Oktabr, 2025-Yil
163
KORRUPSIYAGA OID MATNLARNI LINGVISTIK EKSPERTIZA QILISHNING
O‘RGANILISHI
Isroilova Guljahon Jamolovna
Adliya vazirligi huzuridagi Respublika sud ekspertiza markazi ARM mudiri
https://doi.org/10.5281/zenodo.17375236
Korrupsiya-bu hokimiyatning fuqarolarga emas, balki o‘ziga xizmat qilishidir
Li Kuan Yu, Siyosiy arbob,
Singapur Bosh vaziri
Annotatsiya.
Ushbu maqolada korrupsiyaga oid matnlarni lingvistik ekspertiza qilish
yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar tahlilga tortilib, o‘zbek tilshunosligida bu borada amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olingan.
Kalit so‘zlar:
lingvistik ekspertiza,
korrupsiya, pora, poraxo‘r, evfemizm, ellipsis, to‘xtam,
intonatsiya, tinish belgilari.
Аннотация.
В этой статье анализируется работа, проделанная в направлении
лингвистической экспертизы текстов о коррупции, и определяются задачи, которые
необходимо выполнить в этой области в узбекском языкознании.
Ключевые слова:
лингвистическая экспертиза, коррупция, взятка, взяточник,
эвфемизм, эллипсис, умолчание, интонация, знаки препинания.
Abstract.
This article analyzes the work done in the field of linguistic expertise of texts
related to corruption and outlines the tasks that need to be carried out in this area within Uzbek
linguistics.
Keywords:
linguistic analysis, corruption, bribe, briber, euphemism, ellipsis, tacit
agreement, intonation, punctuation marks.
Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida tilning amaliy jihatini o‘rganish, ularni hayotga
tatbiq etish, tilni amaliyot bilan bog‘lash, birgalikda rivojlantirish masalalari dolzarb va asosiy
masala bo‘lib kelmoqda. Tilning psixologiya fani bilan bog‘liqlikda o‘rganilishi orqali
psixolingvistika, bilish jarayonlari, falsafa bilan bog‘liqlikda o‘rganish kognitiv tilshunoslik,
huquq bilan bog‘liqlikda o‘rganish orqali yurislingvistika sohalari rivojlanib bormoqda.
Keyingi yillarda tilshunoslikda tilni inson bilan bog‘liq tarzda o‘rganish orqali tilni
amaliyot bilan bog‘lash uning foydalanish doirasini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Bu esa
tilshunos mutaxassislar uchun yangi sohalarga kirib borish imkonini yaratmoqda. Sud-huquq
sohasida ziddiyatli matnlarni tadqiq qilish orqali esa amaliy tilshunoslikning yana bir sohasi
lingvistik ekspertiza rivojlanib bormoqda.
Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligida bu sohada ko‘plab tadqiqotlar bajarilib, amaliyotga
tatbiq qilindi. Jumladan, aynan lingvistik ekspertiza borasida K.Musulmonova, shaxsiy
yozishmalarda noadabiy unsurlarning hududiy xoslanishini lingvistik ekspertiza orqali aniqlash
bo‘yicha D.A.To‘rayeva, shaxsni obro‘sizlantirish bilan bog‘liq holatlar lingvistik ekspertizasi
N.Y.Najmidinova tomonidan tadqiqot sifatida maxsus tadqiq etilgan.
Oktabr, 2025-Yil
164
Ammo korrupsiyaviy matnlarni lingvistik tahlilga tortish, ularning til xususiyatini tahlil
qilish orqali sud-tergov ishlarini osonlashtirish masalasi tadqiq qilinishi lozim bo‘lgan
muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.
Korrupsiyaviy matnlarni lingvistik ekspertiza qilish masalasida jahon tilshunosligida turli
yo‘nalishlarda qator tadqiqotlar olib borilgan. Biz ushbu maqolada olib borilgan tadqiqotlarni
tahlilga tortib, o‘zbek tilshunosligida bu yo‘nalishda qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab
olishni maqsad qilib qo‘ydik.
Jahon tilshunosligida, xususan, rus tilshunosligida bu borada tadqiqotlar olib borilgan va
ularning har biri bu sohani rivojlantirish uchun asos va metodik yordam bo‘lib xizmat qilgan.
