Authors

  • Sobirjon Harifov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137463

Keywords:

Fuqarolik jamiyati huquqiy ong huquqiy madaniyat ta’lim tizimi elektron hukumat demokratik jamiyat.

Abstract

Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatining mazmuni, uning shakllanishi va rivojlanish jarayoni, huquqiy ong va madaniyatning ahamiyati, ta’lim tizimidagi roli hamda xorijiy, xususan Buyuk Britaniya tajribasi misolida yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib fuqarolik ongini oshirish taklif etiladi O‘zbekistonda.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

257

FUQAROLIK JAMIYATIDA HUQUQIY TARBIYANING O‘RNI

Harifov Sobirjon Zokir o‘g‘li

Toshkent shahar Shayxontohur tumani, 186-maktab huquq fan o‘qituvchisi.

e-mail:

sobirjonharifov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17381827

Annotatsiya.

Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatining mazmuni, uning shakllanishi va

rivojlanish jarayoni, huquqiy ong va madaniyatning ahamiyati, ta’lim tizimidagi roli hamda
xorijiy, xususan Buyuk Britaniya tajribasi misolida yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy
texnologiyalardan foydalanib fuqarolik ongini oshirish taklif etiladi O‘zbekistonda.

Kalit so‘zlar:

Fuqarolik jamiyati, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, ta’lim tizimi, elektron

hukumat, demokratik jamiyat.

THE ROLE OF LEGAL EDUCATION IN CIVIL SOCIETY

Annotation.

This article explores the concept and formation of civil society, the

importance of legal awareness and culture, and the role of education in its development. It also
highlights the experience of the UK and proposes the use of modern technologies to strengthen
civic consciousness in Uzbekistan.

Keywords:

Civil society, legal consciousness, legal culture, education system, e-

government, democratic society.

РОЛЬ ПРАВОВОГО ВОСПИТАНИЯ В ГРАЖДАНСКОМ ОБЩЕСТВЕ

Аннотация.

В статье рассматриваются понятие и формирование гражданского

общества, значение правового сознания и культуры, роль образования, а также
приводится опыт Великобритании. Предлагается использовать современные технологии
для повышения правовой грамотности населения.

Ключевые слова:

Гражданское общество, правовое сознание, правовая культура,

система образования, электронное правительство, демократическое общество.

Fuqarolik jamiyatini shakillantirish bugun bizning asosiy vaizfalarimizdan hisoblanadi.
Bu masala prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning PF–5938-sonli Farmoni “Fuqarolik

jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”. Bu farmonda fuqarolik jamiyatini
yanada rivojlantirish, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirokini kengaytirish
masalalari ko‘zda tutilgan

1

. Fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy

faolligini yanada oshirib borish, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalash
bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishdagi ularning roli va ahamiyatini kuchaytirish, “Kuchli
davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini izchillik bilan bosqichma-bosqich
ro‘yobga chiqarish, shuningdek fuqarolik jamiyatining tizimini keng rivojlantirish, ularni tashkil
etish hamda faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy mexanizmlar hamda
tartib- taomillarni takomillashtirish va soddalashtirish maqsadida fuqarolik jamiyati
shakillantirilmoqda

2

.

1

PF–5938-sonli Farmon – “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” (2020-yil 4-

fevral).

2

“Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’’

qonun


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

258

Bugungi kunda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish dolizarb ahamiyat kasb etar ekan,

dastaval fuqarolik jamiyati nima ekan degan savolga javob jopishimiz zarur deb hisoblaymiz.

Fuqarolik jamiyati

- haqiqiy fuqarolikdan, axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va

siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir. Bu o‘rinda fuqarolik jamiyatiga
A.X.Saidov shunday tarif bergan “Fuqarolik jamiyati — bu davlatdan nisbatan mustaqil faoliyat
yuritadigan, fuqarolarning ijtimoiy faolligi asosida shakllangan va jamiyatni o‘z-o‘zini
boshqarishga yo‘naltiruvchi institutlar majmuasidir’’

3

. Yana bir olim S.S.Ziyayev shunday

ifodalaydi; “Fuqarolik jamiyati — bu davlatdan nisbatan mustaqil faoliyat yuritadigan,
fuqarolarning ijtimoiy faolligi asosida shakllangan va jamiyatni o‘z-o‘zini boshqarishga
yo‘naltiruvchi institutlar majmuasidir’’

4

.

