ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
291
MULTIMEDIA VOSITALARI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI
NUTQINI O‘STIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Artikova Nozima Muxiddin qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17387614
Annotatsiya.
Ushbu maqolada multimedia vositalarining boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining nutqini o‘stirishdagi roli va ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Multimedia vositalari,
jumladan, audio, video va interaktiv materiallar orqali ta’lim jarayonida qiziqish va
motivatsiyani oshirish, o‘zlashtirishni yengillashtirish va o‘quvchilarning nutq ko‘nikmalarini
rivojlantirish imkoniyatlari tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada multimedia vositalaridan
foydalanish jarayonida yuzaga keladigan pedagogik muammolar, masalan, texnologik
qiyinchiliklar, resurslarning yetishmasligi va o‘quvchilarning individual farqlari haqida fikrlar
bildiriladi. Ushbu tadqiqot natijalari ta’lim jarayonida multimedia vositalaridan samarali
foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Kalit so'zlar:
multimedia vositalari, boshlang‘ich sinf, nutqni o‘stirish, pedagogik
muammolar, ta’lim jarayoni, interaktiv materiallar, o‘quvchilar, qiziqish va motivatsiya.
DEVELOPING THE SPEECH OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS USING
MULTIMEDIA AS A PEDAGOGICAL PROBLEM
Abstract.
This article examines the role and importance of multimedia tools in developing
the speech of primary school students. The possibilities of increasing interest and motivation in
the educational process, facilitating learning, and developing students' speech skills through
multimedia tools, including audio, video, and interactive materials, are analyzed. The article
also discusses pedagogical problems that arise in the process of using multimedia tools, such as
technological difficulties, lack of resources, and individual differences of students. The results of
this study will help develop recommendations for the effective use of multimedia tools in the
educational process.
Keywords:
multimedia tools, primary school, speech development, pedagogical
problems, educational process, interactive materials, students, interest and motivation.
РАЗВИТИЕ РЕЧИ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ
МУЛЬТИМЕДИА КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА
Аннотация.
В статье рассматриваются роль и значение мультимедийных
средств в развитии речи учащихся начальной школы. Анализируются возможности
повышения интереса и мотивации к образовательному процессу, упрощения обучения и
развития речевых навыков учащихся с помощью мультимедийных средств, включая
аудио-, видеоматериалы и интерактивные материалы. В статье также
рассматриваются педагогические проблемы, возникающие в процессе использования
мультимедийных средств, такие как технологические трудности, нехватка ресурсов и
индивидуальные особенности учащихся. Результаты данного исследования помогут
разработать рекомендации по эффективному использованию мультимедийных средств в
образовательном процессе.
Ключевые слова:
мультимедийные средства, начальная школа, развитие речи,
педагогические проблемы, образовательный процесс, интерактивные материалы,
учащиеся, интерес и мотивация.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
292
Zamonaviy ta’lim tizimida multimedia vositalarining o‘rni tobora oshib bormoqda. Ular
nafaqat o‘quv jarayonini qiziqarli va samarali qilish, balki o‘quvchilarning nutq ko‘nikmalarini
rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada multimedia vositalarining
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishdagi roli va bu jarayonda yuzaga keladigan
pedagogik muammolar ko‘rib chiqiladi
Bugungi shiddat bilan rivojlanib kelayotgan zamonda boshlang‘ich ta'lim sifati va
samaradorligini oshirish maqsadida kompyuter va turli zamonaviy axborot texnologiyalaridan
samarali foydalanish pedagoglarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda
Uchinchi Renessans vakillarini ta‘lim-tarbiya toptirish jarayonida boshlang‘ich ta'limga alohida
e'tibor qaratilmoqda.
Boshlang‘ich ta‘lim tizimida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ta'lim sifatini
oshirish uchta eng asosiy tarmoqlarni birdek takomillashuviga bog‘liq bo‘lib, umumta'lim
muassasalarining moddiy texnika bazasini rivojlantirish, o‘quv metodik adabiyotlar bilan
boyitish, o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va multimedia vositalaridan
foydalanishdan iborat.[4]
Zamonamizda o‘quvchilarni yangiliklar, g‘aroyibotlar, ilg‘or xalqaro tajribalar
qiziqtiradi. Zamon bilan birgalikda o‘quvchi yoshlarning ongi, fikrlash tezligi ortib bormoqda.