Xususan, pedagogika fanlari nomzodi T.S.Karimova “Korrupsiyaga qarshi ishlar bo‘yicha
dialogik matnlarning lingvistik ekspertizasi xususiyatlari” nomli maqolasida ekspertizaning ushbu
turi haqida ko‘plab xulosalarga kelgan. U o‘z tadqiqotining ilmiy yangiligi sifatida matn-
muloqotni tahlil qilish, mantiqiy-semantik va funksional-uslubiy tahlil doirasida kommunikativ
yondashuvdan foydalanishni ko‘rsatadi. Tadqiqot natijasida korrupsiyaga qarshi ishlar bo‘yicha
lingvistik ekspertizaning asosiy vazifasi voqeani uning nutqiy aks etishi bo‘yicha semantik va
pragmatik usullar majmuasini qo‘llash orqali nutqiy jinoyatlarning huquqiy kvalifikatsiyasini
aniqlashtirish imkonini beradi.
Rus tilshunosi I.A.Sternin o‘zining “Korrupsion matnning tilga oid belgilari” nomli
maqolasida korrupsiyaga qarshi kurash, unga oid bo‘lgan tushunchalarga izoh berib: “Korrupsion
harakatlar – mansab vakolatini suiiste’mol qilish, pora berish, pora olish, vakolatni suiiste’mol
qilish, tijoratda sotib olish – so‘zlashuvga asoslanganligi aniq. Ular tomonlar tomonidan
muhokama qilinadi va pora berishga undash ham, pora taklif qilish ham til shaklida amalga
oshiriladi”-deb yozadi. Pora berish turli shakllarda bo‘lishi va bu jarayonda ishlatiladigan so‘z va
iboralarga matnning korrupsiyaga ishora qiluvchi ehtimoliy belgilari sifatida qarash mumkinligini
aytib o‘tib, bunday so‘z va iboralardan bir nechtasini keltirib o‘tadi hamda ularda ikki yo‘nalishda:
pora so‘rash va pora taklif qilish belgilari orqali tahlil o‘tkazish maqsadga muvofiqligini yozadi.
Shuningdek, bunday so‘z va iboralarga bir qancha misollar keltiradi.
Poraga ishora qiluvchi so‘z
va iboralar
:
muammoni yechish qiyin, lekin mumkin, o‘ylaymanki, kelishib ketamiz, rahmatni
nonga surib yeb bo‘lmaydi, rahmatni ichib bo‘lmaydi(quruq qoshiq og‘iz yirtar), siz menga
yordam bersangiz, men sizga yordam berishim mumkin, hech qachon dengizda dam olmaganman
va hokazo.
Pora taklifi bo‘yicha so‘z-belgilar:
sizni mukofotlaymiz(quruq qo‘ymaymiz), bizning
minnatdorchiligimiz sizni haqiqatda xursand qiladi, sizga dam olishda yordam beramiz
va
boshqalar. Shu bilan birgalikda, bahsli matnlarda korrupsiyaviy so‘z-belgilar borligi haqida xulosa
berishda qo‘llangan iboralar o‘z ma’nosida bo‘lishi mumkin ekanligini ham hisobga olish
lozimligi haqida o‘z fikrlarini bayon etadi.
Yaroslavl davlat universiteti professori D.L.Karpov hamda Yaroslavl sud ekspertiza
laboratoriyasi eksperti D.Ye.Pojilovalarning
“Korrupsiyaga qarshi ishlar bo‘yicha ekspertizani
tayyorlashda pora beruvchining strategiyasini tahlil qilish”
nomli maqolasida turli olimlarning
qarashlarini tahlil qilib, korrupsiya bilan bog‘liq nutqni tahlil qilishning aniq bir metodologiyasi
mavjud emasligi, antikorrupsiya ekspertizalari uchun maxsus algoritm ishlab chiqish zarurligini
ta’kidlab, o‘z nuqtayi nazarlarini bayon etadi. Unga ko‘ra pora beruvchining nutqi quyidagi
xususiyatlari bilan tavsiflanishi zarurligini ta’kidlaydi:
Oktabr, 2025-Yil
165
1.
Asosiy maqsad
- bunda pora beruvchi mansabdor shaxsni pora evaziga muayyan
harakatni amalga oshirishga ishontiradi va buning uchun turli nutq usullaridan: iltimos qilish,
qayta-qayta takrorlash, ko‘ndirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri taklif qilishdan foydalanadi.
