ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
222
BUXORO MUZEYLARI ORQALI MADANIYATLARARO MULOQOTNI
RIVOJLANTIRISH
Nizamova Iroda
Eksponatlarni hisobga olish sektori mutaxassisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17367762
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Buxoro muzeylarining madaniyatlararo muloqotni
rivojlantirishdagi o‘rni keng yoritilgan. Muzeylarning tarixi, ilmiy va ta’limiy faoliyati, xalqaro
hamkorlikdagi roli hamda turizm rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Buxoro muzeylari
Sharq va G‘arb tamaddunlari o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarib, milliy merosni keng
jamoatchilikka taqdim etishda, shuningdek, xalqaro miqyosda madaniy aloqalarni
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kalit so‘zlar:
Buxoro, muzey, madaniyat, muloqot, meros, tarix, san’at, turizm,
YUNESKO, hamkorlik.
СОДЕЙСТВИЕ МЕЖКУЛЬТУРНОМУ ДИАЛОГУ ЧЕРЕЗ МУЗЕИ БУХАРЫ
Аннотация.
В статье рассматривается роль музеев Бухары в развитии
межкультурного диалога. Подробно анализируется история формирования музеев, их
научная и образовательная деятельность, значение в международном сотрудничестве и
туризме. Музеи Бухары выполняют функцию моста между Востоком и Западом,
сохраняя национальное наследие и одновременно представляя его мировой
общественности, способствуя формированию толерантности и взаимопонимания.
Ключевые слова:
Бухара, музей, культура, диалог, наследие, история, искусство,
туризм, ЮНЕСКО, сотрудничество.
PROMOTING INTERCULTURAL DIALOGUE THROUGH BUKHARA MUSEUMS
Abstract.
This article explores the role of Bukhara museums in promoting intercultural
dialogue. It analyzes the historical development of museums, their scientific and educational
activities, and their significance in international cooperation and tourism. Bukhara museums act
as bridges between East and West, preserving national heritage while presenting it globally,
fostering tolerance, mutual understanding, and cultural exchange.
Keywords:
Bukhara, museum, culture, dialogue, heritage, history, art, tourism,
UNESCO, cooperation.
KIRISH
Bugungi globallashuv sharoitida xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot va madaniy
integratsiya jarayonlari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu jarayonda muzeylar nafaqat
tarixiy yodgorliklarni saqlash va o‘rganish markazi, balki madaniyatlararo muloqotni
rivojlantirishning eng samarali vositalaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Muzeylar orqali
milliy madaniyatning eng nodir namunalari jahon hamjamiyatiga taqdim etiladi, shu bilan birga
boshqa xalqlarning madaniyati bilan qiyosiy o‘rganish imkoniyati tug‘iladi. Xalqlar o‘rtasida
o‘zaro hurmat, tushunish, bag‘rikenglikni shakllantirishda muzeylarning o‘rni beqiyosdir.
Chunki muzeylar nafaqat tarixiy obidalar va moddiy madaniyat namunalari saqlanadigan
joy, balki o‘tmish bilan bugun orasidagi tirik ko‘prikdir. O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridan
biri bo‘lgan Buxoro o‘zining betakror tarixiy yodgorliklari, boy madaniy merosi va ko‘plab
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
223
muzeylari bilan ajralib turadi. Buxoro muzeylari nafaqat milliy merosni asrab-avaylaydi, balki
turli xalqlarning madaniy an’analari va qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan holda, xalqaro
muloqot uchun keng imkoniyat yaratadi.
Buxoro shahri Markaziy Osiyoning qadimiy madaniyat markazlaridan biri sifatida
muzeylar tarmog‘i bilan mashhurdir. Bu shaharda mavjud muzeylar O‘zbekiston tarixining turli
davrlarini o‘zida mujassam etib, Sharq va G‘arb tamaddunlari o‘rtasida ko‘prik vazifasini
o‘taydi. Masalan, Buxoro Davlat Muzey-Qo‘riqxonasi, Fayzulla Xo‘jaev uy-muzeyi, Buxoro
san’at muzeyi, Ismoil Somoniy maqbarasi va Ark qo‘rg‘oni qoshidagi ekspozitsiyalar nafaqat
milliy merosni targ‘ib qiladi, balki chet ellik sayyohlar uchun ham madaniyatlararo muloqot
maydoniga aylanadi [1, 45].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Mazkur maqolada Buxoro muzeylarining madaniyatlararo muloqotdagi o‘rni, ularning
tarixiy shakllanishi va zamonaviy globallashuv jarayonidagi ahamiyati mustaqillik yillarida
muzeyshunos olimlar, tadqiqotchilar tomonidan O‘zbekistonda chop etilgan ilmiy adabiyotlar
asosida keng tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik, muzey ekspozitsiyalarining turizm
va ta’limdagi roli, shuningdek, kelajak istiqbollari ham L.Y.Mankovskaya, R.V.Almeyev,
N.Sodiqova, M.Bekmurodov va boshqa muzeyshunos mutaxasislarning ishlari hamda UNESKO
tashkiloti materiallari orqali yoritib beriladi.
