167
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
O`ZBEK TILIDA MORFOLOGIK VOSITALAR ORQALI PRAGMATIK MA’NO
IFODALANISHI
Sobirjonova Husniya Obidjon qizi
Andijon shahridagi Prezident maktabi o`qituvchisi.
Nuriddinova Nozima Obidjon qizi
A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat O`zbek tili va adabiyoti institutining
3-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17553879
Annotatsiya.
Jаmiyat tаrаqqiyotidа nutq bеlgilоvchi o’rin tutаdi. U jаmоаdаgi kishilаrni
birlаshtirish, mа’lum mаqsаd sаri yo’nаltirish imkоniyatigа egа. Kishilаr o’z tаfаkkur dаrаjаsi,
fikrlаsh qоbiliyati vа imkоniyatlаrigа ko’rа so’zlаydilаr. Pragmatikada nutqiy harakat inson
faoliyatining turli qirralari bilan bog’liqlikda o’rganiladi. Struktur(sistem) tilshunoslik til
tizimini, til sistemasini o’rgansa, pragmatika diskurs (muloqot, o’zaro fikr almashuv,
kommunikatsiya, aloqa-aralashuv, so’zlashuv) tizimini o’rganadi. Oddiy qilib aytganda, nutqiy
muloqotni yaxlit bir tizim sifatida – bu jarayonning barcha lisoniy va nolisoniy omillari bilan
uzviy bog’liqlikda, hamkorlikda o’rganuvchi fandir.
So‘z ma’nolarini analiz qilish orqali shuni kuzatish mumkinki, barcha so‘zlar dastlabki
bosqichda monosemantik xarakterga ega bo‘ladi. Ulardan muayyan narsa va hodisalarni
ifodalash maqsadida foydalaniladi. Keyinchalik ular boshqa predmet va hodisalarni ifodalash
maqsadlari uchun ham ishlatiladi. Natijada so‘zlarning keyingi ma’nolari kelib chiqadi.
So`zning pragmatik ma`no tuzilishi: ma’noning torayishi va kengayishi kabi lingvistik hodisalar
tilshunoslikda o’ziga xos tarzda tadqiq etilgan
1
. Bu hodisa, ayniqsa, leksikologik sathda
atroflicha o’rganilgan bo’lib, ko’pchilik ishlarda leksik ma’no doirasida tahlil etilgan.
Kalit so`zlar:
pragmalingvistika, antroposentrik nazarya, antropolingvistika, pragmatik
ma’no, lingvistik vositalar, paralingvistik vositalar.
EXPRESSION OF PRAGMATIC MEANING THROUGH MORPHOLOGICAL
MEANS IN UZBEK
Annotation.
Speech plays a defining role in the development of society. It has the ability
to unite people in a community, direct them towards a certain goal. People speak according to
their level of thinking, thinking ability and capabilities. In pragmatics, speech act is studied in
connection with various aspects of human activity. While structural (system) linguistics studies
the language system, the language system, pragmatics studies the system of discourse (dialogue,
mutual exchange of ideas, communication, communication-interference, conversation). Simply
put, it is a science that studies speech communication as a whole system - in its integral
connection with all linguistic and non-linguistic factors of this process, in cooperation.
By analyzing the meanings of words, it can be observed that all words at the initial stage
have a monosemantic character. They are used to express certain objects and phenomena. Later,
they are also used for the purpose of expressing other objects and phenomena. As a result,
subsequent meanings of words arise. The pragmatic meaning structure of a word: such linguistic
phenomena as narrowing and expanding meaning have been studied in a unique way in
linguistics. This phenomenon has been studied in detail, especially at the lexicological level, and
in most works it has been analyzed within the framework of lexical meaning.
1
Nurmonov.A. Lisoniy belgi xususiyatlari haqida. Andijon, 1992 y, 10-20 betlar;
168
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Keywords:
pragmalinguistics, anthropocentric theory, anthropolinguistics, pragmatic
meaning, linguistic means, paralinguistic means.