Bizning fikrimizcha fuqarolik jamiyatida asosan huquqlar to‘laqonli tartibga solingan

holda konstitutsiyaviy nazariyalar va demokratiyaga oid ijtimoiy hayotning ta’minlanishidir. Bu
o‘rinda insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini erkin tanlash imkoniyatini fuqarolik
jamiyati beradi. Chunki biz bilamizki, qachonki huquq rivojlanishi uchun aynan uning
fundamental qismi rivojlanishi zarur. Bu esa o‘z-o‘zidan ko‘rinadiki, fuqarolar ichida
jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Jamoatchilik nazorati o‘rnatilgan
joyda esa, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan,
ko‘ppartiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta’minlanadi. Bu esa
davlatda turli xil davlatga oid bo‘lgan yumushlarni, ya’ni, idoraviy ishlarni fuqarolik jamiyatiga
topshirishi mumkin bo‘ladi, bu davlatga uning tasarrufiga doir bo‘lgan ishlarni, ya’ni, davlatni
rivojlantirish, tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yish kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanish imkoniyatini
beradi.

Yana bir Italiyalik faylasuf va siyosatshunos Antonio Gramshi shunday tarif bergan

“Fuqarolik jamiyati — bu fuqarolarning turli uyushmalar, tashkilotlar va jamiyatlar orqali o‘z
manfaatlarini himoya qiladigan va hokimiyatni cheklashga xizmat qiladigan erkin sohadir’’

5

.

Bundan tashqari, pul-moliya, soliq, jahon hamjamiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan

jarayonlarga ko‘proq o‘rin ajratishi mumkin boladi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan
kuchli jamiyat sari bosqichma-bosqich o‘tish orqali ro‘y beradi. Biz birinchi o‘rinda fuqarolik
jamiyatida huquqiy tarbiyani rivojlantirmoqchi bo‘lsak, turli xil oldi-qochdi gaplardan yiroq
bo‘lib, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalarini
o‘rgatishimiz zarur bo‘ladi. Bu tushunchalarni o‘rgatishda yoki o‘rganishda ‘‘Davlat va huquq
nazariyalari,, kitoblariga yuzlanishimiz zarur bo‘ladi. Shunday darsliklardan biri, yuridik
texnikumlar uchun darslik ‘‘Davlat va huquq nazariyasi’’ kitobiga yuzlanasak bu kitobdagi
berilgan huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalariga atroflicha to‘xtalib o‘tishga harakat
qilmiz. Bu yerda berilgan jamiyatning ma’naviy ongida ijtimoiy ongning turli shakllari axloq,
madaniyat, din, fan va insonning ongiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa huquqiy qonunlar orqali
inson ongini rivojlantirish mumkin

6

.

3

“Fuqarolik janiyati va huqauqlari:nazarya va amaliyoti’’ 2006 A.X.saidov

4

“Fuqarolik jamiyat: nazariy va amaliy jihatlar’’ (ilmiy maqola)S.S.Ziyayev

5

‘’Democracy in America’’Antonio Gramshi.

6

‘‘Davlat va huquq nazariyasi’’ X.T.Odilqoriyev.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

259

Huquqshunoslik fanlari butun huquqiy tizimning jamiyatda barqarorlik, huquqiy tartibot

va qonuniylik muhitini vujudga keltirish, inson huquqi va erkinliklarini ta’minlash borasidagi
ahamiyatidan kelib chiqadi. Ijtimoiy hayotda aksariyat vaziyatlar, holat-hodisalar faqat huquq,
majburiyat, mas’uliyat, javobgarlik nuqtayi nazaridan boshlanadi. Bunda hozirgi zamon bilan
bog‘laydigan bo‘lsak, bugun ko‘plab fuqarolarimiz, ya’ni, uning ichiga yoshlar, o‘rta
yoshdagilar va yoshi kattalar kiradi va bu fuqarolar ichida yoshlarning o‘rni keng, chunki yoshlar
O‘zbekiston Respublikasining asosiy qismini tashkil qiladi. Davlatning 65% yoshlar tashkil
qiladi, bugungi kunda mening o‘zim maktabda faoliyat yuritayotganligim sababli, yoshlar bilan
ishlayman, lekin bu yoshlarning aksariyat qismi huquqiy savodsiz, nimaga bunday fikrdaman,
asosan bugungi kundagi ,, media’’ rivojlanayapti, bu esa jamiyatning hamma fuqarolariga ta’sir
ko‘rsatmoqda, bu nafaqat huquqshunoslikda, balki hamma sohalarda ham o‘zining aksini topadi.

