МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ ФИЗИЧЕСКИХ КАЧЕСТВ У СПОРТСМЕНОВ С НАРУШЕНИЯМИ СЛУХА И РЕЧИ ПОСРЕДСТВОМ ЛЕГКОАТЛЕТИЧЕСКИХ УПРАЖНЕНИЙ

Аннотация

В данной статье рассматриваются эффективные методы развития физических качеств посредством легкоатлетических упражнений у спортсменов с нарушениями слуха и речи. В исследовании изучалось влияние тренировок, основанных на зрительных сигналах, жестах и кинестетической коммуникации, на такие качества, как скорость, сила, выносливость и ловкость. Результаты показывают, что адаптированная система тренировок значительно повышает физическую подготовленность и социальную активность спортсменов данной категории.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Қийомова S. (2025). МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ ФИЗИЧЕСКИХ КАЧЕСТВ У СПОРТСМЕНОВ С НАРУШЕНИЯМИ СЛУХА И РЕЧИ ПОСРЕДСТВОМ ЛЕГКОАТЛЕТИЧЕСКИХ УПРАЖНЕНИЙ. Современная наука и исследования, 4(11), 94–97. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138910
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматриваются эффективные методы развития физических качеств посредством легкоатлетических упражнений у спортсменов с нарушениями слуха и речи. В исследовании изучалось влияние тренировок, основанных на зрительных сигналах, жестах и кинестетической коммуникации, на такие качества, как скорость, сила, выносливость и ловкость. Результаты показывают, что адаптированная система тренировок значительно повышает физическую подготовленность и социальную активность спортсменов данной категории.


background image

94

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

ESHITISHI VA GAPIRISHIDA NUQSONI BO‘LGAN SPORTCHILARDA

YENGIL ATLETIKA MASHQLARI ORQALI JISMONIY SIFATLARNI

RIVOJLANTIRISH USULLARI

Qiyomova Shohsanam Yarash qizi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisi.

O‘zbekiston, Chirchiq.

shoxsanamkiyomova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17525224

Annotatsiya.

Mazkur maqolada eshitish va gapirishida nuqsoni bo‘lgan sportchilarda

yengil atletika mashqlari orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirishning samarali usullari
yoritilgan. Tadqiqotda vizual signal, imo-ishora va kinestetik aloqa asosida tashkil etilgan
mashg‘ulotlarning tezkorlik, kuch, chidamlilik va chaqqonlik sifatlariga ta’siri o‘rganildi.
Natijalar shuni ko‘rsatadiki, moslashtirilgan mashg‘ulotlar tizimi bu toifadagi sportchilar
jismoniy tayyorgarligini va ijtimoiy faolligini sezilarli oshiradi.

Kalit so‘zlar:

eshitishida nuqsoni bo‘lgan sportchilar, moslashtirilgan mashg‘ulotlar,

yengil atletika, jismoniy sifatlar, vizual signal, kommunikatsiya.

METHODS OF DEVELOPING PHYSICAL QUALITIES THROUGH

ATHLETICAL EXERCISES IN ATHLETES WITH DEFECTS IN

HEARING AND SPEECH

Abstract.

This article highlights effective methods for developing physical qualities

through track and field exercises in athletes with hearing and speech impairments. The study
examined the influence of training sessions organized on the basis of visual signals, gestures,
and kinesthetic communication on the qualities of speed, strength, endurance, and agility. The
results show that the adapted training system significantly increases the physical fitness and
social activity of athletes of this category.

Keywords:

athletes with hearing impairments, adapted training, track and field, physical

qualities, visual signal, communication.

МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ ФИЗИЧЕСКИХ КАЧЕСТВ У СПОРТСМЕНОВ С

НАРУШЕНИЯМИ СЛУХА И РЕЧИ ПОСРЕДСТВОМ ЛЕГКОАТЛЕТИЧЕСКИХ

УПРАЖНЕНИЙ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются эффективные методы развития

физических качеств посредством легкоатлетических упражнений у спортсменов с
нарушениями слуха и речи. В исследовании изучалось влияние тренировок, основанных на
зрительных сигналах, жестах и кинестетической коммуникации, на такие качества, как
скорость, сила, выносливость и ловкость. Результаты показывают, что
адаптированная

система

тренировок

значительно

повышает

физическую

подготовленность и социальную активность спортсменов данной категории.

Ключевые слова:

спортсмены с нарушениями слуха, адаптированная тренировка,

легкая атлетика, физические качества, зрительные сигналы, коммуникация.


