482
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
O’ZBEKISTONDA RIVOJLANAYOTGAN TURIZM VA BIR QATOR
MUAMMOLAR
Turg’unboyeva Odinaxon Umidjon qizi
TIIAME National University “Turizm va mexmondo’stlik” fakulteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17437854
Annotatsiya.
Mazkur maqolada O'zbekisda turizm rivojlanishining ahamiyati va asosiy
muammolarni bartaraf etishga qaratilgan bir necha g'oyalar va qilinayotgan ishlar hamda
Covid-19 pandemiyasining ta'siri va ushbu davrdan keyingi turizmning qayta tiklanganligi
haqida mulohazalar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
Turizm, iqtisodiyot, industriya
,
sayyohlik infrastrukturasi, madaniy va
tabiiy meros obyektlari, milliy sayyohlik mahsulotlari.
DEVELOPING TOURISM IN UZBEKISTAN AND A NUMBER OF PROBLEMS
Abstract.
This article presents the importance of tourism development in Uzbekistan and
several ideas and work being done to eliminate the main problems, as well as comments on the
impact of the Covid-19 pandemic and the restoration of tourism after this period.
Keywords:
Tourism, economy, industry, tourism infrastructure, cultural and natural
heritage sites, national tourism products.
РАЗВИТИЕ ТУРИЗМА В УЗБЕКИСТАНЕ И РЯД ПРОБЛЕМ
Аннотация.
В статье рассматривается важность развития туризма в
Узбекистане, а также ряд идей и мер, предпринимаемых для устранения основных
проблем, а также даются комментарии о последствиях пандемии COVID-19 и
восстановлении туризма после этого периода.
Ключевые слова:
Туризм, экономика, промышленность, туристическая
инфраструктура, объекты культурного и природного наследия, национальные
туристические продукты.
KIRISH
Ma'lumki Turizm - iqtisodiyotning asosiy foyda keltiruvchi industriyalaridan biri.
COVID-19 pandemiyasi davrida 65-million turizm agentligi hodimlari ishsiz qolganligi ham
buning yaqqol dalilidir. Shu sababli dunyoning bir nechta rivojlangan davlatlari turizmga katta
e'tibor qaratishmoqda. Misol tariqasida; Fransiya sayyohlik infrastrukturasi yuqorilaganining
asosiy sabablari- yaxshi taʼmirga ega yo'llar va qulay transport, jahonga mashhur Efil minorasi,
ko'p sonli vokzallar, aeroportlar, mehmonxona tanlashning keng imkoniyatlari, retoranlar va Alp
togʻlarining Fransiyaga tegishli Korsika orolidagi dam maskanlari qish faslida sayyohlarni oʻziga
jalb qila olishidir. Hozirgi vaqtga kelib ''Dam olish'' Turizmining ommalashgani ham bunga
sabab bo'la oladi. O'zbekiston hududida ham bir nechta dam olish maskanlari (jumladan;
Chimyon, Zadaryo kabilar) bo'lishiga qaramay, tashrif buyuruvchilar hamon tarixiy obidalarga
e'tibot qaratmoqdalar.
Oʻzbekiston oʻzining qadimiy binolari bilan mashhurligiga qaramasdan, hozirgi kunda
mavjud 8mingdan ortiq madaniy va tabiiy meros obyektlaridan atigi 5-8 foizidan turistik
maqsadlarda foydalaniladi, xolos.
Mamlakatimizda Turizmni rivojlantirish boʻyicha bir nechta takliflar kelib tushgan. Va
bularning asosiylari mehmonxonalar hajmini kengaytirish, kadrlar sonini koʻpaytirish haqida.
483
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Shu bilan birga, turislar istaklariga e’tibor qaratish; ular tariximiz haqida nimalarni
bilishni istashlarini individual holda oʻrganish yohud uy muzeylari boʻylab sayohatlar ham
(misol tariqasida; Muhammad Yusuf uy muzeyi) turistlarda qiziqish uygʻotgan bular edi.
Oʻzbekiston respublikasi prezidentining " Oʻzbekiston respublikasi oʻrta istiqlolda
turizmni rivojlantirish boʻyicha Kontseptsiyasini hayotga tatbiq etish choralari toʻgʻrisida" gi
qarori loyihasida taqdim etilgan. Hujjatda qayd etilishicha, milliy sayyohlik mahsulotlarining
raqobat bardoshligiga, yashash va aviaparvozlar uchun yuqori narxlar, servis darajasining
cheklanganligi, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarning nomukammalligi, qulay
sayyohlik axborot ta'minoti (navigatsiya va axborot markazlari) mavjud emasligi, malakali
kadrlarning tanqisligi, O‘zbekistonni xorijda targ‘ib qilishning zaifligi jiddiy muammolardir.Shu
bilan birga, Turizmning o‘sish sur'atini va iqtisodiyotning boshqa sohalari, aholi farovonligi
o‘sishiga ijobiy ta'sirini e'tiborga olgan holda hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha
choralar qabul qilish zaruratidan kelib chiqib, turizm sohasi mamlakat taraqqiyotining barqaror
o‘sishida eng kuchli vositalardan biri bo‘lishi kerak», — deya ta'kidlanadi loyihada.