Bu odamlarning qarashida hamma narsalarni bajarish yoki qilish oson, deb o‘ylashadi.
Ammo bu jarayonlar insonning ongiga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Huquqiy ong huquq bilan umumiy ildizlar, jihatlar va tabiatiga ega. Huquqiy ong

jamiyatning obyektiv ehtiyojlari va manfaatlari, turli ijtimoiy guruhning ta’sirida shakllanadi;
o‘zgarib boruvchi hayotiy shart-sharoitlar va jarayonlar tufayli jo‘shqin rivojlanadi; huquqiy ong
ijtimoiy ongning tarkibiy qismi bo‘lganligi bois, falsafiy, mafkuraviy va siyosiy qarashlar
ta’siriga uchraydi. Biz, asosan bilishimiz mumkinki, qachonki inson ma’lum bir sohalarda
rivojlanishi uchun kitoblar va manbalarni o‘qiydi va izlanadi. Bu jarayonlar har bir insonga
o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Bu o‘rinda Abu Nasr Forobiyning fikricha, huquq normalari,
ularning bajarilishining shartligi va majburiyligi komil inson ongining bir qismi bo‘lishi kerak

7

.

Shuning uchun, huquq ma’naviy hodisa hisoblanadi. Biz bilamizki, huquq sohasi

murakkab soha va buni o‘rganish bir muncha og‘ir kechadi. Jamiyatimizda huquqiy tarbiyani
rivojlantirish uchun esa avvalo huquq sohasini ularga tushuntirishimiz zarur. Bunda esa asosan
biz bugun jamiyatimiz ko‘p foydalanayotgan mediaga yuzlansak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Misol uchun, huquqiy maslahatlar beriladigan dasturlarni ko‘paytirish yoki yuridik maslahatlar
beruvchi jonli muloqotlarni ko‘paytirish orqali biz jamiyatimizga huquq sohasini
tushuntirishimiz mumkin. Bunda biz fuqarolarni o‘zini o‘zi nazorat qilishga o‘rgatish orqali
huquq sohasi va boshqa sohalarni ham birmuncha rivojlantirishga erishishimiz mumkin bo‘ladi.

Shu o‘rinda bizning davlat yoshlari majburiy ta’lim, ya’ni, maktab ta’limini olishadi,

ularni o‘qitish jarayonida biz simulatsiyadan kengroq foydalanishimiz zarur. Chunki, inson ko‘p
holatlarda o‘zi ko‘rgan jarayonlarni ko‘proq eslab qoladi. Bu usul esa huquqiy jarayonlarni
bolaning ko‘z o‘ngida gavdalanishini ta’minlab beradi. Bu jarayon maktablarda o‘z aksini topsa,
insonning huquqiy ongiga o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, xorijiy tajribaga ham
to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, dastlab, Buyuk Britaniya ta’limiga bir nazar tashlab o‘tamiz, chunki
biz bilamizki, har qanday tarbiya va bilimlar maktabdan boshlanadi. Bu jarayon kuzatilgan va
amalda sinab ko‘rilgan usuldir.

Buyuk Britanyada asosiy huquq fanini o’qitishda 4 ta bosqichdan foydalaniladi.
1.Asosiy huquq faniga qiziqmaydigan bolalarga mo’ljallangan, ularga faqatgina o‘zining

hayotida qo‘llay oladigan masalalar haqida ma’lumotlar beriladi.

7

‘’Fozil odamlar shahri’’ Abu Nasr Farobiy


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

260

2. O‘quvchilarga bu bosqichda bilim olish uchun A, A* diplomlari berilishi kerak. Bu esa

ularga huquq sohasida bilimlari boshqalardan ko‘ra ustunroq bo‘lishini kafolatlagan, ya’ni, bu
bosqichda o‘quvchilar huquqiy bilim va tarbiyani yaxshiroq egallashgan.

