Authors

  • Dilorom Maxmudova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.138776

Keywords:

Creativity information technology pedagogical creativity modern education artificial intelligence creative potential of an educator innovation quality of education.

Abstract

The concept of creativity. Formation teachers‘ creativity and its role in work process. This speaks to the creative qualities of the teacher. About creative thinking in the educational process, the creation of various ideas, actions to improve the effectiveness of the lesson through discussions. Methods used to develop creative education.

background image

262

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING ZARURATI VA

AHAMIYATI

Maxmudova Dilorom Maxamatjon qizi

Yangi asr universiteti

“Pedagogika va psixologiya” yo’nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17565958

Annotatsiya.

Kreativlik tushunchasi. Pedagoglarning kreativlik qobilyatini shakllantirish

va uning ish faoliyatidagi o‘rni. Pedagogning kreativ sifatlari haqida gap boradi. Ta’lim
jarayonida kreativ fikrlash, har xil g‘oyalar yaratish, munozaralar o‘tqizib dars samarasini
oshirish uchun qilinadigan harakatlar to‘g‘ risida. Kreativ ta’limni rivojlantirish
qo‘llaniladigan metodlar.

Kalit so’zlar:

Kreativlik, axborot texnologiyalari, pedagogik kreativlik, zamonaviy ta’lim,

sun’iy intellekt, pedagogning kreativ potensiali, innovatsiya, ta’lim sifati.

Аннотация.

Понятие творчества. Формирование творчества педагогов и его

роль в рабочем процессе. Это говорит о творческих качествах учителя. О творческом
мышлении в учебном процессе, создании различных идей, действиях по повышению
эффективности урока путем проведения дискуссий. Методы, используемые для развития
творческого образования.

Ключевые слова:

Креативность, информационные технологии, педагогический

креатив, современное образование, искусственный интеллект, творческий потенциал
педагога, инновации, качество образования.

Abstract.

The concept of creativity. Formation teachers‘ creativity and its role in work

process. This speaks to the creative qualities of the teacher. About creative thinking in the
educational process, the creation of various ideas, actions to improve the effectiveness of the
lesson through discussions. Methods used to develop creative education.

Key words:

Creativity, information technology, pedagogical creativity, modern

education, artificial intelligence, creative potential of an educator, innovation, quality of
education.


Zamonaviy ta’lim berish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, interfaol

usullardan o’quv jarayoni mobaynida keng qo’llanilmoqda. An’anaviy ta’limda o’qituvchi
tomonidan berilgan tayyor bilimlar o’zlashtirilgan, hozirda esa zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanib o’quvchilar o’zlari ma’lumotlarni qidirib topishlari hamda uni
mustaqil o’zlashtirib, olgan bilimlarini tahlil qilishadi.

Rivojlangan mamlakatlardan AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada kabilarda

mustaqil ta’lim yo’lga qo’yilgan. Mustaqil ta’lim olish ko’nikmasini shakllantirish, o’qitish
jarayonida zamonaviy bilimlar berish, bunda rivojlangan axborot texnologiyalaridan unumli
foydalanish lozim.

Hozirgi kunda zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi ko’p

qo’llanilmoqda. O’qitish jarayoniga ijodkorlik bilan yondashish, talabalarning kreativ
fikrlashlariga zamin yaratish, ularni mustaqil fikrlashga undash, talabalar dars jarayonida bir-
birlari bilan fikr almashib o’z xulosalarini tortinmay bayon qilishlari muhimdir. Bo’lajak
mutaxassislarni o’z tanlagan yo’nalishlarida faol rivojlanishlari, kasbiy kamol topishlarida
kreativ pedagogika muhim ahamiyatga ega.


background image

263

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Bugungi kunda pedagoglar “Kreativ pedagog” deb tan olinishlari uchun kasbiy-ijodiy

faoliyat ko’nikmalarini o’zlashtirishlari, mutaxassis sifatida o’z faoliyatlarini samarali tashkil
etishlari, amaliy ko’nikmalarini integratsiyasiva va shu bilan birga ijodiy tafakkurlarini doimiy
ravishda rivojlantirib borishlari hamda kreativ xarakterga ega bo’lishga astoydil intilmog’lari
lozim bo’ladi.