ВЫРАЖЕНИЕ ПРАГМАТИЧЕСКОГО ЗНАЧЕНИЯ МОРФОЛОГИЧЕСКИМИ
СРЕДСТВАМИ В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ
Аннотация.
Речь играет определяющую роль в развитии общества. Она обладает
способностью объединять людей в сообщество, направлять их к определенной цели.
Люди говорят в соответствии со своим уровнем мышления, мыслительными
способностями и возможностями. В прагматике речевой акт изучается в связи с
различными аспектами человеческой деятельности. В то время как структурная
(системная) лингвистика изучает языковую систему, прагматика изучает систему
дискурса (диалог, взаимный обмен идеями, коммуникация, коммуникация-интерференция,
беседа). Проще говоря, это наука, изучающая речевое общение как целостную систему —
в ее неразрывной связи со всеми языковыми и неязыковыми факторами этого процесса, во
взаимодействии. Анализируя значения слов, можно заметить, что все слова на начальном
этапе имеют однозначный характер. Они используются для обозначения определенных
предметов и явлений. В дальнейшем они также используются для обозначения других
предметов и явлений. В результате возникают последующие значения слов.
Прагматическая структура значения слова: такие языковые явления, как сужение
и расширение значения, изучались в лингвистике уникальным образом. Это явление
подробно изучено, особенно на лексикологическом уровне, и в большинстве работ оно
анализируется в рамках лексического значения.
Ключевые
слова:
прагмалингвистика,
антропоцентрическая
теория,
антрополингвистика,
прагматическое
значение,
языковые
средства,
паралингвистические средства.
Kirish
Ma`lumki dunyo tajribasida alohida tilshunoslik institutlari yoki adabiyotshunoslik
markalari mavjud bo`lsada, biroq milliy til va milliy adabiyotni bir butunlikda tadqiq etadigan,
yutuqlаrni to`g`tidan- to`g`ri ta`lim bilan baxam ko`radigan maxsus muassasa yo`q hisobida.
Farmonning professionalligi shundaki, ona tilni milliy adabiyotsiz, milliy adabiyotni esa
on tilisiz o`rganib bo`lmasligidek oydin haqiqat, yillar sinovidan o`tgan tajriba o`z tasdig`ini
topgan.
Mustaqillik avvval o`zbek tilshunosligi ko`p hollarda tavsifiy harakterda ish ko`rgan
bo`lsa, istiqlol yillarida umumtilshunoslikning muhim nazariy muommolari, universal lingvistik
ta`limotlar o`zbek tili materiallari asosida o`rganila boshlandi, bir so`z bilan aytganda, hukmron
tilshunoslik nazaryalarining to`g`ridan- to`g`ri tatbiqidan voz kechildi. Til sistemasi va uning
shakllanish jarayonida yuz beradigan lisoniy hodisalarning mohiyatini belgilash bilan bog`liq
nazariy masalalarni to`liq va to`g`ri hal qilmasdan yangi davr talablariga javob beradigan o`quv
qo`llanmalari va darsliklarni yaratish mumkin emasligini tushungaan ilg`or tilshunoslarimiz til
birliklari va ular bilan bog`liq leksik- sintaktik hodisalarning nazariy jihatlarini asoslashga asosiy
e`tiborlarini qaratdi. Natijada tilshunoslikning nazariy tomonlarini o`rganishga bag`ishlangan bir
qator tadqiqotlar yuzaga keldi. Bu borada M.Mirtojiyev, A.Hojiyev, A.Nurmonov,
N.Mahmudov, Y.Tojiyev, Sh.Safarov, A.Sobirov, D. Lutfullayeva kabi tilshunoslarning asarlari
paydo bo`ldi. A.Nurmonov, N.Mahmudov larning lingvistik tadqiqot metodoligiyasi va
metodlari, lingvistik belgi nazaryasi, tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi, o`zbek tilining
169
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
fonologiyasi va morfonologiyasi, sintaktik semantika, o`zbek tilining nazariy morfologiyasi va
sintaksisi kabi masalalarga bag`ishlangan tadqiqotlarning yaratilishi o`zbek nazariy
tilshunosligining poydevorini mustahkamladi, keying tadqiqotlarining tayanch tushunchalarini
belgilab berdi, tilimizning ichki tuzulishini, o`zbek xalqining milliy- ruxiy dunyosi, olamini
lisoniy idrok etish tarzi bilan yaxlitlikda qarashga olib keldi.
