FARG‘ONA VODIYSI SHAROITIDA TARQALGAN ZARARLI CHIGIRTKALARINING XILMA XILLIGI

Abstract

Farg‘ona viloyati geografik joylashuvi jihatdan respublikamizning tog‘li hududlaridan biri sanaladi va tabiatiham betakrordir. Bu viloyatning atrofi tog‘lar bilan o‘ralgan. Viloyatga vodiyning tekislik qismi, Oloy va Turkiston tizmalarining tog‘oldi hududlari kiradi. Ushbu hududda to‘g‘riqanotlilarga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar juda kam darajada o‘rganilgan. Shu nuqtayi nazardan, to‘g‘riqanotlilarning tur tarkibini o‘rganish faunamizni o‘rganishda katta ahamiyatga ega.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Begjanov, M., Jumanov, . M., & Urgenichbaev , A. (2025). FARG‘ONA VODIYSI SHAROITIDA TARQALGAN ZARARLI CHIGIRTKALARINING XILMA XILLIGI. Modern Science and Research, 4(11), 16–18. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138956
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Farg‘ona viloyati geografik joylashuvi jihatdan respublikamizning tog‘li hududlaridan biri sanaladi va tabiatiham betakrordir. Bu viloyatning atrofi tog‘lar bilan o‘ralgan. Viloyatga vodiyning tekislik qismi, Oloy va Turkiston tizmalarining tog‘oldi hududlari kiradi. Ushbu hududda to‘g‘riqanotlilarga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar juda kam darajada o‘rganilgan. Shu nuqtayi nazardan, to‘g‘riqanotlilarning tur tarkibini o‘rganish faunamizni o‘rganishda katta ahamiyatga ega.


background image


Noyabr, 2025-Yil

16

FARG

ONA VODIYSI SHAROITIDA TARQALGAN ZARARLI CHIGIRTKALARINING

XILMA XILLIGI

M.K.Begjanov

Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat Universiteti.

M.A.Jumanov

Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat Universiteti.

A.A.Urgenichbaev

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xujayli tumani “Boran” avtomaktab MChJ.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17526000

Farg‘ona viloyati geografik joylashuvi jihatdan respublikamizning tog‘li hududlaridan biri

sanaladi va tabiatiham betakrordir. Bu viloyatning atrofi tog‘lar bilan o‘ralgan. Viloyatga
vodiyning tekislik qismi, Oloy va Turkiston tizmalarining tog‘oldi hududlari kiradi. Ushbu
hududda to‘g‘riqanotlilarga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar juda kam darajada o‘rganilgan. Shu
nuqtayi nazardan, to‘g‘riqanotlilarning tur tarkibini o‘rganish faunamizni o‘rganishda katta
ahamiyatga ega.

Keyingi yillar davomida xududda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, ekinlar tizimining yangidan

shakllanishi, vodiy sharoitida chigirtkalarning zarar keltirish miqdorini ancha kuchayishiga olib
keldi. Viloyatlarda chigirtkalarga qarshi kurash xizmatlarining tashkil qilinishi, hamda fermerlar
tomonidan ham chigirtkalarga qarshi kurash ishlarini olib borilishi, bu hasharotlarning tur tarkibi,
ularning ekologik xususiyatlari to‘g‘risida yangi ma`lumotlar olish uchun tadqiqot ishlarini olib
borishni taqozo etmoqda.

Farg‘ona vodiysi viloyatlari ekin maydonlarida tarqalgan chigirtkalar tur tarkibini aniqlash

maqsadida 2018 - 2025 yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar natijasida, o‘rganilgan 21 ta
tajriba maydonidan 39 chigirtka turlari aniqlandi. Bug‘doy dalalarida 10 tur, g‘o‘zada 16 tur, don-
dukkakli ekinlarda 9 tur, bog‘larda 12 tur, boshoqli donli ekinlarda 10 tur, dala ekinlari atroflarida
11 tur, sabzavot va poliz ekinlarida 9 tur chigirtkalar tarqalgan. Aniqlgan chigirtka turlaridan eng
ko‘p tarqalgan, ya`ni zichligi jihatdan dominant bo‘lgan 14 turi o‘rganildi. Dominant sifatida
aniqlangan turlarning asosiy qismi to‘da hosil qilmaydigan turlar hisoblanadi. Ularga

