MILLIY TELERADIOKANALLARDA REKLAMA UZATISHDA MILLIY O’ZIGA XOSLIK VA XALQARO TAJRIBA UYG’UNLIGI

Annotasiya

Milliy teleradiokanallarda reklama uzatishda milliy o’ziga xoslik va xalqaro tajriba uyg’unligi, mahsulotlar reklamasida ilgari surilgan g’oyalar va ularning kundalik hayotga ta’siri, reklama marketingi va axborot faoliyati haqida fikr yuritildi. Ushbu maqolada milliy teleradiokanallarda reklama uzatish jarayonida milliy o‘ziga xoslikni saqlagan holda xalqaro tajribani uyg‘unlashtirish masalalari tahlil qilinadi. Reklama — jamiyat madaniyati, qadriyatlari va iste’molchilarning psixologiyasini ifoda etuvchi muhim kommunikativ vosita sifatida qaraladi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston teleradiokanallarida reklama mazmuni va shaklida milliy an’analar, urf-odatlar, til va madaniyat elementlarini saqlash bilan bir qatorda, ilg‘or xorijiy yondashuvlardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada turli mamlakatlarning reklama sohasidagi tajribalari o‘rganilib, ularni mahalliy media muhitga moslashtirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, zamonaviy marketing texnologiyalari, raqamli platformalar va kreativ yondashuvlar orqali milliy reklama samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston teleradiokanallari uchun milliy va global reklama amaliyotlari uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Toshpo֬latova L. (2025). MILLIY TELERADIOKANALLARDA REKLAMA UZATISHDA MILLIY O’ZIGA XOSLIK VA XALQARO TAJRIBA UYG’UNLIGI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(11), 32–38. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138971
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Milliy teleradiokanallarda reklama uzatishda milliy o’ziga xoslik va xalqaro tajriba uyg’unligi, mahsulotlar reklamasida ilgari surilgan g’oyalar va ularning kundalik hayotga ta’siri, reklama marketingi va axborot faoliyati haqida fikr yuritildi. Ushbu maqolada milliy teleradiokanallarda reklama uzatish jarayonida milliy o‘ziga xoslikni saqlagan holda xalqaro tajribani uyg‘unlashtirish masalalari tahlil qilinadi. Reklama — jamiyat madaniyati, qadriyatlari va iste’molchilarning psixologiyasini ifoda etuvchi muhim kommunikativ vosita sifatida qaraladi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston teleradiokanallarida reklama mazmuni va shaklida milliy an’analar, urf-odatlar, til va madaniyat elementlarini saqlash bilan bir qatorda, ilg‘or xorijiy yondashuvlardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada turli mamlakatlarning reklama sohasidagi tajribalari o‘rganilib, ularni mahalliy media muhitga moslashtirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, zamonaviy marketing texnologiyalari, raqamli platformalar va kreativ yondashuvlar orqali milliy reklama samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston teleradiokanallari uchun milliy va global reklama amaliyotlari uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

32

MILLIY TELERADIOKANALLARDA REKLAMA UZATISHDA MILLIY O’ZIGA

XOSLIK VA XALQARO TAJRIBA UYG’UNLIGI

Toshpo֬latova Luiza Bahodir qizi

O’zbekiston jurnalistika va ommaviy komunikatsiyalar universiteti o’qtuvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17522007

Annotatsiya.

