341
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
KASALXONA INFEKSIYALARI. ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA VA PROFILAKTIKA
USULLARI
To’xtamurodova Ma’sumaxon Nurmurodjon qizi
Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Pediatriya fakulteti 2-bosqich talabasi.
Aliyev Ulugʻbek A'zamjon o'g'li
Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti,
Mikrobiologiya, virusologigiya va immunologiya” kafedrasi assistenti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17583258
Annotatsiya.
Kasalxona infeksiyalari (nozokomial infeksiyalar) - bunda bemor
shifoxonaga yotqizilgandan keyin, kamida 48 soat o‘tgach paydo bo‘ladigan infeksion
holatlardir. Ular tibbiy yordamning sifati, sterilizatsiya darajasi va xodimlarning gigiyenik
madaniyatini aks ettiradi. Zamonaviy tibbiyotda kasalxona infeksiyalari antibiotik
rezistentlikning kengayishi va biofilmlar hosil qiluvchi patogenlar sababli yanada murakkab tus
olmoqda. Shu sababli, ularni erta aniqlash va oldini olish tibbiyot mikrobiologiyasining muhim
vazifalaridan biridir. Kasalxona infeksiyalarining o‘sishi global muammo bo‘lib, ularning asosiy
sababi - gigiyena qoidalariga amal qilinmasligi va antibiotiklardan noto‘g‘ri foydalanishdir.
Zamonaviy diagnostika usullari - ko’pincha, PCR va MALDI-TOF kabi texnologiyalar -
infeksiyani erta aniqlash imkonini beradi. Profilaktika esa faqat kompleks yondashuv orqali
samarali bo‘ladi: gigiyena, sterilizatsiya, antibiotik nazorati va epidemiologik monitoring
tizimlari uyg‘un ishlashi kerak.
Kalit So’zlar:
Nozokomial infeksiyalar, Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae,
Acinetobacter baumannii, Pseudomonas, Staphylococcus aureus, - PCR (polimeraz zanjir
reaksiyasi), MALDI-TOF mass-spektrometriya.
Аннотация
. Больничные инфекции (нозокомиальные инфекции) - это
инфекционные заболевания, возникающие не ранее чем через 48 часов после
госпитализации пациента. Они отражают качество медицинской помощи, уровень
стерилизации и гигиеническую культуру медицинского персонала. В современной
медицине больничные инфекции становятся всё более сложными из-за распространения
антибиотикорезистентности и образования биоплёнок патогенными микроорганизмами.
Поэтому их ранняя диагностика и профилактика являются важнейшими задачами
медицинской микробиологии. Рост числа больничных инфекций представляет собой
глобальную проблему, основными причинами которой являются несоблюдение
гигиенических правил и неправильное использование антибиотиков. Современные методы
диагностики - в частности, технологии ПЦР и MALDI-TOF - позволяют выявлять
инфекции на ранних стадиях. Профилактика эффективна только при комплексном
подходе: соблюдении гигиены, стерилизации, контроле применения антибиотиков и
внедрении систем эпидемиологического мониторинга.
Ключевые Слова
: Нозокомиальные инфекции, Escherichia coli, Klebsiella
pneumoniae, Acinetobacter baumannii, Pseudomonas, Staphylococcus aureus, ПЦР
(полимеразная цепная реакция), масс-спектрометрия MALDI-TOF.
Annotation.
Hospital-acquired infections (nosocomial infections) are infectious
conditions that occur at least 48 hours after a patient has been admitted to the hospital. They
reflect the quality of medical care, the level of sterilization, and the hygienic culture of
healthcare personnel. In modern medicine, hospital infections have become more complex due to
the spread of antibiotic resistance and the presence of biofilm-forming pathogens.
342
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Therefore, their early detection and prevention are among the main tasks of medical
microbiology. The growing incidence of hospital infections is a global problem, mainly caused
by non-compliance with hygiene rules and the irrational use of antibiotics. Modern diagnostic
methods - particularly PCR and MALDI-TOF technologies - make it possible to detect infections
at an early stage. Prevention is effective only through a comprehensive approach: proper
hygiene, sterilization, antibiotic control, and the implementation of epidemiological monitoring
systems.
Keywords
:
Nosocomial
infections,
Escherichia
coli,
Klebsiella
pneumoniae,
Acinetobacter baumannii, Pseudomonas, Staphylococcus aureus, PCR (polymerase chain
reaction), MALDI-TOF mass spectrometry.
