Authors

  • M.R. Majitova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.138760

Keywords:

Science and innovations reforms fundamental monograph scientific research institutions transformation Academy of Sciences international cooperation economic growth.

Abstract

This article discusses the changes that took place in scientific research institutions in Uzbekistan after independence. It describes the activities of the Academy of Sciences, the creation of new research centers, and the cooperation between education and industry. The article also highlights the impact of science on economic growth and the support of young researchers.

background image

210

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA ILMIY-TADQIQOT

MUASSASALARINING TRANSFORMATSIYA TARIXI

M.R. Majitova

Millat Umidi universiteti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17559960

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingi yillarda

ilmiy-tadqiqot muassasalarida bo‘lgan o‘zgarishlar haqida so‘z yuritiladi. Unda Fanlar
akademiyasi faoliyati, yangi ilmiy markazlar, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlik
haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, ilm-fanning iqtisodiy o‘sishga ta’siri va yosh olimlarni
qo‘llab-quvvatlash masalalari ham yoritilgan.

Kalit so’zlar:

Ilm-fan va innovatsiyalar, islohotlar,

fundamental monografiya,

ilmiy-

tadqiqot muassasalari, transformatsiya, Fanlar akademiyasi. xalqaro hamkorlik, iqtisodiy o‘sish.

ИСТОРИЯ ТРАНСФОРМАЦИИ НАУЧНО-ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ

УЧРЕЖДЕНИЙ УЗБЕКИСТАНА В ГОДЫ НЕЗАВИСИМОСТИ

Аннотация.

В статье рассматриваются изменения, произошедшие в научно-

исследовательских учреждениях Узбекистана после обретения независимости.

Описывается деятельность Академии наук, создание новых научных центров и

сотрудничество между образованием и производством. Также освещается влияние
науки на экономический рост и поддержка молодых учёных.

Ключевые слова:

Наука и инновации, реформы, фундаментальная монография,

научно-исследовательские учреждения, трансформация, Академия наук, международное
сотрудничество, экономический рост.

THE HISTORY OF THE TRANSFORMATION OF SCIENTIFIC AND RESEARCH

INSTITUTIONS IN UZBEKISTAN DURING THE YEARS OF INDEPENDENCE

Annotation.

This article discusses the changes that took place in scientific research

institutions in Uzbekistan after independence. It describes the activities of the Academy of
Sciences, the creation of new research centers, and the cooperation between education and
industry. The article also highlights the impact of science on economic growth and the support of
young researchers.

Keywords:

Science and innovations, reforms, fundamental monograph, scientific

research institutions, transformation, Academy of Sciences, international cooperation, economic
growth.

O’zbekiston davlat mustaqilikka erishgan ilk yillardayoq mamlakatda ilm-fan va ta’lim

taraqqiyotiga, yosh avlodlarni ta’lim sohasi bo’yich yuksaltirish maqsadlarini o’z oldiga qo’ydi.

Mustaqillik davri nafaqat siyosiy va iqtisodiy tizimning yangilanishini, balki milliy

rivojlanishning poydevori bo‘lgan ilm-fan sohasi ijtimoiy taraqqiyotning rivojlanishi hamda
qayta tashkil etilishiga alohida e’tibor berildi.

Ushbu maqolaning maqsadi — O‘zbekiston mustaqillik yillari mobaynida ilmiy-tadqiqot

muassasalarida vujudga kelgan transformatsiya jarayonlarini tarixiy tahlil qilish, ularning
mohiyati va natijalarini o‘rganishdan iborat.

Mavzuning dolzarbligi shundaki, bugungi kunda mamlakatda ilm-fan va innovatsiyalar

sohasini rivojlantirish davlatning ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Shu sababli ilmiy-tadqiqot
muassasalarining o‘tgan davrdagi transformatsiyasi ya’ni tuzilma yangilanishi, yangi ilmiy
markazlar tashkil etilishi, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor kuchaytirilishi ularning


background image

211

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

tajribasi va hozirgi holatini o‘rganish kelgusidagi islohotlar samaradorligini oshirish kelajakda
fan sohasini yanada samarali rivojlantirishga yordam beradi.

