JINOYAT PROTSESSIDA DASTLABKI ESHITUV INSTITUTI

Annotasiya

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni bilan qonunchilikka kiritilgan oʻzgarish – dastlabki eshituv institutining mohiyati hamda protsessual tartibi xususida soʻz yuritilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
132-135
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xusanov, D. (2025). JINOYAT PROTSESSIDA DASTLABKI ESHITUV INSTITUTI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(11), 132–135. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139395
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni bilan qonunchilikka kiritilgan oʻzgarish – dastlabki eshituv institutining mohiyati hamda protsessual tartibi xususida soʻz yuritilgan.


background image


Noyabr, 2025-Yil

132

JINOYAT PROTSESSIDA DASTLABKI ESHITUV INSTITUTI

Xusanov Diyorbek Ismatilla o‘g‘li

Farg‘ona yuridik texnikumi

II bosqich “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 43-24-guruh o‘quvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17584285

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-

iyuldagi PF-6034-sonli “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov
samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni bilan
qonunchilikka kiritilgan oʻzgarish – dastlabki eshituv institutining mohiyati hamda protsessual
tartibi xususida soʻz yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

dastlabki eshituv, sud-huquq islohotlari, surishtiruv, dastlabki tergov, ajrim,

raislik qiluvchi, himoyachi, ayblanuvchi.

Аннотация.

В данной статье рассматривается сущность и процессуальный

порядок института предварительного слушания - изменения, внесенного в
законодательство Указом Президента Республики Узбекистан от 24 июля 2020 года No
УП-6034 "О дополнительных мерах по дальнейшему совершенствованию деятельности
судов и повышению эффективности правосудия."

Ключевые понятия:

предварительное слушание, судебно-правовые реформы,

дознание, предварительное следствие, определение, председательствующий, защитник,
обвиняемый.

Abstract.

This article examines the essence and procedural order of the preliminary

hearing institution, a change introduced into the legislation by Presidential Decree No. UP-6034
dated July 24, 2020, "On Additional Measures to Further Improve the Activities of Courts and
Enhance the Efficiency of Justice."

Key concepts:

preliminary hearing, judicial and legal reforms, inquest, preliminary

investigation, determination, presiding judge, defense attorney, and accused.

Mamlakatimizda olib borilayotgan sud-huquq islohotlari natijasida bir qator oʻzgarishlar

amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi
munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar
kiritish toʻgʻrisidagi qonunlarni imzoladi. Mazkur qonunga muvofiq oʻzgartirish va
qoʻshimchalarning asosiy qismi sud tizimining qayta ixtisoslashuvi, sud qarorlarini qayta koʻrish
institutining takomillashtirilishi bilan bogʻliq boʻldi.

Xususan, “Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi

munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va
qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun bilan kodeksga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
asosan qator oʻziga xos jihatlarda namoyon boʻldi. Ushbu Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan
yangi oʻzgarishlarga koʻra, shaxsning aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar
boʻyicha jazo tayinlash, koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish, uning asoslari va tartibi,
kelib tushgan jinoyat ishi boʻyicha sudyaning harakatlari ifodalab berilgan.


background image


Noyabr, 2025-Yil

133

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessal kodeksi 49

1

-bob bilan toʻldirilib, jinoyat ishi

boʻyicha dastlabki eshituv deb nomlandi hamda ushbu bobda dastlabki eshituvning mohiyatini,
asoslari, oʻtkazish tartibini belgilab beradigan bir qator moddalar oʻz ifodasini topdi.

Dastlabki eshituv – surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyati ustidan bevosita sud

nazorati shakllaridan biri hisoblanadi. Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash bosqichida
jinoyat ishining kelgusi harakati masalalarini tortishuv prinsipiga koʻra hal etilishini koʻzda
tutadi.

1

Kodeksining 405

3

-moddasida jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun

asoslar koʻrsatib oʻtilgan boʻlib, unga koʻra, dastlabki eshituv quyidagilar uchun asoslar mavjud
boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi:

1) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish;
2) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni tugatish;
3) jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov xulosasini yoki tibbiy yoʻsindagi

majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish;

4) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish;
5) nomaqbul dalillarni ishdan chiqarib tashlash toʻgʻrisida taraflardan birining iltimosi

mavjud boʻlsa, ushbu dalillarni chiqarib tashlash.

Demak modda mohiyatidan anglashiladiki, ushbu asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, sud

taraflarning iltimosiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv
oʻtkazadi.

Qonunchilikka kiritilgan oʻzgarishga muvofiq, jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv

sudya tomonidan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan
paytdan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay boshlanishi, lekin dastlabki eshituvni oʻtkazish
davomiyligi dastlabki eshituv boshlangan kundan eʼtiboran oʻn sutkadan oshmasligi kerakligi
belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 405

6

-moddasida jinoyat ishi

boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish tartibi bilan bogʻliq normalar mustahkamlandi.

Mazkur modda talabidan kelib chiqib, dastlabki eshituv sudya tomonidan yopiq sud

majlisida yakka tartibda, taraflar ishtirokida oʻtkaziladi. Bunda taraflarni sud majlisiga chaqirish
toʻgʻrisidagi bildirish dastlabki eshituv oʻtkaziladigan kunga qadar kamida uch sutka oldin
yuborilgan boʻlishi kerak.

