Authors

  • Shohzoda Farhodova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137495

Keywords:

Madaniyat jamiyat munosabat shaxs madaniy muhit. faoliyat kelajak urf-odat.

Abstract

Ushbu maqolada madaniyat va shaxs tushunchalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tahlil qilinadi. Shaxsning shakllanishida madaniyatning o‘rni, xususan oila, ta’lim, diniy va milliy qadriyatlar, ommaviy axborot vositalarining ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, madaniyatning shaxsni shakllantirishdagi roli bilan bir qatorda, shaxsning madaniyatni boyitishdagi ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada tarixiy va zamonaviy misollar orqali shaxs va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asoslanadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

307

MADANIYAT VA SHAXSNING O’ZARO MUNOSABATLARI

Farhodova Shohzoda Jasurbek qizi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.

60211800-Madaniyatshunoslik ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi.

Tel +99850-545-65-80.

farxodovashaxzoda69@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17387788

Annotasiya.

Ushbu maqolada madaniyat va shaxs tushunchalari o‘rtasidagi o‘zaro

munosabatlar tahlil qilinadi. Shaxsning shakllanishida madaniyatning o‘rni, xususan oila,
ta’lim, diniy va milliy qadriyatlar, ommaviy axborot vositalarining ta’siri ochib beriladi.

Shuningdek, madaniyatning shaxsni shakllantirishdagi roli bilan bir qatorda, shaxsning

madaniyatni boyitishdagi ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada tarixiy va zamonaviy
misollar orqali shaxs va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asoslanadi.

Kalit so’zlar:

Madaniyat, jamiyat, munosabat, shaxs, madaniy muhit. faoliyat, kelajak,

urf-odat.

Avvalo madaniyat nima? Madaniyat bu -insonlar yaratgan maʼnaviy va moddiy boyliklar

majmuyidir. Oddiy qilib aytganda odamlarning urf-odatlari, qadriyatlari, sanʼati, ilmi, axloqi va
turmush tarzi madaniyatni tashkil etadi. Madaniyat soʻzi arabcha "madina" (shahar) soʻzidan
kelib chiqqan boʻlib "shaharlik" degan maʼnoni bildiradi. [1.8-b.] Arablar kishilar hayotini ikki
turga boʻlishgan: birinchisi "Badaviy", ikkinchisi "Madaniy" turmush deb atalgan. Badaviylik-
ko'chmanchi holda dasht-u sahrolarda yashovchi xalqlarga, Madaniylik-shaharda o'troq holda
yashab, oʻziga xos turmush tarziga ega l bo'lgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan. Shu tariqa ti
madaniyat soʻzi kelib chiqqan.

Madaniyat va shaxs bir-biridan ajralmas tushunchalardir. Avvalo madaniyatning shaxsga

tasiri haqida bilib olamiz. Inson tugʻilgandan boshlab jamiyatdagi til, urf-odat, qadriyat, turmush
tarzi, ilmi va axloqiy meyyorlarini oʻzlashtiradi. Bu jarayon "Ijtimoiylashuv" deb ataladi.

Madaniyat hamisha shaxs faolligi va uning yaratuvchanlik faoliyati bilan bog'liqdir.
Buyuk nemis faylasufi Gegel oʻzining "Huquq falsafasi" asarida taʼkidlaganidek,

madaniyatli inson, bu-avvalo, boshqalar qilgan ishni qila oluvchi, boshqalar kabi yaratuvchidir.
Shu tarzda madaniyat insonga ta'sir qilib, uning dunyoqarashi, xulq-atvori va maʼnaviy olamini
shakllantiradi. 2008-yili chop etilgan "Madaniyatshunoslik" nomli o'quv qo'llanmasida
madaniyat insonga qanday ta'sir qilishi, madaniyat orqali shaxsning ma'naviy-axloqiy boyishi
jamiyatdagi shaxsiy roli haqida tushunchalar belgilab oʼtilgan. Bu qoʻllanmadi shunday deyilgin:
"Madaniyat insonni inson darajasiga koʻtaradi, shaxs esa madaniyatni boyitadi".

