Authors

  • Jamoliddin Davlatov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137803

Keywords:

military pedagogy military patriotism reserve officers defense.

Abstract

Today, the general state of political and military affairs around the world remains one of the most urgent issues facing every nation. In this regard, not only military academies and army units but also various educational institutions that provide complementary military education play an important role. The Military Department at the Faculty of History of the National University of Uzbekistan also occupies a significant place in this process. This article is devoted to the importance of training reserve officers at the Military Department and to the essential role of military pedagogy in this context.

background image

490

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

HARBIY KAFEDRADA ZAHIRADAGI OFITSERLARNING TAYYORLASH VA UNING

TARIXIY AHAMIYATI

Davlatov Jamoliddin Qurbonboy o‘g‘li

Umumqo‘shin tayyorgarlik sikli o‘qituvchisi.

Tel: +998-97-347-37-79.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17437937

Annotatsiya.

Bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan siyosiy va harbiy vaziyatning

umumiy holati har bir davlatning oldidagi dolzarb masala sanaladi. Mazkur masalada nafaqat
harbiy bilim yurtlari va harbiy qismlar, balki turli o‘quv yurtlaridagi yondosh harbiy ta’lim
beruvchi bilim yurtlarining ham o‘rni ham katta. Shuningdek, O‘zMU Tarix fakulteti qoshidagi
harbiy kafedrasning ham o‘rni zalvorli. Mazkur maqola Harbiy kafedraning zahiradagi
ofitserlarni tayyorlashning ahamiyati va harbiy pedagogikaning ham bu jihatdan muhimligiga
bag‘ishlangan.

Kalit so‘zlar:

harbiy pedagogika, harbiy vatanparvarlik, zahira ofitserlar, mudofaa.

TRAINING OF RESERVE OFFICERS AT THE MILITARY DEPARTMENT AND ITS

HISTORICAL SIGNIFICANCE

Abstract.

Today, the general state of political and military affairs around the world

remains one of the most urgent issues facing every nation. In this regard, not only military
academies and army units but also various educational institutions that provide complementary
military education play an important role. The Military Department at the Faculty of History of
the National University of Uzbekistan also occupies a significant place in this process. This
article is devoted to the importance of training reserve officers at the Military Department and to
the essential role of military pedagogy in this context.

Keywords:

military pedagogy, military patriotism, reserve officers, defense.

ПОДГОТОВКА ОФИЦЕРОВ ЗАПАСА НА ВОЕННОЙ КАФЕДРЕ И ЕЁ

ИСТОРИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ

Аннотация.

На сегодняшний день общее состояние политической и военной

обстановки в мире является одной из наиболее актуальных проблем для каждого
государства. В этом вопросе большую роль играют не только военные учебные заведения
и воинские части, но и различные образовательные учреждения, где осуществляется
сопутствующее военное обучение. Существенное место в этом процессе занимает и
военная кафедра при историческом факультете Национального университета
Узбекистана. Данная статья посвящена значению подготовки офицеров запаса на
военной кафедре, а также важной роли военной педагогики в этом направлении.

Ключевые слова:

военная педагогика, военный патриотизм, офицеры запаса,

оборона.

Kirish.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, mamlakat xavfsizligi, hududiy

yaxlitligi va milliy manfaatlarini himoya qilish masalalari davlat siyosatining eng ustuvor
yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Shu nuqtai nazardan, qurolli kuchlarni har tomonlama
mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan harbiy kadrlarni tayyorlash hamda yosh
avlodda vatanparvarlik ruhini shakllantirish davlat miqyosida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ana shunday maqsad yo‘lida harbiy kafedralar faoliyati, xususan, zahiradagi ofitserlarni

tayyorlash tizimi muhim o‘rin tutadi.


background image

491

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Harbiy kafedralar oliy ta’lim muassasalari tarkibida faoliyat yuritib, fuqarolik

mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga qo‘shimcha tarzda harbiy bilimlar,
jangovar tayyorgarlik, mudofaa asoslari va ofitserlik malakasini berishga xizmat qiladi. Ushbu
tizim nafaqat armiyani malakali zahira kadrlar bilan ta’minlaydi, balki yoshlarning vatan
mudofaasi haqidagi tasavvurini kengaytiradi, ularni intizomli, mas’uliyatli, jismonan chiniqqan
shaxslar etib tarbiyalaydi [1].

