Oktabr, 2025-Yil
150
FUQAROLIK JAMIYATINI MUSTAHKAM QURISHDA TA’LIM VA TARBIYANING
O‘RNI
Harifov Sobir Zokir o‘g‘li
Toshkent shahar, Shayxontohur tuman, 186-maktab huquq fani o‘qituvchisi
Email manzil:
Telefon raqam:
+99877 311 16 99
https://doi.org/10.5281/zenodo.17365991
Annotatsiya.
Mazkur tezisda ta’lim va tarbiyaning fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi
o‘rni, ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligi va ijtimoiy ahamiyati yoritilgan. Muallif ta’lim tizimi
fuqarolarning bilimli, tafakkurli, vatanparvar va huquqiy ongli bo‘lib kamol topishiga xizmat
qilishini, tarbiya esa insonning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishini asoslab beradi.
Tezisda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli
jamiyat”, “Inson qadri uchun” kabi g‘oyalar, shuningdek “Ta’lim to‘g‘risida” va “Yoshlar
siyosati to‘g‘risida”gi qonunlar orqali yoshlarni fuqarolik ongli, mas’uliyatli va faol shaxslar
sifatida tarbiyalash jarayoni tahlil qilingan. Muallif fikricha, ta’lim va tarbiya uyg‘unligi
natijasidagina huquqiy ong, fuqarolik faolligi, ijtimoiy mas’uliyat va adolatparvarlik jamiyat
hayotida mustahkam qaror topadi.
Kalit so‘zlar:
Ta’lim, tarbiya, fuqarolik jamiyati, huquqiy ong, ma’naviyat, ijtimoiy
mas’uliyat, demokratik qadriyatlar, inson huquqlari, yoshlar siyosati, vatanparvarlik.
Kirish
: Bugun biz bilamizki, zamon taraqqiy etyapti, shu bilan birga har bir sohada
rivojlanish va yuksalish bo‘lmoqda. Bu jarayonlarda ta’lim va tarbiyaning o‘rni katta bo‘lishi hech
kimga sir emas. Ta’lim – fuqarolarning bilimli, tafakkurli, vatanparvar va huquqiy ongli bo‘lib
kamol topishiga xizmat qilsa, tarbiya – ularning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantiradi,
ijtimoiy mas’uliyatini kuchaytiradi. Ana shu ikki omil uyg‘unlashgan taqdirdagina, jamiyatda
adolat, qonun ustuvorligi va inson huquqlariga hurmat tamoyillari amalda qaror topadi.
Fuqarolik jamiyatini mustahkam qurishda ta’lim va tarbiya tizimining o‘rni shundan
iboratki, u fuqarolarda o‘z huquq va burchlarini anglash, ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etish,
jamiyat va davlat manfaatlariga befarq bo‘lmaslik tuyg‘usini tarbiyalaydi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat”
g‘oyasi ham aynan ta’lim va tarbiyani fuqarolik ongini yuksaltirishning eng muhim omili sifatida
ko‘radi. Fuqarolik jamiyatini qurish, bu o‘rinda demokratik davlat qurish, demakdir. Qachonki,
fuqarolar davlatda teng huquqli bo‘lsalar, bu faqat ta’lim va tarbiyada emas, balki boshqa
sohalarda ham aksini topsa, fuqarolarning huquqiy, ijtimoiy huquqlari o‘z o‘rnida bo‘ladi.
Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatining shakllanishi, bu
jarayonda huquqiy tarbiyaning tutgan o‘rni, huquqiy ong va ma’naviyat o‘rtasidagi uzviy
bog‘liqlik ilmiy asosda tahlil qilinadi. Bu jarayonda birinchi prezidentimiz Islom
Abdug‘aniyecvich Karimov, Abdulla Avloniy, Akbar Utamurodov va Tolib Xojiyevlarning
asarlari va qonunlarimizning ba’zilari o‘rganildi va tahlil qilindi
Asosiy qism:
Fuqarolik jamiyatini mustahkam qurishda ta’lim va tarbiya tizimi hal
qiluvchi o‘ringa ega bo‘lib, ular inson kapitalini shakllantirish, huquqiy ongni yuksaltirish va
demokratik qadriyatlarni singdirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Chunki, fuqarolik
Oktabr, 2025-Yil
151
jamiyatining barqaror rivojlanishi uchun nafaqat mustahkam qonunchilik bazasi, balki ongli, faol,
ma’naviy yetuk va mas’uliyatli fuqarolar zarurdir. Ana shunday fuqarolarni tarbiyalash esa
bevosita ta’lim va tarbiya tizimining vazifasidir.