Maqolaning maqsadi:
-
Pragmatika va pragmalingvistika haqida tushuncha berish;
-
Pragmalingvistikaning ustivor yo`nalishlari haqida ma’lumot berish;
-
So`zning ma`no tuzilishi va o`rganilishini tahlil qilish;
-
Pragmatik ma`no ifodalovchi vositalar.
Maqolaning vazifasi sifatida quyidagilafr belgilab olindi:
O`zbek tilshunoslarining
pragmatikaga bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlarini atroflicha tadqiq etgan holda, pragmatikaning
lingvistik mohiyatini chuqurroq o`rganishdan iborat. Ana shu maqsaddan kelib chiqqan holda,
quyidagi vazifalar qo`yildi:
-
So`zning ma’no jilolari;
-
So`zning pragmatik xususiyatlari;
-
Pragmatik mazmunni shaklllantiruvchi hodisalar;
-
Tagma’no va presuppozitsiyaning umumiy va differensial belgilari;
-
So`z ma’nolarining o`zgarish hodisasi;
-
So`z ma’nolarining torayishi va kengayishining pragmatik xususiyatlari;
pragmatik mazmun va baholash munosabati masalalariga aniqlik kiritish.
Maqolaning predmeti:
Pragmatika tilshunoslik fanining yangi bir nazariy va amaliy
tarmog’idir. U insonning ijtimoiy faoliyatini o’zida aks ettiruvchi nutqiy jarayon, nutq
ishtirokchilariga xos kommunikativ niyat, nutqiy vaziyatning ta’siri bilan aloqador masalalarni
o’rganadi. “Pragmatikaning manbasi Ch.Pirs, U.Djems. D.Dyun, Ch.Morris kabi taniqli faylasuf
olimlar nomi bilan, bog’liqdir. Chunki ularning ishlarida (XX asrning oxiri va XX asrning
boshlarida) belgilar sistemasi va lingvistik belgi funksionalligi xususidagi g’oyalar o’rtaga
tashlanib, semiotika haqidagi asosiy tushunchalar aniqlanadi, sintaktika, semantika va
pragmatika o’rtasidagi o’zaro farqlar ko’rsatiladi”.
Asosiy qism
Pragmalingvistikaning paydo bo`lishi va o`rganilishi
Pragmalingvistika tilshunoslikning yo`nalishi sifatida 1970 yillardan tadqiqot ob`ekti
sifatida o`rganila boshlangan. Albatta, tilning pragmatik tabiati xususida qadimdan turli fanlarda
qarashlar bayon etilgan. Bu mavzu Sokratdan avval ham, so`ng Aristotel davrida ham
o`rganilgan bo`lib, fikr ifodalashda til bilan hamohang ravishda yordamchi vositalar ham
ahamiyatli ekani, tilning asosiy vazifasi aloqa-aralashuv ekan, uni ro`yobga chiqarishda
so`zlovchi va tinglovchi asosiy figura bo`lishi, notiqlik san`atida fikr uzatishda ovozning sifat
o`zgarishlari, ovozning baland yoki past ifodalanishi axborotni uzatishda qo`shimcha nozikliklar
berishi aytib o`tilgan edi. Bejizga o`tgan asrning 20-30-yillarida falsafada alohida oqim sifatida
pragmatizm g`oyalari targ`ib qilinmagan.
