ИСТОРИЧЕСКАЯ РОЛЬ УЗБЕКИСТАНА В МЕЖДУНАРОДНОМ МАСШТАБЕ ПРОБЛЕМЫ АРАЛЬСКОГО МОРЯ

Аннотация

В статье анализируются факторы, приведшие к высыханию Аральского моря, а также экологические и социально-экономические проблемы, возникшие в связи с высыханием моря, их исторические причины, работа, проводимая под руководством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева, и перспективы решения этой проблемы. Аральская трагедия оказала драматическое влияние не только на экологическую обстановку региона, но и на его социально-экономическое развитие. В ходе исследования изучались научные документы и статьи. На основе этих источников раскрываются такие факторы, как политика СССР в процессе высыхания Аральского моря, форсированное развитие хлопководства, нерациональное использование водных ресурсов и отсутствие экологического контроля.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Исроилов X. (2025). ИСТОРИЧЕСКАЯ РОЛЬ УЗБЕКИСТАНА В МЕЖДУНАРОДНОМ МАСШТАБЕ ПРОБЛЕМЫ АРАЛЬСКОГО МОРЯ. Современная наука и исследования, 4(11), 76–79. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138906
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье анализируются факторы, приведшие к высыханию Аральского моря, а также экологические и социально-экономические проблемы, возникшие в связи с высыханием моря, их исторические причины, работа, проводимая под руководством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева, и перспективы решения этой проблемы. Аральская трагедия оказала драматическое влияние не только на экологическую обстановку региона, но и на его социально-экономическое развитие. В ходе исследования изучались научные документы и статьи. На основе этих источников раскрываются такие факторы, как политика СССР в процессе высыхания Аральского моря, форсированное развитие хлопководства, нерациональное использование водных ресурсов и отсутствие экологического контроля.


background image

76

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

OROL DENGIZI MUAMMOSINI XALQARO MIQYOSGA OLIB CHIQISHDA

O‘ZBEKISTONNING TARIXIY ROLI

Isroilov Xojiakbar G’ulomjon o’g’li

Millat Umidi Universiteti.

isroilovxoji0607@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17523928

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Orol dengizining qurishiga sabab bo’lgan omillar va

dengizning qurishi sababli yuzaga kelgan ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, ularning
tarixiy sabablari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib
borilayotgan ishlar va ushbu muammoni hal qilish istiqbollari tahlil qilinadi. Orol fojeasi
nafaqat mintaqaning ekologik holatiga, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham keskin ta’sir
ko‘rsatgan. Tadqiqot tavomida ilmiy xujjatlar va ilmiy maqolalar o’rganildi. Ushbu manbalar
asosida Orol dengizi qurishi jarayonida SSSR siyosati, paxtachilikni majburiy rivojlantirish, suv
resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish va ekologik nazoratning yetishmasligi kabi omillar ochib
beriladi.

Kalit so’zlar

: Orol dengizi, suv havzasi, O’zbekiston, SSSR, paxtachilik, yer unumdorligi,

Orolbo’yi, mahalliy aholi, Orolqum cho’li.

ИСТОРИЧЕСКАЯ РОЛЬ УЗБЕКИСТАНА В МЕЖДУНАРОДНОМ МАСШТАБЕ

ПРОБЛЕМЫ АРАЛЬСКОГО МОРЯ

Аннотация.

В статье анализируются факторы, приведшие к высыханию

Аральского моря, а также экологические и социально-экономические проблемы, возникшие
в связи с высыханием моря, их исторические причины, работа, проводимая под
руководством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева, и перспективы
решения этой проблемы. Аральская трагедия оказала драматическое влияние не только
на экологическую обстановку региона, но и на его социально-экономическое развитие. В
ходе исследования изучались научные документы и статьи. На основе этих источников
раскрываются такие факторы, как политика СССР в процессе высыхания Аральского
моря, форсированное развитие хлопководства, нерациональное использование водных
ресурсов и отсутствие экологического контроля.

Ключевые слова:

Аральское море, водный бассейн, Узбекистан, СССР,

хлопководство, плодородие земель, Аральское море, местное население, пустыня Арал.

THE HISTORICAL ROLE OF UZBEKISTAN IN THE INTERNATIONAL SCALE OF

THE ARAL SEA PROBLEM

Annotation.

