242
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
JAZONI IJRO ETUVCHI MUASSASALARIDA REJIMNING O‘RNI
Shuxrat Irnazarov
Termiz Davlat universiteti
“Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi” kafedrasi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17565423
Annotatsiya.
Ushbu maqolada jazoni ijro etuvchi muassasalarda rejimning mazmuni,
huquqiy asoslari va uning mahkumlarni axloqan tuzatishdagi o‘rni yoritilgan. Rejim — jinoyat-
ijroiya qonunchiligi bilan belgilangan jazoni ijro etish va o‘tash tartibi bo‘lib, u mahkumlarning
xulq-atvori, huquq va majburiyatlarini boshqaradi hamda muassasada ichki tartib-intizomni
ta’minlaydi. Maqolada rejimning yuridik va pedagogik mazmuni, rejimning jazolash, tarbiyalash
va ta’minlovchi funksiyalari tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Rejim. Jazoni ijro etish muassasalari. Jinoyat-ijroiya kodeksi. Ichki tartib
qoidalari. Axloqan tuzatish. Jazo tartibi. Mahkumlarning huquqlari va majburiyatlari. Tezkor-
qidiruv faoliyati.
THE ROLE OF THE REGIME IN PENAL INSTITUTIONS
Annotation.
This article discusses the content, legal foundations of the regime in penal
institutions and its role in the moral correction of convicts. The regime is a procedure for the
execution and serving of a sentence established by criminal-executive legislation, which
regulates the behavior, rights and obligations of convicts and ensures internal discipline in the
institution. The article analyzes the legal and pedagogical content of the regime, the punitive,
educational and supporting functions of the regime.
Keywords:
Regime. Penal institutions. Criminal-executive code. Rules of internal
procedure. Moral correction. Punishment procedure. Rights and obligations of convicts. Search
and rescue activities.
РОЛЬ РЕЖИМА В ИСПРАВИТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ
Аннотация.
В статье рассматриваются содержание, правовые основы режима в
исправительных учреждениях и его роль в моральном исправлении осужденных. Режим –
это установленный уголовно-исполнительным законодательством порядок исполнения и
отбывания наказания, регулирующий поведение, права и обязанности осужденных и
обеспечивающий внутреннюю дисциплину в учреждении. В статье анализируются
правовое и педагогическое содержание режима, его карательная, воспитательная и
вспомогательная функции.
Ключевые слова:
Режим. Уголовно-исполнительные учреждения. Уголовно-
исполнительный кодекс. Правила внутреннего распорядка. Моральное исправление.
Порядок исполнения наказания. Права и обязанности осужденных. Поисково-
спасательная деятельность.
Jazoni ijro etish va o‘tashning belgilangan tartibi (rejimi)
mahkumni axloqan
tuzatishning asosiy vositasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 7-
moddasida mustahkamlab qo‘yilgan.
Rejim
(fransuz tilida resime, lotinchada esa resimen) boshqaruv degan ma’noni anglatadi.
Rejim so‘zi bir necha lug‘aviy ma’nolarga ega bo‘lib, davlat boshqaruvi, boshqaruv usuli,
ishda, ovqatlanishda, dam olishda, uyquda, davolanishda o‘rnatilgan hayot tartibi bo‘lib,
muayyan maqsadlarga erishish uchun qo‘yiladigan qoidalar, tadbirlar, normalar yig‘indisidir.
243
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazolarni ijro etish joylarida rejimning qanday
bo‘lishi va uning asosiy talablarini belgilashda:
birinchidan,
jazoning muayyan turi (ozodlikdan mahrum qilish, umrbod ozodlikdan
mahrum qilish jazosi, shu jumladan turmaga qamash tariqasidagi
ozodlikdan mahrum qilish)
bilan bog‘liq bo‘lsa,
ikkinchidan,
jazoni ijro etish koloniyalarining tartib turiga ham bog‘liqdir
(masalan,
manzil-koloniyasi yoki umumiy, qattiq yoxud maxsus tartibli koloniyalar).
Jazoni ijro etish muassasalarida rejim deganda, jazoni ijro etish jarayonida
jinoyat-ijroiya
qonunchiligi va boshqa qonunosti huquqiy normalari tomonidan
belgilab qo‘yilgan jazoni ijro
etish va o‘tash tartibi tushuniladi. Ushbu tartib
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2012-yil 29-
dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi
jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 174-sonli
buyrug‘i bilan yanada aniqlashtirilgan.
Jazoni ijro etish va o‘tash tartibi (rejimi) maxsus adabiyotlarda yuridik va
pedagogik
nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi.
Yuridik nuqtai nazardan olib qaralganda rejim – jazoni ijro etish va o‘tashning
jinoyat-
ijroiya huquqi normalari tomonidan belgilangan tartibi va bu normalarga
rioya etish yoki rioya
etmaslik natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatdir.
