ВИДЫ УЧРЕЖДЕНИЙ ПО ИСПОЛНЕНИЮ НАКАЗАНИЙ И ОРГАНИЗАЦИЯ ИСПОЛНЕНИЯ НАКАЗАНИЙ В ВИДЕ ЛИШЕНИЯ СВОБОДЫ

Аннотация

В статье рассматриваются виды учреждений по исполнению наказаний в Республике Узбекистан, их правовой статус и организация исполнения наказаний в виде лишения свободы. Отмечается, что уголовно-исполнительное законодательство нашей страны совершенствуется на основе гуманных принципов, введена новая система освобождения от наказания на основе помилования и поручительства общественных объединений.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ирназаров S. . (2025). ВИДЫ УЧРЕЖДЕНИЙ ПО ИСПОЛНЕНИЮ НАКАЗАНИЙ И ОРГАНИЗАЦИЯ ИСПОЛНЕНИЯ НАКАЗАНИЙ В ВИДЕ ЛИШЕНИЯ СВОБОДЫ. Современная наука и исследования, 4(11), 264–268. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139013
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассматриваются виды учреждений по исполнению наказаний в Республике Узбекистан, их правовой статус и организация исполнения наказаний в виде лишения свободы. Отмечается, что уголовно-исполнительное законодательство нашей страны совершенствуется на основе гуманных принципов, введена новая система освобождения от наказания на основе помилования и поручительства общественных объединений.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

264

JAZONI IJRO ETUVCHI MUASSASALARNING TURLARI VA OZODLIKDAN

MAHRUM QILISH

TARIQASIDAGI JAZO IJROSINI TASHKIL ETISH

Shuxrat Irnazarov

Termiz Davlat universiteti

“Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi” kafedrasi o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17562989

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida jazoni ijro etish

muassasalarining turlari, ularning huquqiy maqomi va ozodlikdan mahrum qilish jazosi ijrosini
tashkil etish masalalari yoritilgan. Mamlakatimiz jinoyat-ijroiya qonunchiligi insonparvarlik
tamoyillari asosida takomillashib borayotgani, afv etish va jamoat birlashmalari kafilligi
asosida jazodan ozod qilishning yangi tizimi joriy etilgani ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar:

Ozodlikdan mahrum qilish, jazoni ijro etish muassasalari, manzil-

koloniyalar, turmalar, tarbiya koloniyalari, qattiq tartibli koloniyalar, maxsus tartibli
koloniyalar, insonparvarlik, jinoyat-ijroiya qonunchiligi.

TYPES OF PENAL INSTITUTIONS AND THE ORGANIZATION OF THE

EXECUTION OF SENTENCES IN THE FORM OF DEPRIVATION OF LIBERTY

Annotation.

This article covers the types of penal institutions in the Republic of

Uzbekistan, their legal status and the organization of the execution of sentences of deprivation of
liberty. It is noted that the criminal-executive legislation of our country is being improved on the
basis of humane principles, and a new system of release from punishment based on pardon and
the guarantee of public associations has been introduced.

Keywords:

Deprivation of liberty, penal institutions, penal colonies, prisons, correctional

colonies, strict regime colonies, special regime colonies, humaneness, criminal-executive
legislation.

ВИДЫ УЧРЕЖДЕНИЙ ПО ИСПОЛНЕНИЮ НАКАЗАНИЙ И ОРГАНИЗАЦИЯ

ИСПОЛНЕНИЯ НАКАЗАНИЙ В ВИДЕ ЛИШЕНИЯ СВОБОДЫ

Аннотация.

В статье рассматриваются виды учреждений по исполнению

наказаний в Республике Узбекистан, их правовой статус и организация исполнения
наказаний в виде лишения свободы. Отмечается, что уголовно-исполнительное
законодательство нашей страны совершенствуется на основе гуманных принципов,
введена новая система освобождения от наказания на основе помилования и
поручительства общественных объединений.

Ключевые слова:

Лишение свободы, учреждения по исполнению наказаний,

исправительные колонии, тюрьмы, исправительные колонии, колонии строгого режима,
колонии особого режима, гуманность, уголовно-исполнительное законодательство.