This article analyzes the factors that led to the drying up of the Aral Sea and

the ecological and socio-economic problems that arose due to the drying up of the sea, their
historical causes, the work being carried out under the leadership of the President of the
Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev, and the prospects for solving this problem. The Aral
tragedy had a dramatic impact not only on the ecological situation of the region, but also on its
socio-economic development. Throughout the study, scientific documents and scientific articles
were studied. Based on these sources, factors such as the policy of the USSR in the process of
drying up the Aral Sea, the forced development of cotton farming, improper use of water
resources, and the lack of environmental control are revealed.

Keywords:

Aral Sea, water basin, Uzbekistan, USSR, cotton farming, land fertility, Aral

Sea, local population, Aral desert.


background image

77

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

O’zbekiston SSSR tarixida Orol dengizinig qurishi katta axamiyatga ega. 1960-

yillargacha Orol dengizi dunyodagi eng katta to’rtinchi ichki suv havzasi bo’lib kelgan lekin
bugungi kunga kelib bu bebaho tabiat mojizasi chang, zaharli tuz va kimyoviy o’g’itlar bilan
to’lgan Orolqum sahrosiga aylanib qolgan. Avval maydoni taxminan 68 ming kvadrat kilometr,
uzunligi esa 428 kilometr bo’lgan bu suv havzasida hayot juda ham qaynagan, dengiz atrofida
yashovchi odamlarni bu dengiz ish bilan ta’minlagan chunki u davrda baliqchilik sanoati juda
ham rivojlangan bo’lib mahalliy aholi asosan baliqchilik bilan shug‘ullangan, dengiz odamlar
uchun asosiy daromad manbai bo‘lgan. Mo’ynoq va Orol port shaharlida kuniga o’n ming
tonnalab baliq ovlanar edi va 10 ta baliq konservalash zavodlari ishlar edi. Dengizning yana bir
ahamiyatga sazovorligi shuki yuk va yo’lovchi tashishda u juda ham qo’l kelgan, odamlarning
uzog’ini yaqin qilgan va yuk yetkazib berishga ketadigan vaqtni anchagina qisqartirgan.

Shuningdek, Orol dengizi mintaqasining nisbatan mo‘tadil iqlimi atrofdagi hududlarda

dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi uchun qulay imkoniyat yaratgan. [1]

Muammoning sabablari:

Ko’pchilikka ma’lumki, ilgari Amudaryo va Sirdaryodo daryolarining suvlari to’gridan

to’gri kelib Orol dengiziga quyilgan. Ammo 1960-yillar o’rtasida sobiq ittifoq hukumati O’rta
Osiyoda guruch, paxta va boshqa ekinlarni ko’paytirishga juda katta e’tibor qaratib irrigatsiya
loyihalarini amalga oshirila boshladi. Paxtichilikni “oq oltin” sifatida rivojlantirishga esa alohida
e’tibor qaratildi; natijada Amudaryo va Sirdaryoda oqayotgan suvlar meyoridan ortiqcha paxta
va boshqa ekin maydonlarini sug’orish uchun yo’nalritildi va Orol dengiziga suvning yetib
borishi sezilarli darajada kamaydi. [2] 1990-yilda dengizning katta qismi butunlar qurib, tubi
cho’lga aylana boshladi. Kanallarning katta qismi oddiy tuproq o‘zanda qazilganligi, suvning
sezilarli qismi filtratsiya va bug‘lanish natijasida yo’qolishi sababli 2005-yilga kelib
Amudaryodan Orol dengiziga kelayotgan suvlar batamom kelmay qo’ydi. Natijada dengizning
55 ming km

2

maydoni qurib, bepoyon quruqlikga aylandi. Bunday katta yo’qotish natijasida

yangi cho’l – Orolqum cho’li paydo bo’ldi. [3]

Orol dengizining qurishi mintaqa va butun dunyo uchun ko’plab salbiy o’qibatlarni

keltirib chiqardi:

Ekologik oqibatlar: 20-asrdan boshlab eng jiddiy global muammolardan biri bo’lgan