Mazkur tadqiqot davomida turli tahliliy, qiyosiy, tavsifiy usullardan foydalanilgan.
NATIJA VA MUHOKAMA
Birinchi navbatda, Buxoro muzeylarining tarixi va shakllanish jarayoniga diqqat bilan
e’tibor berish muhim ahamiyatga ega. Buxoro muzeylari tarixi XIX asr oxiri va XX asr
boshlariga borib taqaladi. Bu davrda Rossiya imperiyasi va keyinchalik Sovet davlati tarkibiga
kirgan O‘zbekiston hududida birinchi muzey kolleksiyalari shakllanib, ular orqali xalqning
moddiy va ma’naviy madaniyati ilmiy asosda o‘rganila boshlandi [2, 112]. Buxoro davlat
Muzey-Qo‘riqxonasi 1922-yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirda uning tarkibida 7 ta asosiy bo‘lim
mavjud. Bu muzey fondida 100 mingdan ortiq eksponat saqlanadi. Ularning orasida qadimiy
qo‘lyozmalar, islomiy hujjatlar, xalq amaliy san’ati namunalaridan tortib, XIX–XX asr
boshlariga oid etnografik buyumlargacha bor [3, 215]. Muzeyning asosiy vazifasi tarixiy
yodgorliklarni asrab-avaylash, ularni keng jamoatchilikka taqdim etish va ilmiy tadqiqot ishlarini
olib borishdir. Mazkur yirik muzey fond va ekspozitsiyalarida saqlanayotgan ashyolar, noyob
buyumlar, manbalar turli millat va madaniyatlar vakillarining hayot tarzi, yurish-turishi,
an’analarini o‘zida uyg‘unlashtiradi. Xususan, hozirda Buxoro Davlat Muzey-Qo‘riqxonasi
ko‘rgazmalarida saqlanayotgan turli eksponatlar bilan dunyoning turli burchaklaridan tashrif
buyurgan mehmonlar, sayyohlar, tadqiqotchilar tanishgan holda tarixiy voqeliklarni jonli
tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Bundan tashqari, XIX – XX asr boshlarida Buxoro amirligiga tashrif buyurgan xorijlik
sayyohlar, xususan, A.Byorns, A.Vamberi, Y.Skayler, G.Lansdell Buxoro amirlarining qarorgohi
bo‘lgan Arkning kiraverish qismida, ya’ni dolon bilan chiqadigan darvozaxona qismida hozirda
ham mavjud bo‘lgan turli ko‘rgazmali kichik muzeyni ko‘rganliklarini qayd qilishgan [4, 5, 6,
7].
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
224
Demak xorijiy sayyohlarning tashrif buyurgan davridayoq kichik muzeyda namoyish
qilingan tarixiy buyumlar turli madaniyatlarni kishilarga namoyish qilgan. Bu o‘z navbatida,
Buxorodagi muzeylar tarixi uzoq davrlarga borib taqalishini bildiradi.
Keyingi yillarda muzey-qo‘riqxona tarkibida yangi yo‘nalishlar shakllantirildi. Jumladan,
Gilamlar tarixi muzeyi
,
Xattotlik san’ati tarixi muzeyi
,
Temirchilik hunari tarixi muzey-
ustaxonasi
,
Suv ta’minoti tarixi muzeyi
,
Tasviriy san’at muzeyi
tashkil etilib, ular o‘z
faoliyati orqali nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosdagi qiziqishlarni ham jalb etib kelmoqda
(10, 112). Alohida ta’kidlash joizki,
Buxoro xattotlik san’ati tarixi muzeyi
1990-yilda
Ulug‘bek madrasasi darsxonasida tashkil etilgan bo‘lib, u yerda VII asrdan XXI asrgacha
bo‘lgan qo‘lyozmalar, xattotlik san’ati namunalarini ko‘rish mumkin (12, 78). Bu nafaqat milliy
yozuv san’ati tarixi, balki butun musulmon Sharqi madaniyati bilan bog‘lanish imkonini beradi.
