416
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA ZAMONAVIY MEXANIZMLAR:
COMPLIANCE, WHISTLEBLOWING VA INTEGRITY AUDIT INSTITUTI
Turdibekova Sevinch Bahodir qizi
TDYU huzuridagi Samarqand viloyat akademik litseyi talabasi.
+99895-890-19-08.
turdibekovasevinch9@gmail.com
Elbayev Anvar Yusuf oʻgʻli
TDYU huzuridagi Samarqand viloyat akademik litseyi talabasi,
+99888-808-17-10.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17406531
Annotatsiya.
Korrupsiya – jamiyatning nafaqat iqtisodiy poydevorini, balki axloqiy-ruhiy
qatlamlarini ham yemiruvchi, davlat institutlariga ishonchni izdan chiqaruvchi eng xavfli
ijtimoiy-huquqiy illatlardan biridir. Ushbu ilmiy ish korrupsiyaga qarshi kurashda an’anaviy
jazoga yo‘naltirilgan yondashuvlardan tashqari, zamonaviy profilaktik mexanizmlarni –
compliance nazorati, whistleblowing instituti va integrity audit tizimini tahlil qilishga qaratilgan
bo‘lib, milliy qonunchilikni global antikorrupsiya standartlari bilan qiyosiy-huquqiy asosda
o‘rganadi. Mazkur tadqiqot korrupsiyani faqat jinoyat emas, balki tizimli kasallik sifatida talqin
qiladi va uni bartaraf etish uchun davlat, biznes va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi mas’uliyat
uchburchagini ilmiy asoslab beradi.
Annotatsiyada korrupsiya hodisasining psixologik ildizlari – manfaat to‘qnashuvi,
axloqiy tanazzul va jazosizlik sindromi chuqur ochib beriladi. Aynan shu omillar compliance
tizimlarining asosiy vazifasi – halollik madaniyatini shakllantirish va xodimlarda “insonga
nisbatan vijdon oldidagi hisobot” tuyg‘usini paydo qilish zaruratini tug‘dirishini asoslaydi.
Whistleblowing mexanizmi esa, qo‘rquv, bosim va ijtimoiy stigmani yengib o‘tgan holda ichki
axborot beruvchilarning huquqiy maqomini mustahkamlash orqali korrupsiyani ildizidan fosh
etishda eng samarali vosita sifatida o‘rganiladi. Integrity audit konsepsiyasi esa tashkilot va
davlat idoralarida halollik infratuzilmasini yaratish, korrupsiya risk xaritasini diagnostika qilish
va barqaror “etik boshqaruv” madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi yangi
paradigmaning nazariy asosini tashkil etadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, u
korrupsiyaga qarshi kurashishni nafaqat jazolash mexanizmi, balki huquqiy mafkura va ongni
mustahkamlovchi antikorrupsiya siyosati sifatida yondashadi. Shuningdek, ushbu ish xalqaro
tajriba – AQSH, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlar modelidagi
compliance kodekslari, whistleblower himoya qonunlari va ISO 37001 antikorrupsiya
standartlarini O‘zbekiston sharoitida implementatsiya qilish imkoniyatlarini chuqur tahlil qiladi.
Mazkur ilmiy ishning amaliy ahamiyati shundaki, u korrupsiyaning faqat jinoyatlar
statistikasida emas, balki inson qalbida boshlanadigan jarayon ekanini ta’kidlab, huquqiy
mexanizmlar bilan bir qatorda psixologik immunitet va ma’naviy mas’uliyatni ham davlat
siyosatining tarkibiy qismiga aylantirish zarurligini ilgari suradi. Shu tariqa, mazkur
annotatsiya korrupsiyaga qarshi kurashni jamiyatda “qo‘rquv siyosati”dan “halollik falsafasi”
sari o‘tishni talab qiluvchi yangi konseptual nazariy asos sifatida taqdim etadi.
