2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
116
ARAB TILINI O‘SMIR YOSHLARGA O‘QITISHDAGI ZAMONAVIY METODLAR
Xidirova Movjuda Ziyoratullayevna
Yangi asr universiteti, 4-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17383129
Annotatsiya.
Ushbu maqola arab tilining o‘smir yoshlarga o‘rgatilishi va uning
ahamiyatini yoritadi. Arab tili, Islom olamidagi asosiy manba va madaniy meros sifatida,
o‘smirlar uchun muhim bilim manbai hisoblanadi. Maqola chet tillarni o‘qitish metodologiyasini,
jumladan, grammatikadan tortib kommunikativ yondashuvlargacha bo‘lgan turli metodlarni tahlil
qiladi. O‘quvchilarning psixologik xususiyatlari inobatga olinib, interaktiv darslar, o‘yinlar va
multimedia vositalaridan foydalanish natijasida samaradorlikni oshirish taklif etiladi. O‘quv
jarayonida o‘yin metodlari va madaniy integratsiya orqali o‘smirlar nafaqat arab tilini o‘rganish,
balki arab va o‘zbek xalqlarining madaniy yaqinligini his qilishlari mumkin.
Kalit
so‘zlar.
O‘smirlar
,Chet
tillarni
o‘qitish,Metodologiya
,Interaktiv
darslar,Kommunikativ yondashuv, O‘yin metodlari ,Madaniy integratsiya ,Psixologik
xususiyatlar.
Shu narsani ta’kidlash lozimki, arab tili islom olamidagi aksariyat manbalarning asosiy tili
hamda ilmiy va madaniy merosning kaliti hisoblanadi. Shuning uchun o‘smir yoshlarga ushbu
tilni o‘rgatish, ularning dunyoqarashini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi va u bir nechta
metodlar asosida amalga oshiriladi. Tillar turlicha bo’ladi. Masalan: Ona tili va ikkinchi til hamda
chet tili. Birinchi va ikkinchi tillar tabiiy vaziyatda, chet til esa sun’iy muhitda o‘rganiladi. Chet
tildagi muloqot, asosan, darsda muallim rahbarligida kechadi. Uchala til orasida chet tilni
o‟rganish va o‟rgatish muayyan jihatlari bilan keskin farq qiladi. Bu esa, o’z navbatida, tegishli
chet til o’qitish texnologiyasini qo’llashni taqozo etadi. Chet til muallimi metodika fani
yutuqlarini puxta o’zlashtirish orqali o’quvchi-talabaning to’plagan til tajribasi me’yorini aniq
bilishga va uni yanada takomillashtrishga erishadi. Chet tillarni samarali o’rgatish uning
metodikasini bilishni taqozo etadi
1
. Akademik L.V.Shcherbaganing fikricha, har qanday fanni
o‟qitish metodikasi fan bo‟lishiga qaramasdan, nazariy fan hisoblanmaydi. U amaliy masalalarni
hal qiladi. Jumladan, chet til o‟qitish metodikasi ham faqat psixologiya dalillariga tayanmaydi,
balki umumiy va xususiy tilshunoslik tadqiqotlariga asoslanadi. Metod – metodika tushunchasi
grek-lotincha “metodos-“metodus” so‟zidan olingan bo‘lib, ma’lum maqsadga eltuvchi yo’llar,
usul ma’nosini anglatadi
2
.
Tarixan metodlar to‟rt guruhga birlashtirilib, ularning nomlariga “tarjima”, “tog‘ri”,
“qiyosiy”, “aralash” deb atash qabul qilingan. Metodlar tarixi atoqli metodist prof. I.V.Raxmanov
tomonidan chuqur o‟rganilgan. Tarjima metodi asosan ikki ko‟rinishda bo’lib, grammatika-
tarjima va matn-tarjima metodlari nomi bilan yuritiladi. Grammatika-tarjima metodi nuqtayi
nazaridan chet til umumta’limiy maqsadda o’rganilgan. Grammatik mashqlar til o’rganuvchining
1
Zayniddin Sanaqulov. Chet tillarini o’qitishdagi zamonaviy metodlar. ACADEMIC RESEARCH IN
EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF)
2021: 5.723
2
O’zbek tilining izohli lug’ati. J. 1. - T. 2012. - B. 458.