Tarixiy jihatdan olganda, harbiy kafedralar tizimi XX asr o‘rtalarida sobiq ittifoq davrida

shakllangan bo‘lib, u o‘sha davrda ham tinchlik davrida harbiy kadrlar tayyorlashning samarali
shakli sifatida qaralgan. O‘zbekiston mustaqillikdan so‘ng ushbu tizimni milliy manfaatlar, yangi
harbiy doktrina va zamonaviy xavfsizlik konsepsiyasiga moslashtirdi. Bugungi kunda harbiy
kafedralar zamonaviy o‘quv dasturlari, simulyatorlar, axborot texnologiyalari va taktik-amaliy
mashg‘ulotlar orqali zamon talablariga javob beruvchi zahiradagi ofitserlarni tayyorlamoqda.

Mazkur maqolada harbiy kafedralarda zahiradagi ofitserlarni tayyorlashning mazmuni,

shakl va uslublari, uning tarixiy ildizlari hamda zamonaviy O‘zbekiston harbiy siyosatidagi o‘rni
tahlil qilinadi. Shuningdek, bu jarayonning yoshlar tarbiyasi, milliy ong va Vatanga sadoqat
hissini shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy asosda yoritiladi.

Asosiy qism.

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tizimida davom etayotgan

islohotlarning asosiy vazifasidan biri bugungi kunda – professional kadrlar bilan ta'minlash,
ularni tayyorlash va imkoniyatlardan foydalanish. Buning uchun esa harbiy xizmatchilarning
professional tayyorgarlik darajasiga alohida e'tibor qaratish lozim. Mazkur masala esa o'ziga xos
harbiy – siyosiy, psixologik ahamiyatga ega.

Bugungi kunda Respublikamizda oliy harbiy bilim yurtlaridagi ta'lim tizimini noyob

prinsiplar asosida rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.

Yangi harbiy ta'lim jihatlariga erishish uchun yoki bosqich samaradorligini oshirish

uchun, davlat mudofaasidagi harbiy ta'lim-tarbiya tizimini yangidan barpo etish va ta'minlash
lozim. Buning uchun nazariy va amaliy bilimlar, ilmiy qo'llanmalar va dars berish metodlari,
malakali professor o'qituvchilar bilan ta'minlash maqsadga muvofiq.

Ma’lumki, 2017-2021 yillar davomida mudofaa tizimidagi harbiy qism va ta'lim

muassasalarida barcha talablarga javob beruvchi eng zamonaviy moddiy-texnik baza yaratildi.

Dastlab O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi qaroriga asosan

Toshkent oliy umumqo'shin qo'mondonlik bilim yurti negizida va uning shonli harbiy
an'analarini hamda mamlakatimizdagi yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalarida to'plangan faoliyat
tajribasini o'ziga qamrab olgan holda Qurolli Kuchlar Akademiyasi yangidan tashkil etildi[2].

2019-yilning oktyabr oyida Respublikamiz oliy ta'lim muassasalari harbiy kafedralari

qisqartirilib, uning o'rniga har yili 700 dan ortiq rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni
tayyorlaydigan Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti harbiy tayyorgarlik
o'quv markazi tashkil qilindi.