Bundan tashqari, Fayzulla Xo‘jaev memorial muzeyi XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi
ijtimoiy-siyosiy hayotga oid qimmatli ma’lumotlarni taqdim etadi. Bu muzey orqali tashrif
buyuruvchilar nafaqat Buxoroda jadidchilik harakati tarixi bilan, balki O‘zbekistonda
mustaqillikka intilish davrining muhim bosqichlari bilan ham tanishadilar. Shuningdek, bu
muzey xorijlik tadqiqotchilar uchun Markaziy Osiyodagi modernizatsiya jarayonlarini
o‘rganishda muhim manba vazifasini bajaradi [8, 9, 134]. Qo‘shimcha ravishda aytish
mumkinki, mazkur muzey mamlakat hududiga yevropacha ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
munosabatlarning kirib kelishi, mahalliy intellegensiya vakillari va jadidlar fenomenining
shakllanishi to‘g‘risida keng manbalarni o‘rganish markazi vazifasini ham bajaradi. Fayzulla
Xo‘jaev uy-muzeyi Buxoro va O‘zbekiston tarixida muhim davrlarni yoritib, jadidchilik
harakati, mustaqillik uchun kurash va modernizatsiya jarayonlarini chuqur o‘rganish imkonini
beradi. U nafaqat milliy xotira markazi, balki xorijlik tadqiqotchilar uchun ham bebaho ilmiy
manba sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur muzey yosh avlodni vatanparvarlik, erkinlik
va ma’rifat g‘oyalari ruhida tarbiyalashda katta o‘rin tutadi. U milliy merosni asrab-avaylash,
tarixiy shaxslar faoliyatini o‘rganish hamda xalqaro miqyosda Buxoro madaniy merosini keng
targ‘ib qilishda samarali maydon bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, Buxoro san’at muzeyi esa asosan amaliy san’at, miniatyura, gilamchilik va
kashtachilik namunalari bilan mashhur. Bu muzey kolleksiyasi xalqaro ko‘rgazmalarda ham
muntazam ravishda namoyish etilib, Buxoro madaniyatining nozik did va go‘zallik mezonlarini
jahon miqyosida tanitmoqda. Buxoro tasviriy san’ati muzeyi binosi, shaharning qadimiy
Shohrud kanali ustida 1912 yilda pishiq g‘ishtlardan qurilgan, ikki qavatli savdo rastasi
murakkab me’morchilik konstruksiyasiga ega bo‘lgan me’morchilik shaharsozlik
kompozisiyasiga ega bo‘lib, yerto‘la tizimidagi seyf - xonalari, ko‘p sonli zallar ikkinchi
qavatning old tomonidagi nafis boloxona ayvonidan iborat. XX asr boshlarida binoda Azov-Don
banki filiali va rus tadbirkori Savva Morozovning fabrikada to‘qilgan matolar sotiladigan firma
savdo do‘koni joylashgan edi. XX asrning o‘rtalaridan boshlab 80-yillarga qadar, bino muzeyga
topshirilguncha unda Davlat banki joylashgan edi. Muzeyning «XX asr O‘zbekiston tasviriy
san’ati» jamlanmasida 1000 taga yaqin polotnolar (rasmlar), shu jumladan XX asrning mashhur
mo‘yqalam ustalari R.Choriyev, X.Boboyev, A.A.Abdullayev, R.A.Axmedov, Ch.Axmarovlar
tomonidan badiiy san’atning turli xil usullarida turli yillarda yaratilgan ishlar jamlangan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
225
O‘zbekistonda yashab, ijod etgan «Turkiston avangardi»ni tashkil etgan XX asr 20-30-
yillar tasviriy san’ati maktabining yirik namoyondalari bo‘lgan iqtidorli rassomlar P.P.Benkov,
M.I. Kurzin, Z.M.Kovalyovskaya, A.T.Kotova, N.V.Kashina, O.A.Tetevosyan, N.Karaxan,
A.Volkov, G.N.Nikitin, V.G.Sobolev-Melexov, V.I.Ufimsev va boshqa bir qancha mo‘yqalam
ustalari unchalik katta bo‘lmagan jamlanmasi tomoshabin diqqatini o‘ziga jalb etadi.