2.Yashirish
- pora beruvchi o‘z niyatini to‘g‘ridan to‘g‘ri aytmaydi, balki yashirishga
harakat qiladi. Bunda turli til vositalari ishga solinadi:
• evfemizm – «pora» o‘rniga «mukofot», «suvenir», «rahmat» kabi so‘zlarni ishlatish;
• elliptik qurilishlar – gapni yarimta qoldirish, to‘liq aytmaslik;
• ishora orqali bildirish – masalan, «imtihonni hal qilish», «masalani ko‘rib chiqish» kabi
ifodalar orqali pora taklifi bilvosita aytiladi. Bunday nutqiy qurilishlar tashqi ko‘rinishda oddiy
gapdek tuyuladi, ammo asl ma’nosida korrupsiyaviy mazmun yashiringan bo‘ladi.
3.
Ehtiyotkorlik va xavfsizlik
- pora beruvchi o‘z harakatlarining noqonuniyligini
anglaydi, shuning uchun ehtiyotkor bo‘ladi. Uning nutqida quyidagi belgilar kuzatiladi:
• telefon orqali yoki ochiq joyda gapirishdan qochish;
• uchinchi shaxslardan yashirish;
• «telefonda gaplashmaylik», «kamroq gapir», «ortiq ovoza qilmaylik» kabi ifodalarni
ishlatish.
Bu holatlar uning o‘zini fosh etishdan qo‘rqishini va harakatini maxfiy saqlashga urinishini
ko‘rsatadi.
4. Emotsional ta’sir va shaxsiy munosabat qurish:
Pora beruvchi suhbatdoshiga ta’sir
o‘tkazish maqsadida shaxsiy munosabat qurishga harakat qiladi. U quyidagicha nutqiy ifodalarni
ishlatadi:
• o‘zini og‘ir ahvolda ekanini ko‘rsatish (“oyligim juda kam”, “xonadonda muammolar
bor”);
• insoniylikka chaqirish (“davayte po-chelovecheski” (“odamgarchilik qiling”));
• hamdardlik uyg‘otish (“xotinim dekretda, juda qiyin”);
• o‘zinikidek qilib olish uchun suhbatdosh bilan yaqin munosabat o‘rnatish.
Bu kabi ifodalar pora taklifini yumshatish, uni qonuniy yoki insoniy harakat sifatida
ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Xulosa o‘rnida mualliflar bu kabi vazifalar korrupsiyaga oid nutqni tahlil qilishning
umumiy algoritmi tarkibiy qismi hisoblanishini, ularni amalga oshirish pora oluvchining
strategiyasini o‘rganish va butun matnning umumiy tahlili bilan uyg‘un holda olib borilishi
zarurligini aytadi.
Bravijaya universiteti tadqiqotchisi Sh.Salsabilaning “Britaniya milliy korpusidagi
korrupsion birikmalarning tanqidiy diskurs tahlili” nomli izlanishida Britaniya milliy korpusida
korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan atamalarni statistik tahlil qilib, korrupsiya so‘zining qaysi so‘zlar
bilan birikishi, eng ko‘p hamda eng kam qaysi so‘zlar bilan birikib kela olishi, qaysi soha va qaysi
yoshdagi kishilar nutqida bu so‘zning ko‘p uchrashi, korrupsiya so‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan
tushunchalarni izohlaydi. Tushunchani Milliy korpus vositasida tadqiq qilish, bizningcha, uni har
tomonlama to‘liq tadqiq qilishga, u bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalar va ularning izohi bo‘yicha
lingvist-ekspertlar uchun uslubiy qo‘llanmalar tuzish, ushbu yo‘nalishda tahsil oluvchilar uchun
ma’ruzalar matni tuzishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Oktabr, 2025-Yil
166
Yana bir rus tilshunosi T.V.Varlakova o‘zining "Nutqiy provokatsiya – sud lingvistikasi
ekspertizasi obyekti sifatida" nomli maqolasida nutqiy kommunikatsiyani tashkil etuvchi muhim
tushunchalar — kommunikativ maqsad, kommunikativ niyat, undash va boshqa tilshunoslik
hamda huquqiy tilshunoslik kategoriyasi bilan bog‘liq nutqiy provokatsiya tushunchasini ochib
beradi. Maqola nutqiy provokatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan undash bildirishlarni aniqlashga
qaratilgan savollar variantlarini taqdim etadi; ekspertizaga taqdim etilgan suhbat matnlarini tahlil
qilish natijalari umumlashtiriladi; muallif bir necha tilshunoslik ekspertizalari jarayonida
aniqlagan nutqiy provokatsiyaga yo‘naltirilgan undash bildirishlarning turli shakllari qisqacha
tavsiflanadi.