Jamiyat taraqqiyoti, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish eng avvalo ilm-fan bilan bog‘liqdir.
O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida, oliy

o‘quv yurtlari va mustaqil ilmiy markazlarda bir qator muhim islohotlar amalga oshirildi. Misol
uchun vatanimiz fanida ilk bor О‘zbek davlatchiligining dunyoga kelishi va rivojlanishining
asosiy bosqichlarini yorituvchi “О‘zbekiston davlatchiligi tarixi” fundamental

monografiyasi

tayyorlandi va nashr etildi. Ilmiy muassasalarning tashkiliy tuzilmasi yangilandi, yangi ilmiy
yo‘nalishlar vujudga keldi, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish va xalqaro hamkorlik tizimi
kengaydi. 2017-yil 24-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–3151-sonli qarori
qabul qilindi. Bu qaror bilan Fanlar akademiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish, ilmiy
muassasalar moddiy bazasini mustahkamlash va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash choralari
belgilandi.

Ilmiy muassasalarning tuzilmasi va faoliyatida katta o‘zgarishlardan yana biri bu Fanlar

akademiyasi tarkibidagi institutlar mustaqil respublika tizimiga o‘tkazilishi. 2000-yillar
davomida ayrim ilmiy markazlar oliy o‘quv yurtlari bilan birlashtirildi, bu esa fan va ta’limni
bir-biriga yaqinlashtirishga xizmat qildi. 2017-yilda Prezidentning PQ–3151-sonli qarori qabul
qilinib, Fanlar akademiyasi tizimi qayta tiklandi. Shu qaror asosida yangi ilmiy markazlar tashkil
etildi, ayrim institutlar qayta ochildi. Jumladan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik
instituti (1991), Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti(2017),Tarix
instituti(1990) va Botanika instituti(1992) faoliyati yangilandi. Shuningdek, yangi ilmiy
markazlar — Yosh olimlar markazi hamda Ilmiy-texnik axborot markazi tashkil etildi. Keyingi
yillarda ilmiy muassasalar qoshida innovatsion markazlar, texnoparklar va ilmiy laboratoriyalar
faoliyat boshladi. 2022-yilda esa ilmiy tashkilotlar faoliyatini reyting asosida baholash tizimi
joriy etildi. Bu o‘zgarishlar ilmiy muassasalar faoliyatini yanada samarali va zamon talablariga
mos qilishga yordam berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston ilm-fan sohasida xorijiy davlatlar bilan faol hamkorlikni

rivojlantirmoqda. AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya va Rossiyaning ilmiy
markazlari bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. 2018-yildan boshlab
O‘zbekistonda xalqaro grantlarni jalb qilish uchun maxsus dasturlar yo‘lga qo‘yildi. Erasmus+,
Horizon Europe, DAAD (Germaniya) va KOICA (Koreya) dasturlari orqali ko‘plab yosh olimlar
xorijda ilmiy stajirovka o‘tayapti.O‘zbekiston olimlari 2020–2024-yillar oralig‘ida 60 dan ortiq
xalqaro grant loyihasida ishtirok etgan. Ko‘plab o‘zbek olimlari xalqaro konferensiyalar,
simpoziumlar va ilmiy almashinuv dasturlarida ishtirok etmoqda.

Bu hamkorliklar natijasida O‘zbekiston Xalqaro ilmiy reytinglarda asta-sekin o‘z o‘rnini

mustahkamlab bormoqda, ko‘plab xorijiy patentlar va qo‘shma tadqiqot ishlari paydo bo‘lmoqda,
yosh olimlar uchun ilmiy stajirovkalar va qo‘shma doktorantura (PhD) dasturlari ochilgan. Bu
kabi hamkorliklar nafaqat tajriba almashish, balki mamlakatda ilm-fanni yangi bosqichga olib
chiqish, xalqaro standartlarga yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda. Natijada O‘zbekiston ilmiy-
tadqiqot muassasalari xalqaro ilmiy maydonda faol ishtirok eta boshladi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab, ilm-fan va ta’lim

sohalarini bir-biri bilan uzviy bog‘lash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib
keldi. Chunki zamonaviy taraqqiyotga erishish uchun nafaqat ilmiy izlanishlar, balki ularning
ta’lim jarayoniga singdirilishi ham zarur edi. Shu bois, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot
institutlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha chora tadbirlar yo’lga qo’yildi.


background image

212

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Xususan, 2017-yildan boshlab “Ilm, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi”

konsepsiyasi joriy etilib, oliy ta’lim muassasalari qoshida yangi ilmiy laboratoriyalar, startap
markazlar va innovatsion parklar tashkil etildi. Integratsiya jarayoni ta’lim tizimini ishlab
chiqarish ehtiyojlariga moslashtirishga xizmat qiladi. Ular ishlab chiqarish korxonalarida
amaliyot o‘tash orqali real tajriba orttiradilar. Bu orqali talabalar nafaqat nazariy bilimlarni emas,
balki amaliy ko‘nikmalarni ham egalladilar.