2018-yil 10-yanvarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy Bosh

qo'mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoev - "Qurolli Kuchlarimiz – mamlakatimiz
barqarorligi va taraqqiyotining mustahkam kafolatidir" nomli ma'ruzasida -"men yil davomida
Qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligi va qobiliyatini tahlil qilib bordim. Harbiy o'quv
mashqlarini Kattaqo'rg'on poligonida kuzatdim, Janubi - G'arbiy, Sharqiy va Toshkent harbiy
okruglarida Mudofaa vazirligi va chegara qo'shinlari bo'linmalarini, bugun esa Chirchiq
shahridagi harbiy qismni borib ko'rdim. Harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdim, mansabdor
shaxslarning hisobotlarini eshitdim.


background image

492

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Natijada ko’p yillar davomida yig'ilib qolgan jiddiy, tizimli muammolar aniqlandi. Bular -

kadrlar masalasi, qo'shinlarni zamonaviy qurol-yarog'lar bilan ta'minlash, harbiy xizmatchilarni
ijtimoiy himoya qilish, yoshlar va harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashga taalluqli muammolardir" - deb ta'kidlaydi.

Mamlakatimiz mudofaasini, aholining tinch-osuda hayot kechirishi uchun barcha

imkoniyatlarni ta'minlash va shu asnoda eng muhimi, suverenitetimiz, hududimiz
mustahkamligini ta'minlash dolzarb harbiy strategik masalarlardan hisoblanadi. Jamiyatdagi
integratsiyalashuv jarayonining faollashuvi harbiy salohiyat nuqtai nazaridan tahlil qilinsa, uning
asosida aniq bir siyosatning g'oyalari ifodalanganini anglash qiyin emas. Bu holat o'z navbatida
Vatan himoyachisi deb nomlangan: [3]

– harbiylikni kasb sifatida tanlaganlarni yetuk mutaxassis sifatida tayyorlashni taqozo

etadi.

"Ta'lim va jamiyat", "Ta'lim va davlat", "Davlat va shaxs", "Ta'lim va harbiy xizmatchi",

"Ta'lim va Qurolli Kuchlar" kabi kategoriyalarning bir-biriga o'zaro ta'siri va uyg'unlashuvi,
mamlakat fuqarolarining yangi avlodini shakllantirishda ularning mavjud bo'lishi "Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi"da aniq belgilangan [4]. Harbiy ta'lim tizimi jamiyatdan tashqarida
mavjud emas va mavjud bo'lishi mumkin emas, u umumiy ta'limning ajralmas bo'lagi bo'lib,
o'ziga xos "jamiyat ko'zgusi", uning davomi va ajralmas qismi hisoblanadi.

Harbiy pedagogika fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: harbiy kadrlar

tayyorlash tizimining pedagogik asoslarini ishlab chiqish, harbiy xizmatchilarning shaxsiy va
kasbiy sifatlarini shakllantirish, vatanparvarlik, fidoyilik, intizom va sadoqat tuyg‘ularini
tarbiyalash, harbiy jamoalarda o‘zaro hurmat, birdamlik, rahbarlik va itoatkorlik madaniyatini
rivojlantirish, harbiy o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik
usullarni ishlab chiqish, ilg‘or texnologiyalar asosida interfaol va innovatsion ta’lim shakllarini
joriy etish. Ushbu vazifalarning bajarilishi harbiy ta’lim muassasalarining ilmiy-metodik
salohiyati, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasi hamda zamonaviy pedagogik
yondashuvlarning amalda qo‘llanilishiga bevosita bog‘liq. Harbiy o‘qituvchining roli va
pedagogik kompetensiyasi. Harbiy pedagogikaning markaziy figuralaridan biri — bu harbiy
o‘qituvchi hisoblanadi. U nafaqat bilim beruvchi mutaxassis, balki harbiy xizmatchilarning
axloqiy-ma’naviy, psixologik va jismoniy jihatdan shakllanishida asosiy yo‘lboshchi sifatida
faoliyat yuritadi[5]. Zamonaviy harbiy o‘qituvchi quyidagi kompetensiyalarga ega bo‘lishi
kerak: pedagogik va psixologik bilimlarga ega bo‘lish, o‘quvchilar bilan samarali muloqot olib
borish ko‘nikmasi, innovatsion texnologiyalarni dars jarayoniga qo‘llay olish, jamoa bilan
ishlash, liderlik fazilatlariga ega bo‘lish, o‘z fani va kasbiy sohasidagi yangiliklardan xabardor
bo‘lish. Bu kompetensiyalar orqali o‘qituvchi harbiy xizmatga tayyorlanayotgan shaxslarning
ruhiy tayyorgarligi, ma’naviy barqarorligi va intizomga sodiqligini shakllantirishda hal qiluvchi
rol o‘ynaydi[6 ].

