Authors

  • Nargiza Begmatova
  • Ziyodaxon Radjabova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137412

Keywords:

Sinonimlar leksemalar sinonimik qator ma’no sinonimlari uslubiy sinonimlar nutqiy sinonimlar.

Abstract

Nutqda eng keng tarqalgan hodisalardan biri-sinonimiya. Sinonimlar –ma’nodosh so’zlar- shakli har xil, ammo ma’nosi bir xil so’zlar bo’lib, har bir tilning nutq boyligi hisoblanadi. Sinonim grekcha so’z bo’lib, bir nomli degan ma’noni anglatadi. Sinonim so’zlar nutqning ravon va ta’sirchan bo’lishiga yordam beradi, so’z boyligimizni oshiradi. O’zbek tili sinonim so’zlarga juda boy. Fors-tojik va arab tillaridan o’zlashgan so’zlar, rus tili va u orqali kirib kelgan so’zlar bilan o’zbek tilining o’z so’zlari ma’nodoshlik qatorini hosil qiladi.Sinonimlar badiiy nutqda tasviriy vosita sifatida xizmat qiladi.Yozuvchilar sinonimlar vositasida kishilar xarakterini, voqea-hodisalarni, manzaralarni aniq va ravshan, jozibali qilib tasvirlaydilar.15-asrdayoq buyuk mutafakkirimiz Alisher Navoiy o’zining “Muhokamat ul-lug’atayn” asarida “ichmoq” fe’lining oltita, “yig’lamoq fe’lining yettita sinonimini keltirib o’tgan.

background image

319

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

O’ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SINONIMLARNING IFODA SEMASIGA KO’RA

FARQLANISHI

Begmatova Nargiza Baris qizi

Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi

Radjabova Ziyodaxon Ibodullo qizi

Ilmiy rahbar: Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17360818

Annotatsiya.

Nutqda eng keng tarqalgan hodisalardan biri-sinonimiya. Sinonimlar –

ma’nodosh so’zlar- shakli har xil, ammo ma’nosi bir xil so’zlar bo’lib, har bir tilning nutq
boyligi hisoblanadi. Sinonim grekcha so’z bo’lib, bir nomli degan ma’noni anglatadi. Sinonim
so’zlar nutqning ravon va ta’sirchan bo’lishiga yordam beradi, so’z boyligimizni oshiradi.

O’zbek tili sinonim so’zlarga juda boy. Fors-tojik va arab tillaridan o’zlashgan so’zlar,

rus tili va u orqali kirib kelgan so’zlar bilan o’zbek tilining o’z so’zlari ma’nodoshlik qatorini
hosil qiladi.Sinonimlar badiiy nutqda tasviriy vosita sifatida xizmat qiladi.Yozuvchilar
sinonimlar vositasida kishilar xarakterini, voqea-hodisalarni, manzaralarni aniq va ravshan,
jozibali qilib tasvirlaydilar.15-asrdayoq buyuk mutafakkirimiz Alisher Navoiy o’zining
“Muhokamat ul-lug’atayn” asarida “ichmoq” fe’lining oltita, “yig’lamoq fe’lining yettita
sinonimini keltirib o’tgan.

Kalit so’zlar:

Sinonimlar, leksemalar, sinonimik qator, ma’no sinonimlari, uslubiy

sinonimlar, nutqiy sinonimlar.

THE DIFFERENTIATION OF SYNONYMS IN UZBEK LINGUISTICS ACCORDING

TO THE SEMANTICS OF EXPRESSION

Abstract.

One of the most common phenomena in speech is synonymy. Synonyms –

synonymous words-are words that are different in form, but close in meaning and are considered
the wealth of speech of each language. Synonym is a Greek word that means having the same
name. Synonyms help speech to be fluench and effective, increase our vocabulary. The Uzbek
language is very rich in synonymous words. Words borrowed from Persian-Tajik and Arabic
languages, Russian language and words that came through it, and the Uzbek language itself
form a series of synonyms. Synonyms serve as a means of expression in artistic speech.Writers
use synonyms to describe the character of people, events and landscapes in a clear, vivid and
attractive way. As early as the 15-century, our great thinker Alisher Navoi wrote in his
“Muhokamat ul-lugatayn”, he proved this by citing six synonyms for the word “drink” and
seven for the word “cry”.

