SADRIDDIN AYNIYNING “SUDXO’RNING O’LIMI” ASARIDAGI TOPONIMLARNING ETIMOLOGIYASI

Аннотация

В данной статье анализируются топонимы и их этимология в повести Садриддина Айни «Смерть ростовщика». Показывается зависимость топонимов от культурно-исторического контекста и подчёркивается их роль в более глубоком понимании художественного текста.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Одинаева M. (2025). SADRIDDIN AYNIYNING “SUDXO’RNING O’LIMI” ASARIDAGI TOPONIMLARNING ETIMOLOGIYASI. Современная наука и исследования, 4(11), 70–72. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138886
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье анализируются топонимы и их этимология в повести Садриддина Айни «Смерть ростовщика». Показывается зависимость топонимов от культурно-исторического контекста и подчёркивается их роль в более глубоком понимании художественного текста.


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

70

SADRIDDIN AYNIYNING “SUDXO’RNING O’LIMI” ASARIDAGI

TOPONIMLARNING ETIMOLOGIYASI

Odinayeva Mohinur

Buxoro davlat universiteti, Lingvistika (o’zbek tili ) yo’nalishi magistratura bitiruvchisi

Mustaqil tadqiqotchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.17530583

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Sadriddin Ayniyning “Sudxo’rning o’limi” qissasidagi

toponimlar va ularning etimologiyasi tahlil qilingan. Toponimlarning madaniy va tarixiy
kontekstga bog’liqligi ko’rsatilib, adabiy matnni chuqurroq tushunishga xizmat qilishi
ta’kidlanadi.

Kalit so’zlar:

toponim, etimologiya, Sudxo’rning o’limi, qissa, adabiy tahlil.

Аннотация.

В данной статье анализируются топонимы и их этимология в повести

Садриддина Айни «Смерть ростовщика». Показывается зависимость топонимов от
культурно-исторического контекста и подчёркивается их роль в более глубоком
понимании художественного текста.

Ключевые слова:

топоним, этимология, «Смерть ростовщика», повесть,

литературный анализ.

Abstract.

This article analyzes the toponyms and their etymology in Sadriddin Ayni's story

"The Death of the Usurer". It shows the dependence of toponyms on the cultural and historical
context and emphasizes that they serve to provide a deeper understanding of the literary text.

Keywords:

toponym, etymology, The Death of the Usurer, story, literary analysis.

Sobiq sho‘ro davlati parchalanib ketgandan keyin joy nomlari milliy qadriyat

qatlamlaridan biri sifatida qaralib, mustaqil toponimik siyosat yurgizila boshlandi, xalq, tarixi,
madaniyati, tiliga aloqador bo‘lmagan shahar va qishloqlar, ko‘chalar va boshqa geografik
obyektlarning nomlari o‘zgartirila boshlandi, tarixiy nomlar tiklandi, qayta nomlandi.

Toponimlar xalq ijodi mahsuloti o‘laroq xalq kabi sodda, oddiy, hamma uchun tushunarli

bo‘lmasa, real haqiqatni aks ettirmasa, uzoq vaqt yashay olmaydi.

1

Sadriddin Ayniyning “Sudxo‘rning o‘limi” asaridagi toponimlar etimologiyasi bilan

tanishamiz:

Azizobod - “Aziz qishlog‘i” demakdir. XII-XIII asrlarda ijod qilib, 10 jildlik “Mu’jam ul-

buldon” ni tuzgan arab geografi va filologi Yoqut Hamaviy shahar-qishloqlarning nomlari
tarkibida keladigan “obod” unsuri fors tilida “aholi punkti” maʼnosini bildiradi.

