Authors

  • Rohila Rajabova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137456

Keywords:

tasavvuf tariqat naqshbandiya naqshbandiya-mujaddidiya ijtimoiy tenglik adolat bag‘rikenglik javonmardlik shayx murid murshid.

Abstract

XVIII-XIX asrlarda naqshbandiya-mujaddidiya tariqati islom olamining ko‘pgina sohalarida o‘zining gullagan davrini boshdan kechirdi. Mang‘itlar davrida Dahbed va uning atrofida Maxdumi A’zam avlodiga mansub xojalar va mashhur valiy zotlar yashab o‘tgan bo‘lib, Dahbed kichik mavze’ligiga qaramay Naqshbandiya sulukining markazi bo‘lgan.

background image

360

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

MUSOXON DAHBEDIYNING NAQSHBANDIYA-MUJADDIDIYA TARIQATI

RIVOJIDAGI O’RNI

Rajabova Rohila Zakirovna

Buxoro davlat universiteti,

Islom tarixi va manbashunosligi, falsafa kafedrasi o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17381612

Annotatsiya.

XVIII-XIX asrlarda naqshbandiya-mujaddidiya tariqati islom olamining

ko‘pgina sohalarida o‘zining gullagan davrini boshdan kechirdi. Mang‘itlar davrida Dahbed va
uning atrofida Maxdumi A’zam avlodiga mansub xojalar va mashhur valiy zotlar yashab o‘tgan
bo‘lib, Dahbed kichik mavze’ligiga qaramay Naqshbandiya sulukining markazi bo‘lgan.

Kalit so‘zlar:

tasavvuf, tariqat, naqshbandiya, naqshbandiya-mujaddidiya, ijtimoiy

tenglik, adolat, bag‘rikenglik, javonmardlik, shayx, murid, murshid.

РОЛЬ МУСЫ-ХАНА ДАХБЕДИ В РАЗВИТИИ ОРДЕНА НАКШБАНДИ-

МУДЖАДДИДИЙА

Аннотация.

В XVIII–XIX веках орден Накшбанди-Муджаддид процветал во многих

регионах исламского мира. В период Мангидов Дахбед и его окрестности были домом для
хаджей и известных святых из рода Махдуми Азама, и, несмотря на свою небольшую
территорию, Дахбед был центром школы Накшбанди.

Ключевые слова:

суфизм, тарикат, накшбандия, накшбандия-муджаддидия,

социалное равенство, справедливост, толерантност, молодост, шейх, мюрид, муршид.

THE ROLE OF MUSA KHAN DAHBEDI IN THE DEVELOPMENT OF THE

NAQSHBANDI-MUJADDIDIYA ORDER

Abstract.

In the 18th and 19th centuries, the Naqshbandi-Mujaddid order flourished in

many regions of the Islamic world. During the Mangid period, Dahbed and its surroundings
were home to pilgrims and renowned saints from the line of Mahdumi Azam, and despite its
small territory, Dahbed was the center of the Naqshbandi school.

Key words:

sufism, tariqat, naqshbandiyya, naqshbandiyya-mujaddidiya, social equality,

justice, tolerance, youthfulness, shaykh, murid, murshid.


KIRISH

XV asrda Dahbedga ko‘chib kelgan Maxdumi A’zam keyinchalik uning shogirdlari

naqshbandiya-mujaddidiya tariqatini rivojida o‘z hissasini qo‘shib kelgan. Naqshbandiya
silsilasidek ulug‘ bir sulukni orqama-ketin bir oiladan, ya’ni Maxdumi A’zam tabaqasidan
chiqqan bir qancha vakillar boshqarishi ham tasavvuf tarixida uchramagan holdir. Maxdumi
A’zam tabaqasi asrlar davomida tasavvuf ilmining rivojida nafaqat Buxoroda, balki xorij
davlatlarda ham shuhrati ketgan shayxlardan bo‘lganlar.