Dolzarbligi

Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport tizimi har bir insonning imkoniyatlariga qarab

moslashtirilgan yondashuvlarni talab etmoqda. Shu jumladan, eshitish va gapirishida nuqsoni
bo‘lgan shaxslarning sport faoliyatini tashkil etish ijtimoiy integratsiyaning muhim
yo‘nalishlaridan biridir.


background image

95

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Bunday sportchilar bilan ishlashda pedagogik, psixologik va kommunikativ omillar

birgalikda hisobga olinishi zarur. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan sportchilar tovushli signallarni
qabul qilolmasligi sababli, ularga vizual va kinestetik yo‘nalishdagi mashg‘ulotlar samaraliroq
natija beradi. Yengil atletika sport turi bu toifadagi sportchilar uchun eng mos bo‘lgan
yo‘nalishlardan biridir. Chunki u tabiiy harakatlarga asoslangan bo‘lib, harakat orqali o‘zini
ifoda etish imkonini beradi. Sport mashg‘ulotlari nafaqat jismoniy, balki ruhiy tiklanish va
ijtimoiylashuv uchun ham muhim vosita hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston
Respublikasida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sport infratuzilmasi kengaymoqda. Ammo
eshitishida nuqsoni bo‘lgan sportchilar bilan ishlashda maxsus metodik tizimlar yetarlicha ishlab
chiqilmagan. Shuning uchun ushbu toifa sportchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda
yengil atletika mashqlaridan foydalanish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

Eshitishida nuqsoni bo‘lgan sportchilarda tezkorlik, chidamlilik va muvofiqlikni

rivojlantirish ular uchun asosiy tayyorgarlik yo‘nalishidir. Bu jarayonda imo-ishora, belgi, rangli
signal va jismoniy ko‘rsatmalar orqali axborot almashinuvi tashkil etiladi. Mashg‘ulotlarda
murabbiy har bir topshiriqni vizual tarzda tushuntiradi, bu esa sportchilarning ishonchini
oshiradi.

Yengil atletika mashqlari (yugurish, sakrash, uloqtirish) orqali umumiy jismoniy

tayyorgarlik darajasi sezilarli yaxshilanadi. Shuningdek, bu mashqlar muvofiqlashtirish va
fazoviy idrokni rivojlantiradi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan sportchilarda vizual diqqat kuchli
rivojlanganligi sababli, mashqlarni ko‘rgazmali tarzda o‘rgatish yuqori samaradorlik beradi.

Maxsus tayyorlangan metodika sportchilarning psixologik tayyorgarligini ham

yaxshilaydi. Bu esa ularning o‘ziga ishonchini oshiradi va musobaqalarda faol ishtirok
etishlariga yordam beradi. Moslashtirilgan mashg‘ulotlar tizimi har bir sportchining individual
xususiyatini hisobga olgan holda tuziladi. Bunday tizimda jamoaviy hamkorlik, imo-ishora bilan
o‘zaro aloqa va ijobiy motivatsiya asosiy omil hisoblanadi.

Muhokama va natija

Tadqiqot davomida eshitishida nuqsoni bo‘lgan 12 nafar sportchi bilan 3 oy davomida

mashg‘ulotlar olib borildi. Ular 30 metrga yugurish, joyidan uzunlikka sakrash, 600 metr
yugurish va chaqqonlik testlarida ishtirok etdilar. Mashg‘ulotlar haftasiga 3 marotaba, har biri 60
daqiqa davom etdi. Har bir mashg‘ulotda maxsus belgilar, rangli signal kartochkalari va imo-
ishora tizimi qo‘llanildi. Mashg‘ulotlar dasturi bosqichma-bosqich yuklama oshirish tamoyiliga
asoslandi. Olingan natijalar tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasida taqqoslandi. Tadqiqot yakunida
jismoniy sifatlarning sezilarli o‘sishi kuzatildi. Bu holat ishlab chiqilgan moslashtirilgan
yondashuvning amaliy samaradorligini ko‘rsatdi. Mazkur tajriba kelgusida eshitishida nuqsoni
bo‘lgan sportchilar uchun metodik qo‘llanma ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tajriba guruhida 30 metrga yugurish natijalari o‘rtacha 8,1

soniyadan 7,3 soniyagacha yaxshilandi. Joyidan uzunlikka sakrash mashqida o‘rtacha natija 125
sm dan 142 sm gacha oshdi. 600 metrga yugurish mashqida chidamlilik ko‘rsatkichlari 3 daqiqa
55 soniyadan 3 daqiqa 32 soniyagacha kamaydi. Chaqqonlikni baholash testlarida esa harakat
muvofiqlashtirish darajasi 15 foizga oshgani kuzatildi. Nazorat guruhida esa bu o‘zgarishlar
minimal darajada bo‘ldi. Mashg‘ulotlar jarayonida sportchilarning diqqatni jamlash darajasi va
harakat ishonchliligi ortdi. Vizual signal va imo-ishoralar orqali berilgan ko‘rsatmalarni bajarish
aniqligi yuqori bo‘ldi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan sportchilarda o‘zaro hamkorlik va jamoaviy
ruh sezilarli kuchaydi. Mashg‘ulotlar davomida sportchilarning o‘zini tutish, intizom va
motivatsiya ko‘rsatkichlari ham yaxshilandi.