Milliy teleradiokanallarda reklama uzatishda milliy o’ziga xoslik va

xalqaro tajriba uyg’unligi, mahsulotlar reklamasida ilgari surilgan g’oyalar va ularning
kundalik hayotga ta’siri, reklama marketingi va axborot faoliyati haqida fikr yuritildi. Ushbu
maqolada milliy teleradiokanallarda reklama uzatish jarayonida milliy o‘ziga xoslikni saqlagan
holda xalqaro tajribani uyg‘unlashtirish masalalari tahlil qilinadi. Reklama — jamiyat
madaniyati, qadriyatlari va iste’molchilarning psixologiyasini ifoda etuvchi muhim
kommunikativ vosita sifatida qaraladi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston teleradiokanallarida
reklama mazmuni va shaklida milliy an’analar, urf-odatlar, til va madaniyat elementlarini
saqlash bilan bir qatorda, ilg‘or xorijiy yondashuvlardan samarali foydalanish muhim ahamiyat
kasb etadi. Maqolada turli mamlakatlarning reklama sohasidagi tajribalari o‘rganilib, ularni
mahalliy media muhitga moslashtirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, zamonaviy
marketing texnologiyalari, raqamli platformalar va kreativ yondashuvlar orqali milliy reklama
samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston
teleradiokanallari uchun milliy va global reklama amaliyotlari uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha
takliflarni o‘z ichiga oladi.

Kalit so’zlar:

jamiyat, ommaviy axborot vositalari, reklama, reklama madaniyati, shaxs,

axborot, ishlab chiqarish, tovar, xizmat, marketing, milliy teleradiokanallar, reklama, milliy
o‘ziga xoslik, xalqaro tajriba, madaniyat, urf-odat, kommunikatsiya, marketing, kreativlik,
global tendensiyalar, raqamli texnologiyalar, reklama samaradorligi, ommaviy axborot
vositalari, auditoriya, media bozori.

Аннотация.

В статье рассматриваются вопросы гармонизации национального

опыта и международного опыта в рекламе на национальных телерадиоканалах, идеи,
выдвигаемые в продуктовой рекламе, и их влияние на повседневную жизнь, рекламный
маркетинг и информационную деятельность. В статье анализируются вопросы
гармонизации международного опыта при сохранении национальной идентичности в
процессе рекламы на национальных телерадиоканалах. Реклама рассматривается как
важный коммуникативный инструмент, выражающий культуру, ценности общества и
психологию потребителей. С этой точки зрения, наряду с сохранением национальных
традиций, обычаев, элементов языка и культуры в содержании и форме рекламы на
узбекских телерадиоканалах, важно эффективно использовать передовые зарубежные
подходы. В статье изучается опыт разных стран в сфере рекламы и показаны пути его
адаптации к местной медиасреде. Также анализируются возможности повышения
эффективности национальной рекламы за счет современных маркетинговых технологий,
цифровых платформ и креативных подходов. Результаты исследования включают
предложения по обеспечению согласованности национальной и мировой рекламной
практики для узбекских телерадиоканалов.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

33

Ключевые слова:

общество, средства массовой информации, реклама, рекламная

культура, личность, информация, производство, товары, услуги, маркетинг,
национальные телерадиоканалы, реклама, национальная идентичность, международный
опыт, культура, традиции, коммуникация, маркетинг, креативность, мировые
тенденции, цифровые технологии, эффективность рекламы, средства массовой
информации, аудитория, медиарынок.

Abstract.

The article discusses the harmonization of national identity and international

experience in advertising on national television and radio channels, the ideas put forward in
product advertising and their impact on everyday life, advertising marketing and information
activities. This article analyzes the issues of harmonizing international experience while
maintaining national identity in the process of advertising on national television and radio
channels. Advertising is considered an important communicative tool that expresses the culture,
values of society and the psychology of consumers. From this point of view, along with
preserving national traditions, customs, elements of language and culture in the content and
form of advertising on Uzbek television and radio channels, it is important to effectively use
advanced foreign approaches. The article studies the experiences of different countries in the
field of advertising and shows ways to adapt them to the local media environment. It also
analyzes the possibilities of increasing the effectiveness of national advertising through modern
marketing technologies, digital platforms and creative approaches. The research results include
proposals to ensure the coherence of national and global advertising practices for Uzbek
television and radio channels.