iqlim o’zgarishi butun dunyoda kuzatila boshladi. Markaziy Osiyo ham bu muammodan 1970-
yillarda anchagina zarar ko’ra boshladi; eng ko’p zarar ko’rayotgan davlatlar O’zbekiston va
Turkmanistondir. Bu global muammo Orol dengizi qurishining boshlariga to’gri keladi. Natijada
yoz oylari juda issiq va quruq, qish esa uzoq va sovuq bo’lib qoldi; yog’ingarchilik kamaydi;
tuproq namgarchiligining yetarli bo’lmasligi sabali mintaqada hosildorlik koʻrsatkichi anchagina
kamaydi. Qurigan dengiz o‘rnida 5,5 million gektardan ortiq maydonni egallagan yangi sahro –
Orolqum paydo bo‘ldi. Orolqum cho’li zaharli cho’l bo’lib chang, tuz va kimyoviy o’gitlar bilan
qoplangan edi. Har yili shamol yordamida shu inson salomatligi va qishloq xo’jaligi uchun
zararli bo’lgan moddalar havoga ko’tarilib minglab kilometr uzoqlikka tarqalgan. Buning
natijasida ko’plab davlatlarda xususan Turkmaniston, Qozog’iston, O’zbekiston, va Qirg’istonda
xo’jalik mahsulotlari hosili 40%, 33%, 30% hamda 20% foizga qisqargan. [4]

Ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar: Mahalliy iqtisodiyot tanazzulga uchradi, odamlar ishsiz

qoldi. Avval minglab odamlar ishlab kelayotgan baliqchilik sanoati, kanserva zavodlari, va kema
tamirlash ustaxonalari butunlay ishlashni to’xtatdi (40 mingdan ortiq ish o'rinlari yo'qolgan).


background image

78

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Orolbo’yi hududlarida yashovchi aholi ish o’rinlarining yo’qolishi, suv resusrslarini

yetishmasligi, yerdagi hosildorlikning yo’qolishi, chorvachilik qiyinlashishi va xavfli kasalliklar
tarqalishi sababli boshqa hududlarga ko’chib ketishga majbur bo’lishdi. [1]

Aholi salomatligining yomonlashishi: Orol dengizi hali to’liq qurib ulgurmasdan

mahalliy aholi orasida turli kasalliklar ko’paya boshladi. Chunki qurigan dengiz tubidan havoga
ko’tarilga tuz, chang va kimyoviy moddalar butun mintaqa bo’ylab tarqalib, inson salomatligiga
o’z ta’sirini ko’rsata boshladi. Shamol orqali tarqalib, yuzlab kilometr masofaga uchgan bu
zaralli moddalar nafas yo’llari kasalliklari, xususan astma va bronxit, shuningdek qizilo’ngach
saratoni, buyrak va jigar kasalliklari hamda teri kasalliklari mahalliy aholi orasida avj oldirdi.

Eng achinarlisi shundaki, onalar va bolalar o’limi ko’rsatkichlari oshgan, nuqson bilan

tug’ilayotgan chaqaloqlar soni yil sayin ortib borgan. [1] Go’daklar o’limi ko’rsatkichlari oshishi
nafaqat O’zbekistonda balki chegaradosh davlatlar hududlarida ham ortganligi kuzatilgan [5]:


Markaziy Osiyoning beshta davlati 1993-yil 4-yanvard Toshkentda Orolni qutqarish

xalqaro jamg‘armasini (OQXJ) tashkil etish to‘g‘risida tarixiy qaror qabul qilishdi va bu qaror
Qizilo‘r shahrida 1993-yil 26-martda tasdiqlandi. Davlatimiz raxbari Shavkat Mirziyoyevning
ilgari surgan ustuvor tashabbuslari OQXJ yanada faollashishiga va samaradorligini oshishiga
xizmat qildi. Lekin ta’sischi davlatlar negadir 2009-yildan keyin o’z sammitlarini to’xtatib
qo’yishdi va hech qancha o’tmay davlatimiz Prezidenti tashabbusi bilan yana qayta ish yurita
boshladi. O’rta Osiyo davlatlari oldiga qo’ygan eng muhim vazifa bu Orol dengizi inqirozining
oqibatlarini bartaraf qilish bo’yicha shaxdam qadam tashlash bo’lgan. Aholining turmush tarzini
yaxshilash, mintaqada ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida O’zbekiston keng ko’lamli
loyihalarni amalga oshirdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Orol dengizining
qurishi natijasida paydo bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni bartaraf etishga
jiddiy e’tibor qaratildi. Ta’kidlash joizki, Sh. M. Mirziyoyev tomonidan ohirgi 7 yill ichida
Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish yo’lida 30 dan ziyod farmon va qarorlari qabul
qilindi. Mazkur qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv va yer resurslaridan to’g’ri
foydalanish, aholini ish bilan taminlash, qishloq xo’jaligi, chorvachilik hamda biznessni
rivojlantirishga qaratilgan. [6]


background image

79

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Muammoning yechimlari:

Orol dengizini avvalgi holatiga qaytarish bugungi kunga kelib imkonsiz ishga aylangan.
Biroq, jadal chora-tadbirlar alamga oshirish orqali bu muammoni oz bo’lsada yumshatish

mumkin. Xususan, nafaqat O’zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyodagi besh davlat o’rtasida
suv resurslaridan oqilona va adolatli foydalanish orqali, masalan, tomchilatib sug’orishga
yordam beradigan texnologiyalardan ko’proq foylanish muhim ahamiyat kasb etadi. Dengiz
qurishi oqibatida paydo bo‘lgan Orolqum cho‘lining og‘ir sharoitlariga bardosh bera oladigan,
kam suv talab qiluvchi daraxtlarni ekish orqali muammoni ma’lum darajada kamaytirish
mumkin. Undan tashqari 1993-yil 28-martda tashkil etilgan Orolni qutqarish Xalqaro
jamg‘armasi (OQXJ) faoliyatini kuchaytirish ham muammoni yumshatish yo’lidagi muhim omil
hisoblanadi. [1]

Xulosa qilib aytganda, Orol dengizi fojiasi nafaqat O‘zbekiston, balki butun insoniyat

uchun katta fojia bo’ldi. Uni to‘liq tiklash imkoniyati mavjud bo‘lmasa-da, mintaqaviy
hamkorlikni kuchaytirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholi hayot sifatini yaxshilash
yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar kelajak avlodlar uchun sog‘lom muhit yaratishga
xizmat qiladi.


Foydalanilgan manbaalar:

1.

demokrat.uz,

Orol

dengizi

fojiasi:

tarix,

oqibatlar

va

kelajak,

2025.

https://demokrat.uz/2025/04/07/orol-dengizi-fojiasi-tarix-oqibatlar-va-kelajak

2.

Hamidov A. H.

O‘zbekiston ssrda ekologik muammolar va orol fojeasi tarixining

manbashunosligi. 2025, p.3.

3.

file:///C:/Users/user/Downloads/70_78_Xomidov_Abror%20(4).pdf

4.

Mardiyev Sh. H.

Tabiiy sharoitlarni yaxshilash,

p.10.

5.

https://staff.tiiame.uz/storage/users/810/presentations/gdXvO93uH6HmIKYkHEM7SJH
W7zwMFSafnmOIrjge.pdf

6.

Uzaqov I. E., Xamroxonova S.J., Ro’zimova M.M.

Orol dengizini qurishidan kelib

chiqadigan global muammolar va yechimlar. 2024, p.3.

7.

file:///C:/Users/user/Downloads/orol-dengizini-qurishidan-kelib-chiqadigan-global-
muammolar-va-yechimlar.pdf

8.

uz.wikipedia.org,

Orol dengizi hududidagi odamlarning sogʻligidagi muammolar, 2022.

9.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Orol_dengizi_hududidagi_odamlarning_sog%CA%BBligid
agi_muammolar#cite_note-11

10.

senat.uz,

Orol dardi – olam dardi, 2023.

https://senat.uz/post/post-1303

Библиографические ссылки

demokrat.uz, Orol dengizi fojiasi: tarix, oqibatlar va kelajak, 2025. https://demokrat.uz/2025/04/07/orol-dengizi-fojiasi-tarix-oqibatlar-va-kelajak

Hamidov A. H. O‘zbekiston ssrda ekologik muammolar va orol fojeasi tarixining manbashunosligi. 2025, p.3.

file:///C:/Users/user/Downloads/70_78_Xomidov_Abror%20(4).pdf

Mardiyev Sh. H. Tabiiy sharoitlarni yaxshilash, p.10.

https://staff.tiiame.uz/storage/users/810/presentations/gdXvO93uH6HmIKYkHEM7SJHW7zwMFSafnmOIrjge.pdf

Uzaqov I. E., Xamroxonova S.J., Ro’zimova M.M. Orol dengizini qurishidan kelib chiqadigan global muammolar va yechimlar. 2024, p.3.

file:///C:/Users/user/Downloads/orol-dengizini-qurishidan-kelib-chiqadigan-global-muammolar-va-yechimlar.pdf

uz.wikipedia.org, Orol dengizi hududidagi odamlarning sogʻligidagi muammolar, 2022.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Orol_dengizi_hududidagi_odamlarning_sog%CA%BBligidagi_muammolar#cite_note-11

senat.uz, Orol dardi – olam dardi, 2023. https://senat.uz/post/post-1303