40
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
MUSTAQIL O’ZBEKISTONDA NOGIRONLIGI BO’LGAN SHAXSLAR IJTIMOIY
HIMOYASI TARIXI
Otelbayev Diyorbek Baxadir ug’li
Millat umidi universiteti talabasi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17517425
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida
nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, huquqiy asoslari belgilash,
ta’lim tizimidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish usullari tahlil qilinadi.
Shuningdek,
nogironligi
bo’lgan o’quvchilarni inklyuziv ta’lim jarayoniga
tayyorlashning ustuvor yo’nalishlari haqida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, nogiron bolalar
bilan ishlashda psixologik tayyorgarlik, inklyuziv ta’limni joriy etishda o‘qituvchilarning
pedagogik kompetensiyasi va jamiyatning ijtimoiy ma’daniyati o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik tahlil
qilinadi. Maqolaning tahliliy natijalariga ko’ra nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarga inklyuziv
ta’lim berishning nazariy asoslariga ko’ra o’quvchining holatini baholash va ruhiy salomatligini
nazorat qilish bo’yicha muhokamalar qilinadi.
Kalit so’zlar:
Ijtimoiy himoya, inklyuziv ta’lim, psixologik yondashuvlar, pedagogik
tadqiqotlar, xalqaro tajribalar, nogironligi mavjud o’quvchilar, ijtimoiy-huquqiy ma’lumotlar.
HISTORY OF SOCIAL PROTECTION OF PERSONS WITH DISABILITIES IN
INDEPENDENT UZBEKISTAN
Abstract.
This article analyzes the provision of social protection of persons with
disabilities in the Republic of Uzbekistan during the years of independence, the establishment of
legal foundations, existing problems in the education system and methods for their elimination. It
also provides information on the priority areas of preparing students with disabilities for the
inclusive education process. It also analyzes the inextricable link between psychological
preparation in working with children with disabilities, the pedagogical competence of teachers
in the implementation of inclusive education, and the social culture of society. According to the
analytical results of the article, discussions are held on assessing the student's condition and
monitoring his mental health according to the theoretical foundations of inclusive education for
students with disabilities.
Keywords:
Social protection, inclusive education, psychological approaches,
pedagogical research, international experiences, students with disabilities, socio-legal
information.
ИСТОРИЯ СОЦИАЛЬНОЙ ЗАЩИТЫ ЛИЦ С ОГРАНИЧЕННЫМИ
ВОЗМОЖНОСТЯМИ В НЕЗАВИСИМОМ УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация.
В данной статье анализируется обеспечение социальной защиты лиц
с ограниченными возможностями здоровья в Республике Узбекистан в годы
независимости, становление правовых основ, существующие проблемы в системе
образования и пути их устранения. Также дается информация о приоритетных
направлениях подготовки учащихся с ограниченными возможностями здоровья к процессу
инклюзивного образования. Анализируется неразрывная связь психологической подготовки
в работе с детьми с ограниченными возможностями здоровья, педагогической
компетентности педагогов в реализации инклюзивного образования и социальной
культуры общества.
41
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
По результатам анализа статьи обсуждаются вопросы оценки состояния
учащегося и мониторинга его психического здоровья согласно теоретическим основам
инклюзивного образования учащихся с ограниченными возможностями здоровья.
Ключевые слова:
Социальная защита, инклюзивное образование, психологические
подходы, педагогические исследования, международный опыт, студенты с
ограниченными возможностями здоровья, социально-правовая информация.
Kirish
Mustaqilligimizning dastlabki yillarida O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining asosiy
muhim yo‘nalishlaridan biri bo’lgan— inson manfaatlari, ijtimoiy adolat va fuqarolik tengligi
tamoyillarini amalda qaror toptirish asosiy yo’nalishlardan biri bo’lgan. Bugungi kunda
mamlakatimizda nogironligi bo’lgan shaxslarning ijtimoiy himoyaga oid siyosatning asosiy
yo‘nalishlaridan biri sifatida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq
va manfaatlarini himoya qilish masalasi davlat miqyosida ustuvor vazifa sifatida belgilab
qo’yilgan. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi bu nafaqat ularning moddiy
ehtiyojlarini ta’minlash, balki ularni jamiyat hayotiga to‘liq jalb etish choralarini ko’rish,
mehnatga layoqati bo’lgan taqdirda ishlashiga ko’mak berish, inklyuziv ta’lim dasturlari orqali
bilimlarini oshirish, psixologik sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda teng imkoniyatlar yaratish
tizimini o‘z ichiga oladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy himoya tizimi — bu
ularning teng huquqli jamiyat a’zosi sifatida yashashini ta’minlovchi siyosiy, huquqiy va
iqtisodiy mexanizmlar tizimi bo’ladi. Nogironlik insonning jismoniy yoki ruhiy salohiyatidagi
cheklanishni anglatadi, ammo u insonning ijtimoiy qadri yoki imkoniyatlarini belgilab bermaydi.