Pragmatikada nutqiy harakat inson faoliyatining turli qirralari bilan bog’liqlikda
o’rganiladi. Struktur(sistem) tilshunoslik til tizimini, til sistemasini o’rgansa, pragmatika diskurs
(muloqot, o’zaro fikr almashuv, kommunikatsiya, aloqa-aralashuv, so’zlashuv) tizimini
o’rganadi.
170
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Oddiy qilib aytganda, nutqiy muloqotni yaxlit bir tizim sifatida – bu jarayonning barcha
lisoniy va nolisoniy omillari bilan uzviy bog’liqlikda, hamkorlikda o’rganuvchi fandir”.
2
Shuning uchun pragmatika nutq va axloqiy, insoniy xatti-harakat, ruhiy faoliyat bilan
aloqador fan sohalarining kesishish nuqtasida turishi bejiz emasligini ko’rsatadi.
Tilshunoslik empirik tahlilni bilishning boshqa g‘oyalari va amallari bilan boyitishga
uzoq tayyorgarlik ko‘rdi. Bunday tayyorgarlik, izlanishlar zoye ketmadi, o‘tgan asrning oxiri
tilshunoslik taraqqiyotida o‘ziga xos yangi bosqich, yangi rivojlanish davri bo‘ldi. Shu davrda
empirizm, fenomenologiya, konstruktivizm kabi falsafiy g‘oyalarni o‘zida jamlagan
metodologiyaga asoslangan lisoniy tahlil yo‘nalishlari yuzaga keldi. Ana shunday
yo‘nalishlardan biri, albatta,
pragmalingvistikadir
.
Pragmalingvistika, hech qanday gumonsiz «tetapoya» davridan o‘tdi, ushbu soha o‘z
tadqiq obyektini (nutqiy muloqot tizimi) va tahlil metodlarini asosan aniqlab oldi. Pragmatik
tahlil tamoyillarini belgilovchi asosiy metodologik g‘oya ham aniq: bu –
faoliyat nazariyasidir
.
Ammo pragmalingvistika hamon «navqironlik» davrida. Navqironlik esa – istiqbolli
rejalarga to‘liqlikdir, hozircha hal etilishi lozim bo‘lgan muammolardan tap tortmaslikdir.
Darhaqiqat, barkamollikka intilayotgan pragmatika fani lisonning inson, jamiyat
xizmatida bo‘lishidagi vazifasining qanday amalga oshirilishi borasida izlanishlarni davom
ettirishga majbur. Bu izlanishlar lisoniy bilim sohasidagi ushbu yo‘nalishning yangi nazariy
g‘oyalar bilan boyitilishini talab etadi.
3
Ayrim jumlalar borki, undan anglashilgan obyektiv mazmun butunligicha faqat muayyan
nutqiy vaziyat, kontekt bilan bog`liq bo`ladi. Agar bu jumla shu kontekstdan yoki nutqiy
vaziyatdan uzib olinsa, mazkur obyektiv mazmun mavhumlashadi. Masalan, hamma vaqtini
chog` o`tkazmoqda jumlasidan anglashilgan “hammaning xursandligi” faqat konkret nutq
vaziyati, nutqiy qurshov bilan bog`liqdir. Chunki dunyodagi barcha odamlar doimo vaqtini chog`
o`tkazishi mumkin emas. Kimdir nimadandir tashvishlanadi, ozor chekadi, kimdir kasallikdan
azob tortadi va h.
Ko`rinadiki, konkret jumlalardan anglashilgan bir qator qo`shimcha ma`nolar nutqiy
vaziyat, kontekst bilan uzviy bog`liqdir. Nutqiy vaziyat kontekst bilan uzviy bog`liq bo`lgan bu
kabi ma`nolar va ularni ifodalovchi vositalar lingvistik pragmatikaning o`rganish obyekti
sanaladi.