Shaxsning faolligi, kreativ sifatlari, shart-sharoitlar, hayotiy muhim kasbiy hodisalar

ijodkor shaxsning shakllanishi uchun zarurdir.

Pedagogning kreativ sifatlarga ega bo’lishi talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish

uchun hozirgi kun talabi desak adashmagan bo’lamiz. Kreativlik – muayyan faoliyat turlarida
namoyon bo’ladi. Kreativ insonni oladigan bo„lsak, unda uning iqtidori rivojlangan bo’ladi.

Amerikalik psixolog olim Torrensni aytishicha kreativlik yoki kreativ fikrlaydigan shaxs

har xil dolzarb muammolarni ilmiy sohadagi qarashlarni ko’p gapiradigan shularni yechimini
topishga intilishi yoki muammolarni muhokama qilishini ifodalaydi. Kreativ shaxs muammolarni
oson hal qiladigan, yashash tarzini osonlashtiradigan, o’ziga bo’lgan ishonchi yuqori darajada
bo’lgan odam tushuniladi. Kreativ fikrlaydigan shaxs o’zining muammolarini bemalol hal qila
oladigan yetuk shaxs deb bilaman. Kreativ fikrlash har bir shaxsga kerak tushunchadir.

1

O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini

tasdiqlash to‘g‘risidagi o‘zbekiston respublikasi prezidentining 08.10.2019 yildagi PF-5847-son
farmonining 2-bandida, ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy
etish bo’limida quyidagilar bayon etiladi:

-zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalarining

mustahkam integratsiyasini ta’minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini
uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish;

-ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta’lim

xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, “blended learning”, “flipped classroom”
texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish;

-zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim

dasturlarini tashkil etish;

-ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, seminarlarni onlayn kuzatish va o‘zlashtirish imkonini

beruvchi, shuningdek ularni elektron axborot saqlovchilarga yuklovchi “E-MINBAR”
platformasini amaliyotga joriy etish, ta’lim jarayonlarida “bulutli texnologiyalar”dan
foydalanish;

-masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimini keng joriy

etish, talabalarning oliy ta’lim muassasasida o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kutubxona fondi,
axborot bazalaridan foydalanishini yo‘lga qo‘yish orqali ularning kasbiy malakasini uzluksiz
oshirib borish imkoniyatlarini kengaytirish;

-ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, ta’lim

jarayonida xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan
foydalanishni rivojlantirish.

2

haqida vazifalar berilgan bo’lib, ushbu vazifalarni ijrosini

ta’minlashda ta’lim sohasida olib borilgan bir qator izlanishlar orqali bilim va ko‘nikmalarning
hosil qilinishi ehtimolini oshiradigan o‘qitish yoki o‘rganishning turli usullari tadqiq etildi.

1

KREATIV TA’LIM TEXNOLOGIYASI, Muxlisa Faxriddin qizi Isoqova. Academic Research in Educational

Sciences Volume 3 | Issue 11 | 2022

2

O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi

O‘zbekiston respublikasi prezidentining 08.10.2019 yildagi PF-5847-son farmoni


background image

264

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kreativ fikrlash bilim va ko‘nikmalarni hosil

qilishga imkon beruvchi jamoaviy muhitda birgalikda ishlash orqali samarali rivojlantirilishi
mumkin.

Boshqacha aytganda, maktablar bilim va ko‘nikmalarni hosil qiluvchi tashkilot sifatida

faoliyat ko‘rsatib, unda o‘quvchilar yangidan-yangi g‘oyalar bilan sug‘orilgan ijodiy va
muntazam faoliyat turi bilan faol shug’ullanadi. Kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol
o'ynaydi. Albert Eynshteyn « Tasavvur bilimdan muhim » deganida aynan shu jihatini nazarda
tutgan.

