401
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
KATTA SINF O‘QUVCHILARIDA MAQSAD YO‘QLIGI VA TARBIYA MASALASI
Begasheva Nargiza Komiljon qizi
58-umum ta'lim maktab tarbiya fani o'qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17404607
Tarbiya uch narsaga extiyoj sezadi: istedodga, ilmga, mashqqa.
Arastu
Tarbiya – bu bolaning yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayishiga yordam beradigan eng muhim
jarayonlardan biridir. Oila tarbiyani boshlab beradi, lekin bola ko‘p vaqtini maktabda o‘tkazgani
uchun maktabdagi tarbiya ham juda katta ahamiyatga ega.
Maktab – bu nafaqat bilim beradigan joy, balki bolaga hayotda qanday yashashni,
boshqalar bilan qanday muomala qilishni, odob-axloqni o‘rgatadigan muhitdir. Maktabda
ustozlar bolalarga fanlarni o‘rgatish bilan birga, ularni tartibli, hurmatli, mehnatkash, to‘g‘riso‘z
bo‘lishga ham o‘rgatadi.
Har bir o‘qituvchi bola uchun namuna bo‘lishi kerak. Bolalar faqat darsda emas, balki
ustozining harakatlaridan, so‘zlaridan ham ko‘p narsani o‘rganadi. Masalan, ustoz boshqalarga
hurmat bilan muomala qilsa,o‘quvchilar ham bu fazilatlarni o‘zlashtiradi. Zamonaviy davrda
bolalarga turli xil axborotlar ta’sir qilmoqda. Televizor, telefon, internet orqali yaxshi-yomon
narsalarni ko‘rishmoqda. Shuning uchun maktabda tarbiya ishlari har doim davom etib turishi
kerak.
O‘qituvchilar faqat darsni o‘rgatib qo‘ymasdan, bolalar bilan suhbatlashib, ularning
qanday fikrlayotgani, nima bilan qiziqayotganini ham bilib borishlari muhim.
Bugungi kunda maktabda o‘qiyotgan katta sinf o‘quvchilari orasida uchrayotgan eng
Kata muammolardan biri — bu maqsadsizlikdir. Ko‘plab o‘quvchilar hayotda nima
qilishni xohlayotganini bilmaydi, kelajak rejalari yo‘q, o‘zini sinab ko‘rishga ham intilmaydi. Bu
holat oddiy tuyulishi mumkin, lekin aslida bu chuqur tarbiya muammosi bilan bog‘liq.
Bola voyaga yetgani sayin, undan mustaqil fikrlash, qaror qabul qilish va hayotiga
javobgarlik olish talab etiladi. Lekin agar bola bolalikdan to‘g‘ri tarbiya olmagan bo‘lsa, bu
qobiliyatlar unda shakllanmaydi.
Ayniqsa, oila va maktab tarbiyasi kuchli bo‘lmasa, bola o‘z oldiga maqsad qo‘yishni ham
o‘rganmaydi. Bu yerda ota-onaning ham o'rni juda katta. Chunkiy ota onadan kurib urnak olib
farzand o'z hayotini boshlaydi. Ota -onalar va pedagoklar birlashib bir birini tushunga va
qullagan holda ish olib borishlari kerak.
Misol uchun maktabda dakki eshitgan bolani ota onasi o'qituvchiga kelib noroziligini
bildirishi juda notugri. Ota onaning farzanda eng katta yaxshiligi unga chiroyli tarbiya berishidir.
Tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri esa — bolaga hayot yo‘li tanlashda yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatishdir.
Ya’ni, yaxshi tarbiya ko‘rgan o‘quvchi hayotda o‘z o‘rnini topishga intiladi, maqsad sari
harakat qiladi. Aksincha, tarbiyada bo‘shliqlar bo‘lsa, bola o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, dangasa,
befarq bo‘lib qoladi.
Katta sinf — bu hayotiy tanlovlar bosqichi. Kasb tanlash, oliy ta’limga tayyorlanish,
mustaqil fikrga ega bo‘lish shu davrda shakllanadi. Bu davrda ota-onalar va ustozlar bolaning
yonida bo‘lishi, uni ruhlantirib, maqsad sari yo‘naltirishi kerak. Afsuski, ayrim hollarda
o‘quvchilar yolg‘iz qolib ketishadi: na oilada, na maktabda yetarli e’tibor bo‘ladi.
Boshqa tomondan, tarbiya — bu faqat tanbeh berish yoki qoidalar qo‘yish emas.
402
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Tarbiya — bu bolaning ichki dunyosiga kirib, uni tushunishga harakat qilishdir.
O‘quvchining nima haqida o‘ylayotgani, nimalarga qiziqayotgani, qanday orzu-umidlari
borligi haqida suhbatlashish muhim.
Shu orqali biz ularga kerakli ma’lumot va yo‘l ko‘rsatmalarni bera olamiz. Yaxshi tarbiya
ko‘rgan bola o‘z oldiga maqsad qo‘yishni erta o‘rganadi. Masalan, kitob o‘qishga odatlangan,
ota-onasidan mehnatsevarlikni ko‘rgan, ustozidan sabr va intilishni o‘rgangan bola albatta
hayotda nimagadir erishishni xohlaydi. Chunki u o‘zining qadrini, vaqtining qiymatini biladi.
Xulosa qilib aytganda, katta sinf o‘quvchilarida maqsad yo‘qligi — bu faqat yoshga
bog‘liq holat emas, balki chuqur tarbiyaviy muammolarning natijasidir. Agar biz tarbiyani to‘g‘ri
yo‘lga qo‘ysak, har bir o‘quvchi o‘z yo‘lini topadi. Tarbiya orqali biz ularga faqat hozirgi hayot
uchun emas, balki butun kelajak uchun poydevor yaratamiz