Shunday qilib, gapdan anglashilgan mazmun bilan subyekt munosabati pragmatikaga
daxldordir. Nutqiy akt, indikativ bo`lmagan so`zlar, kontekst, nutqiy vaziyat, so`zlovchi shaxsi
kabi tushunchalar lingivistik pragmatikaning markaziy tushunchalari sanaladi.
So`zning pragmatik ma`no tuzilishi
Ma’noning torayishi va kengayishi kabi lingvistik hodisalar tilshunoslikda o’ziga xos
tarzda tadqiq etilgan
4
. Bu hodisa, ayniqsa, leksikologik sathda atroflicha o’rganilgan bo’lib,
ko’pchilik ishlarda leksik ma’no doirasida tahlil etilgan. Aslida ma’no umumlashma tarzida har
qanday butunlik uchun o’ziga xos bo’lgan xususiyat bo’lib, tilning barcha sath elementlariga
dahldor hodisa hisoblanadi. Chunki dialektik qonuniyatda shakl mavjud ekan, uning ma’nosi-
mazmuni ham mavjud bo’ladi.Shuning uchun har qanday shakl ostida muayyan ma’no yotishi
uzoq davrlardan buyon hammani qiziqtirib kelgan.
2
Safarov Sh,Toirova G. Nutqning etnosotsiopragmatik tahlili asoslari. Samarqand, 2007. 19-bet.
3
Safarov Sh. Pragmalingvistika. Samarqand, 2008. 19-bet.
4
Nurmonov.A. Lisoniy belgi xususiyatlari haqida. Andijon, 1992 y, 10-20 betlar;
171
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Ma’no tilshunoslik, mantiq, filosofiya, psixologiya, semiotika, adabiyotshunoslik kabi
fanlarning o’rganish ob’yektihisoblanadi va bu fanlar ma’noga xilma-xil yondoshadi hamda turli
tomondan tadqiqetadi.
Ma’noning o’zgaruvchanlik xususiyati fanda isbotlangan. Uning o’zgaruvchanligi
torayish va kengayish tabiatidan kelib chiqib izohlanadi. Chunki ma’no torayganda ham
kengayganda ham muayyan o’zgarishga uchraydi. Bunday o’zgarish ma’noning dialektik
xususiyatini, lingvistik tabiatini belgilaydi.
Ma’no torayishi – bunda
oldin keng ma’noni bildirgan so’z ma’nosidagi ayrim belgilar
kamayib, uning ma’nosi torayadi.Qadimda dehqon deganda quyidagi ma’nolar anglashilgan:
1)
katta yer egasi; 2) qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanadigan shaxs; 3) o’z yerida boshqalar
mehnatidan foydalandigan shaxs.
Hozirgi paytda bu so’zning bitta ma’nosi, ya’ni qishloq
xo’jaligi bilan shug’ullanuvchi shaxs degan ma’no saqlanib qolgan.Turdosh otlarning, sifat, son,
olmosh, fe’l turkumidagi so’zlarning atoqli otga o’tishi ham ma’no torayishiga misol bo’ladi:
zafar (g’alaba) turdosh ot; Zafar (ism) atoqli ot; go’zal (sifat); Go’zal(ism) atoqli ot; sakson –
son; Sakson ota – atoqli ot.
Ma’no kengayishi – bunda
so’z ma’nosi yangi mazmun hisobiga kengayadi, lekin bu
ko’chma ma’nolar hisobiga yuz bermaydi, balki bosh ma’noning kengayishi hisobiga yuz beradi.
Masalan: suv so’zi hozirgi paytda ichimlik ma’nosidan tashqari anor suvi, oshqozon suvi,
mineral suv degan ma’nolarda ham ishlatiladi.Bu ma’nolar ko’chma ma’nolar emas, balki bir
ma’noning turli qirralaridir. Atoqli otlarning turdosh otlarga o’tishi ham ma’no kengayishiga
misol bo’la oladi: Makintosh – ism, makintosh – kiyim turi, Xosiyatxon – ism, xosiyatxon –
atlas turi.