Key words:

Synonyms, lexemes, synonymic series, semantic synonyms, stylistic synonyms,

speech synonyms.

ДИФФЕРЕНЦИАЦИЯ СИНОНИМОВ В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКОЗНАНИИ ПО

СЕМАНТИКЕ ВЫРАЖЕНИЯ

Аннотация.

Одним из наиболее распространённых явлений в речи является

синонимия. Синонимы – синонимичные слова – это слова с разной формой, но одинаковым
значением, которые считаются речевым богатством каждого языка. Синоним –
греческое слово, означающее одинаковое название. Синонимы помогают речи быть беглой
и эффективной, расширяют наш словарный запас. Узбекский язык очень богат
синонимичными словами. Слова, заимствованные из персидско-таджикского, арабского,
русского и пришедшие через него, а также сам узбекский язык образуют ряд синонимов.

Синонимы служат средством выражения в художественной речи.


background image

320

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Писатели используют синонимы для описания характеров людей, событий и

ландшафтов в ясной, яркой и привлекательной форме. Ещё в XV веке наш великий
мыслитель Алишер Навои в своём произведении «Мухокамат ул-лугатаин» привёл шесть
синонимов к глаголу «ичмак» и семь синонимов к глаголу «йигъламак».

Ключевые слова:

Синонимы, лексемы, синонимические ряды, синонимы значения,

стилистические синонимы, речевые синонимы.

Leksik sinonimiya leksemalarning bir xil ma’no anglatishiga ko’ra guruhlanishidir: yuz,

bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol, oraz (birinchi guruh), ozgina, picha, xiyol (ikkinchi guruh),
erkin, ozod, hur (uchinchi guruh) va boshqalar. Bunday guruhlar tilshunoslikda sinonimik qator
deb ataladi.

Ifoda semalarining har xilligidan kelib chiqib leksik sinonimlar quyidagi turlarga

ajratiladi:

1)

Ma’no sinonimlari (ideografik sinonimlar)

2)

Uslubiy sinonimlar (stilistik sinonimlar)

3)

Nutqiy sinonimlar.
1)Leksik sinonimlar ideografik semasining ma’no qirrasi bilan farqlanib tursa, ideografik

sinonimlar deyiladi (idea - “tushuncha”, “tasavvur”). Bunday sinonimlar ma’no sinonimlari ham
deyiladi. Masalan, xursand bo’lmoq, sevinmoq, quvonmoq, shodlanmoq leksemalari aynan bir
ma’noni anglatadi (ideografik semalari teng) shunga ko’ra o’zaro sinonim; lekin ma’no qirralari
o’zaro farqli: xursand bo’lmoq-oddiy quvonch, mamnunlik holati; sevinmoq-ichki quvonchni
bildiradi xursandlikdan kuchliroq; quvonmoq-yanada kuchliroq his-tuyg’u, ko’pincha tashqi
ifoda bilan; shodlanmoq-shodlik bilan to’lish, juda xursand bo’lish.

Yuzaki qaraganda yuqoridagicha holat chaqqon, epchil leksemalarida ham mavjuddek

ko’rinadi. Aslida bu leksemalar boshqa-boshqa leksik ma’noni anglatadi: “chaqqonlik”
“epchillik” emas, epchil kishi chaqqon bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin. Demak, bular-har
xil leksik ma’noni anglatadigan leksemalar, chaqqon leksemasi oyoq-qo’li yengil iborasi
anglatadigan ma’noni, epchil leksemasi ishning ko’zini biladigan iborasi anglatadigan ma’noni
bildiradi.

Ora va o’rta leksemalari ham bosh leksik ma’nosida o’zaro sinonim emas; ora-ikki

nuqtani ajratib turuvchi oraliq (masofa, vaqt), o’rta- ikki nuqtani ajratib turuvchi oraliqning qoq
yarmidagi nuqta (masofa, vaqt). Shunga ko’ra oraga qil ham sig’maydi deyiladi-yu, o’rtaga qil
ham sig’maydi deyish xato. Bu yerdagi farq bir leksik ma’no doirasidagi farq bo’lmay ayrim-
ayrim ma’nolar mavjud.

