Authors

  • X.M. Ayitova
  • K.S. G‘oyibova
  • G.A. Nazarbaeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.138434

Abstract

Butun dunyoda baliq va baliq mahsulotlari insonlar uchun oziq moddalarning eng muhim manbai sanaladi. Baliqchilik bilan shug‘ullanuvchilar ko‘p asrlardan buyon okean, dengiz, daryo va ko‘llardan, shuningdek sun’iy suv havzalaridan baliq ovlab kelmoqdalar. Baliqchilik tabiiy suv havzalari baliqchiligiga va sun’iy hovuz baliqchiligiga bo‘linadi. Shuning bilan bir qatorda 2000 yildan ortiq davr mobaynida baliqlarni sun’iy suv havzalarida etishtirish bilan ham shug’ullanmoqda [1].

background image


Noyabr, 2025-Yil

14

BALIQ OVLANISHI BO‘YICHA STATISTIK MA’LUMOTLAR TAHLILI

Ayitova X.M.

G‘oyibova K.S.

Nazarbaeva G.A.

Qoraqalpoq davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.17525948

Butun dunyoda baliq va baliq mahsulotlari insonlar uchun oziq moddalarning eng muhim

manbai sanaladi. Baliqchilik bilan shug‘ullanuvchilar ko‘p asrlardan buyon okean, dengiz, daryo
va ko‘llardan, shuningdek sun’iy suv havzalaridan baliq ovlab kelmoqdalar. Baliqchilik tabiiy suv
havzalari baliqchiligiga va sun’iy hovuz baliqchiligiga bo‘linadi. Shuning bilan bir qatorda 2000
yildan ortiq davr mobaynida baliqlarni sun’iy suv havzalarida etishtirish bilan ham
shug’ullanmoqda [1].

Tabiiy suv havzalarida baliqlarni sun’iy urchitish, ovlanadigan baliqlar miqdorini

ko‘paytirish yoki ularni yangi turdagi baliqlar bilan almashtirish ishlari amalga oshiriladi. Buning
uchun maxsus baliq zavodlari barpo etiladi.

Baliqchilik - qishloq xo‘jaligi suv havzalarida baliq zaxirasini ko‘paytirish va sifatini

yaxshilash bilan shug‘ullanadi. Baliqlarni sun’iy usulda ko‘paytirish va uni yangi sharoitga
o‘rgatish, yangi turdagi baliqlarni yetishtirish, suv havzalarining meliorativ holatini
yaxshilashning biologik asoslarini va asosiy baliq yetishtirish jarayonlarining biotexnikasini ishlab
chiqish.

Iqtisodiyotning akvakultura kabi tarmog‘i shakllandi va bu tarmoq tabiiy baliq zaxiralarini

kamayib borishi natijasida ayniqsa tez rivojlandi. Baliq yetishtirish maqsadida suv havzalaridan
foydalanish, boshqa turdagi baliqlarni o‘sha yerga olib borib iqlimlashtirish baliqchilikning asosiy
vazifasi hisoblanadi. Buning uchun suv havzalari baliq ovlashga xalaqit beradigan buta va begona
o‘tlardan tozalanadi, yosh baliqlarni ko‘paytirish uchun baliqchilik pitomnigi barpo etiladi.
Baliqlar maxsus hovuzlarda ham boqiladi. Bunday hovuzlarda baliqni ko‘paytirish, parvarishlash
va uni iste’mol darajasiga yetkazguncha bo‘lgan jarayonlar amalga oshiriladi. Uvildiriqdan
chiqqan baliq chavoqlari tabiiy va sun’iy suv havzalarga qo‘yilib, oziqlantiriladi va hovuzlar
o‘g‘itlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining daryo va ko‘llarida 76 turdagi baliq mavjud bo‘lib,

baliqchilik sanoati asosida rivojlantirish 1937 yildan boshlangan.

1960 yillargacha baliq mahsuloti asosan, Orol dengizi, dengiz yaqinidagi ko‘llar hamda

Sirdaryo va Amudaryodan ovlanar edi. Yiliga o‘rtacha 25-28 ming tonna. Respublikada karp
balig‘i yetishtirilib, hovuzlardan olinadigan hosildorlik 15-18 sentnerdan oshmas edi. 1961 yili
Xitoydan olib kelinib, iqlimlashtirilgan o‘simlikxo‘r baliqlardan oq do‘ngpeshona, oq amur kabi
baliq turlari bu yer sharoitiga tez moslashib, keyinchalik baliqchilikning keskin rivojlanishiga yo‘l
ochib berdi. Hozirgi davrda respublika baliqchilik xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan baliqlarning 60-
70% o‘simlikxo‘r hisoblanadi. O‘simlikxo‘r oq amurdan kanal va kollektorlarni begona o‘tlardan
tozalashda biologik meliorator sifatida foydalaniladi.

O‘simlikxo‘r baliq turlari Sirdaryo va Amudaryoda ham tabiiy ravishda ko‘payib

bormoqda. Respublikamizdagi suv omborlari ham baliqchilikni rivojlantirishda ma’lum
ahamiyatga ega.


background image


Noyabr, 2025-Yil

15

Respublikamizda statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra keying yillarda

baliq ovlash miqdori va unga bo‘lgan talab, yildan-yilga oshib bormoqda (1-jadval) [3].


Jadval 1.

O‘zbekistonda baliq ovlanishi bo‘yicha statistik ma’lumotlar tahlili

№ Yillar

Ovlangan baliq miqdori (ming
tonna)

1

2021

171,9

2

2022

185,3

3

2023

195,9

4

2024

191,4

Oxirgi 4 yillik tahlillarga qaraqanga Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga

ko‘ra, O‘zbekistonda 2023 yilda eng ko‘p miqdorda, yani 195,9 ming tonna baliq ovlangan.

Baliq yetishtirish hajmi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,3 ga oshgan.
Hududlar miqyosida 2023 yilda ovlangan baliq hajmi:
Xorazm viloyati - 30,9 ming tonna, Toshkent viloyati - 27,1 ming tonna, Andijon viloyati -

21,7 ming tonna, Samarqand viloyati - 18 ming tonna, Namangan viloyati - 15,4 ming tonna,
Jizzax viloyati - 15,1 ming tonna, Navoiy viloyati - 13,7 ming tonna, Farg‘ona viloyati - 13,3
ming tonna, Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 11,6 ming tonna, Buxoro viloyati - 11 ming tonna,
Sirdaryo viloyati - 9,1 ming tonna, Surxondaryo viloyati - 6,9 ming tonna, Qashqadaryo viloyati -
5 ming tonna.

O‘zbekiston Respublikasida umumiy maydoni 12 ming ga bo‘lgan sun’iy ko‘l va

havzalarda 22 ming t. moddiy baliq mahsulotlari yetishtirish imkoniyatlari mavjud.
Yetishtiriladigan baliq turlarini ko‘paytirish, sharoitga mos turlarini olib kelib, iqlimlashtirishda
"O‘zbaliq" korporatsiyasining Suv havzalari hayvonlarini o‘rganish instituti ("Akvakultura")
xo‘jaliklarga yaqindan yordam beradi [2].


Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Mullabaev N.R “Baliqlarni oziqlantirish” Toshkent 2023

2.

https://.wikipedia.org

3.

https://qrstat.uz/uz/matbuot-xizmati/qo-mita-yangiliklar/18974-2024-yilda-qancha-baliq-
ovlangan

References