Ta’lim tizimi jamiyatda fuqarolik ongini shakllantiruvchi asosiy institut sifatida faoliyat
yuritadi. Maktabdan boshlab oliy ta’limgacha bo‘lgan bosqichlarda yosh avlodga nafaqat ilmiy
bilimlar, balki milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, insonparvarlik, qonunga hurmat, adolatparvarlik
kabi ijtimoiy fazilatlar singdiriladi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”
1
gi
Qonuni hamda “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”
2
gi Qonunlarida yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan
barkamol shaxslar etib tarbiyalash, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga tayyorlash asosiy
maqsad sifatida belgilangan.
Tarbiyaning fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi o‘rni esa, insonning ma’naviy
dunyosini, qadriyatlar tizimini va ijtimoiy mas’uliyatini shakllantirish bilan belgilanadi. Tarbiya
jarayonida yoshlar o‘z milliy o‘zligini anglash, fuqarolik burchini bajarish, jamiyat manfaatlarini
shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yish, qonunlarga hurmat bilan qarash kabi fazilatlarni
o‘zlashtiradi. Bunda oilaning, ta’lim muassasalarining, ommaviy axborot vositalarining,
mahallaning va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, fuqarolik jamiyatida ta’lim va tarbiya jarayoni inson huquqlari, erkinliklari va
majburiyatlarini chuqur anglashni ta’minlaydi. Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya orqali
fuqarolarda qonun ustuvorligiga e’tiqod, adolat tamoyillariga sodiqlik, davlat boshqaruvida
ishtirok etish madaniyati shakllanadi. Bu jarayonda ta’lim tizimi faqat bilim berish bilan
cheklanmasdan, fuqarolik mas’uliyatini kuchaytiruvchi amaliy mashg‘ulotlar, ijtimoiy loyihalar,
ko‘ngillilar harakati kabi faol uslublardan foydalanishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar ham aynan ta’lim va tarbiya
tizimining zamonaviy talablar asosida takomillashtirilishiga yo‘naltirilgan. Masalan, “Yangi
O‘zbekiston – yangi ta’lim” konsepsiyasi, “Ma’naviyatli jamiyat – taraqqiyot garovi” tamoyili
hamda “Inson qadri uchun” shiori ta’lim va tarbiya sohasida inson shaxsini markazga qo‘yish, uni
fuqarolik jamiyatining faol ishtirokchisiga aylantirishni ko‘zda tutadi.
Bundan tashqari, nodavlat ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari, yoshlar va ayollar
ittifoqlari, turli ijtimoiy fondlar ham fuqarolik madaniyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
Bu institutlar orqali aholining huquqiy savodxonligi oshiriladi, ijtimoiy adolat va tenglik g‘oyalari
targ‘ib qilinadi, fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatlari kengaytiriladi.
Bugun biz bilamizki, ta’lim va tarbiya fuqarolarimizning ma’lum bir qismi, ya’ni, yoshlar
ongidan ko‘tarilmoqda, bunga misol qilib, maktablar yoki texnikumlarni olsak, bu joylarda
ta’limning ham, tarbiyaning ham nechog‘lik og‘ir holatdaligi ko‘rinadi. Bu muammolar bugun
hech kimga sir emas. Bu o‘rinda bugun uchun muhim bo‘lgan fuqarolik jamiyati, ta’lim va tarbiya
tushunchalariga ta’rif berib o‘tsak, dastlab, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti
I.A.Karimovning shunday fikriga to‘xtalib o‘tamiz: “Biz fuqarolik jamiyati qurishga
intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgani sari boshqaruvning turli
1
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son
qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi,
24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son.