3. Bu bosqichda esa o‘quvchilar huquq faniga yondosh bo‘lgan fanlar, ya’ni, ijtimoiy

fanlar; geografiya, tarix va tilshunoslikga oid bo‘lgan fanlarni ham bilishi talab etiladi. Bu
jarayonga o‘tish uchun esa ulardan turli xildagi test va savollar olinadi va ularni shu bosqichga
olib chiqadi.

4. Yakuniy bosqichda esa bolalardan ancha ko‘proq talablar qo‘yiladi.
Chunki, ular oliy ta’limga kirishi yoki o‘z faoliyatlarini yuristkonsullik bilan bog‘lashga

zamin yaratiladi. Shu asnoda Buyuk Britaniyada huquq fani o‘qitiladi

8

.

Bu o‘rinda Buyuk Britaniyada dastlab feodal monarxiya hukm surganligi va shu davrdan

boshlab, anglo-sakson huquq tizimi shakllanganligini ko‘rishimiz mumkin. Bundan so‘ng esa
burjua inqilobi davrida esa huquq sohasi rivojlangan. So‘ng sanoat inqilobi davri boshlanadi. Va
bu davrdan so‘ng, demokratik davlatchilik o‘z cho‘qqisiga chiqadi. Bunga turtki bergan asosiy
omil esa ingliz tilining dunyo tili sifatida yoyilganligi misol bo‘ladi. Bugun ko‘rishimiz
mumkinki, huquq Buyuk Britaniyada nechog‘liq ustun turishini. Biz huquqiy tarbiya va huquqiy
bilimni maktabdan boshlaganligimizning asosiy sababi, fuqarolik jamiyatimizning katta qismi
yosh bolalarni tashkil qilganligi va maktab davrida insonda o‘rganish instinktlari rivojlanganligi
uchun biz misolni maktabdan keltirdik. Biz bilamizki, huquqiy ongiga ega bo‘lgan inson
fuqarolik jamiyatini shakllantiradi. Shundan so‘ng esa insonlar o‘z-o‘zlarini boshqara boshlaydi,
bu esa asosiy huquqiy tarbiyaning rivojlanganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, bugun
‘’Raqamli texnologiya va sun’iy intellekt ‘’ rivojlanmoqda, bu esa ko‘plab fan sohalaridagi
bilimlarni yanada oshirmoqda, bugun biz shu sohani rivojlantirishimiz kerak, deb o‘tirganimiz
bilan soha rivojlanib qolmaydi.

Biz hozir hamma texnik resurslardan foydalangan holda, huquqiy ong va madaniyatni

oshirishimiz mumkin. Qachonki, aholi bu sohada bilimli bo‘lsa, qonunlarning buzilishi va unga
amal qilmaslik holatlari kamayadi. Misol qilib olaylik, Qonunchilik palatasi va Senat chiqargan
qonun va qarorlar, Prezident farmoni va qarorlari hammasi bizda “Huquqiy axborot’’ va
“Lex.uz’’ va boshqa gazeta va jurnallarda yoritib boriladi, lekin oddiy aholi uni ochib
qaramaydi. Chunki, ularning kunlik yumushlari va ishlari mavjud va bu qonunlar oddiy xalq
uchun qiyin hisoblanadi. Biz televideniye orqali qonun va qaror sharhlarini oddiy ommaga berish
orqali yoki oddiy xalq tushunadigan tildagi oddiy saytlar ochish orqali huquqiy bilimni
boyitishimiz mumkin. Bu esa fuqarolik jamiyati va huquqiy tarbiyani bilish uchun zamin
yaratadi.

Huquqiy jamiyat qurish bilan biz ko‘plab sohalarning rivojlanishiga zamin yaratib

beramiz, deb hisoblaymiz. Ta’lim sohasiga Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev shunday jumlalarni
keltiradi “Bir kun emas, bir soat ham kechiksak, iqtisodiyotimizga, ertangi kunimizga,
yoshlarimizga katta ziyon bo‘ladi

9

’’ deydi, 2022-yil 28-yanvarda so‘zlagan nutqida. Bu bilan biz

ta’limimizni dunyo davlatlari qatoriga chiqarish orqali Fuqarolik jamiyatimizni yanada kuchliroq
qilishimiz haqida ham so‘z yuritgan ekan.