Mang‘itlar davrida ham tasavvuf shayxlari va so‘fiylarning hurmati baland bo‘lib,

ayniqsa Amir Shohmurod va Amir Haydar davrida tasavvuf ahli va tariqat peshvolariga katta
imtiyozlar yaratib berilgan va amirlar ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlab turgan[1:86].

Mang‘itlar davrida faoliyat olib borgan Maxdumi A’zam silsilasi vakillaridan biri –

valiylik bobida mashhur bo‘lgan Hazrati Sayyid Nurmuhammad bo‘lib, tasavvuf ahlining komil
piri sifatida ommani to‘g‘ri yo‘lga boshlashda rahnamolik qilgan. Shayx Sayyid
Nurmuhammadning shariat va tariqat ilmlarida peshvo ekanligi, sarf, nahv, mantiq, hadis va
tafsir ilmlarining donishmandi bo‘lganligi manbalarda qayd etilgan[2:540].


background image

361

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Dahbediy xojalar silsilasida alohida o‘rin tutgan zotlardan yana biri – Hazrati

Musoxonxoja Dahbediy bo‘lib, diniy va dunyoviy olamda mo‘tabar sanalib, “Qutbul-
mutaaxirini” (silsilaning oxirgi qutbul-aqtoblaridan) unvonini egallagan. XVIII asrning ikkinchi
yarmida Naqshbandiya tariqatiga rahnamolik qilgan. Hazrati Musoxonxoja, taxminan, 1708/09
yillarda Dahbedda Muhammad Isoxoja ibn Muhammad Boboxoja ibn Muhammad Roziqxoja
ibn Muhammad Amin (Kalonxoja) ibn Hazrati Maxdumi A’zam xonadonida dunyoga kelgan.

Musoxonxoja otasi hamrohligida Hijoz ziyorati asnosida Hisorga ko‘chib, so‘ng

Hindistonning Jahonobod shahriga tashrif buyurib, Mirzo Joni Jonon orqali ustozi Muhammad
Obid Jahonobodiy bilan uchrashadi va unga qo‘l berib, shogird tushadi. 1746 yilda Hazrati shayx
Muhammad Obid vafot etgach[3:85], uning o‘rniga 35 yoshlik alloma Musoxonxoja Dahbediy
naqshbandiya-mujaddidiya tariqati-sulukining rahbari bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay naqshbandiya,
qodiriya, suhravardiya va chishtiya kabi to‘rt silsiladan tuzilgan bu tariqatning peshvosi
bo‘lgan Musoxonxoja naqshbandiya silsilasini Hindistondan Dahbedga olib keladi. Abu
Tohirxoja “Samariya” asarida: “Samarqand va uning atrofida bo‘lgan buzg‘unchilik va
vayronagarchilik vaqtida Hazrati Musoxonxoja Hindiston mamlakatiga ketib, unda Hazrati
Miyon Muhammad Obid sohibga murid bo‘lib, Hazrati Miyon ajdodlarining “Alfi soniy”
tariqatini yangilab, sharif bobolari silsilasini davom ettirdi”, deb ta’kidlab o‘tilgan[4:149].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Musoxonxoja o‘z davrining еtuk tasavvuf nazariyotchilaridan hisoblanib, shariatga oid

asarlar yozgan. “Kasirul-favoid”, “Jomi jahonnomai”, “Aynul-ma’oniy”, “Dorul-asror va
sanadul-abror”, “Zubdatul haqoyiq va navodirul-maorif”, “Dar fazilati Payg‘ambar”, “Doril
maknun”, “Muhzanul ta’rif” ana shular jumlasidandir[5:543]. X.Yuldashxodjaev tadqiqotida
Musoxonxoja Dahbediy asarlari uslubi va qo‘yilgan masalalarni yoritilishiga ko‘ra tahlil qilinib,
quyidagi masalalarga asosiy e’tibor qaratilganligi aniqlangan:

1. Xojagon-naqshbandiya-mujaddidiya silsilasi tarixini yoritish;
2. Tasavvufiy istilohlar sharhi;
3. Tavhid va zikr masalasi;
4. Pir-murid va shayx-murid munosabatlariga doir masalalar;
5. Muridlar (tolibi suluklar) uchun yozilgan qo‘llanmalar[6:245-250].
Musoxon Dahbediy naqshbandiya-mujaddidiya sulukining nazariy rivojiga katta hissa

qo‘shib, naqshbandiya tariqatini e’tiqod va amaliyot borasidagi turli xurofotlardan tozalab,
asarlarida tariqat ta’limotini Qur’on va sunna asosida qayta ishlab chiqdi. Naqshbandiya
tariqatining keng tarqalib rivoj topishida Musoxon Dahbediyning o‘rni beqiyosdir.

Musoxonxoja to‘g‘risida ham ko‘plab asarlar mavjud. Urgutlik adib va tarixnavis

Jumaquli Urgutiyning “Manoqibi hazrati Muso” asari ma’lumotga boyligi bilan qimmatlidir.

Qutbul-aqtob Hazrati Muhammad Musoxonxoja Dahbediy Naqshbandiya tariqatiga 18

yil rahnamolik qilib, 1776 yilda vafot etgan[7:543].

NATIJA VA MUHOKAMA

Musoxonxojaning xalifalaridan biri bo‘lgan Xalifa Muhammad Siddiq ham tasavvuf

pirlaridan bo‘lib, uzoq yillar Hindiston va Pokistonda tariqat ilmini o‘rganadi va o‘rgatadi. 1746
yilda piri Hazrati Shayx Muhammad Obid vafot etgach, tariqat rahbarligi Muhammad Siddiq
zimmasiga o‘tadi[8:3008]. O‘sha mamlakatlarda 12 yil faoliyat yuritib, yana Naqshbandiya
tariqati markazini Dahbedga ko‘chiradi. Yuqoridagi fikrlarni tasavvufshunos olim K.Kattaev
ham tasdiqlaydi: “Musoxonxoja Dahbediy Hindistondan xalifa va xodimlari bilan qaytadilar. Ul
kishining tarbiyatini olib, xizmatlarini qilgan Xalifa Muhammad Siddiq, Xalifa Xudoyor, Xalifa


background image

362

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Mahmud, Xalifa Abdulqayum va Xalifa Hoji Muhammad Yusuf hamda mulozimlari Miraj Sohib
hamkorligida Dahbedga keladilar. Shu bilan Naqshbandiya silsilasining markazi yana Dahbedga
qaytib keladi. Hazrati Musoxonxojaning ushbu izdoshlari irshod huquqini olib, xalqni to‘g‘ri,
hidoyat yo‘liga boshqarganlar”[9:60].

Musoxonxojaning xalifalaridan yana biri Muhammad Amin bo‘lib, u asli bog‘ibalandlik

bo‘lsada, “Dahbediy” nisbasini olgan[10:164]. U 1152/1739 yilda tavallud topib, 1229/1814
yilda vafot etgan. Amir Haydarning piri bo‘lgani uchun “Eshoni piri dastgir” (Qo‘l oluvchi pir)
laqabini olgan[11:212]. Yoshligida Hindistonga borib, Musoxonxojaga murid tushadi va ul
zot bilan Dahbedga qaytadi. Manbalarda keltirilishicha, Amir Haydar unga qo‘l berib, murid
tushgach, pirini Buxoroga taklif etadi. Eshoni Piri Dastgir Buxoroga ko‘chishdan oldin faoliyat
doirasini ikkiga bo‘ladi: ya’ni Dahbed xonaqohi ishini Abdurahmon Maxdum ibn Muhammad
Siddiq bilan Mallaxoja Dahbediylarga, viloyat tariqati rahbarligini esa Muhammad Husaynga
topshirib ketadi[12:25-28]. Vafot etgach, Dahbed xonaqohiga dafn etiladi.