Ayni damda yoshlarni tarqatma materiallar emas, kompyuterda bajariladigan,
animatsiyalarga boy mashg‘ulotlar ko‘proq qiziqtiradi. Zamon zayli degandek, ayni vaqtda
boshlang‘ich ta'lim sifat va samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish
katta ahamiyatga ega. Shu sababdan ko‘p jihatlarni o‘zida ifodalovchi "Multimediali darslar",
"Taqdimotlar asosida o‘tiladigan darslar" va " Seminar dars"laridan foydalanish tavsiya etiladi.
Seminar dars o‘quvchilarni dars davomida faol qatnashishlariga, o‘zlari ustida ishlashga
va dars davomida bahsmunozaralar bilan o‘tishini ta‘minlashga xizmat qiladi.[3]
Multimedia - kompyuter tizimida matn, tovush, videotasvirni va turli animatsiyalarni
mujassamlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Darslarda
multimedia vositalaridan foydalanish jarayonida o‘qituvchi: - o‘quv materiallarini ko‘rgazmali
tarzda taqdim etadi; - yangi materiallarni tezlik bilan yetkazadi; - axborotlar tezligi va hajmini
animatsiyalar yordamida boshqara oladi;[3] Boshlang'ich sinflarda o'quv jarayonini qiziqarli,
asosiy va zarur foydali bilimlarga boy jarayon sifatida o’tish ishlari sezilarli darajada e’tiborni
torta oldi. Bu sinflarda multimedia vositalarining o'rni va foydasini ko'rib chiqish juda
muhimdir.[4]
Quyidagi misollar orqali multimedia vositalarining sinf darslaridagi o'rni haqida batafsil
ma’lumotga egaa bo’lish mumkin:
1.
Audio va videodarsliklar: Ushbu darsliklar ma’lumotlarni ko’rish va ko’rsatish
masalalari, ularni idrok etish va analiz-sintez qiladigan, ilg’orlashishga undovchi, maqsadli va
aniq jarayonlarni yodda tutish uchun ham yordam beradi. Bu turlar o'quvchilarning ma'lumot
olish va ularni samarali yodda saqlash tezligini oshirishda juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Audio va videodarsliklar tarix, ona tili, matematika, ingliz tili va boshqa fanlarni qamrab
olishi va boshqa ko'plab mavzulardan ham iborat bo'lishi mumkin.[3]
2.
Interaktiv darsliklar: ular interaktiv materiallar va mashqlarning asosiy qatlami bo’lib,
har tomonlama ilg’orlashishga, ularni qo’llash orqali o’quvchilar bilan o’zaro savol-javoblar
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
293
doirasida turli interaktiv metodlar orqali mantiqiy ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam berishni
amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Bu darsliklar, o'quvchilar o'zlarining shaxsiy jihat va
fazilatlarini rivojlantirishida juda kuchli vosita hisoblanishi mumkin. Ular o'yinlar, savollar,
testlar va boshqa mashg'ulotlardan iborat bo’ladi.[3]
3.
Saytlar: Saytlar, mavzu va fanlar bilan bog’liq turli ko’rinishlar va formatlarga ega
bo’lib, bir va ko’p mavzularda ko’proq bilim olish, amalda qo’llash va ko’nikmalar yaratish
imkoniyatini tuhfa etadi. O'qishni ko'rsatish masalalari, tushuncha, misollar va boshqa
mavzularni shuhratli yechimlarga aylantirish va ularga ko'rsatish qaror qilish oqibatida, sinflarda
va boshqalarda saytlarning maqsadi ko'pincha tajribaviy bilim olishdir.[3]
4.