O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi, jumladan ma’muriy, jinoiy, jinoyat-

protsessual va jinoyat-ijroiya qonunchiligi takomillashtirib borilmoqda hamda insonparvarlik
tamoyiliga yanada moslashtirilmoqda. Afv etish va jamoat birlashmalarining kafilligi ostida
shaxslarni jazodan ozod qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy etildi. Qoraqalpog‘iston
Respublikasining Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish
koloniyasining yopilishi muhim insonparvar voqyelik bo‘ldi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

265

Qabul qilinayotgan chora-tadbirlar natijasida ozodlikdan mahrum qilish joylarida

saqlanayotgan mahkumlarning soni 2,5 baravar kamaydi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil

29-dekabrda

Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek: “Sud-huquq sohasi,

jumladan,

jinoiy

jazolarni

liberallashtirish

borasidagi

islohotlarimiz

ham

izchil

davom

ettirildi.

Natijada

bu

yil

sudlangan

shaxslarning

74

foiziga

nisbatan

ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi”.

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida og‘ir jazolardan biri sifatida

ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan bo‘lib, bu borada huquqshunos
olimlar ham mazkur jazo haqida o‘z fikrini bildirgan.

Jumladan,

M.Usmonaliyev

va

G‘.O.Ermatovlar

“jinoyatchilikka

qarshi

kurashda faqat qattiq jazo choralarini qo‘llash orqali ko‘zlangan maqsadga erishib
bo‘lmasligini, G‘. Abdumajidov “o‘ta og‘ir jazo jinoyatchilikka qarshi kurashishda
samara

bermasligini”,

professor

Q.R.Abdurasulova

“sudlar

tomonidan

faqat

muqaddam

sudlangan

shaxslarga

og‘ir

jazo

tayinlanishini”,

A.A.Shamansurov,

Ch.A.Sattorov, A.R. Payziyevlar esa “ozodlikdan mahrum qilish jazosi boshqa
jazolarni

qo‘llash

samarasiz

bo‘lganida”6

qo‘llanilishi

zarurligini

o‘rinli

qayd

etadilar.

Ayrim holatlarda, jazoni ijro etish joylariga yuborilgan mahkumlar qayta

tarbiyalanish

o‘rniga, jinoyat olamining barcha qonun-qoidalarini o‘zlashtirib,

“professional” jinoyatchilarga

aylanishiga sabab bo‘lmoqda1. Natijada keng

jamoatchilik diqqat-e’tiboridan chetda qolish

ehtimoli ko‘proq bo‘lmoqda. Bunday

shaxslarni “qayta tarbiyalash” murakkab kechadi. Oxir

oqibatda, jinoyat sodir

etgan shaxsni umrbod ta’qib etilishi davlatga, jamiyatga nisbatan

ishonchsizligini

vujudga keltirishi mumkin.

Shu

o‘rinda

professor

I.

Ismailov

o‘rinli

ta’kidlaganidek,

“Amaliyot

javobgarlikni kuchaytirish, ayniqsa ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan

jinoiy jazolarni qo‘llash orqali jamiyatda jinoyatchilikka qarshi kurashni samarali

tashkil

etib

bo‘lmasligini

ko‘rsatmoqda”.

Mazkur

holatlarni

batafsil

o‘rganish

maqsadida,

jazoni

ijro

etish

muassasalarida

jazoni

o‘tayotgan

mahkumlardan

“Ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llanilishi natijasida qanday imkoniyatlardan

mahrum bo‘ldingiz” deb so‘ralganida, ularning 43 foizi “oilasi bilan birga bo‘lishdan, ularga
moddiy tomondan yordam berishdan mahrum bo‘lganligi”, 24 foizi “kelajakda o‘qish va erkin
ish

tanlash

huquqidan

mahrum

bo‘lganligi”,

14

foizi

“sudlanganlik

holatini keltirib chiqarganligi”, 19

foizi “ozodlikka chiqqandan so‘ng jamiyatga

moslashishida qiyinchiliklarga duch kelishi”ni qayd etganlar.

Shu o‘rinda professor E.X. Narbo‘tayev fikricha, “qonunchilikda jazolash

yo‘nalishini kuchaytirish tendensiyasiga barham berish kerak”. Bu borada professor

R. Kabulov “Ozodlikdan mahrum qilish jazosi jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan

obyektga katta xavf tug‘diradigan yoki boshqa jazo turlarini o‘tashdan qasddan bo‘yin
tovlayotgan shaxslarga oxirgi jazo chorasi sifatida qo‘llanilishi kerak”, deya o‘rinli ta’kidlaydi.

Shu o‘rinda F.M. Muhitdinov o‘rinli ta’kidlaganidek, “xususiy manfaat bu omma

manfaatining bir qismini tashkil etadi”.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

266

Mamlakatimizda barcha shaxslarning manfaatlari davlat qonunlari bilan adolatli himoya

qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuni ham qayd etish kerakki, jamiyat uchun xavf
tug‘dirmaydigan jazolarni qo‘llash orqali mahkumlarning jazoni ijro etadigan organlariga yuk
kamayadi va ularni saqlash uchun mablag‘lar tejaladi.