2

Buxoro – shahar. Shahar nomining kelib chiqishi haqida turli fikrlar bor. Yozma

manbalarda keltirilishicha, Buxoro turli nomlar bilan mashhur bo‘lgan: No‘mijkat, Madinatus
Sufriya, Madinatus Tujjor va boshqalar. Ayrim manbalarga ko‘ra, shahar turk qabilasiga mansub
Buxorxudot ismli kishi nomiga qo‘yilgan. Buxoro forscha (kishi ismi) va roh “yo‘l” so‘zlarining
qo‘shilishidan tashkil topgan. Talaffuzni yengillatish maqsadida Buxoro deb atalgan izoh ham
bor. Toponimning eng ko‘p tarqalgan talqini Sanskrit va so‘g‘d tili asosidadir. Buxoro sanskritcha
Vixara so‘zi bilan aloqador bo‘lib, “monastr, ibodatxona, haram” degan maʼnoni beradi.

1

Suyun Qorayev. Toponimika. –Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006. –B.23.

2

Suyun Qorayev. Ko‘rsatilgan manba –B.25.


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

71

So‘g‘dcha parxar demakdir. Ko‘pchilik tadqiqotchilar shu keyingi izohni maʼqul topadilar.
Buxoro shahriga Suyun Qorayevning “Toponimika” asarida “Azim shahar, Movarounnahrning
eng obod shahri” degan izoh beriladi.

Bo‘lmaxo‘ron – tumanning Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi aholi punkti

nomi. Taxminlarga ko‘ra, qishloq aholisining ko‘pchiligi “bo‘lama kochi” va bo‘tqaga o‘xshash
ovqatni ko‘p iste’mol qilishgan. Chetdan kelgan kishilar bo‘lamani ko‘p iste’mol qiluvchilar
“bo‘lamaxo‘ronlar” deb atashgan. Z.Madrahimov kishilarning xo‘jalik faoliyati, mehnat
taqsimotini ko‘rsatadigan qadimgi kasb-hunar nomlari bilan bog‘liq oykonimlarga misol keltirar
ekan,

Bilamixchi (atala- bo‘lamiq sotuvchilar) toponimini qayd etgan.

3

Devonbegi – xonaqoh. Devonbegi “devon (hukumat idorasi) boshlig‘i” demakdir. O‘rta

asrlarda soliq yig‘uvchi muassasa boshlig‘i, keyinchalik esa unga mamlakatning barcha moliya
ishlari topshirilgan. Xususan, Xiva xonligida devonbegilar ko‘p bo‘lgan, ular elchilik,
yasovulchilik va boshqa ishlarni bajargan. Maʼlum devonbegiga qarashli yerlar uning nomi bilan
yuritilgan.

4

Denov – O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida uchraydigan ushbu nom negizidagi

“deh” so‘zi asli qadimiy forsiy “dah” – o‘lka,viloyat, yurt so‘ziga borib taqaladi va toponimlar
tarkibida deh, de, di, dek, deg, dev, dey shakllarida uchraydi.

Deh- qishloq, nav- yangi, yaʼni yangi qishloq. Boshqa qishloqlarga nisbatan yangi qurilgan

qishloq maʼnosini beradi. Denavning yangiligi unga asos solingan davrda, unga nom
qo‘yilayotgan davrga tegishlidir. Hozirda esa u tarixiy toponimlar sirasiga kiradi. Yonidagi
shaharcha qishloqdan keyin so‘nggi davrda qurilgani uchun shu nom bilan atalgan.

5

Govkushon – mahalla nomi. Bu toponim tojik tili asosida ikki qismga bo‘lib izohlanadi,

yaʼni gov- “sigir”, kush- so‘ymoq maʼnosidagi “kushidan - fe’lining hozirgi zamon asosi ”, ushbu
toponim sigir so‘yuvchilar degan maʼnoni bildiradi, yaʼni toponim kasb nomi bilan bog‘liq.

Ko‘kaldosh- madrasa, madrasani Buxoro xonining noibi Qulbobo Ko‘kaldosh XVI asrda

qurdirgan. Ko‘kaldosh- ko‘krakdosh, yaʼni asli begona bo‘lsa ham bir onani emib
qarindoshlashgan kishilar maʼnosini bildiradi.