8

‘’Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi’’

9

Sh.Mirziyoyev 2022-yil 28-yanvarda so‘zlagan nutqi URL daryo.uz


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

261

Fuqarolik jamiyatidagi huquqiy tarbiyaning rolini biz teng huquqli demokratik jamiyatda

ham ko‘rishimiz mumkin. Teng huquqlilik bizning davlatimiz konstitutsiyasi va qonunlarning
prinsiplarida hamda demokratiyaning muhim elementlarida o‘zining aksini topgan. Bu o‘rinda
Konstitutsiyamizning 19-moddasiga yuzlanmoqchimiz, Fuqarolarning shani,qadr-qimmati,
ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi va dinidan qat’iy nazar, teng huquqliligi keltirib o‘tilgan. Bu
jarayonlar bugun mamlakatimizda o‘zining aksini topganligi va ko‘p holatlarda bu normaning
ishlayotganligini biz bugun guvohi bo‘lmoqdamiz. Bundan tashqari, “Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi’’da ham fuqarolik jamiyati va teng huquqli davlat qurish haqida
ma’lumotlar berilgan.

Ushbu deklaratsiyaning 21-moddasida “Har bir fuqaro davlat boshqaruvida ishtirok etishi

kerakligi berilgan. Ishtirok etish esa asosiy saylovlarda ovoz berish yo‘li bilan saylangan shaxs
orqali o‘zining ifodasini topishi keltirib o‘tilgan. Bundan tashqari, “Elektron hukumat’’ni
rivojlantirish orqali ham biz fuqarolik jamiyatini huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirishimiz
mumkin. Ammo, biz bilamizki, My.gov.uz saytida bugun 500 ga yaqin davlat funksiyalarining
ishlayotganligi ham fuqarolik jamiyatining ishlashiga katta zamin yaratmoqda. Chunki, bu
jarayon turli xil byurokratik holatlarning oldini oldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkunki, fuqarolik jamiyati — bu demokratik

jamiyatning asosiy tayanchi bo‘lib, fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish va ularning
ijtimoiy hayotdagi faolligini ta’minlaydi. O‘zbekistonda bu yo‘nalishda olib borilayotgan
islohotlar, ayniqsa yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va xorijiy tajribalarni tatbiq etish
orqali, fuqarolik jamiyatining shakllanishiga mustahkam zamin yaratmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning PF–5938-sonli Farmoni.
“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida’’, 2019-yil.

2.

Saidov A.X. “Fuqarolik jamiyati nazariyasi va amaliyoti”, Toshkent, 2018.

3.

Ziyayev S.S. “Fuqarolik jamiyati: mohiyati, shakllanish bosqichlari va istiqbollari”,
Toshkent, 2020.

4.

“Davlat va huquq nazariyasi” darsligi, yuridik texnikumlar uchun, Adliya vazirligi
nashriyoti, Toshkent, 2021.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2023-yilgi tahrir.

6.

“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”, BMT, 1948-yil.

7.

My.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

8.

Lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlar bazasi.

9.

“Huquqiy madaniyat asoslari” darsligi, Toshkent, 2022.

10.

Mirziyoyev Sh.M. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”, Toshkent, 2021.

11.

Antonio Gramshi. “Selections from the Prison Notebooks”, 1971.

12.

Forobiy A.N. “Fozil shahar ahlining qarashlari”, O‘zbek tilidagi tarjimasi, Toshkent,
2002.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning PF–5938-sonli Farmoni. “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida’’, 2019-yil.

Saidov A.X. “Fuqarolik jamiyati nazariyasi va amaliyoti”, Toshkent, 2018.

Ziyayev S.S. “Fuqarolik jamiyati: mohiyati, shakllanish bosqichlari va istiqbollari”, Toshkent, 2020.

“Davlat va huquq nazariyasi” darsligi, yuridik texnikumlar uchun, Adliya vazirligi nashriyoti, Toshkent, 2021.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2023-yilgi tahrir.

“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”, BMT, 1948-yil.

My.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

Lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlar bazasi.

“Huquqiy madaniyat asoslari” darsligi, Toshkent, 2022.

Mirziyoyev Sh.M. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”, Toshkent, 2021.

Antonio Gramshi. “Selections from the Prison Notebooks”, 1971.

Forobiy A.N. “Fozil shahar ahlining qarashlari”, O‘zbek tilidagi tarjimasi, Toshkent, 2002.