Ma’noning
o’zgaruvchanligi
muayyan
asoslar
ta’sirida
yuzaga
keladi.
O’zgaruvchanlikning yuzaga kelishiga ekstralingvistik, lingvistik, psixologik asoslar ta’sir etadi.
TM
ekstralingvistik
M
ekstralingvistik
KM
(toraygan ma’no)
lingvistik
lingvistik
(kengaygan ma’no)
Tilshunoslikda ma’no til belgisining predmetga bo’lgan munosabati asosida –denotativ
ma’no, til belgisining tushunchaga bo’lgan munosabati tarzida – signifikativ ma’no, til
belgisining nutq vaziyati hamda so’zlovchi va tinglovchini bo’lgan munosabati asosida –
pragmatik ma’no, til belgilarining muayyan sohaga munosabati tarzida – stilistik ma’no, til
belgilarining boshqa til belgilariga bo’lgan munosabati asosida – struktur ma’no, til belgisining
psixologik hodisalarga munosabati asosida – psixologik ma’no kabi turlarga ajratiladi.
Ma’noning bunday turlarga ajratilishi uning o’zgaruvchanlik, ko’p qirralik tabiatiga va
xilma-xil asoslarning ta’siriga ko’radir. Bundan tashqari tovushlarning ma’nosi, leksik ma’no,
grammatik ma’no, (morfologik va sintaksis) tarzida ham ajratiladiki, bu uning ko’p sathli
ekanligidan dalolatdir. Shunday ekan, biz ushbu ishda leksik ma’no doirasidagi ma’noning
torayishi va kengayishining pragmatik xususiyatlariga e’tiborni qaratmoqchimiz.
Ma’noning torayishi va kengayishiga dastlab, lingvistik asoslar, ikkilamchi tarzda
ekstralingvistik asoslar ta’sir etadi. Lingvistik asoslarni butun leksiksistema hodisalari tashkil
etadi. Ayniqsa, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, troplar, simfora, giperbola,
litota, epitet, ironiya, perifraz, o’xshatish, polisemiya, monosemiya, okkozionalizm,
konversiyalar, enantisema kabi hodisalarning ta’siri orqali ma’noning o’zgarishi o’ziga xos
tarzda kechadi. Shuni unutmaslik kerakki, ma’noning o’zgarishiga bir vaqtning o’zida ham
lingvistik, ham ekstralingvistik asoslar ta’sir etadi.
172
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Ekstralingvistik asoslarni psixologik, sotsial, prosodik, geografik, ijtimoiy, nutqiy vaziyat
va nutqiy jarayon, so’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi shartnomaviy munosabat kabilar tashkil
etadi. Ma’noning torayishi va kengayishining – pragmatik xususiyatlarini ekstralingvistik
asoslarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shuning uchun bu hodisaning o’ziga xos xususiyatini faqat
lingvistik tomondan emas, balki pragmatik tomondan emas, balki pragmatik tomondan ham
tahlil etish zarur.
Hozirgi davr tilshunosligidamazmuniy maydon va ideomatik bo’linish kabi hodisalar ham
ma’noning o’zgarishiga ta’sir etuvchi asoslar tarzida izohlanmoqda. Umumiy holatda ma’noning
o’zgarishiga juda ko’p asoslarning ta’siri pragmatik jihatdan bo’ladi.
Leksik ma’no assotsiativ-tematik maydonni pragmatik jihatdan tashkil etadi. Shuning
uchun tayanch ma’no bilan bog’lanish muayyan nutqiy jarayon, nutqiy vaziyat, geoegrafik
muhit, yashash tarzi asosida kechadi.