O'yinlar: O'yinlar fikrlararo almashinish va ko'rishni, shaxsiy qarashlarga ega
bo'lishni, miya faoliyatini yaxshilashni amalga oshirishda juda muhim hisoblanadi. O'zbekiston
Milliy O'yinlaridagi kabi turli o'yinlar, tarix, ona tili, matematika fanlari va ulardagi boshqa turli
mavzulardan iborat bo'lishi mumkin.[3]
Multimedia vositalari — bu matn, audio, video va grafik elementlardan iborat bo‘lgan
taqdimotlar, interaktiv dasturlar va boshqa elektron materiallardir. Ular ta’lim jarayonida
quyidagi afzalliklarga ega:
1. Qiziqish va Motivatsiya: Multimedia vositalari o‘quvchilarning e’tiborini jalb qiladi va
ularning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
2. Oson O‘zlashtirish: Murakkab ma’lumotlarni vizual va audio shaklda taqdim etish
o‘quvchilarga ularni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
3. Interaktivlik: O‘quvchilar multimedia vositalari orqali faol ishtirok etish imkoniyatiga
ega bo‘ladilar, bu esa ularning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Har qanday multimedia darsliklari, boshlang'ich sinflardagi o'quvchi zavqlari, o’quvchilar
ko'nikmalarida yaratilgan odatlar va sinfning maqsadi asosida tanlangan vaqtlarda ishlatiladi.
Xuddi shu tarzda, o'quvchilarni ko'proq qiziqishlariga yoki talablarga rioya etishlariga,
sinflarda ko'tarilish va sinfdan chiqarilishidagi yondashuvlarida muammolarga duch kelmaslikka
olib keladi. Multimedia vositalarining boshqa turlari mavzu va fanlar bilan bog'liq. Qurilmalarni
ishlatish maqsadida tanlash esa o'qitish usullariga bog'liq bo’ladi. Har qanday multimedia
vositalari kelajakda o'quvchilarga talabchanlik va faollik kabilarni jalb qilish va bilimlarini
rivojlantirish uchun xizmat qiladi.[3]
Darsda ko‘rgazmali vositalardan ko‘proq foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki
bugungi kunda bolalarni qoyil qoldirish ancha mushkul. Shuning uchun zamonaviy pedagog
tinib-tinchimasligi, innovatsion, noan‘anaviy, interaktiv dars usullarini muntazam o‘qib va
o‘rganib borishi hamda o‘quv-tarbiya jarayoniga tadbiq eta olishi zarur. O‘quvchilar bitta dars
davomida ham ko‘rsin, ham tinglasin, ham gapirsin, ham mushohada qilsin, ham yozsin.
Pedagog-psixologlarimizning o‘tkazgan tahlillariga ko‘ra, o‘quvchilar tomonidan
o‘zlashtirilgan axborotlar 2hafta o‘tgach, mustaqil o‘qish orqali 10 foiz; tinglash orqali 20 foiz;
o‘zi namoyish etsa yoki so‘zlab bersa, 50 foiz; bahs-munozara, suhbat orqali 80 foiz; o‘zi amaliy
bajarganda esa 90 foizi eslab qolinar ekan. Shularni hisobga olsak, o‘quvchilarga dars berishda
ko‘proq bahs-munozara, suhbat va amaliy ishlarni dars davomida o‘z kuzatuvimiz va
nazoratimiz ostida olib borishimiz kerak ekan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
294
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishda multimedia vositalari quyidagi
usullar orqali yordam beradi:
1. Tinglash va Qayta Takrorlash: Audio materiallar yordamida o‘quvchilar turli nutq
uslublarini tinglashlari va o‘z nutqlarini takrorlashlari mumkin.
2. Vizual Ta’sir: Video materiallar orqali o‘quvchilar nutqning ifoda etilishidagi mimika,
intonatsiya va boshqa nozik jihatlarni o‘zlashtirishlari mumkin.
3. Interaktiv Mashqlar: O‘quvchilar multimedia dasturlarida turli interaktiv mashqlar
bajarish orqali nutq ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Boshlang’ich sinflarga dars mashg’ulotlarini o‘tayotgan paytda multimedia vositalaridan
deyarli hamma darsda unumli foydalanishimiz mumkin. Masalan, o‘qish darslarini oladigan
bo‘lsak, unda kelgan biron hikoya yoki ertakni turli hayvonlarni jonlantirgan holatda, ularning
har biriga ovoz bergan holatda qo‘yib bersak, o‘quvchining diqqatini tezroq darsga jamlab
olamiz. Yoki ertak nomi berilib, undagi qahramonlar aks ettirilib, ular asosida o‘zlari ertak
yaratishlariga imkoniyat bersak, ularning sifatiga baho berish orqali ham o’quvchilarni baholash
maqsadga muvofiq bo’ladi.[4]
Matematika darslarida multimedia vositalaridan foydalanish: Bunda biz o‘quvchilarga
misol ishlatib, ayni o‘sha damda ular to‘g‘ri yoki noto’g’ri ishlaganliklarini bilib olish
imkoniyatini yaratishimiz mumkin. Bu o‘quvchiga darsga bo‘lgan qiziqishni va serharakat
bo‘lishni o‘rgatadi. Shu bilan birgalikda, pedagog doim ham darsga multimedia vositalari
orqaligina emas, boshqa tomonlama ham yondashmog‘i lozim. Chunki texnik nosozliklar tufayli,
elektr energiyasining mavjud bo‘lmay qolishi natijasida bir butun dars davomida hech bir
ma‘lumotni yetkaza olmay qolish xavfi ham paydo bo’lishi mumkin. Yoki o‘quvchi doim qiziq,
kreativ yondashilgan darslarini tinglab, darslarga quloq solmay qo‘yishi ham mumkin. Kreativ
pedagoglarning darslarida faol, boshqa tajribasiz pedagoglarning darslarida esa faollikni
yo‘qotish kabi holatlari kuzatilgan o’quvchilar ham talaygina.