Shuningdek, ilmiy tadqiqotlar ishlab chiqarishdagi amaliy muammolarni hal etishga

yo‘naltirilgan. Bugungi kunda texnoparklar, innovatsion markazlar, startaplar va universitetlar
bilan korxonalar o‘rtasidagi hamkorlik klasterlari bu integratsiyaning asosiy shakllaridan
hisoblanadi. Natijada, zamonaviy talablar asosida tayyorlangan mutaxassislar, yangi innovatsion
mahsulotlar va barqaror iqtisodiy o‘sish uchun mustahkam asos yaratilmoqda. Bu tizim ilmiy
ishlanmalarning amaliyotga tezroq tatbiq etilishiga yordam beradi hamda talabalarning ilmiy
faoliyatda ishtirokini kuchaytiradi.

Mamlakatda ilm-fan va ta’lim tizimini rivojlantirish bilan bir qatorda, ayollarning

jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirishga ham katta e’tibor qaratildi. Ayollarning ilmiy
faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish maqsadida bir qator davlat dasturlari qabul qilindi. 2018-
yildan boshlab ayollar uchun “Ilm-fan sohasida ayollar ishtirokini qo‘llab-quvvatlash”
yo‘nalishidagi maxsus grantlar joriy etildi. Bu grantlar yosh ayol tadqiqotchilarning ilmiy
izlanishlarini davom ettirishiga, dissertatsiyalarini yakunlashiga va xalqaro ilmiy loyihalarda
ishtirok etishiga imkon berdi. Bugungi kunda O‘zbekiston fanida faoliyat yuritayotgan ayol
olimlar mamlakatning innovatsion va intellektual salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda.

Shuningdek, ayol olimlar uchun “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti”, “Beruniy nomidagi

stipendiya”, “Ilm-fan sohasidagi eng faol ayol olima” kabi mukofotlar joriy qilinib, ularning ilm-
fandagi mehnati e’tirof etib kelinmoqda.

Ilm-fan har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy harakatlantiruvchi kuch

hisoblanadi. O‘zbekiston mustaqillik yillarida bu sohani iqtisodiyot bilan chambarchas bog‘lash
orqali yangi bosqichga chiqdi. Ularning asosiy vazifasi ishlab chiqarishda uchraydigan
muammolarni ilmiy yondashuv asosida hal qilish va yangi texnologiyalarni joriy etishdir.

Professor R. R. Avezov quyosh energiyasi va termal konversiya yo‘nalishida tadqiqotlar

olib borgan, past potensial quyosh tizimlarida ishlash yo‘lida laboratoriyalar faoliyat yuritgan. U
yetakchilik qilgan loyiha: "Design and Strengthening of the International Solar Energy Institute
(ISEI)" (2011–2012), bu yo‘nalishdagi ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga
qo‘ydi.

O‘zbekistonda ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi mustaqillikdan keyin yangilandi. Eski

aspirantura va doktorantura o‘rniga 2012-yildan boshlab xalqaro talablarga mos PhD (falsafa
doktori) va DSc (fan doktori) darajalari joriy qilindi. Bu o‘zgarish yosh olimlarga o‘z ilmiy
ishlarini sifatli tayyorlash va rivojlantirish imkonini berdi. 2012-yilda Toshkent shahrida
“International Solar Energy Institute” tashkil etildi. Bu institut mustaqillik yillarida ilmiy-
tadqiqot sohasida yuz bergan o‘zgarishlarning yaqqol misolidir. Institutda olimlar, jumladan R.
R. Avezov boshchiligidagi tadqiqotchilar quyosh energiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha
ilmiy ishlar olib borishmoqda. Ularning tadqiqotlari energiya tejamkor texnologiyalarni ishlab
chiqish va amaliyotga joriy etishga qaratilgan. Masalan, Avezovning “Ray Absorption Ability by
Premises with Insolation Passive Heating System” (2012) nomli ilmiy ishi quyosh nurlanishidan
issiqlik olish samaradorligini oshirish yo‘llarini o‘rganadi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha
dissertatsiya himoya qilish kengashlari tashkil etildi.


background image

213

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Shuningdek, doktorantlar uchun xorijda stajirovka o‘tash, ilmiy konferensiyalarda ishtirok

etish va maqolalarini xalqaro jurnallarda chop etish uchun sharoit yaratildi.Yosh olimlarni
rag‘batlantirish maqsadida Prezident stipendiyalari, “Yosh olim” va “Innovatsion g‘oya”
tanlovlari yo‘lga qo‘yildi. Shu orqali fan va ta’lim sohasida ko‘plab yangi mutaxassislar yetishib
chiqmoqda.

