Noyabr, 2025-Yil
74
SPORT YAKKAKURASHLARIDA MASHG‘ULOTLAR TA’SIRIGA MOSLASHISH
USULLARI
Sharipov Timur
Berdaq atindag`i Qaraqalpaq ma`mleketlik universiteti.
Dene ma`deniyati teoryasi ha`m metodikasi kafedrasi. Asistent oqitiwshisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17569872
Annotatsiya.
Bu maqolada T.S.Achilov va T.U. Zufarovlarning ko’p yillik ilmiy
tadqiqotlarida yuklamalar darajasini oshirish va sportchilarning ish faoliyatini rivojlantirishni
fazalarga bo‘linishini hisobga olgan holda o‘yin va o‘yinlararo sikllarda mashg‘ulot
yuklamalarini o‘zgartirish tizimida kompensatsiya va superkompensatsiya mexanizmlaridan
foydalanish imkonini berdi. Sportchining joriy holatini baholash va mashg‘ulot siljishlarini
aniqlashga asoslangan yuklamalarni o‘zgartirish tizimlari mashg‘ulot jarayonini faollashtirish va
uning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
Kalit so`zlar:
Trevoga fazasi.Qarshilik ko‘rsatish fazasi. Charchoq fazasi. Fazaning
davomiyligi.
Sport fiziologiyasida qisqa muddatli va uzoq muddatli moslashuvni ajratib ko‘rsatish
odatiy hol hisoblanadi. Qisqa muddatli moslashuvning asosi uch bosqichdan iborat stress
reaksiyasidan iborat: 1. Trevoga fazasi. 2. Qarshilik ko‘rsatish fazasi. 3. Charchoq fazasi. Bu
kanadiyalik patofiziolog Gans Selye tomonidan batafsil tavsiflangan. Charchoq fazasi adrenalin va
noadrenalin ishlab chiqarishning ortishi bilan birga kechadi. Qarshilik ko‘rsatish fazasi o‘sish
jarayonlarini faollashtiruvchi kortikosteroid gormonlar ishlab chiqarishning ortishi bilan
tavsiflanadi.
Fazaning davomiyligi organizmning tug‘ma moslashuvchanligiga bog‘liq, ammo
moslashish jarayonlari cheksiz emas. Charchoq fazasida stress reaksiyasi susayadi, buyrak usti
bezlari charchaydi va himoya ta’siri yo‘qoladi. Uzoq muddatli moslashish organlar va tizimlar
funksiyasini tashqi sharoitlarga nisbatan o‘zgaruvchanligini, shu jumladan, mashg‘ulot
yuklamalari tizimi, ularning kamayishi yoki ko‘payishini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun
yuklamani o‘zgartirish tizimidagi ushbu kuchlanish parametrlarini miqdoriy baholash asosida
barcha organlar va tizimlarning kuchlanish darajasini hisobga olish kerak.
V.S.Stepanovning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida malakali sportchilar bilan ishlashda
qo‘llaniladigan mashg‘ulotning standart yuklamalari vaqt o‘tishi bilan mashg‘ulot samarasini
pasaytiradi, bu esa, mashg‘ulotlar siljishlarining kamayishiga va sport mahoratini o‘sishining
sekinlashishiga olib keladi.
Binobarin, ushbu sport mahorati darajasini oshirishning eng muhim omillaridan biri – bu
belgilangan mashg‘ulot vazifalariga va kontingentning tayyorgarlik darajasiga qarab
yuklamalarning hajmi yoki intensivligini izchil oshirish hisoblanadi. Shu sababli, bir qator
mashg‘ulot tizmilarida, ayniqsa, xorijiy tizimlarda, moslashish jarayonlarini tubdan o‘zgartirgan
va turli xil mashg‘ulot sikllarida katta mashg‘ulot siljishlarini olishga imkon beruvchi stress
yuklamalariga asoslangan metodlar qo‘llanilgan [80; 62-64-b].