O‘zbekiston xalq rassomi, xalq ustasi va zargari S.Pochchayev (1880-1948 y.y.)
Sharqning betakror miniatyura uslubida ishlagan miniatyuralar muzey kolleksiyasida alohida
o‘rin egallaydi. Sharq an’anaviy kitob miniatyurasi uslubida ushbu rassom yuksak badiiy did va
nafislik bilan yaratgan asarlar muzey jamlanmasining faxridir. O‘zbekistonning boy badiiy
merosi, me’morchilik an’analari, Sharq miniatyurasi va dekorativ amaliy san’ati ko‘rgazmalar
zalidan o‘rin olgan hozirgi zamon iste’dodli buxorolik rassomlar, haykaltaroshlar, grafiklardan
B.Salomov, N.Boboyev, K. Norxo‘rozov, U. O‘roqov, B. Gulov, E. Jo‘rayev va boshqalar
asarlarida o‘z aksini topdi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga atab tashkil etilgan
doimiy ko‘rgazmasi respublikamizda, shu jumladan Buxoro viloyatida iqtisod va biznes, ijtimoy
hayot, qishloq xo‘jaligi va sanoatda, madaniyat va ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar bilan
tomoshabinlarni tanishtiradi. Ko‘rgazma zallarida Buxoro viloyati sanoatining yetakchi
tarmoqlari mahsulotlari va zamonaviy hunarmandlar ishlari namoyish etilmoqda [9, 73].
Mazkur muzeyning fondlarida saqlanayotgan turli davrlar va mualliflarga tegishli
qo‘lyozma va toshbosma asarlarning qadri nihoyatda baland bo‘lib, muzeyning faoliyati ularni
asrash va yosh avlodga yetkazishda sezilarli rol o‘ynaydi.
Bundan tashqari, Buxoro shahrida Buxoro amirlarining yozgi saroyi bo‘lmish Sitorai
Mohi Xosa saroyida joylashgan Buxoro amaliy bezak san’ati muzeyi ham muhim ahamiyatga
ega maskan hisoblanadi. Muzey joylashgan Buxoro hukmdorlarining yozgi saroyi amir
Abdulahadxon (1885-1910 yy.) XIX asrning ikkinchi yarmi) qurdirgan eski saroydan va 1911-
1918 – yillarda so‘nggi Amir Olimxon (1911–1920 y.y.) qurdirgan saroyning yangi qismidan
iborat. Go‘zal saroy binolari va pavilonlari 7 gektardan ortiq maydondagi katta mevali bog‘
ajoyib atirgul daraxtlardan, uzumzorlardan, jannatmakon qushlari bo‘lgan bog‘dan iborat
qarorgoh o‘zining go‘zalligi va me’moriy uslubi bilan zamondoshlarda katta taassurot qoldiradi.
Buxoroning eng yaxshi qo‘li gul me’morlaridan X.Hafizov, Sh.Murodov, K.Samadov, usto
Gʻofurlar rossiyalik mutaxasissislardan Margulis va Sakovich bilan hamkorlikda saroyning bir
qancha zallari ichki ko‘rinishini bezashgan edi. Nafis “Oq taxt zali”, gulga burkangan qabulxona,
ziyofat (banket) zali, choyxona va yotoqxona zallari shular jumlasidandir. Buxoro an’anaviy
me’morchiligini Yevropa me’morchiligi naqshlari bilan bog‘lab, devor sirtini qoplashda pishiq
g‘isht, karnizlarga jimjimador naqshlar, chaspaklar, temir tomlar chekkalari uchli nayzasimon
qilib, naqshli gumbazlar, eshik va derazalarning yordamchi ashyolari, bino va inshootlarning
ichki qiyofasini bezashda pechlar va parket pollar o‘rnatishning barisi, o‘z navbatida, o‘zining
texnik va badiiy jihatidan ulug‘vor me’moriy asar yaratishga imkon berdi. Muzey ekspozisiyalari
quyidagi uchta saroy binolarida joylashgan. Yozgi saroy inter’yeri (Bosh bino), Zallarda XIX –
XX asr saroy mebellari XIV – XX asr Xitoy, Yaponiya va rus chinnilari, Rossiyadan keltirilgan
saroy san’ati jihozlari, buxorolik zargarlarning eng yaxshi ishlari, zardo‘zlik namoyon (panno)lar
va amir xazinasidan qolgan yopinchiqlar va hokazolar namoyish etilmoqda [10, 48]. Bog‘ning
o‘rtasida saroy mehmonlari uchun qurilgan sakkiz qirralik xiyobon (mehmonxona) joylashgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
226
Bu yerda «XIX asr oxiri – XX asr boshi buxorolik badavlat shaharliklar kiyimi» nomli
ko‘rgazma namoyish etilmoqda. Ko‘rgazmaga tashrif buyurganingizda, siz tantanali bayramona
bazmlarda amir saroyi amaldorlari kiygan zardo‘zi kiyimlar, bosh kiyimlar, matolar, zardo‘zi
oyoq kiyimlari jamlamasini ko‘rasiz. Bog‘ning janubiy qismida saroyning uchinchi binosi ikki
qavatli oynalangan Yevropa ko‘rinishidagi oranjereyali, shiyponi va hovuz bo‘lgan pishiq
g‘ishtdan qurilgan hashamatli bino joylashgan. Bu yerda «Buxoro vohasi badiiy kashtachiligi va
XIX asr oxiri – XX asr boshi uy – ro‘zg‘or buyumlari» ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda.