XULOSA

Tasavvuf va tariqatlarning rivojida Buxoro tasavvuf ahli va tariqat shayxlarining o‘rni

katta bo‘lib, mang‘itlar davrida gullab-yashnagan naqshbandiya-mujaddidiya tariqatining
tarqalishida yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan Buxoro amirligida yashab o‘tgan tasavvuf
allomalarining hissasi beqiyosdir. Bu davrda naqshbandiya-mujaddidiya tariqatining dunyo
bo‘ylab yoyilishida va rivojlanishida nafaqat Buxoro shayxlarining, balki Buxoro
madrasalarining ham roli katta bo‘lgan. Chunki madrasalarda tahsil olgan xorijdan kelgan
talabalar o‘z yurtlariga borib, mahalliy aholi o‘rtasida mujaddidiya tariqatini yoyishgan. Shuning
uchun aytishimiz mumkinki, tasavvufning rivojida tasavvuf ahli, tariqat peshvolari, shayxlar,
so‘fiylar, mudarrislarning ham o‘z o‘rni bo‘lgan.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, tariqat shayxlari nafaqat tariqat doirasini

shakllantirish va rivojlantirishda, balki davr ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida ham o‘ziga xos o‘rin
tutganliklari manbalar asosida tasdiqlanganligiga guvoh bo‘lamiz. Shu bilan birga ilmiy
izlanishlarimiz jarayonida tasavvuf va uning rivojida mang‘itlar hukmdorlarining ham hissasi
katta bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Tasavvuf va naqshbandiya-mujaddidiya tariqatini
gullab-yashnashining yana bir omili shayxlar va sufiylarning kuchli homiylari bo‘lganligi va
ularning amirlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanganliklaridir. Mang‘it amirlari tasavvuf allomalari
va tariqat peshvolari faoliyatiga juda ko‘p imkoniyatlar yaratib berganlar va ularni qo‘llab-
quvvatlab turganlar. Shuning uchun ularning hurmati baland bo‘lgan va shu bilan birga tasavvuf
va tariqatga keng yo‘l ochib qo‘yilgan.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Zakirovna, R. R. (2023). Buxoro amirligida yozilgan qo‘lyozmalarning o‘ziga xos

xususiyatlari. Markaziy Osiyo ijtimoiy fanlar va tarix jurnali , 4 (12), 245-249.

2.

Necdet Tosun. Türkistan dervişlerinden yadigar (Orta Asya Türkçesyle yazılmış

tasavvuf eserler). Istanbul. 2011. –B. 86.

3.

Zakirovna, R. R. (2025). So‘fiylik manbalarida bag‘rikenglik tasviri. Indoneziya

madaniyati va dini masalalari , 2 (1), 5-5.Suyundik Mustafo Nurotoiy. Turonzamin aziz
avliyolari va ulamolari tazkirasi. – T.: Sano-standart nashriyoti, 2015. –B. 543.

4.

Xaitov, L. A. (2021). THE ISSUE OF SUSTENANCE AND PROFESSION IN HAKIM

TERMIZI’S WORK “BAYANUL KASB”(“DESCRIPTION OF THE PROFESSION”).
In

International Scientific and Current Research Conferences

(pp. 67-69).


background image

363

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

5.

Musoxon Dahbediy. Navodir ul-maorif. Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi. № 27806/11.

–B. 164 b.

6.

Xaitov, L. A., Kuziyev, N. A., & Rajabova, R. Z. (2024). Ecological problems and the

role of ecological culture in their solution. In

BIO Web of Conferences

(Vol. 120, p.

01033). EDP Sciences.

7.

Rajabova, R. va Sobirova, S. (2025). BUXORO AMIRLIGIDA XATTOTLIK SAN'ATI

VA XATTOTLIK MAKTABI NAMOYANDALARI. Zamonaviy fan va tadqiqotlar , 4
(5), 1287-1291.

8.