Keywords:

society, mass media, advertising, advertising culture, personality,

information, production, goods, services, marketing, national television and radio channels,
advertising, national identity, international experience, culture, traditions, communication,
marketing, creativity, global trends, digital technologies, advertising effectiveness, mass media,
audience, media market.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasining "Reklama to'g'risida"gi Qonunida reklamaga quyidagicha

ta'rif berilgan: "Reklama - bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik yoki
jismoniy shaxslar, mahsulot, shu jumladan tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi va
texnologiyalar to'g'risida har qanday shaklda va har qanday vositalar yordamida qonun
hujjatlariga muvofiq tarqatiladigan maxsus axborot".

Hozirgi paytda reklama bozor iqtisodiyotining muhim elementlaridan biri bo'lib, uni

rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Korxonani taraqqiy ettirishg to'g'ri rejalashtirilgan va yaxshi
tashkil qilingan reklama jiddiy ta'sir ko'rsatadi, u mahalliy qonunchilikka bo'ysunadi, milliy
an'analarni hisobga olishi, ishonchli, to'g'ri bo'lishi, yolg'on ma'lumotlarni bermasligi lozim.

Reklama turmushimizdan mustahkam o'rin egalladi. U jadal rivojlanib bormoqda hamda

mustaqil va qudratli sanoatga aylanmoqda. Rossiya va Evropa Ittifoqining bir qator
universitetlarida jurnalistika va reklama fakultetlari va samarali ko'rsatmoqda. 1999 yilda
Moskva shahrida birinchi ixtisoslashgan oliy o'quv yurti – xalqaro reklama instituti tashkil etildi,
unda reklama marketingi va menejmenti, reklamada fotosurat va operatorlik mahorati hamda


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

34

reklamada kompyuter texnologiyalari bo'yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Shu jumladan,
O’zbekistonda OAV toboro xususiylashishi va o’z-o’zini mablag’ bilan ta’minlash majburiyati
reklama bozorida ham raqobatni kuchaytirdi. Endi teleradiokanallar, bosma va internet nashrlari
o’z mahsulotlarini sifatini oshirish barobarida reklama beruvchilarni o’ziga jalb etmoqda.

Milliy reklama bozori aholining turmush-tarzi, ehtiyojlari, xohish-istaklari, din va

an’analarini doimiy o’rganadi, tadqiq etadi va shu asosida yangi mahsulotlar yaratadi.

Xalqaro tovar savdo belgilarining dunyodagi turli mintaqalar uchun maxsus reklama

guruhlari izlanish olib boradi. Birgina misol, “Coca Cola” kompaniyasi Sharq davlatlarida efirga
uzatish uchun maxsus roliklar ishlab chiqaradi, ularda milliy bayramlar, oila davrasi, mehr-
oqibat, sharqona fazilatlar yaqqol aks etadi. G’arb madaniyati esa kreativlikni, yangiliklarni,
zamonaviy turmush tarzi aks ettirilgan materiallarga ko’proq e’tibor qaratadi.

Shu jihatdan iste’molchilar turmush tarzi va madaniyatning reklama olamiga ta’siri

yuqori baholanadi. “Coca Cola” mahsulotining reklamasidagi Sharq nafasi O’zbekiston OAVida
yirik mablag’ evaziga reklama joylashtiruvchi xalqaro kompaniyalardan biri ekanligi va sotuv
hajmining yuqoriligini ta’minlaydi.

O’zbekiston ichki bozoridagi milliy mahsulotlar reklama sanoati ham so’nggi 10 yilda

rivojlandi. Yurtimizda 2022-yilga ya’kuniga kelib mingga yaqin PR va reklama bilan
shug’ullanuvchi xususiy tashkilotlar faoliyat olib bormoqda. Ular kichik va o’rta biznesdagi
mahsulotlar reklamasidan tortib to yirik milliy va xalqaro kompaniyalar uchun ham ishlashadi.

