246
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
AYRIM TOIFADAGI MAHKUMLARGA BERILADIGAN QO‘SHIMCHA HUQUQLAR
Shuxrat Irnazarov
Termiz Davlat universiteti
“Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi” kafedrasi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17565474
Annotatsiya.
Ushbu maqolada jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan ayrim
toifadagi mahkumalar — xususan, homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan farzandi bor
mahkumalarga beriladigan qo‘shimcha huquqlar va yengilliklar yoritilgan. Jinoyat-ijroiya
kodeksining 130–133-moddalari asosida mazkur toifadagi shaxslarga jazoni ijro etish
muassasasi hududidan tashqarida yashash, bolalarni koloniyaga qarashli bolalar uyiga
joylashtirish, qo‘shimcha uchrashuvlar hamda moddiy-maishiy sharoitlar bo‘yicha yengilliklar
berilishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, bu huquqlar berilishining huquqiy asoslari, ularni qo‘llash
tartibi, cheklovlari va davlatning onalik va bolalikni himoya qilishga qaratilgan insonparvar
siyosati tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
Ayrim toifadagi mahkumlar. Homilador ayollar. Uch yoshgacha bolasi bor
mahkumalar. Jinoyat-ijroiya kodeksi. Qo‘shimcha huquqlar. Koloniya va bolalar uyi. Onalik
va bolalikni muhofaza qilish.
ADDITIONAL RIGHTS GRANTED TO CERTAIN CATEGORIES OF CONVICTS.
Abstract.
This article discusses the additional rights and privileges granted to certain
categories of convicts held in penal institutions, in particular, pregnant women and convicts with
children under the age of three. Based on Articles 130–133 of the Criminal Code, it is indicated
that persons of this category are granted relief in terms of living outside the territory of the penal
institution, placing children in an orphanage affiliated with the colony, additional meetings, and
material and living conditions. The legal basis for granting these rights, the procedure for their
application, restrictions, and the state's humanitarian policy aimed at protecting motherhood
and childhood are also analyzed.
Keywords:
Certain categories of convicts. Pregnant women. Convicts with children
under the age of three. Criminal Code. Additional rights. Colony and orphanage. Protection of
motherhood and childhood.
ДОПОЛНИТЕЛЬНЫЕ ПРАВА, ПРЕДОСТАВЛЯЕМЫЕ ОТДЕЛЬНЫМ
КАТЕГОРИЯМ ОСУЖДЕННЫХ.
Аннотация.
В статье рассматриваются дополнительные права и льготы,
предоставляемые отдельным категориям осужденных, содержащимся в исправительных
учреждениях, в частности, беременным женщинам и осужденным, имеющим детей в
возрасте до трех лет. На основании статей 130–133 Уголовного кодекса Российской
Федерации указывается, что лицам данной категории предоставляются послабления в
проживании за пределами территории исправительного учреждения, помещении детей в
детский дом при исправительной колонии, предоставлении дополнительных свиданий, а
также в материально-бытовых условиях. Также анализируются правовые основы
предоставления указанных прав, порядок их применения, ограничения, а также
гуманитарная политика государства, направленная на защиту материнства и детства.
Ключевые слова:
Отдельные категории осужденных. Беременные женщины.
Осужденные, имеющие детей в возрасте до трех лет. Уголовный кодекс Российской
Федерации. Дополнительные права. Колония и детский дом. Защита материнства и
детства.
247
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
O‘zbekiston
Respublikasi
Jinoyat-ijroiya
kodeksining
130–133-moddalarida
mustahkamlab
qo‘yilgan
mahkuma
ayollarning
jazoni
ijro
etish
muassasasi
doirasidan tashqarida yashashi, bolalarini jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi
bolalar
uyiga
joylashtirish,
mahkuma
ayollarning
jazoni
ijro
etish
muassasasi
doirasidan muayyan muddatga chetga chiqishi kabi huquqlarni ko‘rsatib o‘tishimiz
mumkin.
Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy. Xo‘sh, ayrim toifadagi mahkumlar deganda
kimlar
tushuniladi?
O‘zbekiston
Respublikasi
Jinoyat-ijroiya
kodeksining
130-
moddasi
1-qismiga
muvofiq,
ayrim
toifadagi
mahkumlar
deganda
homilador
ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar tushuniladi.
Mahkuma homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga
Jinoyat-ijroiya kodeksida mahkumlar uchun nazarda tutilgan huquqlardan tashqari:
– jazoni ijro etish muassasasi hududi doirasidan tashqarida yashash;
– bolalarini jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirish;
–bolalarini joylashtirib kelish va ular bilan uchrashish uchun jazoni ijro etish
muassasasi doirasidan chetga chiqish huquqiga ham ega.