Jamiyatdagi munosabat, stereotiplar va ijtimoiy muhit nogiron shaxslarning faolligini
belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Shu bois ijtimoiy himoya faqat moddiy yordam emas, balki
nogironligi bo’lgan shaxslarni psixologik qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv ta’lim muhit yaratish,
inklyuziv ta’limdagi ijtimoiy integratsiya jarayonlarini qamrab oladi. O’zbekiston
Respublikasida nogironligi bo’lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi davlat tomonidan mehnatga
layoqatli har bir insonning bandligi ta’minlanadi. Uning munosib hayot kechirishi uchun yetarli
miqdordagi ish haqi belgilanadi, ishchi uchun xavfsiz mehnat sharoitlari yaratiladi, ishsizlikdan
himoyalanish, sifatli ta’lim berish dasturlari, bepul tibbiy xizmat olish huquqlari amalga
oshirilgan. Nogironlik uzoq tarixga ega bo‘lgani uchun ham qadim zamonlardan bu masala
jamiyatning asosiy muammolaridan biri bo‘lib hisoblangan va uning tarixi miloddan avvalgi
davrlarga borib taqaladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik, nogironlikning oldini olish
bo’yicha choralar, uni davolash masalalari har bir xalqning davr xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda turli davrlarda turlicha xarakter kasb etgan. Ushbu tadqiqotning asosiy natijalariga e’tibor
beradigan bo’lsak, pedagogikaning ta’lim berish yo’nalishi, defektologiya, logoped, psixologiya
sohasida ilmiy-amaliy faoliyat yuritayotgan ilmiy tadqiqotchilar uchun, shuningdek,
maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni joriy etishda
foydalanish mumkin bo‘lgan ilmiy asos ma’lumotlari sifatida xizmat qiladi. Inklyuziv
ta’limning mazmuni shundan iboratki, nogironligi bo‘lgan bolalar alohida muassasalarda emas,
balki sog‘lom tengdoshlari bilan birga o‘qiydilar, bu esa ularning ijtimoiylashuviga, o‘ziga
ishonchini oshirishga va jamiyatda o‘z o‘rnini topishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu tizim
sog‘lom bolalar uchun ham insonparvarlik, mehr-oqibat, hamdardlik va bag‘rikenglik
tuyg‘ularini rivojlantiradi degan fikrdaman. Pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilishimiz
mumkinki, inklyuziv ta’lim bu shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning zamonaviy samarali modelidir.
42
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Bunda nogironligi bo’lgan o’quvchilar inklyuziv ta’lim jarayoni har bir o‘quvchining
individual ehtiyojiga moslashtiriladi. O‘qituvchi pedagogik mahoratidan, psixologik
salohiyatidan kelib chiqqan holda inklyuziv ta’limga oid o‘quv dasturlarini, pedagogik metod va
o’quv vositalarni shunday tanlaydiki, har bir bola o‘z imkoniyat darajasida muvaffaqiyatga
erishadi. Inklyuziv ta’limning muvaffaqiyati, avvalo, psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimiga
bog‘liq bo’ladi. Nogironligi bo‘lgan bolalar ko‘pincha o‘zini jamiyatdan ajratilgan, yetarli qadr
topmagan, o‘z tengdoshlari bilan muloqotda qiyinchilikka duch keluvchi shaxs sifatida his qilishi
mumkin. Shu sababli psixologik muhitni sog‘lomlashtirish, ijobiy muloqotni yo‘lga qo‘yish juda
muhim hisoblanadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ta’lim tizimining barcha yo‘nalishlari
singari, maxsus inklyuziv ta’lim ham yangicha pedagogik tadqiqotlar va psixologik yondashuv
asosida rivojlana boshladi. Inson huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, shaxsni har tomonlama
ma’naviy-aqliy rivojlantirish, ijtimoiy himoyada adolat tamoyillarini amalga oshirish siyosati
nogiron bolalar ta’limida ham o‘z aksini topdi. O‘zbekiston tajribasi shuni ko‘rsatadiki, nogiron
bolalar ta’limining evolyutsiyasi inklyuziyaga tomon yo‘naltirilgan. Avval nogiron bolalar
maxsus internatlarda o‘qitilgan bo‘lsa, bugungi kunda ular umumta’lim maktablarida, sog‘lom
tengdoshlari bilan birga o‘qish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu esa ta’lim tizimining asosiy
insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlanayotganini anglatadi. Shunday qilib, mustaqillikdan
keyingi davrda nogiron bolalar ta’limi sohasida amalga oshirilgan islohotlar O‘zbekistonni
inklyuziv ta’limni bosqichma-bosqich joriy etayotgan davlatlar qatoriga kiritdi. Bu yo‘nalishdagi
tajriba xalqaro hamjamiyat tomonidan ham e’tirof etilmoqda. So‘nggi yillarda Respublikamizda
ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar inson huquqlariga asoslangan, har bir fuqaroning
ta’lim olish imkoniyatini ta’minlashga qaratilgan. Shu jumladan, nogironligi bo‘lgan bolalarning
ta’lim tizimiga to‘liq integratsiyasidan foydalanish dasturi, ularning jamiyatdagi o‘rnini
mustahkamlash masalalari dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu jarayonning markazida inklyuziv ta’lim
jarayonlariga bog’liq bo’lgan holda ya’ni har bir bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan
holda ta’lim olish huquqini ta’minlash asosiy maqsad sifatida turadi. Inklyuziv ta’lim faqat
nogironligi bo‘lgan bolalarning maktabga borishini ta’minlash emas, balki ularni ijtimoiy
hayotga tayyorlash, ma’naviy-aqliy dunyoqarashini shakllantirish, shaxs sifatida o‘zini
anglashiga yordam berish, o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishiga yordam beruvchi tizim
hisoblanadi.
Pedagogik
tadqiqotlarga
asoslangan
jarayonlarni
inklyuzivlashtirish
o‘qituvchilardan yangi metodik mahorat va psixologik salohiyatli tayyorgarlikni talab qiladi.
O‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi sifatida, balki ma’naviy dunyoqarashi hskllanishida
tarbiya beruvchi, motivator, psixolog sifatida ham faoliyat yuritadi. U har bir bolaning o‘ziga
xosligini, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda kuchli tomonlarini aniqlab, shu asosda ta’lim
strategiyasini belgilaydi. Inklyuziv ta’limda ijtimoiy integratsiya va ta’limga oid davlat
siyosatining huquqiy-normativ asoslari muhim omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Ta’lim
jarayonida nogiron va sog‘lom bolalarning birgalikdagi o‘qishi ularning o‘zaro munosabatini,
ijtimoiylashuv darajasini kuchaytiradi va jamoaga moslashuvini oshiradi. Bu esa keyinchalik
jamiyatda diskriminatsiyani kamaytirish, tenglik va hurmat ma’daniyatini mustahkamlashga
xizmat qiladi. Shu jihatdan, inklyuziv ta’limni nafaqat pedagogik, balki ijtimoiy jarayon sifatida
ham tahlil muhokama qilish mumkin. Zamonaviy ta’lim dasturlari nuqtayi nazaridan olib
qaralganda, inklyuziv tizim o‘ziga xos moslashuvchanlikni talab etadi. Nogironligi bo‘lgan
o‘quvchilar uchun ishlab chiqiladigan metodik ta’lim dasturlari umumiy ta’lim standartlariga
asoslanadi, biroq ularning o‘zlashtirish sur’ati, uslubi va o‘quv yuklamasi farq qiladi.
43
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Ta’lim dasturlari, odatda, differensial yondashuv asosida tuziladi, ya’ni har bir
o‘quvchining ehtiyojiga mos topshiriqlar, baholash mezonlari belgilanadi.
Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish inklyuziv ta’lim
samaradorligini oshiradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari nogiron bolalarga bilim
olishda katta yordam beradi. Inklyuziv ta’lim tizimida ota-onalarning roli ham nihoyatda katta
ahamiyatga ega. Ular farzandining ta’lim jarayonida faol ishtirok etishi kerak bo’ladi,
o‘qituvchilar bilan hamkorlikda individual rivojlanish rejasini ishlab chiqishi, farzandining
ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlashi kerak bo’ladi. Ota-onalar inklyuziv ta’limning
mohiyatini chuqur anglab, o‘z farzandiga nisbatan ijobiy psixologik muhitni yaratishlari lozim.
Shu bilan birga, jamiyatda nogiron bolalarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirish
ham ota-onalarning faol ishtirokini talab qiladi. Bunday ta’lim dasturlarining muvaffaqiyatli
amalga oshirilishi uchun o‘qituvchining roli beqiyosdir. Inklyuziv muhitda o‘qituvchi nafaqat
bilim beruvchi, balki psixolog, motivator, yordamchi, maslahatchi va hamkor sifatida faoliyat
yuritadi.