Davlat tashkilotlari, yirik korxona va kompaniyalar reklma, hayriya tadbirlari, yangi

mahsulot taqdimoti va matbuot anjumanlari kabi reklama tizimini tashkillovchi PR jamoasiga
ega. So’nggi yillarda milliy brendlarimizning kreativ va sifatli reklamalari xalqaro bozordagi
sotuv hajmini ham keskin oshirishda muhim rol o’ynamoqda. Bu kabi samarali loyihalar sifatida
“Artel”, “Akfa”, “SAG gilamlari”, “Chevrolet Uzbekistan” kompaniyalari misol bo’la oladi.
Dori vositalari reklamasi – o'ziga xos mavzu. Unda mutaxassis va aholining axborot ehtiyojlari
firmalar – ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlarinng tijorat manfaatlari bilan kesishadi.

Asosiy qisim

Dori vositalari reklamasi juda muhim ahamiyatga ega.Buni O'zbekiston Respublikasining

"Fuqarolar sog'lig'ini muhofaza qilish to'g'risida”gi (1996y.), "Dori vositalari va farmasevtika
faoliyati to'g'risida"gi (1997y.), "Reklama to'g'risidagi" (1998y.) qonunlari, O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasining "Reklama to'g'risida"gi
Qonunini amalga oshirib chora - tadbirlari to'g'risida"gi qarori (2000y.), O'zbekiston
Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining "Shifokor reseptisiz sotiladigan dori vositalari
ro'yxati haqida"gi buyruqlari (2010y.) va hokazolar tasdiqlab turibdi. Qo'llanishi va realizasiya
qilinishi yuzasidan tegishli davlat organlari maxsus ruxsatnoma bermay turib kosmetika
vositalari, maishiy kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, vitaminli va biologik jihatdan ta'sirchan oziq-
ovqat qo'shimchalarini reklama qilish taqiqlanadi.

O'zbekiston Respublikasining "Reklama to'g'risida"gi Qonuniga binoan dori vositalari

reklamasida quyidagilar bo'lishi shart:

dori vositasining to'liq nomi (shu jumladan, xalqaro farmakologik nomi) va ishlab

chiqaruvchisining nomi;


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

35

dori vositasidan foydalanish yoki uni qo'llash haqidagi axborot. Quyidagilarni

reklama

qilish taqiqlanadi:

faqat shifokorning ko'rsatmasi (resepti) bo'yicha beriladigan dori vositalari;

tarkibida giyohvandlik vositalari va (yoki) psixotrop moddalari bo'lgan dori vositalari;

O'zbekiston Respublikasida tibbiyotda qo'llanishga ruxsat berilmagan dori vositalari.

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining ruxsatisiz quyidagilarni reklama

qilish taqiqlanadi:

Voyaga yetmaganlarga mo'ljallangan dori vositalari;

davolash seanslari, gipnozdan va ruhiy yoki bioenergetik ta'sirning boshqa usullaridan

foydalanib amalga oshiriladigan shunga o'xshash tadbirlar;

tibbiy yo'sindagi buyumlar, tibbiy texnika, gigiena vositalari, dezinfektsiya, dezinsektsiya

va deratizasiya vositalari;

davolab bo'lmaydigan yoki davolash qiyin bo'lgan kasalliklarga nisbatan samarali

terapevtik usul.

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining qonunchilikka muvofiq ishlab

chiqilgan 2010-yil 12-martdagi 74-sonli "Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy xizmatlar
reklamasiga ruxsat berish tartibi to'g'risida"gi buyrug'ini joriy etish quyidagilar imkonini berdi:

reklama qilinayotgan barcha turdagi materiallarni ekspertizadan o'tkazish;

dori vositalari harakatini, xo'jalik sub'ektlari tomonidan tibbiy xizmatlarni reklama

qilishni tartibga solish;

aholininvijdonsiz reklamadan himoya qilish;

Sog'liqni saqlash vazirligi me'yoriy hujjatlarini Qonunchilik talablariga moslashtirish;

ilgari ruxsat berilgan materiallar monitoringini olib borish.