Shuningdek, "Oʻzbekiston-2030" strategiyasi toʻgʻrisida"gi Prezident farmonining 58-
maqsadida Oʻzbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish
orqali sayyohlar sonini oshirish vazifasi qoʻyilgan. Va aynan " Oʻzbekiston-2030" strategiyasi
ustida jadal ishlar ketmoqda. Xususan, Ichki turizmni rivojlantirish boʻyicha ham bir qator
amaliy choralar koʻrilmoqda. "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" dastur doirasida 15 mln. nafar
aholi sayohatha chiqdi va hududlar boʻylab 21mln. tashrif uyushtiriladi. Ijtimoiy koʻmak sifatida
1,1ming nafar imkoniyati cheklangan shaxs va 570 ming nafar yoshlar sayohatga chiqarildi.
Bundan koʻrinib turibdiki, davlatimiz ham bu muammoga befarq emas.
Lekin afsuski, O‘zbekiston 2024-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi davlatlar
roʻyxatiga kiritilganligi va "World of Statistics" tomonidan bu haqda eʼlon qiliganligidiga
qaramasdan sayyohlikdan daromad ko‘ruvchi davlatlar o‘rtasida 150- o‘rinni egallab turibti.
O‘zbekiston ushbu sohaning mamlakat YAIM shakllanishidagi ulushi bo‘yicha 115,
investitsiyalardan foydalanish bo‘yicha 103 va sohada bandlar soni bo‘yicha 69-o‘rinni band
etgan. Shuningdek, Respublika ichida aholining 5,6 foizigina sayohat qiladi.
Jahon sayyohlik tashkiloti (JST) maʼlumotlariga koʻra, jahon iqtisodiyotiga Turizmning
hissasi "Jahon yalpi ichki" mahsulotining 10.9%ni tashkil etadi. COVID-19 pandemiyasi esa
glabal iqtisodiyotga katta yoʻqotishlar olib keldi, pandemiya tufayli sayyohlar soni 1milliardga
kamaydi. 2020-yilda xalqaro turistik oqimlar 70%ga qisqardi. Ammo keyingi yillarda turizmni
rivojlantirish boʻyicha qator ishlar olib borishda zamonaviy axborot texnalogiyalaridan keng
foydalanildi. Xususan, onlayn visa olish, onlayn mexmonxona bron qilish, visual sayohatlar va
mobil ilovalar sayohat qilishni ham osonlashtirdi ham sayyohllik foizlarini sezilarli darajada
kuchaytirdi. Misol tariqasida, BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti bayonotida 2020-yil
turizmdan olingan daromad 195 trillion dollarda qisqargani koʻrsatilgan. Aynan shu yili
Oʻzbekistonga 1 million 504 ming nafar xorijiy turist tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich 2019-yildagi koʻrsatkichlardan ancha past boʻlgan, chunki pandemiyaning
taʼsiri sezilarli boʻlgan. 2024- yilga kelib esa Oʻzbekistonga $3,489 milliard foyda turizm
sanoatidan kelib tushgan. Ichki turizmni rivojlantirish boʻyicha ham bir qator amaliy choralar
koʻrilmoqda. "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" dastur doirasida 15 mln. nafar aholi sayohatha
chiqdi va hududlar boʻylab 21mln. tashrif uyushtiriladi. Ijtimoiy koʻmak sifatida 1,1 ming nafar
imkoniyati cheklangan shaxs va 570 ming nafar yoshlar sayohatga chiqarildi.
484
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, biz mamlakatimizda Turizmni rivojlantirish orqali tashqi
va ichki iqtisodiy tarmoqlarini rivojlantirishga, mamlakatimizni keng ommaga namoyish etishga
va kirimning yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlishimiz hamda halqimizni qoʻshimcha ish bilan
taʼminlashimiz ham mumkin.
Buning uchun, arzon va sifatli transport vositalari hamda mehmonxona hizmatlari , sifatli
kadrlar, soddalashtirilgan visa olish imkoniyatlarini yaratish kerak boʻladi. Soʻngi yillardagi
sayohat koʻrsatkichlari pandemiya tufayli pastlagan boʻlsada, sanoat qisqa vaqt ichida oʻzini
tiklay oldi va raqamli texnalogiyalar yordamidan yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Davlatimiz
ichki va tashqi turizmni rivojlantirish ustidagi strategik yoʻnalishlarni takomillashtirishi va
innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishi lozim. kerak.
Shuningdek, soʻngi yillardagi sayohat koʻrsatkichlari pandemiya tufayli pastlagan boʻlsada,
sanoat qisqa vaqt ichida oʻzini tiklay oldi va raqamli texnalogiyalar yordamidan yangi
imkoniyatlar yaratilmoqda. Davlatimiz ichki va tashqi turizmni rivojlantirish ustidagi strategik
yoʻnalishlarni takomillashtirishi lozim
Adabiyotlar;
https://oz.sputniknews.uz/20230516/ozbekiston-madaniy-meros-obekti-
34984088.html
2.
https://www.uzbekistan.org.ua/uz/yangiliklar/7108-o-zbekistonda-turizm-
3.
sohasining-rivojlanishi-xalq-farovonligining-yuksalishiga-xizmat-qiladi.html
4.
www.uzbekistan.org.ua(
https://www.uzbekistan.org.ua/uz/yangiliklar/7108-o-
zbekistonda-turizm-sohasining-rivojlanishi-xalq-farovonligining-yuksalishiga-
xizmat-qiladi.html
https://www.uzbekistan.org.ua/uz/yangiliklar/7108-o-
zbekistonda-turizm-sohasining-rivojlanishi-xalq-farovonligining-yuksalishiga-
xizmat-qiladi.html
5.
https://daryo.uz/2020/12/18/2020-yilda-xalqaro-turizm-1990-yil-darajasigacha-
pasaydi