Pyrgomorpha bispinosa deserti

Mistsh

., Acrotylus insibiricus

Scop

., Calliptamus turanicus

Serg.Tarb.,

Calliptamus barbarus cephalotes

Fisch.,

Duroniella kalmyka

(Ad.).,

Aiolopus oxianus

Uv.,

Aiolopus thalassinus

(F.).,

Oedaleus decorus

(Germ.)

Heteracris adspersa

(Redt.).,

Dociostaurus tartarus

Uv.,

Sphingoderus carinatus

(Sauss.) turlari mansub bo‘lib, ularining

tajriba olib borilgan maydonlarda zichligi 10 – 45 ekz/soat ekanligi ma`lum bo‘ldi.

Jumladan,

Pyrgomorpha bispinosa deserti

Mistsh

., Acrotylus insibiricus

Scop

., Duroniella kalmyka

(Ad.)

kabi turlarining ekinzorlardagi zichligi 8 – 32 ekz/soat. O`zbekistonda tarqalgan to‘da hosil
qiluvchi osiyo (

Locusta migratoria

L.), marokash

(

Dociostaurus maroccanus

Thnd.), voha

(

Calliptamus italicus italicus

L.)

chigirtkalaring Farg‘ona vodiysi xududlarida tarqalganligi

ma`lum. Ularning ekinzorlardagi zichligi ancha baland bo‘lib, o‘rtacha 35 – 90 ekz/soat miqdorda
bo‘lgan.

Tadqiqot ishlari davomida Farg‘ona vodiysida g‘o‘za ekinlari va bog‘larda ko‘p miqdorda

uchraydigan yuqorida keltirilgan turlarning ekologik xususiyatlari ham o‘rganildi. Bu turlarning
ayrimlari, ya`ni

Pyrgomorpha bispinosa deserti

Mistsh

., Acrotylus insibiricus

Scop

., Duroniella


background image


Noyabr, 2025-Yil

17

kalmyka

(Ad.) kabi

turlarning imagolari butun vegetatsiya davrida uchraydi. Ular yil davomida 2-

3 avlod berib rivojlanadi va asosan dala atroflaridagi suv shahobchalari bo‘ylarida, partov erlarda
rivojlanadi va shuning uchun

ham ekinzorlarda ularning miqdori ancha yuqori bo‘lgan.

Yakka xolda rivojlanuvchi, ya`ni to‘da hosil qilmaydigan chigirtkalarning zarar keltirish

imkoniyatini belgilab beruvchi asosiy ko‘rsatgichlaridan biri, bu ularning kupayish potentsiali
bo‘lib hisoblanadi. Yalpi rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lgan turlar jinsiy mahsuldorligi ancha
yuqori bo‘lib, osiyo chigirtkasining xar bir ko‘zasida uning tuxumlari miqdori 55 – 120 tagacha
bo‘ladi va ular butun hayoti davomida 5-7 dona ko‘zacha xolatida tuxum qo‘yishi aniqlangan.
Xuddi shuningdek, marokash va voha chigirtkalarining ham biologik potentsiali ancha yuqori
bo‘ladi va ular katta miqdorda hasharotlar galalarini hosil qiladi. Shuning uchun ham bu turlar
xavfli zararkunandalar qatoriga kiritilgan. Yakka holda yashovchi turlar mahsuldorligi ancha past.
Jumladan,

Pyrgomorpha bispinosa deserti

Mistsh

.

– 1 ta ko‘zachasida 30-54 ta,

Acrotylus

insibiricus

Scop

.

–ko‘zachasida 14-30 ta,

Duroniella kalmyka

(Ad.)