background image

96

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Ko‘p hollarda ular o‘z imkoniyatlariga ishonch bilan yondashishni o‘rgandilar. Natijalar

shuni ko‘rsatdiki, harakatlarning ko‘rgazmali tushuntirilishi mashg‘ulot samaradorligini oshiradi.

Tajriba jarayonida sportchilarning koordinatsion qobiliyatlari ham rivojlandi.

Mashg‘ulotlar soni ortishi bilan charchoqqa bardoshlik yaxshilandi.

Yuqoridagi natijalar murabbiy va sportchi o‘rtasida o‘zaro ishonch muhitining

shakllanishiga yordam berdi. Tajriba yakunida sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi
18–22 foizga oshgani aniqlandi. Mashg‘ulotlarda audio signal o‘rniga rangli yorug‘lik
belgilaridan foydalanish samarali bo‘ldi. Bu usul sportchilarning tezkor reaksiyasini yaxshiladi.

Olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan metodika eshitishida nuqsoni bo‘lgan

sportchilar bilan ishlashda amaliy ahamiyatga ega ekanligi tasdiqlandi. Shu asosda kelgusida bu
tizimni sport maktablarida keng tatbiq etish mumkinligi aniqlanmoqda.

Tadqiqot davomida qo‘llanilgan metodika eshitishida nuqsoni bo‘lgan sportchilar

jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga qaratilgan. Ushbu yondashuvning asosiy afzalligi —
kommunikatsiya

tizimining

moslashtirilganligidir.

Murabbiy

tomonidan

imo-ishora,

piktogramma, rangli signal va harakatli belgilar orqali tushuntirish samaradorlikni oshirdi.

Sportchilar bu belgilarni tez anglab, mashqlarni to‘g‘ri bajarishga o‘rgandilar.
Shuningdek, guruhda o‘zaro ko‘mak va rag‘batlantirish muhitining yaratilishi muhim rol

o‘ynadi. Yengil atletika mashqlari har bir sportchining individual imkoniyatlariga moslashtirildi.

Masalan, yugurish masofalari ularning jismoniy tayyorgarlik darajasiga qarab tanlandi.
Mashg‘ulotlar jarayonida yuklama asta-sekin oshirildi, bu esa organizmning

moslashuvini ta’minladi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan sportchilar vizual idrok orqali o‘rganishni
afzal ko‘radilar. Shu sababli mashqlarni videoko‘rsatma yoki jismoniy namuna orqali o‘rgatish
yuqori natija berdi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, harakatlarni ko‘rgazmali tahlil qilish orqali
o‘zini nazorat qilish qobiliyati oshadi. Bu yondashuv sportchining mustaqilligini rivojlantiradi.

Mashg‘ulotlarda chaqqonlik, muvofiqlik va tezkorlik birgalikda rivojlantirilgan hollarda

yaxshiroq natija kuzatiladi. Murabbiylar uchun asosiy muammo - axborot yetkazish
vositalarining cheklanganligidir. Biroq rangli kartochkalar, imo-ishora va qo‘l belgilaridan
foydalanish bu muammoni hal qiladi. Sportchilar o‘rtasida ishonchli kommunikatsiya
o‘rnatilgach, mashg‘ulotlar ritmi yaxshilanadi. Ular mashq jarayonida o‘zini xavfsiz his qiladilar.

Shuningdek, psixologik qo‘llab-quvvatlash muhim rol o‘ynaydi.
Murabbiy tomonidan berilgan ijobiy baho sportchining ichki motivatsiyasini

kuchaytiradi. Tajriba natijalariga asoslanib aytish mumkinki, eshitishida nuqsoni bo‘lgan
sportchilarda jismoniy mashqlarni moslashtirish ularning umumiy salomatlik holatini ham
yaxshilaydi. Charchoqning kamayishi, uyqu va ishtaha normallashuvi kuzatildi. Bundan tashqari,
ularning ijtimoiy faolligi va o‘zaro muloqot qobiliyatlari oshdi. Bu esa sport orqali ijtimoiy
reabilitatsiya jarayonini jadallashtiradi. Ushbu tajriba shuni ko‘rsatadiki, yengil atletika
mashqlarining har bir turi uchun maxsus o‘zgartirishlar kiritish zarur. Masalan, start signali
tovushli emas, balki vizual bo‘lishi kerak. Masofa tugash belgisi rangli chiziq bilan ifodalanishi
maqsadga muvofiqdir. Bu usul sportchilarni xavfsiz va ishonchli harakatlanishga o‘rgatadi.