Kalit so‘zlar:
Korrupsiya, Compliance tizimi, Whistleblowing instituti, Integrity audit,
Halollik siyosati, Antikorrupsiya mexanizmlari, Huquqiy islohotlar, Etik boshqaruv, Davlat
boshqaruvi shaffofligi, Xalqaro antikorrupsiya standartlari.
MODERN MECHANISMS IN THE FIGHT AGAINST CORRUPTION: COMPLIANCE,
WHISTLEBLOWING AND INTEGRITY AUDIT INSTITUTE
417
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Annotation.
Corruption is one of the most dangerous socio-legal vices that erodes not
only the economic foundation of society, but also the moral and spiritual layers of society, and
undermines trust in state institutions. This scientific work is aimed at analyzing modern
preventive mechanisms in the fight against corruption, in addition to traditional punitive
approaches - compliance control, whistleblowing institute and integrity audit system, and studies
national legislation on a comparative legal basis with global anti-corruption standards. This
study interprets corruption not only as a crime, but also as a systemic disease and scientifically
substantiates the triangle of responsibility between the state, business and civil society to
eliminate it. The abstract deeply reveals the psychological roots of the corruption phenomenon -
conflict of interest, moral degradation and impunity syndrome. It is these factors that justify the
main task of compliance systems - the formation of a culture of honesty and the need to instill in
employees a sense of "accountability to a person before conscience." The whistleblowing
mechanism is studied as the most effective tool for exposing corruption at its root by
strengthening the legal status of internal informants, overcoming fear, pressure and social
stigma. The integrity audit concept is the theoretical basis of a new paradigm that serves to
create an infrastructure of honesty in organizations and government agencies, diagnose a
corruption risk map and form a sustainable "ethical management" culture. The scientific novelty
of the study is that it approaches the fight against corruption not only as a punishment
mechanism, but also as an anti-corruption policy that strengthens legal ideology and
consciousness. This work also deeply analyzes the possibilities of implementing compliance
codes, whistleblower protection laws and ISO 37001 anti-corruption standards in Uzbekistan,
based on international experience - the model of countries such as the USA, Great Britain, South
Korea, Singapore. The practical significance of this scientific work is that it emphasizes that
corruption is a process that begins not only in crime statistics, but also in the human heart, and
puts forward the need to make psychological immunity and moral responsibility, along with
legal mechanisms, a component of state policy. Thus, this annotation presents the fight against
corruption as a new conceptual theoretical framework that requires a transition from the
“politics of fear” to the “philosophy of honesty” in society.
Keywords:
Corruption, Compliance system, Whistleblowing institution, Integrity audit,
Integrity policy, Anti-corruption mechanisms, Legal reforms, Ethical governance, Transparency
of public administration, International anti-corruption standards.
СОВРЕМЕННЫЕ МЕХАНИЗМЫ БОРЬБЫ С КОРРУПЦИЕЙ: КОМПЛАЕНС,
ИНСТИТУТ ОСВЕДОМИТЕЛЬСТВА И АУДИТ ДОБРОСОВЕСТНОСТИ
Аннотация.
Коррупция – один из самых опасных социально-правовых пороков,
который подрывает не только экономические основы общества, но и морально-духовные
слои общества, подрывает доверие к государственным институтам. Данная научная
работа направлена на анализ современных превентивных механизмов борьбы с
коррупцией, помимо традиционных карательных подходов – комплаенс-контроля,
института осведомительства и системы аудита добросовестности, а также на
сравнительно-правовое исследование национального законодательства с мировыми
антикоррупционными стандартами. В исследовании коррупция трактуется не только
как преступление, но и как системное заболевание, и научно обосновывается треугольник
ответственности государства, бизнеса и гражданского общества по её искоренению. В
реферате глубоко раскрываются психологические корни феномена коррупции – конфликт
интересов, моральная деградация и синдром безнаказанности.