Inson jamiyatlari tomonidan yaratilgan madaniyatlar cheksiz ravishda xilmaxildir.
Ularning har biri dunyoni qabul qilishning va unga moslashishning o‘ziga xos va betakror

usulini namoyon qiladi. Mamlakatimiz tadqiqotchisi F.I.Minyushev, YUNESKO ma’lumotlariga
tayangan holda, bugungi kunda dunyoda 749 dan ortiq madaniyatlar “harakatlanadi”.[2.16-17-b]

Keltirilgan raqamning ahamiyatli darajada kattaligiga qaramasdan, u insoniyatning

madaniy ko‘p turliligini to‘liq aks ettira olmaydi, chunki shakllanib ulgurgan madaniyatlar
doirasida doimiy ravishda madaniy ijod sodir bo‘ladi, yangi madaniy shakllar, yangi
submadaniyatlar vujudga keladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

308

Agar, biz insoniyat tarixi va tarix sahnasidan chiqib ketgan xalqlarning madaniy merosini

yodga oladigan bo‘lsak, u holda madaniyatlar soni cheksiz darajada ortib ketadi. Va nihoyat,
kelajak insoniyatning madaniy xilma-xilligini yanada oshiradi, chunki inson o‘z mohiyatiga
ko‘ra – ijodkor va arbobdir (garchi uning ijodiy faoliyati faqatgina ijobiy masara bermaydi).

Endi esa insonni madaniyatga ta'sirini koʻrib chiqamiz. Insonni madaniyatga ta'sirining

eng katta omillaridan biri buyuk allomalarimiz yozib qoldirgan asarlardir. Ular yaratgan
asarlarda o'sha davrning madaniyati aks ettiriladi. Boshqa davlatlar madaniyati bilan
solishtiriladi. Buning natijasida madaniyat rivojlanadi. Masalan, Alisher Navoiyning "Saddi
Iskandariy" asari ma'rifiy asar bo'lib, unda Navoiy shaxs sifatida axloqiy fazilatlarni rivojlantirib,
rahim, shafqat, adolat kabi fazilatlar orqali jamiyatga ijobiy ta'sir ko'rsatishni targ`ib qiladi.

Shuningdek bu asar orqali madaniyat va mavifat tarixiy qadriyatlarning shakllanishi

ko'rinadi. Undan tashqari Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq", Islom
Karimovning "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch", Abdulla Qodiriyning "Oʻtgan kunlar",
Cho'lponning "Kecha va kunduz", Abdurauf Fitratning "Milliy madaniyat", Omon Muxtorning
"Inson", Tohir Malikning "Shaytanat", Said Ahmatining "Jimjitlik" kabi asarlaridan madaniyat
haqida to'liq ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin. Chunki bu asarlarda o'sha davr madaniyati
haqida bayon etilgan. Bu kabi asarlarni o'qigan madaniyatshunoslar hozirgi davr madaniyatini
o'sha davr madaniyati bilan solishtirib, uning rivojiga o'z hissalarini qo'shadilar. Madaniyat va
shaxs bir-birini to‘ldiradigan va o‘zaro boyitadigan ikki asosiy tushunchadir. Shaxs madaniy
muhitda shakllanadi va kamol topadi, madaniyat esa shaxslarning faoliyati orqali rivojlanadi.

Shu boisdan, jamiyat taraqqiyoti uchun har bir insonning madaniy saviyasini oshirish,

ma’naviy yetukligini ta’minlash dolzarb vazifalardan biridir.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak madaniyat jamiyatining asrlar davomida to'plagan bilim,

qadriyat va urf-odatlarini o'zida mujassam etib, shaxsning shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatadi.

Shaxs esa oʻzining faoliyati, ijodi va ijtimoiy hayotidagi ishtiroki orqali madaniyatni

boyitadi. Demak, madaniyat shaxsni tarbiyalaydi, shaxs esa madaniyatni rivojlantiradi. Bu ikki
tushuncha bir-biri bilan shu tarzda munosabatda bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

“Madaniyat sotsiologiyasi” oʻquv qoʻllanma M. Bekmurodov N.Yusupova 2010-yil 8-bet.

2.

Abdulazizov A. MADANIYAT SOTSIOLOGIYASI (o‘quv qo’llanma) Namangan. 2024.
16-17-bet.

3.

Mansur Bekmuratov, Nargiza Yusupova Madaniyat sociologiyasi Toshkent 2010-y.

4.

MADANIYATSHUNOSLIK

VA

MADANIYAT

FUNKSIYALARI

TRANSFORMATSIYASI mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
to‘plami “Farg’ona” nashryoti 2025.



References

“Madaniyat sotsiologiyasi” oʻquv qoʻllanma M. Bekmurodov N.Yusupova 2010-yil 8-bet.

Abdulazizov A. MADANIYAT SOTSIOLOGIYASI (o‘quv qo’llanma) Namangan. 2024. 16-17-bet.

Mansur Bekmuratov, Nargiza Yusupova Madaniyat sociologiyasi Toshkent 2010-y.

MADANIYATSHUNOSLIK VA MADANIYAT FUNKSIYALARI TRANSFORMATSIYASI mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami “Farg’ona” nashryoti 2025.