O‘zbekiston

Respublikasining

Birinchi

Prezidenti

ta’kidlaganidek,

“Og‘ir

jazo, ayniqsa, fuqarolarni jamiyatdan ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan jazolarning

jinoyatchilikning oldini olishdagi ahamiyatini oshirib ko‘rsatish o‘rinsiz ekanligini

hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashish

samaradorligi jazoning og‘irligi va shafqatsizligiga emas, balki birinchi navbatda,

qonunni buzgan shaxsning jazoning muqarrarligini nechog‘lik anglashiga bog‘liq.

Jazoning

muqarrarligi

jinoyatchilikning oldini olishda

samarali ta’sir ko‘rsatuvchi

omillardan hisoblanadi”.

Professor I. Ismailov ta’kidlaganidek, jinoyatlarning oldini olish shunisi bilan

afzalki,

bu

faoliyatga

jinoyat

sodir

etgan

shaxsning

jazolanishi

muqarrarligini

ta’minlash uchun sarflanadigan ancha kam xarajat qilinishi bilan bir vaqtda,

insonni, ayniqsa yoshlarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, hayotda atrofidagi yaqin

kishilari,

boshqa

insonlar

va

jamiyat uchun

foydali

bo‘lgan

faoliyat

bilan

shug‘ullanishga undaydi hamda uni amalga oshirishda ko‘maklashadi.

O‘zbekiston

Respublikasi

Jinoyat

kodeksining

50-moddasiga

muvofiq

ozodlikdan mahrum qilish

mahkumni jamiyatdan ajratib jazoni ijro etish koloniyasi yoki

turmaga joylashtirishdan iboratdir. Ozodlikdan mahrum qilish bir oydan yigirma yilgacha
muddatga belgilanadi. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini jazoni ijro etish
muassasalari amalga oshiradi (JIK 45-m.). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 5-martdagi

“Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazolarni ijro etish

muassasalarining

faoliyati samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar

to‘g‘risida”gi

128-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq “Ozodlikdan

mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalari to‘g‘risidagi nizom”

tasdiqlandi.

Ushbu

Nizom

O‘zbekiston

Respublikasi

Ichki

ishlar

vazirligining

ozodlikdan

mahrum

etish

turidagi

jazoni

ijro

etish

muassasalarining

maqomi,

vazifalari, huquq va majburiyatlarini, jihozlanishini va faoliyatini tashkil etishga

qo‘yiladigan umumiy talablarni belgilaydi.

Jazoni

ijro

etish

muassasalari

O‘zbekiston

Respublikasi

Ichki

ishlar

vazirligining Jazoni ijro etish departamenti tizimi tarkibiga kiradi va quyi turuvchi

boshliqlarning

yuqori turuvchi

boshliqlarga va O‘zbekiston Respublikasi

ichki

ishlar vaziriga bo‘ysinishi asosida faoliyat yuritadi.

Jazoni ijro etish muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, faoliyatini amalga

oshirish uchun

o‘z mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga va bank

hisobvarag‘iga, O‘zbekiston

Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z

nomi davlat tilida yozilgan muhrlarga,

shuningdek, o‘z faoliyatini amalga oshirish

uchun muassasaning nomi yozilgan va O‘zbekiston

Respublikasi Davlat gerbining

tasviri tushirilgan blankalarga ega bo‘ladi.

Jazoni ijro etish muassasalariga

quyidagilar kiradi:

– jazoni ijro etish koloniyalari, jumladan davolash huquqi asosidagi koloniyalar;


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

267

– tarbiya koloniyalari;
– turmalar;
– mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar.
Tergov hibsxonalari ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan va xo‘jalik

xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro

etish muassasalari funksiyalarini bajaradi.

Tarbiya koloniyalari voyaga yetmagan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan.
Turmalar voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan.

Jazoni ijro etish koloniyalari

o‘z navbatida manzil-koloniyalarga, umumiy,

qattiq, maxsus rejimli koloniyalarga bo‘linadi va voyaga yetgan mahkumlarni

saqlash uchun mo‘ljallangan.

Tarbiya

koloniyalari

voyaga

yetmagan

mahkumlarni

saqlash

uchun

mo‘ljallangan.

Turmalar

voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan.

Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar

bemor mahkumlarni saqlash va

ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangandir.

Manzil-koloniyalar

quyidagilarga bo‘linadi:

– ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir

etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun, shuningdek qasddan uncha og‘ir

bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan

shaxslar saqlanadigan manzil-koloniyalar;

– umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan, shuningdek tarbiya koloniyalaridan

o‘tkazilgan mahkumlar saqlanadigan manzil-koloniyalar (JIK 46-m.).