Sangsabz- qishloq nomi, sang- “tosh”, sabz- “yashil”, “ko‘kalamzor joy”, “ bog‘-u rog‘ ”

maʼnolariga ega. Bu joy nomining maʼnosini “yashil tosh”, “ toshloqdagi bog‘-u rog‘ “ tarzida
sharhlash mumkin.

6

Sarrofon- hammom nomi, sarrof-pul almashtiruvchi, pul maydalaydigan va valyuta

almashtiradigan shaxs. O‘rta Osiyoda sarroflik serdaromad kasb hisoblangan.

7

Hammom nomi

kasb nomidan olingan bo‘lishi mumkin.

Salloxxona- darvoza nomi, salloh arabcha so‘z bo‘lib, “ kushxonada mol so‘yuvchi

qassob” maʼnosini anglatadi. Darvoza nomi kasb nomidan olingan.

Xitoyon- chorbog‘ nomi, xitoy+on, yaʼni xitoylar degan maʼnoni anglatadi. Xitoy qavmiga

mansub kishilar yashaydigan joy.

3

Adizova N. Yuqoridagi manba. –B.32.

4

Z.Do‘simov., X.Egamov. Joy nomlarining qisqacha izohli lug’ati. –Toshkent: O‘qituvchi, 1977.-B.50

5

Adizova N. Yuqoridagi manba. –B.28.

6

Adizova N.Buxoro tumani toponimlarining etimologiyasi.Monografiya.Buxoro,2021.- B.42.

7

Suyun Qorayev. Toponimika.– Т.:O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti,2006.43-b.


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

72

Shirbadan- qishloq nomi, shir- “sut” degan maʼnoni anglatadi, yaʼni “sut badan”, “oq

rangli kishilar” deb sharhlash mumkin.

Asarda qo‘llangan toponimlar haqida shuni aytishimiz mumkinki, toponimlarda pozitivlik,

geografik reallik aks etadi. Bulardagi informatsion potensiallik kuchli bo‘ladi. Qissadagi joy
nomlari o‘sha davrga xos bo‘lgan maʼlum bir voqelikdagi geografik reallikni ifodalab keladi.
Buning sababi shundan iboratki, asar voqealari yuz bergan toponimlar tariximizda sodir bo‘lgan
muhim voqealarni yoritishga xizmat qiladi. Asarda o‘rgangan toponimlarimiz ushbu sohani
yanada rivojlantirish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi deb o‘ylaymiz.

Toponimlar til tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib, uni alohida o‘rganish lozim.
Qissadagi joy nomlari xalqimiz tarixining ayrim jihatlarini ochib berishga xizmat qilish

bilan birga bugun mavjud bo‘lgan nomlarning uzoq tarixga egaligidan ham dalolat beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Adizova N.Buxoro tumani toponimlarining etimologiyasi. Monografiya.Buxoro, 2021. –

B.42.

2.

Қораев С. Географик номлар маъноси. – Т.: Ўзбекистон, 1978. – Б.6.

3.

Sadriddin Ayniy.Sudxo‘rning o‘limi.-Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016.-B.3.

4.

Suyun Qorayev. Toponimika. –Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti,

2006. –B.23.

5.

Z.Do‘simov., X.Egamov. Joy nomlarining qisqacha izohli lug’ati. –Toshkent: O‘qituvchi,

1977.-B.50.


Библиографические ссылки

Adizova N.Buxoro tumani toponimlarining etimologiyasi. Monografiya.Buxoro, 2021. –B.42.

Қораев С. Географик номлар маъноси. – Т.: Ўзбекистон, 1978. – Б.6.

Sadriddin Ayniy.Sudxo‘rning o‘limi.-Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016.-B.3.

Suyun Qorayev. Toponimika. –Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006. –B.23.

Z.Do‘simov., X.Egamov. Joy nomlarining qisqacha izohli lug’ati. –Toshkent: O‘qituvchi, 1977.-B.50.