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
117
mantiqiy tafakkurini o’stirish maqsadida bajarilgan. Grammatik bilimlarni bayon etish ta`limning
asosiy maqsadi deb qabul qilingan. Bu metodning asosiy prinsiplari quyidagilar:
1.
Til o‘rganish yozma nutqqa asoslangan.
2.
O‘rganish predmeti qilib grammatika olingan, leksika ham unga tobe ravishda
tanlangan. Grammatik mashqlar bajarish asosiy ish usuli bo‟lgan.
3.
Oldin, grammatik qoida yod olingan, so‟ng esa qoidalar asosida gaplar tuzish tavsiya
qilingan.
4.
Grammatik shakl va so‟zlarning ma’nosi so‘zma-so‘z tarjima vositasida ochib berilgan.
5.
So‘zma-so‘z tarjima va quruq yodlash yo‘li bilan til materiali o‘zlashtirilgan.
6.
So‘zlarni kontekstdan tashqarida, yakka yodlash bilan chegaralanilgan.
Tarjimasiz metod. Mazkur metodning turli ko‟rinishlari tarixan ma‟lum. Ularni ikki yirik
guruhga ajratish mumkin: tabiiy va tog‘ri metodlar. Tabiiy metodda chet tilni o’rganish ona tilini
egallash sharoitiga monand bo‟lishi kerak. Metodning bosh maqsadi chet tilida gapirishni
o’rganish orqali o’qish va yozishni o’rganib olishga imkoniyat yaratiladi, degan g‘oya amaliy
maqsad tarzida shakllangan. Tabiiy metod tarkibiga kiritilgan prinsiplardan eng muhimi-til
muhitini yaratishdir
3
.
Chet tili ta’limining asosiy yo‘nalishi 70-yillarda “kommunikativ metod” bir qator
urinishlardan so‟ng bir necha bosqichda o’z isbotini topdi. Shunday asnoda metodika fani
rivojlanib bordi. Demak, talaba hech qaysi chet tilini uning metodikasini chuqur o’rganmasdan
egallay olmaydi.
Chet til o‘qitish metodikasida “kommunikativ didaktika” metodi ham ahamiyatga molik
sanaladi. Kommunikativ didaktika quyidagilarni o’zida mujassamlashtiradi.
- Ochiq va moslashuvchan dars konsepsiyasi; - mavzu va mazmun muhim; - darsdagi
asosiy ish shakli: suhbatlashish va guruh bo‟lib ishlash;
- o‟quvchilarni faollashtirish va tildan ijodiy va erkin foydalanishga e’tibor katta bo’lishi
zarur;
- Tushunishdan fikrni izhor qilishga prinsipi asosida mashqqa kuchli e‟tibor berish;
- Ma’noni ochishda, harakat ko’lamini belgilashda va mashqni tashkil qilishda
vizualizatsiya (ko‟rish tayanchi) muhim ro’l o’ynaydi;
- Kundalik nutqiy muloqotni hayotiy vaziyatda o’rganish (dialogni mashq qilish);
- Tildan og‘zaki foydalanish va shu bilan birga asliy matnlarni tushunish muhim
hisoblanadi. Kommunikativ didaktika tinglab tushunish materiali sifatida tabiiy nutqiy vaziyatdan
foydalanishni birinchi o’ringa qo’ydi, ya’ni, transportdagi, e’lonlar, radio va televideniyedagi
reklamalar, telefondagi suhbatlar va shu kabilarni misol keltirishiiz mumkin. Axborotni tinglab
tushunish qabul qilish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlar o’zgardi. Tinglaganini hikoya qilish va
nazorat qilish ham boshqacha tus oldi. Mazkur metod maqsaddan kelib chiqqan holda
tinglovchiga tinlab tushunishning quyidagi turlarini ajratib berdi:
3
Zayniddin Sanaqulov. Chet tillarini o’qitishdagi zamonaviy metodlar. ACADEMIC RESEARCH IN
EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF)
2021: 5.723
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
118
§ Keng ma’noda matnning ba’zi bir detallariga ahamiyat bermay, uning asosiy mazmunini
tushunish;
§ Aniq informatsiya muhim bo’lganda, masalan, ma’lum bir joy uchun ob-havoning
zarurligi, poyezdning kelishi-ketishi tog‟risidagi e’lon va boshqalar shu metod jumlasidandir.