Dori vositalari reklamasini tartibga soluvchi me'yoriy baza tahlil etilganda buyruqlar va

qarorlarda bir qator kamchiliklar va ziddiyatlar borligi aniqlandi. Reklama sohasida
qonunchilikni amaliy qo'llashning asosiy muammolari quyidagilardan iborat:

reklama axborotining to'liq emasligi, xususan, unda dori vositalarining nojo'ya ta'sirlari

haqida ma'lumotlar berilmaydi;

ommaviy axborot vositasini tibbiyot va farmasevtika xodimlariga mo'ljallangan maxsus

nashrlar toifasiga kiritilishi muammosi, chunki bunday nashrlarning ta'rifi va belgilari yo'q;

aksariyat hollarda reklama berishda gap kasallikni davolash haqida emas, balki uning

alomatlarini yo'qotish haqida ketayotgani atayin "unutiladi";

reklama qilinayotgan dori vositasi ko'pincha "hamma darddan davo" sifatida ko'rsatiladi

va mijozlarning xususiyatlari va mavjud qarshi ko'rsatmalar hisobga olinmaydi.

O’zbekiston OAVda tovarlar reklamasini tarqatish kanallari quyidagilar: ommaviy

axborot vositalari: televidenie, radio, Internetdagi reklama, transport vositalaridagi reklama,
tashqi reklama va boshqalar. (3-jadval).

So'nggi paytlarda yorug' diodli reklama ham rivojlana boshladi. Yorug' diodli ekran

tashqi reklama uchun keng imkoniyatlar ochadi va bir qator afzalliklarga ega: tasvirning tiniqligi,
tomoshabinga chuqurroq hissiy ta'sir o'tkazish, axborotni operativ joylashtirish va o'zgartirib
turish mumkinligi, kuniga 24 soat ishlashi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

36

Asosiy axborot turlari tavsifi. 3-jadval

Axborot

tashuvchisi

Afzalliklari

Kamchiligi

Gazetalar

Moslashuvchanlik, o'z vaqtida

berilishi, ishonch darajasining

yuqoriligi

Bosmaning past sifati, gazetxonlar

sonining cheklanganligi

Jurnallar

Uzoq vaqt saqlanishi, ishonch va

obro'lilik

Reklama maydonini sotib olish bilan

reklama chiqishi o'rtasida tanaffus

katta.

Televidenie

Tasvir va tovushning birligi, yuqori

qamrov darajasi

Narxining yuqoriligi, reklama ta'siri

vaqtining qisqaligi

Radio

Ommaviylik, past narxlar

Axborot faqat ovoz bilan beriladi,

ta'sir vaqtining kamligi

Tashqi reklama

Moslashuvchanlik, past narxlar,

reklama ta'sirining takrorlanishi

Auditoriyaning cheklanganligi

Yorug' diodli ekran

Yuqori sifatli tasvir, reklamani

operativ joylashtirish, uzluksiz ish

Nisbiy yuqori narxlar

Internet

Sara auditoriya, nisbatan past

narxlar

Yolg’on axborotning ko’payishi

natijasida paydo bo’lgan

ishonchsizlik

Telefon

Foydalanuvchilarning ko'pligi,

individual aloqa o'rnatish

mumkinligi

Yuqori narx

Pochta reklamasi

Moslashuvchanlik, raqobatning

yo'qligi, manzilli tusga ega

Yuqori narx

Natijalar va muhokamalar

O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Reklama

to’g’risida”gi qonunining 6-bobida ayrim turdagi reklama vositalari orqali reklama tarqatishning
o‘ziga xos xususiyatlari aks etgan. Ushbu qonunning 27-moddasida televideniyedagi reklamaga
to’liq tarif beriladi.