2)Sinonimlar o’zaro baho semasi bilan farqlansa, baholovchi sinonimlar deyiladi. (Bu

hodisa stilistik sinonimlar deb ham nomlanadi).

Har bir sinonimik uyada odatda:

a)

Baho semasi betaraf leksik birlik;

b)

Baho semasi mavjud leksik birlik bo’ladi.
Masalan, yuz, bet, aft, bashara, chehra sinonimik uyada yuz leksemasi, kul, iljay, tirjay,

irjay, ishshay, hiringla, tabassum qil, xoxola, xandon tashla sinonimik uyada kul leksemasi baho
semasi jihatidan betaraf, qolgan leksemalarda esa baho semasi bo’rtib turibdi.

Sinonimlarda baho semasi:
1)ijobiy bo’ladi: chehra, jamol, oraz, jilmay, tabassum qil, leksemalaridagi kabi;
2)salbiy bo’ladi: aft, bashara, turq, irjay, tirjay leksemalaridagi kabi;


background image

321

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Leksemalarni tanlab ishlatishda sinonimlarning baho semasiga alohida e’tibor beriladi,

chunki baho semasi shu leksema anglatayotgan ijobiy yoki salbiy munosabatni bildirib turadi.

3)Sinonimlar o’zaro nutq uslublariga birkitish belgisi bilan farqlansa, nutqiy sinonimlar

deyiladi. Masalan, yuz, bet, aft, bashara, chehra sinonimlaridan yuz leksemasining ishlatilishi
nutq uslublari bo’yicha chegaralanmagan, bet, aft, bashara leksemalari asosan so’zlashuv
nutqida, chehra leksemasi esa asosan badiiy nutqda ishlatiladi; ozgina, picha, xiyol, jinday,
qittay, jichcha leksemalari faqat so’zlashuv nutqiga xoslangandir.

Nutqiy sinonimlar quyidagicha voqe bo’ladi:
1)umumnutq leksemasi (nutqning barcha ko’rinishlarida ishlatilaveradigan leksema) bilan

badiiy nutq leksemasi orasida: nur-umumnutq leksemasi, yog’du-badiiy nutq leksemasi,
peshona-umumnutq leksemasi, manglay-badiiy nutq leksemasi, xat-umumnutq leksemasi,
maktub-badiiy nutq leksemasi;

2)umumnutq leksemasi bilan rasmiy nutq leksemasi orasida tuga-tamom bo’l; qatnash-

ishtirok et kabi;

3)umumnutq leksemasi bilan so’zlashuv nutqi leksemasi orasida: yana-tag’in; boshqa-

bo’lak; almash-alish kabi;

4)so’zlashuv nutqi leksemasi bilan badiiy nutq leksemasi orasida: aft-chehra; bo’lak

o’zga kabi;

Yuqorida sinonimlarga uch jihatdan yondashildi:
1) leksik ma’no qirrasi jihatidan;
2) baho semasi jihatidan;
3) nutq ko’rinishlariga xoslanish jihatidan. Shu tavsiflar asosida sinonimik uyaning bosh

leksemasi belgilanadi. Sinonim uyadagi bosh leksemaga dominanta deyiladi (lot. dominantis-
hukmron).

Dominanta deb odatda sinonimik uyadagi leksik ma’no mundarijasi barcha sinonimlar

uchun umumiy, baho semasi betaraf, umumnutqqa xos leksema tanlanadi. Masalan, yuz, bet, aft,
bashara, chehra, turq, oraz, ruxsor sinonimlarida yuz leksemasi; shirin, mazali, lazzatli, laziz
sinonimlarida shirin leksemasi- dominanta hisoblanadi.

Dominantani belgilab olish sinonimlar lug’atini tuzish ishida katta ahamiyatga ega:
a) sinonimik uya shu dominanta asosida lug’atdan joy oladi;
b) sinonimlar anglatgan ma’no shu dominantaning ma’nosi asosida ta’riflanadi, so’ngra

shu uyadagi har bir sinonimning o’ziga xos qirrasi, baho semasi, nutqiy xoslanish belgisi va
boshqa xususiyatlari tasvirlanadi.

