Eisenhower matrix) kabi usullardan foydalaniladi.

5.

Asoslash va tushuntirish- argumentlarni

“Toulmin modeli”

asosida qurish (dalil,

asos, qoʻllab-quvvatlovchi maʼlumoti.

6.

Xullosa chiqarish va qaror qabul qilish

– oxirgi bosqichda

Bayes tahlili

(yangi

maʼlumot kelganda ehtimollikni yangilash) va

Devil’s advocate

(Iblis advokati) kabi ilmiy

usullar orqali talabalrda tanqidiy fikrlash bosqichma- bosqich shakllandi.

Ko‘rib turganimizdek, tanqidiy fikrlash – bu faqat “shubha qilish” emas, balki har bir

qadamni dalillar, tizim va obyektivlik asosida qurishdir. U fan, falsafa va kundalik hayotda
qarorlar sifatini oshiradi.

Xulosa qilib aytganda, provokatsion ta'limni tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun

qo‘shimcha manba sifatida ko‘rish mumkin.

Adabiyotlar:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Oliy
ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
08.10.2019 yildagi PF-5847- sonli Farmoni.

2.

Dewey John, 1910, “How We Think”, Boston: D.C. Heath. [Dewey 1910 available
online]

3.

Sheffield, Clarence Burton Jr., 2018, “Promoting Critical Thinking in Higher Education:
My Experiences as the Inaugural Eugene H. Fram Chair in Applied Critical Thinking at
Rochester Institute of Technology”, Topoi, 37(1): 155–163. doi:10.1007/s11245-016-
9392-1

4.

Haynes, Ada, Elizabeth Lisic, Kevin Harris, Katie Leming, Kyle Shanks, and Barry Stein,
2015, “Using the Critical Thinking Assessment Test (CAT) as a Model for Designing
Within-Course Assessments: Changing How Faculty Assess Student Learning”, Inquiry:
Critical Thinking Across the Disciplines, 30(3): 38–48. doi:10.5840/inquiryct201530316

5.

Kolesova, O. (2010). “Formation of critical thinking in future economists by means of
interactive learning technologies” (PhD dissertation). Classic Private University.


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

108

6.

Konarzhevska, V. (2009). “Formation of critical thinking of future officers in the course
of professional training” (PhD dissertation). H. S. Skovoroda Kharkiv National
Pedagogical University.

7.

Kyjenko-Romanjuk, L. (2007). “Development of critical thinking of students as a general
pedagogical problem” (PhD. Dissertation). Institute of Higher Education of APS of
Ukraine.

8.

Kluster, D. (2005). “What is critical thinking” . CGL.

9.

A.V Enin "Zararli o‘yinlar" plyus va minus "Provokatsion pedagogika": asoslar
nazariyasi

va

amaliyoti

[http://psyjournals.ru/files/41105/

vestnik_psyobr_

2010_3_Enin.pdf] // Psixologik nashrlar portali [http://psyjournals.ru/]. [2010].



References

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 08.10.2019 yildagi PF-5847- sonli Farmoni.

Dewey John, 1910, “How We Think”, Boston: D.C. Heath. [Dewey 1910 available online]

Sheffield, Clarence Burton Jr., 2018, “Promoting Critical Thinking in Higher Education: My Experiences as the Inaugural Eugene H. Fram Chair in Applied Critical Thinking at Rochester Institute of Technology”, Topoi, 37(1): 155–163. doi:10.1007/s11245-016-9392-1

Haynes, Ada, Elizabeth Lisic, Kevin Harris, Katie Leming, Kyle Shanks, and Barry Stein, 2015, “Using the Critical Thinking Assessment Test (CAT) as a Model for Designing Within-Course Assessments: Changing How Faculty Assess Student Learning”, Inquiry: Critical Thinking Across the Disciplines, 30(3): 38–48. doi:10.5840/inquiryct201530316

Kolesova, O. (2010). “Formation of critical thinking in future economists by means of interactive learning technologies” (PhD dissertation). Classic Private University.

Konarzhevska, V. (2009). “Formation of critical thinking of future officers in the course of professional training” (PhD dissertation). H. S. Skovoroda Kharkiv National Pedagogical University.

Kyjenko-Romanjuk, L. (2007). “Development of critical thinking of students as a general pedagogical problem” (PhD. Dissertation). Institute of Higher Education of APS of Ukraine.

Kluster, D. (2005). “What is critical thinking” . CGL.

A.V Enin "Zararli o‘yinlar" plyus va minus "Provokatsion pedagogika": asoslar nazariyasi va amaliyoti [http://psyjournals.ru/files/41105/ vestnik_psyobr_ 2010_3_Enin.pdf] // Psixologik nashrlar portali [http://psyjournals.ru/]. [2010].