Bundan tashqari, pedagog dars o‘tish jarayonida ko‘plab jihatlarga e‘tibor qaratishi
lozim:[3]
- o‘quvchilarning hammasiga bir xil muomalada bo‘lish; -dars materiallarini
tayyorlayotgan vaqtida o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olishi;
- ularning shaxsini hurmat qilishi;
- o‘tilayotgan mavzuni tushuntirishda faqat ilmiylikka emas hayotiylikka ham e‘tibor
qaratishi lozim.
- o‘quvchi ham, avvalo, o‘ziga o‘xshagan inson ekanligini hisobga olishi kerak.[3]
Axborot texnologiyalari hayotning barcha jabhalariga kirib keldi. Dars o‘tayotgan
o‘qituvchi va o‘quvchi orasida o‘zaro ishonch bo‘lishi kerak.
Siddharta Gautamaning quyidagi oltinga teng so‘zlari ham mavjud: " Agar sen ustozinga
sening ustozing bo‘lgani uchungina ishonsang, undan ko‘ra ishonmaganing maq‘ul". Dars o‘tish
jarayonida ustoz 90 foiz harakat qilib, ishlab, o‘quvchi 10 foiz o‘qisa, salbiy natija; ustoz 1 foiz
o‘qitib, o‘quvchi 99 foiz o‘qisa, ijobiy natija qayd etilishini kuzatishimiz mumkin.[3]
Multimedia vositalarining keyingi samarasi oʻquvchi tadqiqotlarida aniqlangan vaqtdan
koʻpdir. Texnologiya maktabni tavsiya qilingan darajada o’quvchilarning maʼlumot bilan
qiziqishini va muloqotning tuzishini oshirishga yordam beradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
295
Shu bilan birga, multimedia vositalari oʻz oʻquv dasturlariga muvofiq boʻlishiga yordam
beradi va talabalarga bir-biridan farqli usullarda oʻquvni tashqi mashqlar va kurashishlar orqali
tashkillashtirishlariga oʻrin yaratadi. Bularning barcha jihatlaridan, boshlangʻich sinflarni
oʻqitishda multimedia vositalaridan foydalanish juda samarali boʻladi va oʻqituvchilarni eng
soʻnggi texnologiyalar bilan oʻquv jarayonlarini modernizatsiyalashga va ragʻbatlantirishga
imkoniyat yaratadi.
Bunday oʻquv uslubini bajarish bilan orzular, mashqlar va mahoratlarda o’z fikrlarini
almashadiganlar shug’ullana olishadi va ularni nafaqat ma’lum fanlarda, balki turli
yoʻnalishlarda yuqori darajada ish bilan taʼminlaydi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari kompyuter
yoki uning tizimlariga tushunmasalar, toʻliq oʻzlashtirish imkoniyatiga ega bo’lmaydilar. Ammo
boshlangʻich sinflarni oʻqitishda multimedia vositalaridan foydalanish bu kamchiliklarni tezroq
va samaraliroq hamda yuqori saviyada bartaraf etilishiga olib keladi.[4]
Boshlang'ich sinflarni o'qitishda multimedia vositalaridan foydalanish, o'quvchilarning
o'zining texnologik bilimlari va jihatlarini rivojlantirishda yetakchi tadbirlardan biri hisoblanadi.