U o‘quvchilarning har birini individual tarzda o‘rganadi, ularning qiziqishlari, kuchli
tomonlari va rivojlanishdagi qiyinchiliklarini tahlil qiladi, shunga mos ta’lim strategiyasini ishlab
chiqadi. O‘qituvchining pedagogik mahorati, psixologik salohiyasi, o‘z kasbiy kompetensiyasini
oshirishi, inklyuziv metodika va maxsus pedagogika bo‘yicha malakasini muntazam yangilab
borishi zarur. Ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda asosiy e’tibor nogiron bolalarning bilim
olishdagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratiladi. Ular uchun “individual ta’lim yo‘nalishlari”
ishlab chiqiladi, ya’ni har bir o‘quvchining rivojlanish darajasi, tibbiy holati, psixologik
xususiyatlari va o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi asosida alohida reja tuziladi. Bu reja o‘qituvchi,
ota-ona va psixolog hamkorligida ishlab chiqiladi. Bunday yondashuv nogiron o‘quvchilarning
o‘zlashtirish darajasini oshirish bilan birga, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini ham
kuchaytirishga yordam beradi.
Xulosa
Xulosa qilib aytish mumkinki, nogironligi bo’lgan o’quvchilarga inklyuziv ta’lim
jarayonlarida zamonaviy metodik usullardan foydalanish va ular bilan doimiy psixologik
suhbatlarni tashkillashtirish orqali ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash mumkin bo’ladi.
Hozirgi vaqtda Respublikamizda nogironligi bo’lgan shaxslar ijtimoiy himoyaga olingan
bo’lib, ularga ta’lim olishda, mehnatga layoqatini oshirishda, ularning dunyoqarashini
shakllantirishda asosiy ijtimoiy-huquqiy yo’nalishlar belgilab qo’yilgan. Bu jarayonlar esa har
vaqtda davlat tomonidan nazorat qilinadi. Nogironligi bo’lgan shaxslarga hozirda oliy ta’lim
muassasasiga kirishda, tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish, mehnat faoliyatini yaxshilash kabi
sharoitlar yaratilgan. Bu esa avvalo yurtboshimizning ta’limga va tarbiyaga kuchli e’tiboridan
darak beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
Turemuratova, Aziza, Rita Kurbanova, and Barno Saidboyeva. "EDUCATIONAL
TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK
PEDAGOGY." Modern Science and Research 2.10 (2023): 318-322.
2.
Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK
TARBIYANI
SHAKLLANTIRISH
JARAYONIDA
O'QUVCHILARNING
AKSIOLOGIK DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global
study 9 (2024): 114-121.
44
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
3.
Turemuratova, A. B. "TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA
O’QUVCHIYOSHLARNING
KOLLOBORATIV
KO’NIKMALARINI
RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI." Inter education & global study 3.4 (2025):
242-250.
4.
Feruza,
Teshaboyeva.
"INKLYUZIV
TA’LIMNING
O’ZBEKISTONDAGI
RIVOJLANISHI." QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI (2023): 546-548.
5.
Shuxratovna, Abdullayeva Hilola. "NOGIRONLIGI BO ‘LGAN SHAXSLARNING
IJTIMOIY MUHITDAGI QIYINCHILIKLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH YO
‘LLARI." International Conference on Scientific Research in Natural and Social
Sciences. 2025.
6.
Sultonboyevna, Маdrahimova Muhayyo. "O ‘ZBEKISTONDA IMKONIYATI
CHEKLANGAN SHAXSLARGA IJTIMOIY YORDAM KO ‘RSATISH BO ‘YICHA
OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR XUSUSIDA." World scientific research journal 40.2
(2025): 338-341.
7.
Muzrobovich, Achilov Obid, and Cho'ponqulova Sitora Bozorovna. "O'ZBEKISTONDA
INKLYUZIV TA'LIMNING ME'YORIY-HUQUQIY BAZASINI TASHKIL QILISH."
THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF
PEDAGOGY 2.20 (2024): 1-5.
8.
Bakhromova,
Guljamol.
"INKLYUZIV
TA’LIMNI
TASHKIL
ETISHDA
INNOVATSION YONDOSHUVLAR: MUAMMO VA YECHIMLAR." Nordic_Press
3.0003 (2024).
9.
Qodirova, F. U., and D. A. Pulatova. "Inklyuziv ta’lim: nazariya va metodika." Darslik.
Chirchiq–2022 (2022).
10.
Goipova, N. B. "Inklyuziv ta’lim." Gospital pedagogika: darslik. Namangan 252 (2024).
11.
Dinara, Abdiraxmanova, and Turumbetova Zamira. "MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALARNING XULQ ATVORIGA IJTIMOIY MUXITNING TASIRI." (2024).