Buxoroning dekorativ kashtachilik maktabi O‘zbekiston kashtachilik san’atining betakror
va yorqin ko‘rinishi hisoblanadi. Dekorativ kashtachilikning «so‘zana», «zardevor» singari
namunalari, namoz o‘qishda ishlatilgan «joynamoz», «sandalipo‘sh», shuningdek bosh kiyimlar,
ayollar kiyimlari, bezaklari, sumkachalar, hamyonlar, oynalar uchun oynaxaltalar, erkaklar
belbog‘lari va «iroqi», «bosma», «yo‘rma» uslubida tikilgan boshqa ashyolar muzey
ekspozitsiyasida namoyish etilmoqda.
Mustaqillik yillarida Buxoro muzeylari yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, O‘zbekiston
hukumati tomonidan 1990-1991-yillardan boshlab madaniy merosni saqlash, muzeylar
faoliyatini rivojlantirish va ularni xalqaro standartlarga moslashtirish yo‘lida keng ko‘lamli
islohotlar amalga oshirildi. Natijada Buxoro muzeylari nafaqat milliy tarixni targ‘ib etuvchi
maskan, balki jahon hamjamiyatida O‘zbekistonning madaniy elchisi sifatida faoliyat
yuritmoqda [13, 39–40).
XULOSA
Madaniyatlararo muloqotda Buxoro muzeylarining o‘rni muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u
quyidagilarda ko‘rinadi:
1. Tarixiy va me’moriy meros orqali muloqot. Xususan, Buxoro muzeylari joylashgan
obidalar, jumladan, Ark qo‘rg‘oni, Ulug‘bek madrasasi, Sitorai Mohi Xossa saroyi o‘zida turli
davrlar va xalqlarning me’morchilik an’analarini mujassamlashtirgan. Masalan, Sitorai Mohi
Xossa saroyida sharqona bezak san’ati bilan Yevropa uslubidagi me’morchilik uyg‘unlashib
ketgan. Bu esa turli madaniy makonlarning o‘zaro aloqasini ko‘rsatadi.
2. Mavzuviy ekspozitsiyalar va san’at asarlari orqali muloqot. Bunda muzeylarning
doimiy va vaqtinchalik ko‘rgazmalari xalqaro madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishda muhim
vosita hisoblanadi. Masalan, xattotlik san’ati muzeyidagi arab yozuvi asosidagi qo‘lyozmalar,
gilamlar muzeyidagi turli hududlarda to‘qilgan gilamlar nafaqat o‘zbek xalqining, balki boshqa
xalqlarning ham madaniyatini namoyish etadi.
3. Ilmiy va pedagogik (ta’limiy) faoliyat orqali muloqot. Masalan, Buxoro muzeylari
tadqiqotchilar uchun noyob manba bo‘lib xizmat qiladi. Talabalar, yosh olimlar, tarixchilar
muzey fondlaridan foydalanib, xalqaro tadqiqotlar olib borishlari mumkin. Bu jarayon yosh
avlodda milliy qadriyatlarga hurmat, tanqidiy tafakkur, xalqaro tajribaga ochiqlikni
shakllantiradi.