–ko‘zachasida 18 tagacha ,

Calliptamus turanicus

Serg.Tarb. - ko‘zachasida 35-50 ta,

Calliptamus barbarus cephalotes

-

ko‘zachasida 42-50 ta,

Aiolopus thalassinus

(F.) - ko‘zachasida 10-33 ta,

Oedaleus decorus

(Germ.) - ko‘zachasida 21-31 ta,

Heteracris adspersa

(Redt.) - ko‘zachasida 35-53 ta,

Dociostaurus tartarus

Uv. - 1 ta ko‘zachasida 18-24 ta tuxum bo‘ladi. Shuning bilan birga yakka

holda yashovchi chigirtkalarning biologik potentsialini belgilovchi ko‘rsatgichlaridan biri bo‘lgan
ya`ni ular imagolarining katta kichikligi (razmeri) va biomasasi bilan ham ifodalanadi.
Chigirtkalar imagosi urg‘ochi individlarining biomassasini taqqoslash natijalariga asosan to‘da
hosil qiluvchi turlarning bu ko‘rsatgichi yakka holda yashovchi turlar ko‘rsatgichiga nisbatan
ancha yuqori ekanligi aniqlandi. Osiyo chigirtkasi imagosi urg‘ochi zotlarining biomasasi o‘rtacha
2090 mg. marokash chigirtkasi va voha chigirtkalari individlarining biomassasi mo ravishda 1189
mg. va 993 mg. bo‘lgan xoda, yakka holda uchraydigan turlar biomassasi ancha kam ekanligini
ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, bu ko‘rsatgich

Pyrgomorpha bispinosa(sonisa) deserti

turi uchun

– 269 mg.,

Acrotylus insibiricus

Scop

.

uchun

– 265 mg. va

Aiolopus thalassinus

(F.) – 298 mg.,

Oedaleus decorus

(Germ.) – 829 mg.,

Heteracris adspersa

(Redt.) – 863 mg.,

Dociostaurus

tartarus

Uv. – 335 mg. bo‘lib, bu ko‘rsatgichlar hasharot turlarining bipotentsialini belgilashda

muhim ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jalik ekinlari dalalarida tarqalgan turlarning asosiy
rivojlanishi o‘choqlari bu dala atrofidagi begona o‘tlar qoplagan uvatlar, tashlandi maydonchalar,
suv shaxobchalari bo‘ylari bo‘lganligi sababli to‘da hosil qilmaydigan chigirtka turlarining keng
doirada tarqalishi imkoniyatlari chegaralangan. Yuqorida keltirilgan ma`lumotlarni e`tiborga olgan
holda dala sharoitida uchraydigan chigirtka turlarini bu ekinzorlar uchun doimiy xavf solib
turuvchi tur sifatida hisoblash uchun asos yo‘q, lekin ular miqdorini nazorat qilib turish zarur.

Farg‘ona vodiysi dala ekinlari maydonlarida aniqlangan turlarning xafli zararkunanda

sifatida qayd qilish uchun ularning dala sharoitida uchrash zichligidan tashqari, biologik
potentsiallarini o‘rganganimizda, yuorida qayd qilingan yakka holda uchraydigan turlar ekinlarga
iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan miqdorda zarar keltirishini aniqlash va ularga qarshi maxsus
kurash choralarini olib borish yuzasidan bir qator tadqiqotlar va kuzatishlar o‘tkazishni taqoza
qilishi aniqlandi. Shuning bilan birga dala sharoitida marokash, osiyo va voha chigirtkalarining
tarqalganligi to‘hrisidagi ma`lumotlar bu turlarning rivojlanish o‘choqlarini dalalardan uzoq yoki
yaqinligini aniqlash va ularni nazorat qilish muhim ekanligini belgilab beradi.


background image


Noyabr, 2025-Yil

18

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Бекузин А.А. Материали к фауне и экологии эндемов некоторих ортоптероидов
(Orthopteroidea) горних осибей Средней Азии // В кн.: Фауна и зоогеография
насекомих Средней Азии. - Душанбе: Дониш, 1966. - С. 61-67.

2.

Bey-Bienko G.Ya., Mistshenko L.L. 1951. Locusts and Grasshoppers of the U.S.S.R. and
Adjacent Countries. Moscow - Leningrad: Academy of Sciences of the USSR. 668 p.