Pedagogik nuqtai nazardan rejim tarbiya
vositasi bo‘lib, u mahkumning ongiga
shunday ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liqki, unga ko‘ra
mahkum jamiyat uchun zararli
bo‘lgan qarashlari va odatlarini tashlashi lozim. Shuning uchun
ham rejimni huquqiy
tartibga solish ma’lum ma’noda pedagogik vazifalarga ham
bo‘ysundirilgan.
Jazoni ijro etish muassasalarida rejim mahkumlarga nisbatan jazolash,
tarbiyalash,
ta’minlovchi va boshqa shu kabi bir qancha funksiyalarni bajaradi.
Jumladan, rejimni amalga
oshirish jarayonida mahkumga nisbatan ba’zi bir
huquqiy cheklashlar vujudga keladi va bu
jazolashda namoyon bo‘ladi.
Rejim qoidalari jazoni amalga oshirar ekan, mahkumni qonun
talablariga
rioya qilishga, intizomni buzmaslikka, ma’muriyatning qonuniy talablariga
so‘zsiz
itoat etishga, o‘zining salbiy xulq-atvorini o‘zgartirishga, mehnatga,
o‘qishga vijdonan
munosabatda bo‘lishga majbur qiladi va bu orqali tarbiyalash
funksiyasini bajaradi.
Rejimning ahamiyati yana shundan iboratki, u mahkumlarga axloqan ta’sir
ko‘rsatishning
boshqa vositalari (tarbiyaviy ish, ijtimoiy foydali mehnat, umumiy
va hunar ta’limi, kasb
tayyorgarligi, jamoatchilik ta’siri)ni qo‘llash uchun huquqiy
va tashkiliy sharoitlar yaratadi va
albatta, jazoni ijro etish muassasalarida yetarlicha
tartib bo‘lmasa, bu choralardan birortasi ham
samara bermaydi. Bunda rejimning
ta’minlovchi funksiyasi namoyon bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati faqat
mahkumlardan emas,
balki muassasada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar, ishchi va
xizmatchilardan ham jinoyat-
ijroiya qonunchiligiga va ichki tartib qoidalariga rioya
qilishini talab etadi va bu bilan nafaqat
mahkumlar tomonidan balki, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar tomonidan ham turli
ko‘rinishdagi tartibbuzarliklar,
huquqbuzarliklarni oldini olish funksiyasini bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 7-moddasining 3-qismiga
binoan
axloqan tuzatish vositasi hisoblangan jazoni ijro etish va o‘tashning
belgilangan tartibi (rejimi)
jazo turini, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va
ijtimoiy xavflilik darajasini, shuningdek
mahkumning shaxsi va xulq-atvorini
inobatga olgan holda qo‘llaniladi.
Shunday qilib, jazoni ijro etish muassasalarida jazoni ijro etish va o‘tash
rejimi uning
huquqiy prinsiplariga muvofiq tarzda tashkil qilinadi.
244
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Ma’lumki, bu
prinsiplar quyidagilardan, ya’ni: qonuniylik, adolat, insonparvarlik, jazoni
ijro
etishda differensiatsiya va individuallashtirishga rioya etish, majburlov vositalarini
oqilona
qo‘llashdan iborat.
Rejimning asosiy talablari.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash tartibi,
ya’ni
rejimning ahamiyati amaliyotda juda kattadir. Aynan mahkumlar axloqini
tuzatishning asosiy
vositalaridan biri hisoblangan rejim orqali jazoni o‘tash joylarida
mahkumlar va muassasa
xodimlarining shaxsiy xavfsizligini ta’minlash, mahkumlarni turli toifalarga ajratgan holda
saqlash (JIK 58-m.), ularni o‘rnatilgan tartibdagi namunaviy kiyim-boshda yurishi, soqchilar
tomonidan qo‘riqlanishi, jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarni yashash, majburiy
mehnatga jalb etish, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar, o‘qotar qurollarni qo‘llash,
tinchlantirish ko‘ylagini kiydirish, jazoni ijro etish muassasalarida qaysi holatlarda alohida
holatni joriy etish, mahkumlarning uchrashuvlari, telefon orqali so‘zlashuvlari va boshqa shu
kabi choratadbirlarni o‘tkazish tartibi belgilab berilgan.
Jazoni ijro etish va o‘tashning belgilangan tartibi (rejimi) – mahkumni axloqan
tuzatishning asosiy vositasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 7-
moddasining 2-qismida ham mustahkamlab qo‘yilgan.
Bundan tashqari, Jinoyat-ijroiya kodeksining 62-moddasiga muvofiq,
jazoni ijro etish
muassasalarida rejim
jazodan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun
belgilanadi va quyidagilarni
ta’minlaydi:
–mahkumlarni batamom ajratib qo‘yish, ularni qo‘riqlash va nazorat qilib
turishni;
–mahkumlarning
huquqlari
va
qonuniy
manfaatlarini
ro‘yobga
chiqarish,
shuningdek ularning o‘z majburiyatlarini ado etishini;
– muayyan toifadagi mahkumlarni alohida-alohida saqlashni;
– muassasa turiga qarab mahkumlarni har xil sharoitda saqlashni;
– mahkumlarning va muassasa xodimlarining xavfsizligini.