Mahkuma ayollarga voyaga yetmagan bolalari bilan bir yil ichida to‘rt marta,
muddati besh sutkagacha bo‘lgan uzoq muddatli uchrashuv, manzil-koloniyada
saqlanayotganlarga
esa,
ishdan
bo‘sh
vaqtda
muassasa
hududidan
tashqarida
yashash
imkoniyati
bilan
uzoq
muddatli
uchrashuvlar
cheklanmagan
miqdorda
beriladi.
Mahkuma ayollarning voyaga yetmagan bolalari bilan uchrashishiga o‘zining Jinoyat-
ijroiya kodeksining 131-moddasiga binoan ijobiy tavsifga ega mahkuma ayollarga homiladorlik
va tug‘ish bo‘yicha ishdan ozod etilgan vaqt mobaynida, shuningdek bolasi uch yoshga
to‘lgunga qadar jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘ining prokuror tasdiqlagan qarori bilan
jazoni ijro etish koloniyasi hududidan tashqarida yashashga ruxsat etilishi mumkin.
Jazoni ijro etish muassasasi hududi doirasidan tashqarida yashashga ruxsat
berilgan
mahkuma
ayollarga
guvohnoma
beriladi.
Jazoni
ijro
etish
muassasasi
hududidan
tashqarida
yashaydigan
mahkuma
ayollar
o‘zlari
ro‘yxatda
turgan
turkumdan
chiqarilmaydi.
Ularning
ish
haqi
hisob-kitob
qilinib,
shaxsiy
hisobvaraqlaridagi pullari, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlari
o‘zlariga beriladi.
Jazoni ijro etish muassasasi hududidan tashqarida yashash huquqi Jinoyat
kodeksi 73-moddasining to‘rtinchi qismi “b”, “v” va “g” bandlarida ko‘rsatilgan
quyidagi mahkumlarga nisbatan berilmaydi, ya’ni:
– o‘ta xavfli retsidivistga;
–
uyushgan
guruh
yoki
jinoiy
uyushmaning
tashkilotchi
va
qatnashuvchilariga;
– javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish, o‘n to‘rt
yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan jabrlanuvchining nomusiga tegish
yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish,
O‘zbekiston Respublikasiga, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir
etish, yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirg‘in qurollarini,
shunday qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan
material va uskunalarni kontrabanda qilish uchun hukm qilingan shaxslarga (JK 73-
248
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
moddasi 4-qismi “a” bandida umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum
qilishga hukm etilgan shaxslar nazarda tutilgan, ushbu jazolar esa jinoyat sodir
etgan ayollarga nisbatan qo‘llanilmaydi).
Jazoni
ijro
etish
koloniyasi
hududi
doirasidan
tashqarida
yashaydigan
mahkumlar: – xona tipidagi turar joylarda joylashadilar va jazoni ijro etish muassasasi
ma’muriyatining nazorati ostida bo‘ladilar;
– ertalab o‘rindan turishdan kechki yotishgacha bo‘lgan vaqt mobaynida
belgilangan yo‘nalishlar doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar;
– fuqarolar kiyadigan kiyimda yurishlari, yonlarida pul va qimmatli buyumlar
saqlashlari, puldan cheklanmagan holda foydalanishlari mumkin;
– cheklanmagan miqdorda banderol, posilka va yo‘qlovlar olish hamda
jo‘natish, ishdan bo‘sh vaqtda qisqa muddatli uchrashuvlar olish huquqiga ega.
Jazoni ijro etish muassasasi hududi doirasidan tashqarida yashash huquqi
quyidagi hollarda bekor qilinadi:
– jazoni o‘tash tartibi muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol tarzda
buzilganda;
– homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ishdan ozod qilish davri tugaganda;
– bola uch yoshga to‘lganda.
Mahkuma ayolning jazoni ijro etish muassasasi hududi doirasidan tashqarida
yashash huquqi jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘ining prokuror tomonidan
tasdiqlanadigan qarori bilan bekor qilinadi.
Mahkuma homilador ayollar, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarning
jazoni ijro etish muassasasi hududi doirasidan tashqarida yashash huquqini berish
amaliyotda deyarli
qo‘llanilmayotganligini amaliyotchi xodimlar va nazariyotchi
mutaxassislar tomonidan yetarli darajada o‘rganilishini taqozo etadi.
Jinoyat-ijroiya
kodeksining
132-moddasiga
muvofiq
mahkuma
ayollarni
saqlashga mo‘ljallangan koloniyalar qoshida bolalar uyi tashkil etiladi va unda
bolalar normal yashashi hamda kamol topishi uchun zarur sharoitlar ta’minlanadi.