3.

Лачининский А.В., Сергеев М.Г., Чильдебаев М.К., Черняховский М.Е., Камбулин
В.Е., Локвуд Дж. А., Гаппаров Ф.А. Саранчовие Казахстана, Средней Азии и
сопредельних территорий. - Ларами, 2001. - 387 с.

4.

Медетов М.Ж. Ўзбекистон арид ҳудудларининг тўғриқанотли ҳашаротлари (Insecta:
Orthoptera): Биол. фан. док ри.... дисс. автореф. - Тошкент, 2018. - 60 б.

5.

Nurjanov A.A., Medetov M.ZH., Gapparov F.A., Kholmatov B.R., Abdullayev I.I.,
Tufliyev N.Kh., Nurjonov F.A. Orthoptera (Insecta) fauna of the Kashkadarya region,
Uzbekistan // Biodiversitas. - Vol. 24. - №1. January 2023. - P. 112-121.
DOI:10.13057/biodiv/d24115.

6.

Правдин Ф.Н. Экологическая география насекомых Средней Азии. - Ортоптероиди. -
М.: Наука, 1978. - 272 с.

7.

Сергеев М.Г. Закономерности распространения прямокрылых насекомых Северной
Азии. Издательство «Наука», Новосибирск:1986.- 237 с.

8.

Чильдебаев М.К. Материалы по фауне и экологии прямокрылых насекомых
(Orthoptera) Карагандинской области (центральный Казахстан) // Новости НАН РКз.
Серия биологическая и медицинская. 2017. - № 3. - С. 113-119.

9.

Эргашев Н. К фауне сверчковых (Grilloidea) Узбекистана // В кн.: Экология
насекомых Узбекистана и научные основы борьбы с вредными видами. - Ташкент:
Фан, 1968. - С. 58-64.


References

Бекузин А.А. Материали к фауне и экологии эндемов некоторих ортоптероидов (Orthopteroidea) горних осибей Средней Азии // В кн.: Фауна и зоогеография насекомих Средней Азии. - Душанбе: Дониш, 1966. - С. 61-67.

Bey-Bienko G.Ya., Mistshenko L.L. 1951. Locusts and Grasshoppers of the U.S.S.R. and Adjacent Countries. Moscow - Leningrad: Academy of Sciences of the USSR. 668 p.

Лачининский А.В., Сергеев М.Г., Чильдебаев М.К., Черняховский М.Е., Камбулин В.Е., Локвуд Дж. А., Гаппаров Ф.А. Саранчовие Казахстана, Средней Азии и сопредельних территорий. - Ларами, 2001. - 387 с.

Медетов М.Ж. Ўзбекистон арид ҳудудларининг тўғриқанотли ҳашаротлари (Insecta: Orthoptera): Биол. фан. док ри.... дисс. автореф. - Тошкент, 2018. - 60 б.

Nurjanov A.A., Medetov M.ZH., Gapparov F.A., Kholmatov B.R., Abdullayev I.I., Tufliyev N.Kh., Nurjonov F.A. Orthoptera (Insecta) fauna of the Kashkadarya region, Uzbekistan // Biodiversitas. - Vol. 24. - №1. January 2023. - P. 112-121. DOI:10.13057/biodiv/d24115.

Правдин Ф.Н. Экологическая география насекомых Средней Азии. - Ортоптероиди. - М.: Наука, 1978. - 272 с.

Сергеев М.Г. Закономерности распространения прямокрылых насекомых Северной Азии. Издательство «Наука», Новосибирск:1986.- 237 с.

Чильдебаев М.К. Материалы по фауне и экологии прямокрылых насекомых (Orthoptera) Карагандинской области (центральный Казахстан) // Новости НАН РКз. Серия биологическая и медицинская. 2017. - № 3. - С. 113-119.

Эргашев Н. К фауне сверчковых (Grilloidea) Узбекистана // В кн.: Экология насекомых Узбекистана и научные основы борьбы с вредными видами. - Ташкент: Фан, 1968. - С. 58-64.