Kirish
Kasalxona infeksiyalari yoki nozokomial infeksiyalar - bu shifoxonada yoki boshqa
tibbiy muassasada davolanish jarayonida bemorlar yoki tibbiyot xodimlari tomonidan
yuqtiriladigan infeksion kasalliklardir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga
ko‘ra, dunyo bo‘yicha har 100 nafar bemordan kamida 7 nafari statsionar davolanish vaqtida
infeksiya yuqtiradi. Bu holat sog‘liqni saqlash tizimiga katta iqtisodiy zarar yetkazish bilan
birga, antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarning tarqalishiga ham sabab bo‘lib qoladi.
Nozokomial infeksiyalar mikrobiologiya, epidemiologiya va klinik amaliyot choralarining o‘zaro
uyg‘unligini talab qiladigan muhim sog‘liqni saqlash muammosidir.
Kasalxona infeksiyalari ko‘p omilli (multifaktorial) kasallik hisoblanadi. Asosiy
sabablarni quyidagicha guruhlash mumkin:
Biologik omillar
Patogen
mikroorganizmlar:
Staphylococcus
aureus,
Pseudomonas
aeruginosa,
Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Acinetobacter baumannii kabi bakteriyalar eng ko‘p
uchraydi.
Viruslar: Gepatit B, C, OIV, rotavirus, adenoviruslar.
Zamburug‘lar: Candida va Aspergillus turlari.
Texnik va tashkiliy omillar
Sterilizatsiya va dezinfeksiya qoidalariga rioya qilinmasligi
Tibbiyot asbob-uskunalarining yetarli dezinfeksiyasi yo‘qligi
Havo almashinuvi va suv tizimlarining sanitariya holati pastligi.
Inson omillari
Tibbiyot xodimlarining qo‘l gigiyenasiga rioya qilmasligi, infeksiya nazorati bo‘yicha
bilim yetishmasligi, kasalxona xodimlarining o‘zlari tashuvchi (nosiya) bo‘lishi
Kasalxona infeksiyalarining asosiy turlari
Nafas yo‘llari infeksiyalari
Ventilyatsiya yoki intubatsiya bilan bog‘liq pnevmoniyalar, ayniqsa reanimatsiya
bo‘limlarida keng tarqalgan. Xususan Pseudomonas, Klebsiella va Acinetobacter turlari sabab
bo‘ladi.
Siydik yo‘li infeksiyalari
Kateter orqali infektsiya tushishi natijasida yuzaga keladi. Ko‘pincha E. coli va
Enterococcus turlari aniqlanadi.
Yarani yiringlash infeksiyalari
343
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Operatsiyadan keyingi jarohatlarda Staphylococcus aureus va Streptococcus turlari ko‘p
uchraydi.
Qon orqali yuqadigan infeksiyalar
Bunda in'eksiya, qon quyish yoki invaziv muolajalar vaqtida paydo bo‘ladi. Gepatit B, C,
va OIV asosiy patogenlardir.
Kasalxona infeksiyalarini aniqlashda mikrobiologik tahlillar muhim o‘rin tutadi:
Madaniy usul (kultura)
- bu patogenni ajratib olish va identifikatsiya qilish
Antibiotik sezuvchanlik testlari
- disk-diffuziya, E-test yoki mikrobroth dilution usullari
Serologik usullar
- antitanalar yoki antigenlarni aniqlash (ELISA)
Molekulyar usullar
- PCR (polimeraz zanjir reaksiyasi) orqali patogen genlarini topish
Kasalxona infeksiyalarini oldini olish choralari
Gigiyenik tadbirlar
Qo‘l gigiyenasi - asosiy va eng samarali profilaktik chora, xonalarning muntazam
dezinfeksiyasi, toza va iflos zonalarni ajratish.
Texnik chora-tadbirlar
Asbob-uskunalarni avtoklavda sterilizatsiya qilish, bir martalik sarf materiallaridan
foydalanish, havo va suv tizimlarining mikrobiologik nazoratini olib borish
Epidemiologik nazorat
Kasalxona infeksiyalari bo‘yicha ichki monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish, infeksiya
nazorati bo‘yicha maxsus guruh (komissiya) tashkil etish, antibiotiklarni oqilona ishlatish
siyosatini joriy etish, antimikrob rezistentlik muammosi
Kasalxona sharoitida bakteriyalarning ko‘pchiligi ko‘p dori turlariga chidamli (MDR -
multidrug resistant) bo‘lib bormoqda. Bu jarayonni nazorat qilish uchun: Antibiotiklarni faqat
kerakli hollarda qo‘llash, mikrobiologik tahlil natijasiga asoslangan davo tanlash, “Antibiotik
nazorati dasturi (Antimicrobial Stewardship Program)”ni joriy etish zarur. Infeksiyani erta
aniqlash va patogenni to‘g‘ri identifikatsiya qilish - davolash strategiyasining asosi hisoblanadi.