Shuningdek, mashg‘ulotlarda guruhli o‘yin elementlarini qo‘llash motivatsiyani oshiradi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, moslashtirilgan metodika eshitishida nuqsoni bo‘lgan

sportchilar uchun jismoniy tayyorgarlikni yaxshilashning eng samarali yo‘nalishlaridan biridir.

Bu tizim nafaqat sportchilar, balki maxsus maktab o‘qituvchilari uchun ham foydali

metodik tavsiya bo‘la oladi. Natijalar asosida kelgusida metodik qo‘llanma ishlab chiqish tavsiya
etiladi.


background image

97

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Xulosa

Tadqiqot natijalari asosida shuni aytish mumkinki, eshitishida va gapirishida nuqsoni

bo‘lgan sportchilar uchun yengil atletika mashqlari juda samaralidir. Maxsus moslashtirilgan
metodika jismoniy sifatlarning kompleks rivojlanishiga yordam beradi. Mashg‘ulotlarda vizual
va imo-ishora tizimidan foydalanish axborot uzatishni osonlashtiradi. Natijada sportchilar o‘z
imkoniyatlarini to‘liq namoyon eta oladilar. Tezkorlik, chidamlilik, kuch va chaqqonlik sifatlari
sezilarli darajada rivojlanadi. Mashg‘ulotlar davomida ijtimoiy faollik, o‘zaro yordam va o‘ziga
ishonch ortadi. Yengil atletika mashqlari orqali bu toifadagi sportchilarda sog‘lom turmush tarzi
shakllanadi. Ushbu metodika reabilitatsiya markazlari, maxsus maktablar va sport klublarida
tatbiq etilishi mumkin. Kelgusida bu yo‘nalishda chuqur ilmiy izlanishlar olib borish maqsadga
muvofiqdir. Shunday qilib, moslashtirilgan yengil atletika mashg‘ulotlari eshitishida nuqsoni
bo‘lgan sportchilar uchun samarali reabilitatsion tizimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Mirjamolov M.X, Yunusov S.A., Svetlichnaya N.K. Paralimpiya tarixi va oʻyin qoidalari

oʻquv uslubiy qoʻllanma Ch.:”Axborot-press”nashriyoti, 2019.

2.

Евсеев С. П. Теория и организация адаптивной физической культуры : учебник / С.

П. Евсеев. – М.: Спорт, 2016. – 616 с.

3.

Ташев М.Р. Классификация спортсменов в паралимпийских видах спорта Учебное

пособие. Чирчик “BEHZODBEK PRINT” 2023.

4.

Светличная Н.К. Адаптивная физическая культура и спорт: учебник. – Т.: «Oʻzkitob

savdo nashriyot matbaa ijodiy uyi», 2021. – C. 232.

5.

Миржамолов М.Х. Адаптив жисмоний тарбия ва спорт: ўкув қўлланма - Тошкент:

O‘zkitobsavdonashriyoti, 2020.- B. 18.

6.

Миржамолов М.Х. Давлатова Л.Т. Соғломлаштириш технологияси: ўкув қўлланма.

- Тошкент: O‘zkitobsavdonashriyoti. 2020.-C. 23.

Библиографические ссылки

Mirjamolov M.X, Yunusov S.A., Svetlichnaya N.K. Paralimpiya tarixi va oʻyin qoidalari oʻquv uslubiy qoʻllanma Ch.:”Axborot-press”nashriyoti, 2019.

Евсеев С. П. Теория и организация адаптивной физической культуры : учебник / С. П. Евсеев. – М.: Спорт, 2016. – 616 с.

Ташев М.Р. Классификация спортсменов в паралимпийских видах спорта Учебное пособие. Чирчик “BEHZODBEK PRINT” 2023.

Светличная Н.К. Адаптивная физическая культура и спорт: учебник. – Т.: «Oʻzkitob savdo nashriyot matbaa ijodiy uyi», 2021. – C. 232.

Миржамолов М.Х. Адаптив жисмоний тарбия ва спорт: ўкув қўлланма - Тошкент: O‘zkitobsavdonashriyoti, 2020.- B. 18.

Миржамолов М.Х. Давлатова Л.Т. Соғломлаштириш технологияси: ўкув қўлланма. - Тошкент: O‘zkitobsavdonashriyoti. 2020.-C. 23.