Telekanallar efirida, tele-, video-, kinoxronikali dasturlarda tarqatilayotgan reklamaning

(shu jumladan teledo‘kon reklamasi kabi reklamaning) umumiy davomiyligi ko‘rsatuv vaqtining
bir soati davomida yigirma foizdan, biroq bir sutkada ko‘rsatuv vaqtining o‘n besh foizidan
oshishi mumkin emas. Ushbu talab faqat reklama teledasturlariga ixtisoslashtirilgan
telekanallarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Davomiyligi o‘n daqiqadan kam bo‘lgan teleko‘rsatuvlarni reklama bilan uzib qo‘yishga

va reklama bilan birga namoyish etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sport musobaqasining (shu jumladan sport bellashuvlari, o‘yinlari, janglari,

poygalarining) jonli efirdagi yoki yozib olingan holdagi namoyishi, agar telekanalning huquq
egasi bilan tuzilgan shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, faqat sport
musobaqalari jarayonidagi tanaffuslarda yoki ular to‘xtatib turilgan vaqtda reklama bilan, shu
jumladan homiylik reklamasi bilan uzib qo‘yilishi mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

37

Quyidagilar taqiqlanadi:
reklama joylashtirish maqsadida davlat tadbirlari va marosimlarining namoyishini uzib

qo‘yish;

reklama va reklama haqidagi anons, shu jumladan teledastur anonsi tovushining

balandligi darajasini reklama va reklama haqidagi anons bilan uzib qo‘yilgan teledastur va
teleko‘rsatuv tovushiga nisbatan balandroq qilib belgilash;

teleko‘rsatuvlar namoyish qilinayotganda reklama maqsadlarida harakatlanuvchi satrdan

foydalanish, bundan reklama bloki vaqtida foydalanish mustasno;

teleko‘rsatuvlarga videoplashkalarni (teleko‘rsatuv namoyishi vaqtida ko‘rinib qoladigan

tijorat axborotini) joylashtirish, bundan reklamaning o‘zini, shuningdek reklama huquqi asosida
efirga chiqariladigan ko‘rsatuvni namoyish etish vaqti mustasno. Bunda videoplashka o‘lchami
ekran sathining o‘n foizidan oshmasligi va uning pastki qismida gorizontal holatda
joylashtirilgan bo‘lishi kerak.

Ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining talablari:
tegishli telekanalda namoyish qilinayotgan teleko‘rsatuvlar to‘g‘risidagi teledasturlarda

joylashtiriladigan axborotga;

teledasturning logotipiga va mazkur teledastur haqidagi axborotga nisbatan tatbiq

etilmaydi.

Chet el telekanallari retranslatsiya qilinayotganda tarqatiladigan reklama axborotining

ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini ta’minlash imkoni
bo‘lmagan taqdirda, bunday kanallarning dasturlari reklamadan foydalanuvchilarga reklama
axborotisiz taqdim etiladi.

1

“Reklama to’g’risida”gi qonunning 28-moddasi esa radio efirlarda reklama uzatish

qonunchiligi yoritib berilgan.

Xulosa

Radioda tarqatilayotgan reklamaning, radiodasturlarni reklama bilan uzib qo‘yishning

umumiy davomiyligi eshittirish vaqtining bir soati davomida yigirma foizdan, biroq bir sutkada
eshittirish vaqtining o‘n besh foizidan oshishi mumkin emas. Ushbu talab eshittirishlari faqat
reklama radiodasturlariga ixtisoslashtirilgan radiokanallarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Sport musobaqasining (shu jumladan sport bellashuvlari, o‘yinlari, janglari,

poygalarining) jonli efirdagi yoki yozib olingan holdagi namoyishi, agar radiokanalning huquq
egasi bilan tuzilgan shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, faqat sport
musobaqalari jarayonidagi tanaffuslarda yoki ular to‘xtatib turilgan vaqtda reklama bilan, shu
jumladan homiylik reklamasi bilan uzib qo‘yilishi mumkin.