2
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 14.09.2016 yildagi O‘RQ-406-son
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
toʻplami, 2016-y., 37-son.
Oktabr, 2025-Yil
152
xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirish,
demakdir”
3
.
Fuqarolik jamiyati
tushunchasi ijtimoiy faollik tushunchasi sifatida bir-biriga
chambarchas bog‘liqdir. Bunday jamiyatning davlat faoliyatidan holi holda jamoaviy tashabbuslar
bilan rivojlanishi nazarda tutilmoqda. Bu siyosiy partiyalarga a’zolikni nazarda tutuvchi siyosiy
faollikdir. Nodavlat-notijorat faoliyatida ishtirok etish, turli ijtimoiy tashabbuslar va ijtimoiy
harakatlarga intilishlarni anglatadi. Shu ma’noda jamiyat uchun foydali bo‘lgan turli xil dasturlar,
loyihalar va jamoat birlashmalarida ishtirok etish hamda fuqaroviy faollikni amalga oshirishdir
4
.
Ta’lim tushunchasi esa, a’lim — bu shaxsda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, uning
intellektual, ma’naviy-axloqiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan uzluksiz
jarayon bo‘lib, jamiyatning ma’naviy va iqtisodiy taraqqiyoti uchun asosiy omildir.
Ta’lim
insonni ongli, tafakkurli, ijtimoiy mas’uliyatli va vatanparvar fuqaro sifatida
shakllantiradi. U nafaqat bilim berish, balki shaxsni tarbiyalash, uning dunyoqarashi va fuqarolik
pozitsiyasini mustahkamlashni ham o‘z ichiga oladi. Shu ma’noda, ta’lim tizimi fuqarolik
jamiyatining intellektual poydevorini yaratadi. “Ta’lim — bu shaxsni tarbiyalash va unga ta’lim
berishning uzviy jarayoni bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti uchun
zarur bo‘lgan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimdir.”
5
Tаrbiyа
– bu insоnning ruhiy, аxlоqiy, intellektuаl vа ijtimоiy jihаtdаn shаkllаnish
jаrаyоnidir. U nаfаqаt bilim berish, bаlki insоndа yuksаk mа’nаviyаt, hаlоllik, vаtаnpаrvаrlik,
mehnаtsevаrlik, оdоb-аxlоq kаbi fаzilаtlаrni singdirishgа qаrаtilgаn uzluksiz jаrаyоndir. Tаrbiyа
оrqаli insоn о‘zini аnglаydi, jаmiyаtdаgi о‘rnini tоpаdi, bоshqаlаrgа nisbаtаn mаs’uliyаtli, hаlоl
vа аdоlаtli bо‘lishni о‘rgаnаdi. Bu jаrаyоn оilаdа bоshlаnib, tа’lim muаssаsаlаri, mаhаllа, jаmоаt
tаshkilоtlаri vа оmmаviy аxbоrоt vоsitаlаri оrqаli dаvоm etаdi.
Tаrbiyа hаqidа sо‘z yuritilаr ekаn, biz buyuk mutаffаkkir Аbdullа Аvlоniyning jumlаlаrini
beixtiyоr yоdgа оlаmiz, u “Tаrbiyа biz uchun yо hаyоt – yо mаmоt, yо nаjоt – yо hаlоkаt, yо
sаоdаt – yо fаlоkаt mаsаlаsidir”
6
. Bu fikr tаrbiyаning fаqаt shаxsiy emаs, bаlki butun jаmiyаt
tаqdirigа bevоsitа tа’sir kо‘rsаtishini аnglаtаdi. Shu о‘rindа xаlqimizdа yаnа bir nаql bоr: “Bir
bоlаgа yetti mаhаllа оtа-оnа” deyishаdi. Yа’ni, hаr bir bоlаning tаrbiyаsigа jаmiyаtning bаrchа
shаxslаri jаvоbgаr hisоblаnаdi.