Sinonimik munosabat:
1) bir tilning o’z leksemalari orasida bo’ladi. Bu har bir tilning o’z ichki taraqqiyoti bilan

yuzaga keladigan holat. Masalan, gapir, so’zla; yanch, tuy; sinonimlar o’zbek tilining o’z ichki
imkoniyatlari asosida yuzaga kelgan;

2) o’z leksema bilan o’zlashma leksema orasida bo’ladi: Masalan, oz, kam; barcha,

hamma; toza, pok; yolg’on, soxta; (o’zbekcha-tojikcha) ayirma, farq, tafovut; bo’lak, qism; kishi,
inson, odam; uyushma, ittifoq; (o’zbekcha-arabcha) kabi;

3) o’zlashma leksemalar orasida ham voqe bo’ladi. Masalan, analiz, tahlil (yunoncha-

arabcha); maktub, noma (arabcha-tojikcha) rasm, odat (arabcha-arabcha) kabi.

Demak sinonimik munosabat avvalo o’zbek tili lug’at boyligidagi o’z qatlam leksemalari

orasida voqe bo’ldi. Shu bilan birga, boshqa tildan leksema o’zlashtirish oqibatida ham
sinonimik munosabat yuzaga kelishi mumkin.


background image

322

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Sinonimik munosabat til taraqqiyotining muayyan bir bosqichi doirasida belgilanadi.
Shunga ko’ra ilgari poetik asarlarda qo’llanib, hozir iste’moldan chiqib ketgan kavkab

(arabcha yulduz) leksemasi bilan yulduz leksemasi hozirgi o’zbek tili nuqtayi nazaridan
sinonimlar deb qaralmaydi. Har xil ijtimoiy tuzumga taalluqli tushunchalarni anglatadigan
leksemalar ham o’zaro sinonim deb qaralmaydi, chunki ular hozirgi tilda bir o’rinda ikkinchisini
ishlatib bo’lmaydi: sudya, qozi; militsioner, politsiyachi kabi.

Xulosa qilib aytganda, sinonimlar- tilning boy ekanini, taraqqiyot darajasini ko’rsatib

turuvchi hodisalardan biri. Sinonimlar yordamida nozik ma’no qirralari anglatiladi, voqelikka
turlicha baho, munosabat ifodalanadi. Sinonimlarda birini tanlab ishlatish bilan voqelikning
ma’lum bir qirrasi bo’rttirilib anglatiladi, ifodalanadi. Sinonimlarni ishlatishda har gal ular
orasidagi ayirmalar bilan hisoblashishga to’g’ri keladi. O’z fikrini anglatishda, voqelikka o’z
munosabatini ifodalashda yagona o’rinli leksemani sinonimlar orasidan tanlab ola bilish kerak.

Sinonimlarda

yana

nutqni

ixcham,

ravon

tuzishda,

shuningdek

talaffuzni

qulaylashtirishda ham foydalaniladi. Bulardan tashqari, sinonimlar bilan juft leksemalar ham
tuziladi: or-nomus, baxt-saodat kabi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Shavkat Rahmatullayev “Hozirgi adabiy o’zbek tili” darslik. Toshkent. Universitet 2006.

2.

Hasanxon Jamolxonov “Hozirgi o’zbek adabiy tili”. Toshkent. “Talqin” -2005.

3.

X.Muhiddinova, D.Xudoyberganova, I.Umirov, N.Jiyanova, T.Yusupova “Hozirgi

o’zbek adabiy tili” o’quv qo’llanma. “O’qituvchi” nashriyot matbaa ijodiy uyi. Toshkent-
2006.

References

Shavkat Rahmatullayev “Hozirgi adabiy o’zbek tili” darslik. Toshkent. Universitet 2006.

Hasanxon Jamolxonov “Hozirgi o’zbek adabiy tili”. Toshkent. “Talqin” -2005.

X.Muhiddinova, D.Xudoyberganova, I.Umirov, N.Jiyanova, T.Yusupova “Hozirgi o’zbek adabiy tili” o’quv qo’llanma. “O’qituvchi” nashriyot matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2006.