418
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Именно эти факторы обосновывают главную задачу систем комплаенса –
формирование культуры честности и необходимость воспитания у сотрудников чувства
«ответственности перед человеком, а не перед совестью». Механизм информирования о
фактах коррупции рассматривается как наиболее эффективный инструмент
разоблачения коррупции в корне путём укрепления правового статуса внутренних
информаторов, преодоления страха, давления и социальной стигматизации. Концепция
аудита добросовестности является теоретической основой новой парадигмы, служащей
созданию инфраструктуры честности в организациях и государственных органах,
диагностике карты коррупционных рисков и формированию устойчивой культуры
«этичного менеджмента». Научная новизна исследования заключается в том, что оно
рассматривает борьбу с коррупцией не только как механизм наказания, но и как
антикоррупционную политику, укрепляющую правовую идеологию и сознание. В работе
также глубоко анализируются возможности внедрения кодексов комплаенса, законов о
защите информаторов и антикоррупционных стандартов ISO 37001 в Узбекистане,
основанные на международном опыте – модели таких стран, как США, Великобритания,
Южная Корея, Сингапур. Практическая значимость данной научной работы
заключается в том, что она подчёркивает, что коррупция – это процесс, берущий начало
не только в статистике преступлений, но и в душе человека, и выдвигает необходимость
сделать психологический иммунитет и моральную ответственность, наряду с
правовыми механизмами, компонентом государственной политики. Таким образом,
данная аннотация представляет борьбу с коррупцией как новую концептуально-
теоретическую основу, требующую перехода от «политики страха» к «философии
честности» в обществе.
Ключевые слова:
Коррупция, Система комплаенса, Институт информирования о
фактах
коррупции,
Аудит
добросовестности,
Политика
добросовестности,
Антикоррупционные
механизмы,
Правовые
реформы,
Этическое
управление,
Прозрачность государственного управления, Международные антикоррупционные
стандарты.
KIRISH.
Korrupsiya – bu jamiyatning tashqi ko‘rinishdan ko‘ra chuqurroq, yashirin qatlamlarida
ildiz otgan, davlat institutlariga bo‘lgan ishonchni yemiruvchi, iqtisodiy o‘sish jarayonlarini falaj
qiluvchi, eng muhimi esa inson ongidagi adolat tushunchasini parchalovchi murakkab ijtimoiy-
huquqiy hodisadir. U nafaqat davlat byudjetiga yetkazilgan moddiy zarar bilan o‘lchanadi, balki
jamiyat ruhiyatiga solgan ma’naviy zarbasi, halollik va burch tuyg‘usining yemirilishi bilan
yanada xavfli tus oladi. Korrupsiya mavjud bo‘lgan ijtimoiy makonda qonun ustuvorligi
zaiflashadi, davlat xizmatining ma’nosi buziladi va fuqarolarda “adolat – nazariya, manfaat –
amaliyot” degan xavfli tafakkur shakllanadi. Zero, korrupsiya faqat jinoyat emas – u davlat va
jamiyat o‘rtasidagi ishonch shartnomasining buzilishidir. Bugungi globallashuv davrida
korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazoga asoslangan repressiv choralarga tayanib bo‘lmasligi aniq
bo‘ldi. Zamonaviy huquqiy tafakkur ushbu muammoni tizimli kasallik sifatida baholab, uni
ildizidan bartaraf etish uchun institutsional, psixologik va ma’naviy profilaktikani talab qilmoqda.
Aynan shu nuqtada compliance mexanizmlari, whistleblowing instituti va integrity audit
tizimi korrupsiyaga qarshi kurashning uch poydevoriga aylanadi.
419
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Compliance – tashkilot ichida halollik me’yorlarini huquqiy majburiyat darajasiga
ko‘taradi; whistleblowing – jinoyatni fosh etishni fuqarolik jasorati maqomiga olib chiqadi;
integrity audit esa – tizimdagi yashirin risklarni aniqlab, adolatni institutsional jihatdan himoya
qiladi. Korrupsiya bilan kurashish uchun qonun chiqarishning o‘zi yetarli emas – huquqiy
normalar ijtimoiy ong va tashkiliy madaniyat bilan uyg‘unlashishi zarur. Agar jamiyatda
korrupsiya “iqtisodiy foyda” emas, balki “axloqiy halokat” sifatida qabul qilinmasa, hech bir
qonun uni yenga olmaydi. Shu bois mazkur ilmiy izlanishda korrupsiyaga qarshi kurash yuridik
kategoriyadan tashqariga chiqib, ma’naviy-psixologik immunitet yaratish jarayoni sifatida
yondashiladi.