Xulosa.

Harbiy kafedralarda zahiradagi ofitserlarni tayyorlash tizimi O‘zbekiston

Respublikasining mudofaa salohiyatini mustahkamlashda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashda va mamlakat xavfsizlik tizimining barqarorligini ta’minlashda strategik
ahamiyatga ega. Ushbu tizim yosh mutaxassislarni o‘z kasbiga sadoqatli, milliy armiyaning bir
qismi sifatida mas’uliyatni his eta oladigan shaxslar etib voyaga yetkazadi.

Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, harbiy kafedralar nafaqat ofitser kadrlarini tayyorlash,

balki fuqarolik jamiyatida harbiy bilim va madaniyatni keng targ‘ib etish, tinchlik davrida ham
armiyaga munosabatni ijobiy shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.


background image

493

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston ushbu tizimni milliy qadriyatlar, zamonaviy harbiy

pedagogika, texnologiyalar va xalqaro tajriba asosida takomillashtirib, uni yoshlar siyosati bilan
uzviy bog‘lagan.

Bugungi kunda harbiy kafedralarda tayyorlanayotgan zahiradagi ofitserlar — bu nafaqat

qurolli kuchlar zaxirasi, balki mamlakat ijtimoiy-siyosiy barqarorligini saqlovchi, Vatanga
sadoqatli intellektual yoshlar qatlamining tayanchi hamdir. Shu bois, ushbu yo‘nalishda ilmiy-
tashkiliy islohotlarni davom ettirish, o‘quv dasturlarini zamon talablariga moslashtirish va
yoshlarni harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish O‘zbekiston mudofaa siyosatining
dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.


Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Mirzaliyev. Z.R. Ofitserlarni harbiy o‘quv tarbiyasida harbiy ta’lim// // Oriental
Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. Volume 1:

www.oriens.uz

2021

2.

Umarov.I. Harbiy tayyorgarlik o ‘quv markazida rezervdagi va zahiradagi ofitserlarni
tayyorlash: an’analari, innovatsiyalar istiqbollar // Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences. Volume 1:

www.oriens.uz

2021

3.

Mirziyoyev. Sh.M. Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz barqarorligi va taraqqiyotining
mustahkam kafolatidir. – Toshkent, 2018

4.

Давйдов В. П., Феденко Н.Ф. Ҳарбий психология ва педагогика асослари. Москва:
Таълим, 1988

5.

Niyazov.E.Sh. (2023). THE ROLE OF HISTORICAL MILITARY LEADERS IN THE
FORMATION OF THE FACULTY OF MILITARY EDUCATION. European
International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 3(05), 133–
135.

6.

Niyazov.E.Sh. Harbiy pedagogika. // International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024

References

Mirzaliyev. Z.R. Ofitserlarni harbiy o‘quv tarbiyasida harbiy ta’lim// // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. Volume 1: www.oriens.uz 2021

Umarov.I. Harbiy tayyorgarlik o ‘quv markazida rezervdagi va zahiradagi ofitserlarni tayyorlash: an’analari, innovatsiyalar istiqbollar // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. Volume 1: www.oriens.uz 2021

Mirziyoyev. Sh.M. Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz barqarorligi va taraqqiyotining mustahkam kafolatidir. – Toshkent, 2018

Давйдов В. П., Феденко Н.Ф. Ҳарбий психология ва педагогика асослари. Москва: Таълим, 1988

Niyazov.E.Sh. (2023). THE ROLE OF HISTORICAL MILITARY LEADERS IN THE FORMATION OF THE FACULTY OF MILITARY EDUCATION. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 3(05), 133–135.

Niyazov.E.Sh. Harbiy pedagogika. // International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024