Ma’lumki, korrupsiya jinoyatlarining hammasi ham uni sodir etuvchining xohish-istaklari
bilan bo‘lmasligi mumkin. Pora taklif qiluvchi turli usullar (undash, qo‘rqitish, ayyorlik bilan)
yordamida provokatsiya qilib, uni bu ishni qilishga ko‘ndiradi. To‘g‘ri, pora oluvchini hech
qanday sabab bilan oqlab bo‘lmaydi, lekin nutqiy provokatsiyalarni aniqlash aybdorga yengilroq
jazo tayinlanishiga, aksincha, uni shu ishga majburlaganga og‘irroq jazo tayinlanishi mumkin
ekanligini ham istisno qilib bo‘lmaydi.
Bu yo‘nalishda jahon tilshunosligida qilingan ishlarni tahlil qilish orqali quyidagi
xulosalarga kelindi:
1. O‘zbek tilida korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan matnlarni tahlil qilishning metod va
yo‘nalishlarini aniqlab olish lozim;
2. Korrupsiya so‘zining leksik maydonini tahlil qilish orqali bu so‘z bilan birga
qo‘llaniladigan so‘z va iboralarning semantik, stilistik, statistik tahlilini amalga oshirish zarur.
Bunda O‘zbek tili milliy korpusi hamda sud-tergov materiallari, ekspertiza uchun taqdim etilgan
materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
3. Matnda qo‘llanilgan lingvistik-stilistik vositalarni aniqlab, ular bajarayotgan
vazifalarini tahlil qilish.
4. Ishtirokchilarni ayni shu jinoyatni sodir etishga ko‘ndirish, undash qaysi til vositalari
orqali amalga oshirilganligini aniqlash.
O‘ylaymizki, ushbu vazifalarning amalga oshirilishi tilshunoslikda rivojlanib kelayotgan
lingvistik ekspertizani rivojlanishiga, shuningdek, sud-tergov organlari, sud-ekspertiza sohasida
faoliyat yurituvchi xodimlar faoliyatida amaliy yordam beradi hamda ushbu yo‘nalishda ta’lim
olayotgan talabalar uchun foydali bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
И.А.СтернинИ.А. Языковые маркеры коррупционного текста // Психолингвистика и
лексикография (продолжающееся научное издание), Выпуск 4, Воронеж: РТИМ,
2017. С.210-213
2.
Карпов Д.Л., Пожилова Д.Е. Анализ стратегии взяткодателя в подготовке
экспертизы по антикоррупционным делам // С.38-43.
3.
Стернин И.А., Шепелевич С.И. Откат и взятка: семантический и юридический
подходы // Язык и национальное сознание. Вып.18.Воронеж: Истоки, 2012.С.133-139
4.
Стернин И.А., Шепелевич С.И. Откат и взятка: семантический и юридический
подходы // Лингвокриминалистика. Избранные статьи 2006-2012. С
Oktabr, 2025-Yil
167
5.
Т.В.Варлакова Речевая провокация как объект судебной лингвистической
экспертизы //2013
6.
http://lingvaexpert.ru/expert_says/publications/vyazigina
7.
Musulmonova K.X. Oʻzbek tili yozma matnlarini lingvistik ekspertiza qilish jarayoni,
bosqichlari va metodlari: Filol. fan. fals. d-ri. … diss. – Qoʻqon, 2022. – 132 b.
8.
Toʻrayeva D.A. Oʻzbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning hududiy
xoslanishi: Filol. fan. fals. d-ri. … diss. – Qoʻqon, 2022. – 137 b.
9.
Najmidinova N.Y. O‘zbek tilidagi “shaxsni obro‘sizlantirish” mazmunli ifodalarning
lingvistik ekspertizasi: Filol. fan. fals. d-ri. … diss. – Qoʻqon, 2025. – 114 b.