Quyidagilar taqiqlanadi:
reklama joylashtirish maqsadida davlat tadbirlari va marosimlarining namoyishini uzib

qo‘yish;

reklama va uning anonsi, shu jumladan radioeshittirishlar haqidagi anons tovushining

balandligi darajasini reklama va radioeshittirishlar reklamasi haqidagi anons bilan uzib qo‘yilgan
eshittirish tovushiga nisbatan balandroq qilib belgilash.

1

O’zbekiston Respublikasi “Reklama to’g’’risida”gi Qonuni. 27-modda.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

38

Chet el radiokanallari retranslatsiya qilinayotganda tarqatiladigan reklama axborotining

ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini ta’minlash imkoni
bo‘lmagan taqdirda, bunday kanallarning dasturlari reklamadan foydalanuvchilarga reklama
axborotisiz taqdim etiladi.

2

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Bahodirov B va boshqalar. O`zbekiston Respublikasi “ Reklama to`g’risida”gi qonuniga
sharxlar. -T.: Sharq, 2008.

2.

Irnazarov T. va boshqalar. Hozirgi zamon jurnalistikasi. T., Aloqachi. 2008.

3.

Кравченко А.И., Анурин В.Ф. Социология.- M.: Питер. 2007.

4.

Rashidova M. Reklama faoliyati uslubiyoti. - Toshkent. 2010.

5.

Rendall D. Universal journalism. - W., 1998.

6.

Уткин Э. А., Кочеткова А.И. Рекламное дело- М.: Тандем, 1997.

7.

O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2019.

8.

Xudoyberdiyeva, D. Ommaviy axborot vositalarida reklama va PR texnologiyalari. –
Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2021.

9.

Tojiboyeva, M. Milliy OAVda reklama siyosati va auditoriya ehtiyojlari. – Toshkent: Fan
va texnologiya, 2020.

10.

Bekmurodov, A. Marketing asoslari. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2018.

11.

Kotler, P., Keller, K. L. Marketing Management. – New Jersey: Pearson Education, 2016.

12.

Dyer, G. Advertising as Communication. – London: Routledge, 2013.

13.

McQuail, D. McQuail’s Mass Communication Theory. – London: Sage Publications, 2010.

14.

Hofstede, G. Culture’s Consequences: International Differences in Work-Related Values. –
Beverly Hills: Sage, 2001.

15.

Jenkins, H. Convergence Culture: Where Old and New Media Collide. – New York: New
York University Press, 2006.

2

O’zbekiston Respublikasi “Reklama to’g’risida”gi Qonuni. 28-modda.

Bibliografik manbalar

Bahodirov B va boshqalar. O`zbekiston Respublikasi “Reklama to`g’risida”gi qonuniga sharxlar. -T.: Sharq, 2008.

Irnazarov T. va boshqalar. Hozirgi zamon jurnalistikasi. T., Aloqachi. 2008.

Кравченко А.И., Анурин В.Ф. Социология.- M.: Питер. 2007.

Rashidova M. Reklama faoliyati uslubiyoti. - Toshkent. 2010.

Rendall D. Universal journalism. - W., 1998.

Уткин Э. А., Кочеткова А.И. Рекламное дело- М.: Тандем, 1997.

O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2019.

Xudoyberdiyeva, D. Ommaviy axborot vositalarida reklama va PR texnologiyalari. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2021.

Tojiboyeva, M. Milliy OAVda reklama siyosati va auditoriya ehtiyojlari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.

Bekmurodov, A. Marketing asoslari. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2018.

Kotler, P., Keller, K. L. Marketing Management. – New Jersey: Pearson Education, 2016.

Dyer, G. Advertising as Communication. – London: Routledge, 2013.

McQuail, D. McQuail’s Mass Communication Theory. – London: Sage Publications, 2010.

Hofstede, G. Culture’s Consequences: International Differences in Work-Related Values. – Beverly Hills: Sage, 2001.

Jenkins, H. Convergence Culture: Where Old and New Media Collide. – New York: New York University Press, 2006.