Rejimning talablari jazoni o‘tash joylaridagi barcha mahkumlar toifasi uchun
bir xil
bo‘lsa-da, biroq qonunchilikda ba’zi holatlarda shaxsning sog‘lig‘i, yoshi,
jinsi yoki jazoning
qonunda belgilangan ma’lum bir muddatini o‘tagan yoki
o‘tamaganligini hamda ijobiy xulq-
atvorini e’tiborga olgan holda mahkumlarga
yengilliklar berilishi mumkin. Masalan, mahkumni
jazoning ma’lum bir muddatini
o‘tagandan keyin uni yengillashtirilgan saqlash sharoitiga
o‘tkazilishi yoki ayrim
toifadagi mahkumlar (mahkuma homilador ayollar va uch yoshga
to‘lmagan bolasi
bor ayollar) uchun qo‘shimcha huquqlar (JIK 130–133-m.) berilishi shular
jumlasidandir.
Jazoni ijro etish muassasalarida rejimni ta’minlashda
tezkor-qidiruv faoliyati
ham amalga
oshiriladi, ya’ni:
– mahkumlar, jazoni ijro etish muassasasi xodimlari va boshqa shaxslar
xavfsizligini
ta’minlash;
– mahkumlar jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelgunga qadar sodir etgan,
lekin
javobgarlikka tortilmay qolgan jinoyatlarni aniqlash va fosh etish;
– jinoyatlarni hamda belgilangan saqlash rejimini buzish hollarini aniqlash va
ularning
oldini olish;
– jazoni ijro etish muassasalarida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish;
– ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochgan mahkumlarni qidirish;
– boshqa jinoyatlarni fosh etishda yordam berish maqsadida.
245
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Tezkor-qidiruv faoliyatini jazoni ijro etish muassasalarining tezkor xizmatlar
xodimlari, shuningdek boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi (JIK
68-m.).
Jazoni ijro etish muassasalarida saqlash rejimi talablari quyidagicha ta’minlanadi:
– jazoni ijro etish muassasasi hududiga kirish va undan chiqish;
– tintuv qilish va ko‘zdan kechirish;
– mahkumlarning xulq-atvori ustidan nazorat;
– jazoni ijro etish muassasasiga tegishli ish qurollari, asbob-uskunalar va
inventarlardan
foydalanish.
Jazoni ijro etish muassasasi hududiga kirish va undan chiqish
shaxsni
tasdiqlovchi
hujjat hamda bir martalik ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Jazoni ijro etish muassasasi
xodimlari, qorovul qo‘shinlarining harbiy
xizmatchilari hamda jazoni ijro etish muassasasida
mehnat shartnomasi asosida
ishlovchi ishchi va xizmatchilar jazoni ijro etish muassasasi
hududiga doimiy
ruxsatnoma asosida kirib chiqadi.
Jazoni ijro etish muassasasi hududiga kirish va undan chiqish uchun
ruxsatnoma berish
ma’muriyat tomonidan, shuningdek jazoni ijro etish
muassasasi hududiga kirish va undan
chiqish tartibini ta’minlash qorovul
qo‘shinlarining harbiy xizmatchilari tomonidan amalga
oshiriladi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari, ommaviy
axborot
vositalari vakillari va boshqa shaxslar jazoni ijro etish muassasalariga
kirish huquqiga ega.
Shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek, fuqarolarning
huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi
bilan tekshirish chog‘ida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Inson
huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy
manfaatlarini
himoya qilish bo‘yicha vakil hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Milliy markazi jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish
huquqiga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jinoyat-ijroiya kodeksi birinchi bo'lim 7-81 bob;
2.
Jinoyat kodeksi 46, 481, 83, 84'-moddalari;
3.
Jinoyat-protsessual kodeksining 541, 542-moddalari;
4.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabr kunidagi "Jinoyat-ijroiya
qonunchiligini tubdantakomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 4006-son Qarori;
5.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevral kunidagi "Ichki
ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo'yicha go'shimcha
chora-tadbirlar to'g'risida"gi 84-son Qarori;
6.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yildagi 3 fevraldagi "Sudlar
tomonidan jinoyat uchun jazotayinlash amaliyoti to'g'risida"gi 1-son Qarori;
7.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 19 fevraldagi "Jamoat
xavfsizligini ta'minlash
8.
departamenti Probatsiya xizmati faoliyatiga yangi ish uslublarini tatbiq etish to'g'risida"gi
42-sonli buyrug'i;
9.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 27 iyuldagi "Muayyan
huqugdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi
jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni
amalga oshirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomani tasdiqlash haqida"gi 157-sonli buyrug'i.