Ko’pincha noodatiy fikrlar , yechimlar kutilmaganda inson hayoliga keladi. Buning

uchun avvalo inson fikrlash jarayonidagi bir xillikka barham berishi lozim. Qachonki bilim hosil
qilish jarayoni ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lgan maqsadli faoliyatga, ya’ni kundalik
faoliyat turiga aylansa, o’quvchi yangidan-yangi fikr-mulohazalari va mazkur fikr-mulohazalarni
doimiy rivojlantirib boradigan amaliy faoliyatlar bilan jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo’shadi.

Xulosa qilib shu aytishimiz mumkinki, zamonaviy o'qitish usullari talabalarning o'zaro

ta'siri va ularni o'quv jarayoniga jalb qilish, materialni passiv idrok etishga yo'naltirish uchun
foydalidir usullardan biridir. O'rganishning chekka shakllarining afzalliklaridan samarali
foydalanishga imkon beradigan zamonaviy o'quv infratuzilmasi, o'quv, texnologik, tashkiliy
komponentlarni o'z ichiga oladi. har bir innovatsion texnologiya o’ziga xos afzallik jihatlariga
egadir. Bunday usullarning barchasida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi hamkorlik,
o’quvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati ko’zda tutiladi. Xorijiy til darslarida innovatsion
texnologiyalar va usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mantiqiy va kreativ fikrlash
qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanadi.

Darslarning noan’anaviy usullarda, turli metodlarni qo’llagan holda tashkil qilinishi

orqali zerikarli mashg’ulotlrning oldi olinadi. Bu esa yosh avlod o’rtasida xorijiy tillarni
o’rganishga bo’lgan qiziqishning, bilim olishga bo’lgan ishtiyoqning ortishiga, darslarning esa
samarali tashkil etilishiga zamin yaratadi. Natijada o’quvchilaning darsga puxta tayyorgarlik
ko’rib kelishiga, o’zlashtirish samaradorligining jadal o’sishiga erishiladi. Bugungi kunda
o‘qituvchining o‘zi kreativ, ijodkor bo‘lsagina, o'quvchilar ham shunday bo‘la oladi.

O‘qituvchining ijodkor va kreativ bo‘lishi yoki bo‘lmasligi emas, balki darslarni

ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g‘oyalarni ta’lim jarayonida sinab ko‘rishga
intilishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Tolipov.U,Q, Sharipov SH.S “o’quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish
pedagogik asoslar” “Fan” nashri 2012-yil 18,19-bet.

2.

O’,J.Yo’ldoshev tаhriri ostidа. “Umumiy pedаgogikа”. –T.:«Fаn vа texnologiyа», 2017.

3.

Nodira Egamberdiya “Ijtimoiy pedagogika” Toshkent 2019.

4.

Kreativ ta’lim texnologiyasi, muxlisa faxriddin qizi isoqova. academic research in
Educational Sciences Volume 3 | Issue 11 | 2022

5.

O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risidagi o‘zbekiston respublikasi prezidentining farmoni.

6.

Www.cyberleninka.ru


References

Tolipov.U,Q, Sharipov SH.S “o’quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish pedagogik asoslar” “Fan” nashri 2012-yil 18,19-bet.

O’,J.Yo’ldoshev tаhriri ostidа. “Umumiy pedаgogikа”. –T.:«Fаn vа texnologiyа», 2017.

Nodira Egamberdiya “Ijtimoiy pedagogika” Toshkent 2019.

Kreativ ta’lim texnologiyasi, muxlisa faxriddin qizi isoqova. academic research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 11 | 2022

O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi o‘zbekiston respublikasi prezidentining farmoni.

Www.cyberleninka.ru