Multimedia vositalari, o'quvchilar uchun shunchaki matematik, ona tili, tarix, ingliz tili
va boshqa fanlarning bir qatorini ko'rsatadigan audio va video darsliklarning, sayt, o'yinlar,
interaktiv mashg'ulotlar va boshqa turlarda bilim oluvchi interaktiv materiallardan iborat.
Multimedia darsliklari, o'quvchilar uchun ma'lumotlarni olishni osonlashtiradi, ularning
ko'nikmalarning yanada rivojlanishiga yordam beradi va o'quvchilarning odob-axloqiy va ijodiy
ko'nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, multimedia vositalari, talabalar orasida ko'proq aloqa
qilish va ularning ishtirok etish darajasini oshirishni ham ta'minlaydi, shularni qayta izlash
hamda qo'llanishni ko'zdan kechirish haqida yuksak nazoratni qo'lga kiritadi.
Doimiy tajriba ko'rsatgan multimedia vositalari o'quvchilarning yangi qobiliyat va
jihatlarini tashkil ettiradi va talabalar uchun o'quv jarayonini ko'rib chiqishda kuchli asbob
sanaladi. Bu, o'quvchilarning bilimini yanada yuqori tartibda ta'minlash, yondashuvini oshirish
va ularning hayotida maqsadli, foydali va takomillashtirilgan mavzularga bo'lgan qiziqishlariga
qaratilishiga yordam beradi. Jumladan, multimedia vositalaridan foydalanish, o'quvchilar o'z-
o'ziga qarashni, ochiq fikrlashni va ko'nikma qozonishni oshiradi.
Bu sinflarda o'qitishning zerikarli bo’lishini oldini oladi va o'qituvchilar o'quvchilarga
qiziqarli dars o’tishini, musobaqaviy o'yinlar bilan o'rganishni va maqsadli bilim olishni o'z
ichiga oladigan kuchli darajadagi interaktiv metod bo'lib, ta'lim jarayonini rag'batlantirishda
katta rol o'ynaydi.
Sinfda multimediadan foydalanishning bir necha samarali usullari mavjud: 1. Lug'atni
o'rgatishda qo'shiq fayllari va kliplardan foydalanish Videolar yordamida o’quvchilar
gapirayotgan odamlarning imo-ishoralari va ifodalarini ko'rishlari mumkin. Bu ularga faqat
og'zaki so'zlarni eshitgandan ko'ra, tezroq o'rganishga yordam beradi. Yana bir afzalligi
shundaki, bu kliplar tildan foydalanish uchun konsurs vazifasini ham ta'minlaydi. Agar biz uning
atrofida nimalar bo'layotganini bilsak, kim nimani anglatishini tushunish osonroq bo'ladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yangi lug'at va grammatika tuzilmalari bilan tanishtirish
uchun darsda videolardan foydalanish mumkin. Shunday qilib, ular so'zlarni qog'ozda bir marta
o'qish o'rniga, ularni dars paytida bir necha marta eshitganlari uchun tez va samaraliroq eslab
qolishadi.[5]
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
296
2. Audio fayllardan foydalanish: Yangi lug'at yoki grammatik tuzilmalarni joriy qilish
uchun audio fayllardan sinfda foydalanish mumkin. Ular talaffuz va tinglash qobiliyatlarini
mashq qilish uchun ham ajoyib! Audio bu multimediani dars rejasiga kiritishning oson usuli,
chunki proyektor ekrani yoki kompyuter dasturi kabi maxsus jihozlar kerak emas: faqat iPod
yoki iPad kabi MP pleer kerak bo'ladi.[5]
3. Tasvirlarni ko'rsatish: Tasvirlar matnni tasvirlash, yangi lug'at bilan tanishtirish yoki
interaktiv faoliyatning bir qismi sifatida ishlatilishi mumkin. Ular, shuningdek, sinfdagi
munozaralar uchun ham ajoyib. Sinfda tasvirlardan foydalanayotganda, ularning o‘quvchilarning
yoshi va madaniyatiga mos kelishiga ishonch hosil qilish muhimdir. Misol uchun, agar
boshlang’ich sinf o'quvchilari bo'lsa, urush yoki zo'ravonlik aks etgan suratlarni multimedia
vositalari yordamida ko'rsatmaslik kerak, chunki ular qo'rqinchli va xafa bo'lganligi uchun kichik
maktab yoshidagi o’quvchilar psixologiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.[5]
4. Interfaol ta’lim faoliyatini yaratish: Interfaol ta'lim faoliyati o'quvchilarni qiziqtirish va
ularda shunchaki passiv tinglashdan ko'ra o'zlarini darsning bir qismi sifatida his qilishning
ajoyib usuli hisoblanadi. Masalan, multimedia vositalari yordamida onlayn viktorina yaratish
mumkin. Ularni sinfda birgalikda muhokama qilish kerak. Boshlangʻich sinflarni oʻqitishda
multimedia vositalaridan foydalanish juda samarali boʻlib, maʼlumotga qiziqishni oshiradi va
o’quvchilarning oʻqishini sezilarli darajada mohiyatli va qiziqarli qiladi.