Masalan, chet til o‘qitishning tarjima metodi, tog’ri metod, ongli- qiyosiy metod, an’anaviy
metod, intensiv metod va boshqalar hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘smir yoshdagi o‘quvchilar o‘ziga xos psixologik
xususiyatlarga ega bo‘lgani uchun, ularga mo‘ljallangan metodlar samarali bo‘lishi zarur.
Darslarni zerikarli ma’ruzalar shaklida emas, balki interaktiv usullar bilan o‘tkazish katta natija
beradi. Masalan:
1.
Interaktiv darslar
– Multimedia vositalaridan foydalanib, videodarslar, animatsiyalar
va o‘yinli mashg‘ulotlar tashkil etish. Bu usul o‘quvchilarni darsga qiziqtiradi va ularning tilga
bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi.
2.
Kommunikativ yondashuv
– O‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib, ular o‘rtasida
arab tilida suhbat mashqlarini o‘tkazish. Bu orqali ularda amaliy nutq ko‘nikmalari shakllanadi.
3.
O‘yinlar orqali o‘rgatish
– So‘z yodlash uchun viktorinalar, kartochkalar va interaktiv
o‘yinlardan foydalanish. O‘smir yoshdagilar o‘yin orqali tezroq o‘rganadilar.
4.
Madaniy-ma’naviy integratsiya
– Arab mamlakatlarining madaniyati, urf-odatlari va
adabiyotidan parchalar keltirish. Bu usul o‘quvchilarni tilni o‘rganishga ruhlantiradi.
5.
Axborot texnologiyalaridan foydalanish
– Mobil ilovalar, onlayn kurslar va audio-
darsliklardan foydalanib, o‘smir yoshlarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish
mumkin.
Shuningdek, arab tilini o‘rgatishda tinglash, talaffuz va yozma nutq ko‘nikmalarini uzviy
ravishda uyg‘unlashtirish muhimdir. Tilni faqat grammatikaga asoslangan holda o‘qitish samarali
emas. O‘quvchi nutqiy vaziyatlarda arab tilidan erkin foydalanishi kerak. Demak, o‘smir yoshdagi
bolalar uchun arab tilini o‘rganishda eng samarali va esda ko‘p qoladigan metod – bu
o‘yinlar va
interaktiv mashg‘ulotlar orqali o‘rgatish
hisoblanadi. Chunki psixologik xususiyatlarga mos
uslubda o‘smirlar tez charchab qoladilar, o‘yin esa ularni qiziqtirib turadi. Faol ishtirokda ular
faqat tinglovchi emas, balki bevosita ishtirokchi bo‘ladilar. Kuchli xotirada saqlanish – o‘yin
orqali o‘rganilgan so‘z va jumlalar uzoqroq esda qoladi. Motivatsiya – rag‘batlantirish va
musobaqalar o‘quvchilarni yanada faol qiladi.
Xulosa o’rnida aytish mumki, o‘yin metodini boshqa usullar (kommunikativ suhbatlar,
multimedia vositalari, madaniy parchalar) bilan uyg‘unlashtirish orqali eng samarali natijalarga
erishish mumkin. O‘smir yoshlarga arab tilini o‘rgatishda o‘qituvchi o‘z metodikasini yoshlarning
qiziqishi, psixologik xususiyatlari va zamonaviy talablarga moslashtirishi lozim. Innovatsion
yondashuvlar orqali arab tilini o‘rganish jarayoni samarali va qiziqarli bo‘lishi ta’minlanadi.
Shuningdek, o‘smir yoshlarni rag‘batlantirish va ularning til o‘rganishdagi muvaffaqiyatlarini
qadrlash motivatsiyani yanada oshiradi. Arab tili orqali ular nafaqat til ko‘nikmalariga ega
bo‘ladilar, balki o‘zbek va arab xalqlarining madaniy yaqinligini ham his etadilar.
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
119
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Abdujabborov A. Arab tili. TIU. – T. 2011. – b. 3.
2.
Al-Ayoubi M. Teaching Arabic as a Foreign Language, Cairo University Press, 2020.
3.
Zayniddin Sanaqulov. Chet tillarini o’qitishdagi zamonaviy metodlar. ACADEMIC
RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 ISSN: 2181-
1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
4.
Internet manbalari: www.arabiclanguage.net, www.qfi.org