Mahkuma
ayollar
uch
yoshga
to‘lmagan
bolalarini
jazoni
ijro
etish
koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirishga va ishdan bo‘sh vaqtida ular
bilan cheklanmagan miqdorda muloqotda bo‘lishga haqli.
Bolalar uyidagi bola uch yoshga to‘lganidan keyin onasining roziligi bilan
uning
qarindoshlariga
yoki
homiylik
va
vasiylik
organining
qaroriga
binoan,
boshqa
shaxslarga
berilishi
yoxud
tegishli
bolalar
muassasalariga
yuborilishi
mumkin. Agar mahkumaning jazoni o‘tash muddati tugashiga ko‘pi bilan bir yil
qolgan va u onalik burchlarini lozim darajada bajarib kelgan bo‘lsa, jazoni ijro etish
muassasasi ma’muriyati bolaning bolalar uyida bo‘lish vaqtini uzaytirishi mumkin.
Jinoyat-ijroiya kodeksining 133-moddasida mahkuma ayollarning jazoni ijro
etish muassasasi doirasidan chetga qisqa muddatli chiqishi nazarda tutilgan, ya’ni
maktabgacha
yoshdagi
bolalari
bor
mahkuma
ayollarga
bolalarini
qarindoshlarinikiga,
vasiylarinikiga
yoki
bolalar
muassasalariga
joylashtirib
kelish uchun borish-kelish vaqtni (to‘rt sutkagacha) hisobga olmagan holda o‘n
besh
sutkagacha
muddatga
chetga
chiqishga
ruxsat
etilishi
mumkinligi
belgilangan.
249
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Bundan tashqari, voyaga yetmagan nogironligi bo‘lgan bolalari bor ayollarga
bir yilda bir marta ular bilan uchrashish uchun yo‘lga ketadigan vaqtni hisobga
olmaganda yetti sutkagacha bo‘lgan muddatga chetga chiqishga ruxsat etiladi.
Jazoni
ijro
etish
muassasasi
hududi
doirasidan
tashqarida
yashayotgan
mahkuma ayollar hamda ularning uch yoshga to‘lmagan bolalarining moddiymaishiy ta’minoti.
Jazoni
ijro
etish
muassasasi
hududidan
tashqarida
yashayotgan
mahkuma
ayollar
hamda
ularning
uch
yoshga
to‘lmagan
bolalari,
jazoni
ijro
etish
muassasalarining
bolalar
uylaridagi
homilador
ayollar,
emizikli
onalar
uchun
belgilangan normalarda oziq-ovqat, kiyim va poyabzal bilan ta’minlanadi.
Manzil-koloniyasida uch yoshgacha bolasi bor mahkuma ayollarning zarur pul
mablag‘lari bo‘lmasa, ular manzil-koloniya ma’muriyatiga bolasi uchun jazoni ijro
etish muassasasining bolalar uyida saqlanayotgan bolalar uchun mo‘ljallangan oziqovqat, kiyim
va poyabzal berishni so‘rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Homiladorlik
va
tug‘ish
ta’tili
tugaganidan
so‘ng,
jazoni
ijro
etish
muassasasi
ma’muriyati
jazoni
ijro
etish
muassasasi
hududidan
tashqarida
yashayotgan
mahkuma
ayollarni
jazoni
ijro
etish
muassasasi
korxonasiga
yoki
boshqa
korxonalarga
ishga
joylashtiradi.
Bunda
jazoni
ijro
etish
muassasasi
ma’muriyati
mahkuma
ayollarning
bolasini
maktabgacha
ta’lim
muassasalariga
joylashtirishga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Jinoyat-ijroiya kodeksi birinchi bo'lim 7-81 bob;
2.
Jinoyat kodeksi 46, 481, 83, 84'-moddalari;
3.
Jinoyat-protsessual kodeksining 541, 542-moddalari;
4.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabr kunidagi "Jinoyat-ijroiya
qonunchiligini tubdantakomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 4006-son Qarori;
5.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevral kunidagi "Ichki
ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo'yicha go'shimcha
chora-tadbirlar to'g'risida"gi 84-son Qarori;
6.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yildagi 3 fevraldagi "Sudlar
tomonidan jinoyat uchun jazotayinlash amaliyoti to'g'risida"gi 1-son Qarori;
7.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 19 fevraldagi "Jamoat
xavfsizligini ta'minlash
8.
departamenti Probatsiya xizmati faoliyatiga yangi ish uslublarini tatbiq etish to'g'risida"gi
42-sonli buyrug'i;
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 27 iyuldagi "Muayyan
huqugdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi
jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni
amalga oshirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomani tasdiqlash haqida"gi 157-sonli buyrug'i.