Pragmatik ma`no ifodalovchi vositalar
Farobiy narsaning obyektivligini, uning mavjudligi bizning sezgi a`zolarimizga ta`sir
etishini e`tirof etadi. Biz faqat o`zimizni qurshab turgan olamdagi narsalarni sezgi a`zolarimiz
orqali bilib olamiz. Ushlash, qo`l tegizish y`oli bilan olingan bilimga quvvai lomisa, ko`rish
orqali olingan bilimga quvvai nigohiy, eshitish sezgisi orqali olingan bilimga esa quvvai notiqa
sanaladi. Ifoda formalarining qo`llana boshlanishining o`zidayoq munosabat tushunchasi
namoyon bo`ladi. Shuning uchun bularga xos semantik, sintaktik, ayniqsa pragmatik
xususiyatlarni ma`lum lingvistik mezonlar vositasida ajratish bugungi tilshunoslikning asosiy
masalalaridandir. Kommunikativ faoliyat turli xildagi bilimlarga ega bo`lishni talab qiladi,
bulardan, masalan lisoniy bilim til tizimi tuzilishi bilan bog`liq bo`lsa, qomusiy bilim esa
voqelikni aks ettiradi va nixoyat interaktiv bilim o`zaro munosabat asosida turgan, ijtimoiy guruh
uchun umumiy bo`lgan qoidalar to`plamini bilishni taqozo etadi.
Muloqotdoshlarning bir-birini tushunishi lisoniy kommunikatsiyaning asosiy shartidir.
Masalan, “choy tugabdi”, “sovuq” jumlalarini “choy damla”, “issiqroq kiyin” yoki
“eshikni yop” kabi mazmunlarida anglash uchun o`zaro umumiy va oldindan ma`lum bo`lgan
ma`lumotga ega bo`lish kerak. Ammo bunday holatda “orqa fon”da turadigan ma`no o`z-ozidan
paydo bo`lmaydi. Asosiy muloqot birligi bo`lgan matnning umumiy tuzilishi, mazmuniy
mundarijasi lisoniy birliklar kommunikativ ma`nosini shakllantiruvchi tajriba maydonidir.
Tver pragmalingvistika maktabining vakili M.L.Makarov matn mazmuniga tavsif
“kommunikatorotsentrik” yondashuv tarafdorlaridan biridir. Mixail Lvovich o`z ustozi
prof.I.P.Susov izidan borib matn mazmunining denatativ va signifikativ xususiyatlari qatoriga
propozitsiya, referensiya, eksplikatura, inferensiya, implikatura, relevantlik, presuppozitsiya
kabilarni kiritadi.
Propozitsiya gap mazmunini yetkizishning o`ziga xos shakli bo`lib, u axborotni to`plash,
saqlashning kognitiv struktura qatoriga kiradi. Bundan tashqari, aynan ovoz oxangi yordamida
suhbatdosh tomonidan tinglovchiga berilayotgan so`zni so`roq, buyruq, tasdiq, kesatish yoki
iltimos tarzida ekanligini anglash mumkin bo`ladi. Masalan, rus tilida hamma uchun ommabop
bo`lgan “извините” so`zi turli xil ohanglar bilan (kuchli his-hayajon, ta`sirlanish, achchiqlanish,
yumshoq ohangda va.b) talaffuz qilinganda, o`zbek tilidagi kabi boshqa-boshqa ma`nolarni
(kechirim so`rash, murojaat qilish, tushunmaganligini ifoda etish, hayratlanish, achchiqlanish,
kesatish, masxara qilish va.b) anglatib kelishi mumkin. Masalan,
1.
Salima choyni damla.
2.
Salima choyni damla?
173
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
3.
Salima choyni damla!
4.
Salima choyni damlagan bo`lishi kerak.
5.
Aminmanki, Salima choyni damladi.