4. Sayyohlik va xalqaro hamkorlik orqali muloqot. Jumladan, bugungi kunda Buxoro
YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan shaharlardan biri bo‘lib, bu holat
muzeylarning xalqaro turizm markaziga aylanishiga xizmat qilmoqda. Xorijiy sayyohlar Buxoro
muzeylarini tomosha qilib, mahalliy madaniyatni chuqurroq anglaydi, natijada xalqlar o‘rtasida
do‘stona rishtalar mustahkamlanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
227
Shunday qilib, yuqoridagi xulosalardan kelib chiqqan holda shunday takliflar berish
mumkin. Birinchidan, Buxoro muzeylarida raqamli 3D modellar va virtual ekskursiyalarni
kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Ikkinchidan, xalqaro ko‘rgazmalar sonini yanada oshirish,
xorijiy muzeylar bilan qo‘shma aloqlarni rivojlantirish va xorijlik mehmonlarning e’tiborini keng
jalb qilish kerak. Uchinchidan, muzeylar tarkibida ta’limiy dasturlarni kengaytirish, muzeylarga
nafaqat mahalliy, balki xorijiy tadqiqotchilarni jalb qilish, maktab va oliy o‘quv muassasalari
ta’lim oluvchilar uchun qulayliklarni oshirish lozim. To‘rtinchidan, mahalliy hunarmandlar va
san’atkorlarni jalb qilish, ularning asarlarini xalqar miqyosda targ‘ib qilish nihoyatda zarur.
Buxoroda joylashgan muzeylar nafaqat tarixiy xotiraning saqlovchisi, balki turli
madaniyatlarning o‘zaro uchrashuv nuqtasidir. Ularning boy fondlari, tarixiy obidalari, xalqaro
ko‘rgazmalari va ilmiy faoliyati orqali Buxoro nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo
uchun madaniyatlararo muloqot markaziga aylanmoqda. Kelgusida muzeylarning texnologik
modernizatsiyasi, xalqaro hamkorlik va turizm bilan bog‘liq dasturlar yanada rivojlantirilsa,
Buxoro muzeylari jahon madaniyatida yanada yuksak o‘rin egallashi shubhasizdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Маньковская Л.Ю. Бухара: Музей под открытом небом. -T.: Гафура Гуляма, 1995. -
255 с.
2.
Karimova, D. O‘zbekistonda muzeyshunoslik tarixi. -Toshkent: O‘zbekiston, 2010.-245 b.
3.
Бобобеков, Х. Бухоро тарихи ва маданий мероси. Тошкент: Фан, 2002. –401 б.
4.
Alexander Burnes. Travels into Bokhara; Being the account of A Journey from India to
Cabul, Tartary, Persia… In the three volumes. London: John Murray, Albemarle street,
1834. Volume I, 356 pages.
5.
Arminius Vambery. Travels in Central Asia. Being the account of a journey from Teheran
across the Tukoman desert on the Easteen shore of the Caspian to Khiva, Bokhara, and
Samarcand. Performed in the year 1863. London John Murray, Albemarle street, 1864. 531
pages.
6.
Eugene Schuyler. Turkistan, Notes of a Journey in Russian Turkistan, Khokand, Bukhara,
and Kuldja. In two volumes. Volume I. New York: Scribner, Armstrong & co. 1876. 411
pages.
7.
Henry Lansdell. Russian Central Asia including Kuldja, Bokhara, Khiva and Merv. In two
volumes. London, Sampson Low, Marston, Searle, and Rivington 188, Fleet street. 1885.
Vol. II. 732 pages.
8.
Saidov A. Buxoro muzeylari va ularning jahon madaniyatidagi o‘rni. Buxoro: BuxDU
nashriyoti, 2018. – 312 b.
9.
Пулатова М. Некоторые сведения из истории дома-музея Ф. Ходжаева». -Бухара,
2004.
10.
Qosimova Sh. Buxoro muzeylari tarixi va merosi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2019. – 112-
bet.
11.
Жумаев К. «Ситораи Мохи Хосса». -Бухоро:. «Бухоро», 1999.
12.
Karimov H. O‘zbekiston muzeylari: tarix va bugun. – Toshkent: “Fan”, 2007. – 78 bet.
13.
UNESCO.
Museums as Intercultural Dialogue Platforms
. Paris, 2015. – pp. 34–56.