Azamatovich, X. L. (2023). Hakim Termizi-Theoretician of Knowledge on Nafs.

Central

Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture

,

4

(11), 32-38.

9.

Azamatovich, X. L. (2021). The concept of heart in the treatises of Hakim

Termizi.

Central asian journal of literature, philosophy and culture

,

2

(3), 63-67.

10.

Хаитов, Л. А. (2014). Значение эстетического воспитания в развитии личности

студента педагогического вуза.

Наука. Мысль: электронный периодический

журнал

, (10), 40-44.

11.

Xaitov, L. (2024). ҲАКИМ ТЕРМИЗИЙ МЕРОСИДА ИЛМ МАСАЛАСИ.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

45

, 45.

12.

Zakirovna, R.R. XVIII-XIX ASR MANBALARINING BUXORO TARIXI FANINI

O‘RQISHDAGI AHAMIYATI. Hozirgi sharoitda ta'lim, fan va biznes integratsiyasi:
yozgi bahslar: qo'shimcha tezislar. II Xalqaro ilmiy-amaliy internet konferensiyasi, 2020
yil 17-18 sentyabr – Dnepr, 2020. – 562 b. , 383.

References

Zakirovna, R. R. (2023). Buxoro amirligida yozilgan qo‘lyozmalarning o‘ziga xos xususiyatlari. Markaziy Osiyo ijtimoiy fanlar va tarix jurnali , 4 (12), 245-249.

Necdet Tosun. Türkistan dervişlerinden yadigar (Orta Asya Türkçesyle yazılmış tasavvuf eserler). Istanbul. 2011. –B. 86.

Zakirovna, R. R. (2025). So‘fiylik manbalarida bag‘rikenglik tasviri. Indoneziya madaniyati va dini masalalari , 2 (1), 5-5.Suyundik Mustafo Nurotoiy. Turonzamin aziz avliyolari va ulamolari tazkirasi. – T.: Sano-standart nashriyoti, 2015. –B. 543.

Xaitov, L. A. (2021). THE ISSUE OF SUSTENANCE AND PROFESSION IN HAKIM TERMIZI’S WORK “BAYANUL KASB”(“DESCRIPTION OF THE PROFESSION”). In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 67-69).

Musoxon Dahbediy. Navodir ul-maorif. Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi. № 27806/11. –B. 164 b.

Xaitov, L. A., Kuziyev, N. A., & Rajabova, R. Z. (2024). Ecological problems and the role of ecological culture in their solution. In BIO Web of Conferences (Vol. 120, p. 01033). EDP Sciences.

Rajabova, R. va Sobirova, S. (2025). BUXORO AMIRLIGIDA XATTOTLIK SAN'ATI VA XATTOTLIK MAKTABI NAMOYANDALARI. Zamonaviy fan va tadqiqotlar , 4 (5), 1287-1291.

Azamatovich, X. L. (2023). Hakim Termizi-Theoretician of Knowledge on Nafs. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 4(11), 32-38.

Azamatovich, X. L. (2021). The concept of heart in the treatises of Hakim Termizi. Central asian journal of literature, philosophy and culture, 2(3), 63-67.

Хаитов, Л. А. (2014). Значение эстетического воспитания в развитии личности студента педагогического вуза. Наука. Мысль: электронный периодический журнал, (10), 40-44.

Xaitov, L. (2024). ҲАКИМ ТЕРМИЗИЙ МЕРОСИДА ИЛМ МАСАЛАСИ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 45, 45.

Zakirovna, R.R. XVIII-XIX ASR MANBALARINING BUXORO TARIXI FANINI O‘RQISHDAGI AHAMIYATI. Hozirgi sharoitda ta'lim, fan va biznes integratsiyasi: yozgi bahslar: qo'shimcha tezislar. II Xalqaro ilmiy-amaliy internet konferensiyasi, 2020 yil 17-18 sentyabr – Dnepr, 2020. – 562 b. , 383.