Ushbu tuzilmalarning semantic strukturasi yagona, ammo ushbu propozitsiya muloqot
matnida faollashib turli pragmatik mazmun bilan boyidi. Shu bilan birga, nutqning ovoz ohangi
xususiyatlari voqelik yoki kontekst orqali aniqlanadi va gapning leksik sostavi hamda
Grammatik qurilishi bilan birgalikda sodir bo`ladi. Intonatsiya aloqa aralashuvining muayyan
konkret sharoitlarida gapda aytilgan fikrning tugallanganligini bildiradi. U kishilarning aloqa
aralashuv jarayonidagi emotsional iroda munosabatlarini ham ifoda etadi. Intonatsiya gaplarning
kommunikativ ma`nosi tiplarini va turlarini farqlashga yordam beradi. Gapning komminikativ
ma`nosi juda umumiy bo`lib, uning yordamida gap asosan, to`rt xil kommunikativ toifaga
ajratiladi: darak, so`roq, buyruq va undov. Ularning bu turlari fonetik tajribalar orqali asta-sekin
bilib olinadi va u birorta hikoya, so`roq, tilak yoki undovning bir xil turi sifatida idrok qilinadi.
Masalan, hikoyada biz o`z xabarimiz, javobimiz, atashimiz va sanashimizning
intonatsiyasini farqlaymiz. Nutqiy intonatsiya davrlarga, davrlar jumlalarga, jumlalar
sintagmalarga bo`linadi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o`zbek tilshunosligi tarixan qisqa davrda millat
ma`naviyatiga daxldor yirik ishlarni bajarishga ulgurdi. Ammo bugun jadal rivojlanish yilida
bo`lga o`zbek tilshunosligining oldida o`z tadqiqini kutayotgan masalalar borki, bu boradagi
tadqiqotlar birinchi galda “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti
universitetini tashkil etish to`g`risida”gi Farmonda belgilanganidek, “…ona tilimizning
qo`llanish doirasni kengaytirish, uning tarixiy ildizlarini chuqur o`rganish va ilmiy asosda har
tomonlama rivojlantirish”ga yo`naltirilgan bo`lishi kerak.
Pragmalingvistikaning lisoniy tadqiqot maydoniga dadil chiqishining sababi ham shaxs
faoliyatining kommunikant sifatida barcha qirralarini o‘rganish, aloqa- aralashuvda ahamiyatli
bo‘lgan barcha vosita, usul va uslublarni kommunikativ aktning tashkil etuvchisi sifatida tadqiq
etishdan iboratdir. Kommunikativ aktda ishtirok etuvchilar - shaxslarning tiplari, ularning
psixologik, sotsiologik, milliy, mantiqiy, etik, etnolingvistik, mental xususiyatlarini aniqlash va
shu asnoda lisoniy shaxs tipologiyasini o‘rganish ichki va tashqi lingvistikaning mushtarak holda
kommunikatsiyaga xizmat qilishini anglatadi. Bu esa nuqtiy akt, nutq uslubi, nutqiy taktika va
strategiya, nutqiy situatsiya, kommunikantlar o‘rtasidagi hamkorlik (hurmat, mulozamat, e’zoz;
kinoya, e’tiborsizlik, mensimaslik...), noverbal va supersegment vositalar kabi masalalarni ko‘rib
chiqishni taqozo etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Nurmonov.A. Lisoniy belgi xususiyatlari haqida. Andijon, 1992 y, 10-20 betlar;
2.
Safarov Sh,Toirova G. Nutqning etnosotsiopragmatik tahlili asoslari. Samarqand, 2007. 19-
bet.
3.
Safarov Sh. Pragmalingvistika. Samarqand, 2008. 19-bet.
4.
Nurmonov.A. Lisoniy belgi xususiyatlari haqida. Andijon, 1992 y, 10-20 betlar;
5.
Ne`matov H., Rasulov R. O`zbek tili system leksikologiyasi asoslari. –T, 1995.55b.
6.
Shomaqsudov A. va boshqalar. O`zbek tili stilistikasi. – T: O`qituvchi. 1983
7.
Hakimov .M. O`zbek pragmalingvistikasi asoslari. T.2013 y
8.
Shomaqsudov A. va boshqalar. ko`rsatilgan manba. 239-b