Sud majlisida ayblanuvchi, uning himoyachisi, qonuniy vakili va davlat ayblovchisi

ishtirok etishi shart. Dastlabki eshituv ayblanuvchi yoʻqligida uning iltimosiga koʻra yoki basharti
sud muhokamasini sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan va sudga
kelishdan boʻyin tovlagan, uning yoʻqligi ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmagan
taqdirda yoki ayblanuvchi qonun normalariga asosan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan
boʻlsa, taraflardan birining iltimosiga koʻra oʻtkazilishi mumkin.

Oʻz vaqtida xabardor qilingan jabrlanuvchining va uning vakilining, fuqaroviy daʼvogar,

fuqaroviy javobgarning hamda ular vakillarining sud majlisiga kelmaganligi dastlabki eshituvni

1

S.Raxmonova. Dastlabki eshituv instituti qanday samara beradi?

https://docs.yandex.ru/docs/view?tm


background image


Noyabr, 2025-Yil

134

oʻtkazish uchun monelik qilmaydi. Oʻz navbatida raislik qiluvchi dastlabki eshituv boʻyicha sud
majlisini belgilangan vaqtda ochadi.

Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, kimlar davlat ayblovchisi, himoyachi, sud

majlisining kotibi ekanligini eʼlon qiladi.

Raislik qiluvchi ayblanuvchining shaxsini aniqlaydi. Keyin raislik qiluvchi, agar jinoyat

ishi boʻyicha ish yuritishda ishtirok etayotgan boʻlsa, ayblanuvchining qonuniy vakilining,
jabrlanuvchining, uning vakilining shaxsini aniqlaydi.

Raislik qiluvchi sud majlisi ishtirokchilariga ularning sudyani, davlat ayblovchisini, sud

majlisi kotibini va sud majlisining boshqa ishtirokchilarini rad qilish huquqlarini tushuntiradi.

Raislik qiluvchi ayblanuvchidan, shuningdek sud majlisiga chaqirilgan shaxslardan

iltimoslari bor-yoʻqligini soʻraydi.

Dastlabki eshituvni oʻtkazish raislik qiluvchining maʼruzasi bilan boshlanadi, maʼruzadan

keyin u sud majlisida hozir boʻlganlarni eshitadi. Soʻngra jinoyat ishiga doir materiallar
tekshiriladi.

Agar bir taraf nomaqbul dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisida iltimosnoma bergan boʻlsa,

sudya boshqa tarafdan unda mazkur iltimosnomaga qarshi eʼtirozi bor-yoʻqligini surishtiradi.

Eʼtirozlar mavjud boʻlmagan va dalillarni nomaqbul deb eʼtirof etish uchun qonunda

nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda sudya iltimosnomani qanoatlantiradi.

Taraflarning qoʻshimcha dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi iltimosnomalari, agar

ushbu dalillar ish uchun ahamiyatli boʻlsa, qanoatlantirilishi kerak. Shundan soʻng davlat
ayblovchisining va himoyachining dastlabki eshituvda hal etilayotgan masalalar yuzasidan fikri
eshitiladi. Davlat ayblovchisining va himoyachining fikrini eshitgach, raislik qiluvchi ajrim
chiqarish uchun alohida xonaga kiradi, ushbu ajrim sud majlisida oʻqib eshittirilishi kerak.

Dastlabki eshituv natijalari boʻyicha sudya quyidagi masalalar yuzasidan ajrim chiqaradi:

yaʼni, jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida; jinoyat ishi boʻyicha ish
yuritishni tugatish haqida; jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov xulosasini yoki tibbiy
yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish
toʻgʻrisida; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish yoki ajratish
haqida; dalilni nomaqbul deb topish va chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani
qanoatlantirish toʻgʻrisida yoki qanoatlantirishni rad etish haqida.

Dastlabki eshituv jarayonida sud majlisi kotibi tegishli tartibda bayonnoma yuritadi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, qonunchiligimizda ushbu institutning joriy etilishi bilan

jinoyat ishini sudda har tomonlama va xolisona koʻrilishiga toʻsqinlik qiluvchi holatlarni bartaraf
etish masʼuliyati sudyaning zimmasida boʻlsada, lekin uni amalga oshirish uchun real vakolati
yoʻqligi sababli jinoyat ishining nuqsonlarini koʻra bila turib sud muhokamasiga “oʻtkazish”
majburiyatidan ozod boʻladi.

Dastlabki eshituv institutini milliy jinoyat ishlari yurituviga tatbiq etish hozirda sud

yurituvida mavjud boʻlgan jiddiy muammolarni hal etishning optimal yechimi hisoblanadi.

Shu munosabat bilan dastlabki eshituv joriy etilishi sudning protsessual vakolatlarini

mustahkamlash va yanada kengaytirishga, natijada esa, sud, dastlabki tergov organlari hamda
fuqarolarning vaqti va saʼi- harakatlarining tejalishi, jinoyat ishlari yurituviga jalb etilgan
shaxslarning buzilgan huquqlari tez fursatda tiklanishini taʼminlaydi.


background image


Noyabr, 2025-Yil

135

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksi.

3.

https://lex.uz/docs/111460

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli “Sudlar
faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir
qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni. https://lex.uz/docs/4910826.

5.

S.Raxmonova Dastlabki eshituv instituti qanday samara beradi?

6.

https://docs.yandex.ru/docs/view?tm.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksi.

https://lex.uz/docs/111460

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni. https://lex.uz/docs/4910826.

S.Raxmonova Dastlabki eshituv instituti qanday samara beradi?

https://docs.yandex.ru/docs/view?tm.