Umumiy tartibli koloniyalar

quyidagilarga bo‘linadi:

– og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga

hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;

– o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum

etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;

– og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga

hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar (JIK 47-m.).

Qattiq tartibli koloniyalar

quyidagilarga bo‘linadi:

– ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish

tariqasidagi jazoni o‘tagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan

erkaklar saqlanadigan koloniyalar;

– ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish

tariqasidagi jazoni

o‘tagan va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun yana

sudlangan ayollar, shuningdek o‘ta xavfli

retsidivist deb topilgan ayollar

saqlanadigan koloniyalar (JIK 48-m.).

Maxsus tartibli koloniyalar

ozodlikdan mahrum qilinib, o‘ta xavfli retsidivist deb

topilgan erkaklarni, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni saqlash
uchun mo‘ljallangan.

Maxsus tartibli koloniyalarda umrbod

ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida

ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi (JIK 49-m.).


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

268

Turmalar

turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilishga1 hukm

qilingan

shaxslarni,

shuningdek

umumiy

va

qattiq

tartibli

koloniyalardan

jazoni

o‘tash tartibini ashaddiy buzganligi uchun o‘tkazilgan shaxslarni saqlash uchun

mo‘ljallangan.

Qasddan sodir etilgan og‘ir jinoyati uchun birinchi marta sakkiz yilgacha va

sakkiz yil

muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar alohida

hollarda, mahkumning

yozma roziligi bo‘lgan taqdirda, muassasa boshlig‘ining

qaroriga binoan xo‘jalik xizmatiga oid

ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasi

yoki turmada qoldirilishi mumkin.

Xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasida yoki

turmada qoldirilgan mahkumlar jazoni qulflab qo‘yilmaydigan umumiy kameralarda, boshqa
shaxslardan batamom ajratilgan holda, umumiy tartibli koloniyalarida jazoni o‘tash tartibi va
shartlariga asosan jazoni o‘taydilar.

Mahkumlarga uzoq muddatli uchrashuvga ruxsat berish imkoniyati bo‘lmasa, ularga bitta

uzoq muddatli uchrashuv o‘rniga ikkita qisqa muddatli uchrashuvga ruxsat beriladi.

Quyidagi mahkumlar xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun

qoldirilmaydilar:

– voyaga yetmagan shaxslar;
– ajnabiy fuqarolar;
– fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
–sudlar va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining sobiq xodimlariga

mansub mahkumlar (JIK 53-m.).

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Jinoyat-ijroiya kodeksi birinchi bo'lim 7-81 bob;

2.

Jinoyat kodeksi 46, 481, 83, 84'-moddalari;

3.

Jinoyat-protsessual kodeksining 541, 542-moddalari;

4.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabr kunidagi "Jinoyat-ijroiya

qonunchiligini tubdantakomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 4006-son Qarori;

5.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevral kunidagi "Ichki

ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo'yicha go'shimcha
chora-tadbirlar to'g'risida"gi 84-son Qarori;

6.

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yildagi 3 fevraldagi "Sudlar

tomonidan jinoyat uchun jazotayinlash amaliyoti to'g'risida"gi 1-son Qarori;

7.

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 19 fevraldagi "Jamoat

xavfsizligini ta'minlash

8.

departamenti Probatsiya xizmati faoliyatiga yangi ish uslublarini tatbiq etish to'g'risida"gi

42-sonli buyrug'i;
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 27 iyuldagi "Muayyan
huqugdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi
jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni
amalga oshirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomani tasdiqlash haqida"gi 157-sonli buyrug'i

Библиографические ссылки

Jinoyat-ijroiya kodeksi birinchi bo'lim 7-81 bob;

Jinoyat kodeksi 46, 481, 83, 84'-moddalari;

Jinoyat-protsessual kodeksining 541, 542-moddalari;

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabr kunidagi "Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdantakomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 4006-son Qarori;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevral kunidagi "Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo'yicha go'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 84-son Qarori;

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yildagi 3 fevraldagi "Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazotayinlash amaliyoti to'g'risida"gi 1-son Qarori;

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 19 fevraldagi "Jamoat xavfsizligini ta'minlash

departamenti Probatsiya xizmati faoliyatiga yangi ish uslublarini tatbiq etish to'g'risida"gi 42-sonli buyrug'i;

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 27 iyuldagi "Muayyan huqugdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomani tasdiqlash haqida"gi 157-sonli buyrug'i