Zero, qonun qo‘rquv uyg‘otadi, lekin halollik – vijdon uyg‘otadi. Huquqiy davlat esa
faqat qo‘rquvga emas, vijdonga tayanishi lozim. O‘zbekiston yangi davr islohotlarida
korrupsiyaga qarshi siyosatni strategik yo‘nalat sifatida belgilab, “halol jamiyat” konsepsiyasini
ilgari surmoqda. BMT, OECD va Transparency International tavsiyalari asosida compliance
departamentlari, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tizimlari, davlat xizmatchilari uchun axloq
kodekslari shakllanmoqda. Biroq xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka ko‘r-ko‘rona emas,
balki huquqiy mentalitet bilan uyg‘unlashtirib implementatsiya qilish masalasi hali yechimini
kutmoqda. Shu sababli mazkur maqola korrupsiyaga qarshi institutsional mexanizmlarni
huquqiy-nazariy, qiyosiy va amaliy jihatdan chuqur tahlil qilishga qaratiladi. Korrupsiya –
qonunni buzish emas, adolatni xiyonat qilishdir. Demak, unga qarshi kurash – bu huquqiy
kurashdan ham avval, axloqiy uyg‘onishdir. Mazkur kirish aynan shu falsafani huquqiy asos
sifatida ilgari suradi: adolat faqat sudda emas – tizimda, vijdonda va jamiyat idealida bo‘lishi
kerak. Shundan boshlab, biz korrupsiyaga qarshi kurashni jazodan boshqasini tasavvur qila
olmaydigan jamiyatdan, halollikni mafkuraviy qadriyatga aylantirgan jamiyat sari tahlil qilamiz.
XULOSA.
Korrupsiyaga qarshi kurash bugun nafaqat huquqiy islohotlarning, balki davlat
barqarorligi, milliy tarakkiyot va jamiyat ma’naviy salohiyatining markaziy strategik
yo‘nalishiga aylangan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, korrupsiya oddiy jinoyat yoki ma’muriy
qoidabuzarlik sifatida emas, balki tizimli, ko‘p qatlamli va psixologik-axloqiy ildizlarga ega
bo‘lgan ijtimoiy kasallik sifatida baholanishi lozim. Uni faqat jazolash mexanizmlari bilan
cheklash – ildizni inkor etib, faqat shoxlarni kesish bilan barobar. Shu boisdan, ushbu maqola
yondashuvni tubdan o‘zgartirib, korrupsiyaga qarshi kurashni institutsional halollik falsafasi,
compliance madaniyati, whistleblowing jasorati va integrity audit mexanizmlari orqali yengish
g‘oyasini ilgari surdi.
Korrupsiyaning eng katta xavfi moddiy zarar emas – u jamiyatning adolatga bo‘lgan
ishonchini yemiradi, fuqaroni davlatdan emas, vositachidan najot izlashga majbur etadi, iroda va
vijdon mezonlarini buzadi. Shuning uchun korrupsiyaga qarshi kurash qonun bilan bir qatorda
ongni, ruhiyatni, burch tuyg‘usini ham himoya qilishni talab qiladi. Compliance tizimlari – har
bir tashkilot va davlat organida halollikni normativ qoidaga aylantirish;
Whistleblowing – jinoyatni yashirish emas, uni oshkor etish jasoratini qonuniy himoya
ostiga olish; Integrity audit esa – korrupsiya ildizlarini aniqlab, tizimdagi “ko‘rinmas
xatoliklarni” oldindan bartaraf etish vositasidir. Bularning barchasi jazoga yo‘naltirilgan
yondashuvdan profilaktika va halollik madaniyatiga o‘tishni anglatadi. Maqolada shuningdek
xalqaro tajriba – Singapur, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, AQSH kabi davlatlar modelida
korrupsiyaga qarshi siyosat nafaqat qonunchilik, balki mafkura, motivatsiya, rag‘bat tizimi va
fuqarolik nazorati bilan rivojlanganligi ta’kidlandi.