Hozirda bir necha zamonaviy diagnostika texnologiyalari qo‘llaniladi:
Klassik mikrobiologik usullar
Kultura (ekish)
- bu usul patogendan toza koloniya olish, identifikatsiya va
antibiotiklarga sezuvchanlikni aniqlash.
Afzalligi: aniq natija beradi.
Kamchiligi: vaqt talab qiladi (24–72 soat).
Antibiotik sezuvchanlik testlari
Disk-diffuziya
(Kirby-Bauer) usuli
Mikrobroth dilution - minimal tormozlovchi konsentratsiyani (MIC) aniqlash
E-test
- antibiotik gradientli lenta yordamida aniq MIC o‘lchash
Tezkor molekulyar diagnostika
PCR (Polimeraz zanjir reaksiyasi)
- patogen DNKsini aniqlaydi (masalan, MRSA yoki
karbapenemaz genlari).
Real-Time PCR
- virusli infeksiyalar va antibiotik rezistentlik genlarini tez aniqlash
imkonini beradi.
MALDI-TOF mass-spektrometriya
– mikroorganizmlarni oqsil tarkibiga ko‘ra soniyalar
ichida identifikatsiya qiladi.
Serologik testlar
344
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Antigen
yoki
antitana
mavjudligini
aniqlanadi
(ELISA,
agglutinatsiya,
immunoflyuorestsent testlar). Virusli va ayrim bakterial infeksiyalar uchun qo‘llaniladi.
Kasalxona infeksiyalariga qarshi kurashda asosiy maqsad -infeksiyaning tarqalish
zanjirini uzish.
Umumiy gigiyenik chora-tadbirlar
Har bir bemordan keyin qo‘l gigiyenasini ta’minlash (spirt asosidagi antiseptiklar bilan).
Xonalarning shamollatilishi va dezinfeksiya qoidalariga qat’iy amal qilish. Tibbiyot
asboblarini sterilizatsiya qilish (avtoklav, quruq issiqlik, gaz sterilizatori). Tibbiy uskunalar bilan
ishlashda ehtiyot choralari. Bir martalik kateter, shprits, qo‘lqopdan foydalanish. Ventilyatsiya
va kateter tizimlarini har kuni almashtirish yoki sterilizatsiya qilish.
Antimikrob nazorat (Antimicrobial stewardship)
Antibiotiklarni faqat mikrobiologik tahlil natijalariga asoslanib qo‘llash. Profilaktik
antibiotiklarni ortiqcha ishlatmaslik. Kasalxona miqyosida antibiotik siyosatini nazorat qiluvchi
komissiya tashkil etish.
Epidemiologik nazorat tizimi
Infeksiya holatlarini ro‘yxatga olish va tahlil qilish (monitoring). Har oy laboratoriyalarda
mikrobiologik muhitni (havo, suv, asboblar) tekshirish. Xodimlar uchun doimiy infeksiya
nazorati treninglari o‘tkazish. Nanomaterial asosidagi antibakterial qoplamalar - tibbiy asboblar
yuzasida biofilm hosil bo‘lishining oldini oladi. Bakteriofag terapiyasi - bu antibiotik rezistent
bakteriyalarga qarshi viruslardan foydalanish. Sun’iy intellekt asosida infeksiya monitoringi -
laboratoriya ma’lumotlarini avtomatik tahlil qilish orqali infeksiya xavfini erta aniqlash.
Foydalanilgan Adabiyotlar
1.
Abdurahmonov A., To‘laganov B. Tibbiyot mikrobiologiyasi. – Toshkent: Tibbiyot
nashriyoti, 2022.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. “Nozokomial (kasalxona)
infeksiyalarni oldini olish bo‘yicha metodik qo‘llanma.” – Toshkent, 2024.
3.
Raximova G.X., Xoliqova M.I. Klinik mikrobiologiya va infeksion nazorat asoslari. –
Toshkent: O‘zbekiston tibbiyot akademiyasi nashriyoti, 2023.
4.
World Health Organization (JSST). “Healthcare-associated infections: prevention and
control.” – Geneva, 2023.
5.
Jawetz, Melnick & Adelberg. Tibbiy mikrobiologiya (Medical Microbiology). – 28-
nashr. – McGraw-Hill, 2022.
6.
Centers for Disease Control and Prevention (CDC). “Infection Prevention and Control
Guidelines in Healthcare Facilities.” – Atlanta, 2023.
