IJTIMOIY TARMOQNING INSON HAYOTIGA TA’SIRI

Annotasiya

Hozirgi kunda yoshlarimizning kitob o‘qishga emas, balki ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Har kuni millionlab foydalanuvchilar turli tarmoqlarda soatlab vaqt o‘tkazmoqda.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ismoilova, M. (2025). IJTIMOIY TARMOQNING INSON HAYOTIGA TA’SIRI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(11), 27–28. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138893
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Hozirgi kunda yoshlarimizning kitob o‘qishga emas, balki ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Har kuni millionlab foydalanuvchilar turli tarmoqlarda soatlab vaqt o‘tkazmoqda.


background image

27

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

IJTIMOIY TARMOQNING INSON HAYOTIGA TA’SIRI

Ismoilova Mulkijahon Ozodovna

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

filologiya oʻzbek tili yo’nalishi 1-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17517064

Kirish

Hozirgi kunda yoshlarimizning kitob o‘qishga emas, balki ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan

qiziqishi tobora ortib bormoqda. Har kuni millionlab foydalanuvchilar turli tarmoqlarda soatlab
vaqt o‘tkazmoqda.

Natijada ularning fikrlash doirasi torayib, diqqat va xotira susaymoqda, asab tizimi esa

zo‘riqishga uchramoqda. Bu holatning yuzaga kelishiga, afsuski, ko‘p hollarda ota-onalarning
farzandlarining internetdagi faoliyatiga befarqligi sabab bo‘lmoqda.

Axborot asrida yashayotgan inson uchun internet zarur bo‘lsa-da, undan qanday

foydalanish masalasi juda muhimdir.


Asosiy qism

Ijtimoiy tarmoqlar inson hayotiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Salbiy tomonlarini aytadigan bo‘lsak, hozirgi kunda turli onlayn o‘yinlar — masalan,

Chickrun, Lucky Bounce va shunga o‘xshash pul tikiladigan o‘yinlar keng tarqalgan. Bunday
o‘yinlar natijasida ko‘plab yoshlar katta miqdorda mablag‘ yo‘qotib, ruhiy tushkunlikka
tushmoqda. Ba’zan esa bu holatlar insonning ruhiyatiga shunchalik salbiy ta’sir ko‘rsatadiki,
ayrim yoshlar o‘z joniga qasd qilishgacha boradi.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ma’lumotlar, behayo kontentlar,

boshqalarni aldagan sahifalar ham ko‘payib bormoqda.

Yoshlar bunday zararli axborotlarni farqlay olmasa, ularning dunyoqarashi buziladi,

milliy qadriyatlar va axloqiy me’yorlarga befarqlik kuchayadi. Bu esa jamiyatning ma’naviy
tanazzuliga sabab bo‘lishi mumkin.


background image

28

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy tomonlari ham mavjud. Agar inson undan

to‘g‘ri, maqsadli va foydali yo‘nalishda foydalansa, u katta imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Masalan,
internet orqali dars tayyorlash, ilmiy ma’lumotlar izlash, xorijiy tillarni o‘rganish, onlayn
kurslarda qatnashish yoki ijodiy g‘oyalar topish mumkin. Ko‘plab yoshlar bugun ijtimoiy
tarmoqlar yordamida o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqda, turli sohalarda muvaffaqiyatga
erishmoqda. Demak, muammo ijtimoiy tarmoqlarda emas, balki bizning ulardan foydalanish
madaniyatimizdadir.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy tarmoqlar — bu zamonaviy hayotning ajralmas qismi.
Ammo undan qanday foydalanish har bir insonning ongiga, mas’uliyatiga va maqsadiga

bog‘liq. Agar biz undan foydali maqsadlarda — bilim olish, tajriba orttirish, o‘z ustimizda
ishlash uchun foydalansak, u bizni rivojlantiradi. Aksincha, vaqtni behuda o‘tkazish, zararli
o‘yinlarga yoki mazmunsiz kontentga berilish esa hayotimizni izdan chiqaradi.

Shuning uchun yoshlar ijtimoiy tarmoqlardan oqilona, maqsadli va foydali yo‘nalishda

foydalanishlari, vaqtni qadrlashlari va internetni hayotga emas, hayotni internetga
bag‘ishlamasliklari zarur.