O‘zbekiston mustaqillik yillarida ilmiy-tadqiqot muassasalarida olib borilgan ishlar

muhim natijalar berdi. Jumladan, quyosh energiyasi, biotexnologiya, qishloq xo‘jaligi va axborot
texnologiyalari yo‘nalishida yangi ilmiy yechimlar ishlab chiqildi. Masalan, genetika va
o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida mahalliy iqlim sharoitiga mos yangi o‘simlik
navlari yaratildi, Tarix institutida esa O‘zbekiston davlatchiligi va mustaqillik davri tarixiga oid
fundamental tadqiqotlar amalga oshirildi.Shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti
olimlari tomonidan ishlab chiqilgan yangi ekologik toza qurilish materiallari “O‘zShahar
Qurilish” korxonasida sinovdan o‘tkazildi va 2023-yildan boshlab amaliyotga joriy etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan paxta va

g‘alla hosildorligini oshiruvchi 5 ta yangi seleksiya navlari yaratildi, Bu natijalar ilmiy
ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish va
mamlakat iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shishda muhim rol o‘ynadi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot muassasalari tubdan yangilandi.
Fanlar akademiyasi tizimi qayta tashkil qilindi, yangi institutlar va ilmiy markazlar

ochildi, xalqaro hamkorlik kengaydi. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiya yo‘lga
qo‘yilib, amaliy natijalarga erishildi. Shu bilan birga, yosh olimlar va ayol tadqiqotchilarni
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturlari ilm-fanning rivojiga katta turtki berdi. Bunday
o‘zgarishlar O‘zbekiston ilm-fan tizimini zamon talablariga moslashtirib, mamlakatning
iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shmoqda.

Adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi rasmiy axborot portali —

https://academy.uz

2.

O‘zbekiston Respublikasida ilmiy faoliyatni rivojlantirish strategiyasi

.

(2023).

https://lex.uz

3.

Qosimov R., Abdullayeva Sh. O‘zbekistonda fan tizimining rivojlanish bosqichlari. —

Toshkent: Fan, 2020. — 156 b.

4.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA). Fanlar akademiyasi faoliyatini

takomillashtirish bo‘yicha yangiliklar. — https://uza.uz, 2018-yil.

5.

Innovatsion rivojlanish vazirligi. Fan va innovatsiyalar rivoji haqida ma’lumotlar to‘plami.

— Toshkent, 2022-yil.

6.

Fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi – innovatsion taraqqiyotning

strategik omili”.

Universal Xalqaro jurnal

. — URL: https://universaljournal.uz

7.

O‘zbekiston ayollari ilm-fanda” maqolasi,

Xalq so‘zi

gazetasi, 2023-yil.

8.

Ray Absorption Ability Capacity by Premises with Insolation Passive Heating

System.”(

Avezov,

R.

R.,

va

boshqalar

2012)

URL:

https://www.researchgate.net/publication/315849952_RAY_ABSORPTION_ABILITY_B
Y_PREMISES_WITH_INSOLATION_PASSIVE_HEATING_SYSTEM


References

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi rasmiy axborot portali — https://academy.uz

O‘zbekiston Respublikasida ilmiy faoliyatni rivojlantirish strategiyasi. (2023). https://lex.uz

Qosimov R., Abdullayeva Sh. O‘zbekistonda fan tizimining rivojlanish bosqichlari. — Toshkent: Fan, 2020. — 156 b.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA). Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yangiliklar. — https://uza.uz, 2018-yil.

Innovatsion rivojlanish vazirligi. Fan va innovatsiyalar rivoji haqida ma’lumotlar to‘plami. — Toshkent, 2022-yil.

Fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi – innovatsion taraqqiyotning strategik omili”. Universal Xalqaro jurnal. — URL: https://universaljournal.uz

O‘zbekiston ayollari ilm-fanda” maqolasi, Xalq so‘zi gazetasi, 2023-yil.

“Ray Absorption Ability Capacity by Premises with Insolation Passive Heating System.”(Avezov, R. R., va boshqalar 2012) URL: https://www.researchgate.net/publication/315849952_RAY_ABSORPTION_ABILITY_BY_PREMISES_WITH_INSOLATION_PASSIVE_HEATING_SYSTEM