T.S.Achilov va T.U. Zufarovlarning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida yuklamalar darajasini
oshirish va sportchilarning ish faoliyatini rivojlantirishni fazalarga bo‘linishini hisobga olgan
Noyabr, 2025-Yil
75
holda o‘yin va o‘yinlararo sikllarda mashg‘ulot yuklamalarini o‘zgartirish tizimida kompensatsiya
va superkompensatsiya mexanizmlaridan foydalanish imkonini berdi. Sportchining joriy holatini
baholash va mashg‘ulot siljishlarini aniqlashga asoslangan yuklamalarni o‘zgartirish tizimlari
mashg‘ulot jarayonini faollashtirish va uning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Yunon-
rum kurashchilari musobaqa faoliyatining mazmuni va tuzilishini batafsil tahlil qilib, kurash
musobaqalari qoidalari juda tez-tez o‘zgarib turishini ta’kidlagan, bu esa mutaxassislarni
individual mashg‘ulot dasturlarini ushbu faoliyatni amalga oshirishning o‘zgaruvchan
sharoitlariga moslashtirish yo‘llarini doimiy ravishda izlash va texnik-taktik tayyorgarlik
jarayoniga vaqti-vaqti bilan sezilarli o‘zgartirishlar kiritishga majbur qildi [20; 16-20-b].
A.L. Kabanovning fundamental asarlari sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligining
optimal nisbati muammosiga bag‘ishlangan bo‘lib, u, birinchidan, ushbu muammoning noodatiy
murakkabligini ta’kidlagan, va boshqa tomondan, uning mohiyatini belgilaydigan bir qator alohida
qoidalarni aniqlagan. Birinchidan, muallif, sportchilarni tayyorlash ko‘p komponentli jarayon
ekanligini ta’kidlagan, uning mazmuni tanlangan sport turiga ixtisoslashuvning o‘ziga xos
omillarini (maxsus tayyorgarlik) va sport ixtisoslashuviga kirmaydigan, ammo sportchining
takomillashuvida (umumiy tayyorgarlik) ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan mashg‘ulot jarayonining
boshqa bo‘g‘inlarini o‘z ichiga oladi. Ikkinchidan, ushbu omillar va bo‘g‘inlarning optimal
kombinatsiyasi sportchining eng samarali tayyorgarligini ta’minlaydi va umumiy hamda maxsus
tayyorgarlikning birligi tamoyili samaradorligini tavsiflaydi. Uchinchidan, tanlangan sportning
o‘ziga xos xususiyatlari sportchining umumiy tayyorgarligi mazmunida sezilarli iz qoldiradi, bu
mana shu o‘ziga xoslikka ko‘ra sezilarli darajada farqlanadi. To‘rtinchidan, hajmlar va maxsus
tayyorgarlikning nisbatlari ko‘plab omillarga, shu jumladan, sportchining tayyorgarlik darajasiga,
sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga, uzoq muddatli mashg‘ulot jarayonining bosqichiga va
rivojlanishning individual xususiyatlariga bog‘liq. Shu bilan birga, ushbu nisbatlarning juda keng
doirasi mavjud bo‘lib, bu faqat prinsipial yo‘nalishlarga ega, ammo sanab o‘tilgan omillarga
ko‘ra, bular umumiy va maxsus tayyorgarlikning aniq miqdoriy hajmlari hisoblanmaydi [47;36-
38-b].
S.N. Nikitin va A.G.Levitskiylarning ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida, sportchilar
tayyorgarligini individuallashtirish muammosini ishlab chiqishga katta hissa qo‘shgan, u
individual xususiyatlarni hisobga olgan holda yuqori malakali kurashchilarni tayyorlashning
rasional jihatlarini yaratishning tizimli metodologiyasini ishlab chiqdi, yetakchi kurashchilarni
kompleks tayyorlash tizimini shakllantirdi, sportchilarni tayyorlashning shaxsga yo‘naltirilgan uch
darajali mualliflik konsepsiyasini ishlab chiqdi, bu sportchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
olgan holda o‘quv, mashg‘ulot va musobaqa jarayonlarini optimallashtirishga imkon beradi.
Bularning barchasi muallifga olimpiya kurashchisining ideal modelini ilmiy asoslash,
ishlab chiqish va yaratish hamda buning asosida optimal sport natijalariga erishish maqsadida
kurashchining
individual
musobaqa
uslubini
takomillashtirishning
samarali
tizimini
shakllantirishga imkon berdi. Kurashchining shaxsiy faoliyat uslubiga ega bo‘lish g‘oyasi ilgari
surilgan bo‘lib, u kurashchining individual psixologik, funksional, taktik, texnik, anatomik va
morfologik xususiyatlariga asoslanuvchi yuqori barqaror taktik usullar va ularning variantlari
bilan tavsiflanadi.
Noyabr, 2025-Yil
76
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924- son “O‘zbekiston
Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-son «Jismoniy
tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 oktyabrdagi PQ-3306-son «Kurash
milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881 sonli «Kurash
milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora tadbirlari
to‘g‘risida»gi qarori.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 fevraldagi 118-son «2019-
2023 yillar davomida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori.