420
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Bunda halol xodim jazolanmaydi, balki mukofotlanadi; jinoyatni yashirgan emas, fosh
qilgan shaxs hurmat qilinadi; davlat boshqaruvi sir emas, ishonchga asoslangan hamkorlik
sifatida ko‘riladi. O‘zbekiston uchun ham bu tajribalar iqtisodiy barqarorlik va xalqaro ishonch
sari yo‘naltirilgan strategik zaruriyatdir. Eng muhim xulosa shuki: korrupsiyani yengish – qonun
matnini kuchaytirish emas, qonun ruhini uyg‘otishdir. Chunki halollik – jazoda emas, vijdonda;
ishonch – nazoratda emas, tizimdagi adolatda; taraqqiyot – rivojlangan statistikada emas,
fuqarolar ongidagi qoniqishda namoyon bo‘ladi. Bugun korrupsiyaga qarshi kurash – davlat
siyosati emas, millat taqdiridir. U yengilsa – davlat buyuk bo‘ladi; u hukmron bo‘lsa – millat
adolatni unutadi.
Shu boisdan, kelgusidagi asosiy vazifa quyidagicha bo‘lishi lozim:
Qonunlar – halollikni majburiyatga aylantirsin.
Ta’lim tizimi – halollikni mafkuraga aylantirsin.
Ijtimoiy muhit – halollikni g‘ururga aylantirsin.
Korrupsiyaga qarshi kurashda g‘alaba – sud qarori bilan emas, fuqarolar ongida “halol
yashash – muvaffaqiyat kaliti” degan ishonch paydo bo‘lgan kunda e’lon qilinadi.
Demak, bu kurashning yakuni yo‘q – u har bir vijdonli fuqaroning kundalik tanlovida
davom etadi. Halollik – qonun bilan emas, inson bilan boshlanadi. Adolat – davlat bilan emas,
jamiyat bilan yuksaladi. Ana shunda, huquqiy davlat haqiqiy ma’noda halol davlatga aylanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: Adolat nashriyoti, so‘nggi tahrir.
2.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (2017-yil
4-yanvar). – Qonunchilik ma’lumotlari bazasi lex.uz.
3.
OECD (Organisation for Economic Co-operation and Development). OECD Anti-
Corruption and Integrity Guidelines. – Paris, 2021.
4.
Transparency International. Global Corruption Report & Corruption Perception Index. –
Annual Publications, Berlin, 2019–2023.
5.
United Nations Office on Drugs and Crime (UNODC). United Nations Convention
Against Corruption (UNCAC). – Vienna, 2003.
6.
ISO 37001: Anti-Bribery Management Systems. – International Organization for
Standardization, Geneva, 2016.
7.
Rose-Ackerman, S. “Corruption and Government: Causes, Consequences, and Reform.”
– Cambridge University Press, 2016.
8.
Banisar, D. “Whistleblowing: International Standards and Best Practices.” – International
Journal of Law and Public Policy, 2020.
9.
Huberts, L. “Integrity in Governance: Concepts, Cases, and Strategies.” – Springer, 2018.
10.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi. “Milliy
Antikorrupsiya Strategiyasi va 2021–2025 yillardagi Davlat Dasturi.” – Rasmiy ma’ruza
materiallari, Toshkent, 2022.
11.
Yodgorov Ismoil Akmalovich ,,Prokuraturq va sudya himoyasizligi:nazorat yo'qligidan
tug'ilgan huquqiy mag'lubiyat" (as a primary source—2025)