Multimedia
vositalari
oʻqituvchilarning
oʻquv
uslubini
har
tomonlama
zamonaviylashtirishda badiiy aniqlash va turli pedagogik mashqlarga ishonch yaratish uchun
ham yordam beradi. Bu vositalar o’quvchilarni koʻrsatkichlari va oʻzlashtirishlaridan qat’iy
nazar, turli yoʻnalishlarda tajribaga ega bo’lish imkonini yaratadi. O’quvchilar uchun multimedia
vositalaridan foydalanish, elektron mahsulotlar va media mavzulariga mutanosib bo’lishi zarur.
Shu bilan birga, oʻqituvchilar talabalarni zamonaviy va samarali usulda oʻqitish boʻyicha ijobiy
natijalar beradi. Bunday uslub barcha oʻqituvchilar uchun o’ziga xos imkoniyatni yaratar edi va
chegaralari minimal hisoblanardi.
Multimedia vositalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishda muhim rol
o‘ynaydi. Ular o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, o‘zlashtirish jarayonini yengillashtirish va
interaktivlikni ta’minlashda samarali hisoblanadi. Biroq, ta’lim jarayonida yuzaga keladigan
pedagogik muammolarni hal qilish uchun o‘qituvchilar va ta’lim muassasalari tomonidan zarur
chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim. Shunday qilib, multimedia vositalaridan samarali foydalanish
orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkin bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Azizxodjayeva N.N Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.:Fan,2006.
2.
M.Aripov, M.Fayzieva, S.Dottoev. Web-texnologiyalar. T.: “Faylasuflar jamiyati”, 2013 y.
3.
Nurmatov, Z. O., Tursunpulatova, K. A., & Nasriddinova, Z. N. (2023, May). The role of
multimedia technologies in teaching foreign languages. In International Conference on
Science, Engineering & Technology (Vol. 1, No. 1, pp. 99-103).
4.
R.Hamdamov, N.Taylaqov, U.Begimqulov, J.Sayfiev. Elektron universitet, elektron
vazirlik, masofaviy ta’lim texnologiyalari Toshkent, 2011.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
297
5.
Shamsiddinovich, M. R., & Obidjonovich, Z. N. (2021). Advantages and Improvements of
E-Textbook Teaching of Computer Science in General Secondary Educatin. Central asian
journal of mathematical theory and computer sciences, 2(12), 71-74.
6.
Nurmatov Z. O., Chorshamiyeva O. N., Pirimova F. A. Ta'limda sun'iy intellektdan
foydalanishning ijobiy va salbiy tomonlari //Общественные науки в современном мире:
теоретические и практические исследования. – 2023. – Т. 2. – №. 7. – С. 12-18.
7.
M.Mamarajabov, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi va Web dizayn T.: Chulpon” 2013 y.
254 b.
8.
Abduraxmonova N.N. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorgarligini
takomillashtirish muammosining pedagogik zaruriyati // Science and innovation
international scientific journal volume 1 Issue 8 UIF-2022: 8.2\ISSN:2181-3337.2114-
2121 betlar.
9.
http://scientists.uz/view.php?id=3348http://scientists.uz/uploads/202208/B-432.pdf
10.
Abdurakhmanova N.N. Structural and substantive features of improving the
methodological preparation of future elementary school teachers for the intellectual
development of students
//
The field of scientific research International scientific-
online conference Part 4 November 30
th
Colletions of scientific works Warsaw 2022. /
115-121 betlar.
https://interonconf.org/index.php/pol/article/download/646/607/595