Xulosa
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va mustahkamlashda
ta’lim va tarbiya tizimi hal qiluvchi o‘ringa ega. Chunki, jamiyatning har bir a’zosi bilimli,
huquqiy ongli, vatanparvar va ma’naviy barkamol bo‘lmas ekan, demokratik qadriyatlar hayotga
to‘liq tatbiq etilmaydi. Ta’lim inson kapitalini shakllantiruvchi, shaxsning intellektual salohiyatini
ochib beruvchi jarayon bo‘lib, u fuqarolarda mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil qilish, ijtimoiy
jarayonlarda faol ishtirok etish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Tarbiya esa bu jarayonning ma’naviy
3
I.A. Karimov O ‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. – T.: “O‘zbekiston”, 1995. -
14-bet.
4
A. Utamurodov, M. Qirg‘izboyev, T. Xojiyev Fuqarolik jamiyati o‘quv qo‘llanma. -T.: 2018. -93-bet.
5
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, 23.09.2020-yildagi O‘RQ–637-son —
lex.uz/docs/5013007
6
Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq”. 1997. Toshkent nashr, 48-bet.
Oktabr, 2025-Yil
153
negizi sifatida insonning axloqiy mezonlarini, ijtimoiy mas’uliyatini, vatanparvarlik va
insonparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlaydi.
Bugungi kunda ta’lim muassasalari, oilalar, mahalla, jamoat tashkilotlari va fuqarolik
jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki,
shaxs tarbiyasi — bu faqat maktab yoki oila vazifasi emas, balki butun jamiyatning umumiy
mas’uliyatidir. Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, “tarbiya – hayot va mamot, najot va halokat
masalasidir”. Shu bois, har bir fuqaro tarbiyalangan, huquqiy ongli va ijtimoiy faol bo‘lgan
taqdirdagina, jamiyatda adolat, qonun ustuvorligi va inson huquqlariga hurmat qaror topadi.
Shuningdek, ta’lim va tarbiya fuqarolik madaniyatini yuksaltirishning asosiy omilidir.
Huquqiy ta’lim orqali fuqarolar o‘z huquq va burchlarini chuqur anglaydilar, ijtimoiy hayotda faol
ishtirok etish, davlat boshqaruvida ishtirok etish madaniyatiga ega bo‘ladilar. Tarbiya esa insonni
halollik, adolatparvarlik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik ruhida shakllantiradi. Bu ikki omil
uyg‘unlashgan jamiyatda korrupsiya, befarqlik va ijtimoiy loqaydlik kabi illatlar kamayadi,
o‘rniga faollik, hamjihatlik va mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasi mustahkamlanadi.
Xulosa qilib aytganda, fuqarolik jamiyatini qurish jarayoni faqat siyosiy yoki iqtisodiy
islohotlar orqali emas, balki eng avvalo, ta’lim va tarbiya tizimining mukammalligi, ularning
inson ma’naviyatini yuksaltirishdagi roli bilan belgilanadi. Shu sababli, O‘zbekiston sharoitida
ta’lim va tarbiyani fuqarolik ongini shakllantirish, huquqiy madaniyatni rivojlantirish va
demokratik jamiyatni mustahkamlashning bosh strategik yo‘nalishi sifatida qarash lozim.
Faqatgina ma’rifatli, tarbiyali, ijtimoiy mas’uliyatli fuqarolargina Yangi O‘zbekistonning
ma’naviy tayanchi va fuqarolik jamiyatining poydevori bo‘la oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-
637-son).
3.
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni.
4.
I.A. Karimov
. “Biz fuqarolik jamiyati qurishga intilmoqdamiz”
– nutqidan.
5.
Abdulla Avloniy.
“Turkiy guliston yoxud axloq”.
6.
“Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi materiallari.
7.
“Ma’naviyatli jamiyat – taraqqiyot garovi” tamoyili bo‘yicha davlat dasturlari.
