TILSHUNOSLIK FANINING FALSAFA, PSIXOLOGIYA VA SOTSIOLOGIYA BILAN UYG‘UNLIGI

Annotasiya

Ushbu maqolada tilshunoslik fanining falsafa, psixologiya va sotsiologiya bilan o‘zaro aloqalari tahlil qilinadi. Tilning nafaqat aloqa vositasi, balki tafakkur, ong va jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq murakkab ijtimoiy hodisa ekani ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada falsafa fanining tilning mohiyatini anglashdagi o‘rni, psixologiyaning nutq hosil bo‘lishi hamda idrok jarayonlariga ta’siri, shuningdek, sotsiologiyaning tilning ijtimoiy tabiati va jamiyatdagi funksiyalarini o‘rganishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, psixolingvistika va sotsiolingvistika kabi yo‘nalishlar misolida tilshunoslikning ko‘p fanli (multidisipliner) xususiyati namoyon etiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
369-373
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Soatova, A. (2025). TILSHUNOSLIK FANINING FALSAFA, PSIXOLOGIYA VA SOTSIOLOGIYA BILAN UYG‘UNLIGI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(11), 369–373. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139471
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada tilshunoslik fanining falsafa, psixologiya va sotsiologiya bilan o‘zaro aloqalari tahlil qilinadi. Tilning nafaqat aloqa vositasi, balki tafakkur, ong va jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq murakkab ijtimoiy hodisa ekani ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada falsafa fanining tilning mohiyatini anglashdagi o‘rni, psixologiyaning nutq hosil bo‘lishi hamda idrok jarayonlariga ta’siri, shuningdek, sotsiologiyaning tilning ijtimoiy tabiati va jamiyatdagi funksiyalarini o‘rganishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, psixolingvistika va sotsiolingvistika kabi yo‘nalishlar misolida tilshunoslikning ko‘p fanli (multidisipliner) xususiyati namoyon etiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

369

TILSHUNOSLIK FANINING FALSAFA, PSIXOLOGIYA VA SOTSIOLOGIYA BILAN

UYG‘UNLIGI

Soatova Aziza Sadriddin qizi

Termiz davlat universiteti, O‘zbek filologiyasi fakulteti,

Filologiya va tillarni o’qitish: o‘zbek tili yo’nalishi 1-bosqich talabasi.

azizasoatova011@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17602104

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tilshunoslik fanining falsafa, psixologiya va sotsiologiya

bilan o‘zaro aloqalari tahlil qilinadi. Tilning nafaqat aloqa vositasi, balki tafakkur, ong va
jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq murakkab ijtimoiy hodisa ekani ilmiy asosda
yoritiladi. Maqolada falsafa fanining tilning mohiyatini anglashdagi o‘rni, psixologiyaning nutq
hosil bo‘lishi hamda idrok jarayonlariga ta’siri, shuningdek, sotsiologiyaning tilning ijtimoiy
tabiati va jamiyatdagi funksiyalarini o‘rganishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek,
psixolingvistika va sotsiolingvistika kabi yo‘nalishlar misolida tilshunoslikning ko‘p fanli
(multidisipliner) xususiyati namoyon etiladi.

Kalit so‘zlar:

tilshunoslik, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, psixolingvistika,

sotsiolingvistika, tafakkur, ijtimoiy hodisa.

Annotation.

This article analyzes the interrelations of linguistics with philosophy,

psychology, and sociology. It substantiates that language is not only a means of communication
but also a complex social phenomenon closely connected with thought, consciousness, and the
development of society. The article discusses the role of philosophy in understanding the essence
of language, the influence of psychology on speech production and perception processes, as well
as the importance of sociology in studying the social nature and functions of language.

Furthermore, through the examples of psycholinguistics and sociolinguistics, the

multidisciplinary character of linguistics is demonstrated.

Keywords:

linguistics,

philosophy,

psychology,

sociology,

psycholinguistics,

sociolinguistics, thought, social phenomenon.

Аннотация.

В данной статье анализируются взаимосвязи лингвистики с

философией, психологией и социологией. Обосновывается, что язык является не только
средством общения, но и сложным социальным явлением, тесно связанным с мышлением,
сознанием и развитием общества. В статьерассматриваются роль философии в
осмыслении сущности языка, влияние психологии на процессы Рече образования и
восприятия, а также значение социологии в изучении социальной природы и функций
языка. На примере психолингвистики и социолингвистики показан междисциплинарный
характер лингвистики.

Ключевые

слова:

лингвистика,

философия,

психология,

социология,

психолингвистика, социолингвистика, мышление, социальное явление.

Tilshunoslik — inson tafakkuri va jamiyat hayotining eng muhim ko‘rinishlaridan biri

bo‘lgan tilni o‘rganuvchi fan sifatida o‘ziga xos tadqiqot doirasiga ega. Ushbu fan tilning
tuzilishi, uning ishlash mexanizmlari, tarixiy taraqqiyoti, jamiyatdagi ijtimoiy vazifalari hamda
inson ongidagi aks etish jarayonlarini o‘rganadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

370

Tilshunoslik nafaqat til tizimini tahlil qiladi, balki uni inson faoliyatining, madaniyatining

va tafakkurining ajralmas qismi sifatida ham ko‘radi. Shu bois, tilshunoslikning predmeti keng
bo‘lib, fonetika, leksikologiya, grammatika, semantika, pragmatika, psixolingvistika va
sotsiolingvistika kabi tarmoqlarni qamrab oladi.

Tilshunoslikning boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog‘liqligi uning tadqiqotlarida

yaqqol namoyon bo‘ladi. Til falsafa bilan birgalikda tafakkur va bilish jarayonlarining
mohiyatini tushunishga yordam beradi; psixologiya bilan o‘zaro aloqada nutq faoliyatining
psixik mexanizmlarini ochib beradi; sotsiologiya bilan esa tilning ijtimoiy funksiyalari,
jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi til farqlanishlarini o‘rganadi. Shu bois,
tilshunoslik zamonaviy fanlar tizimida markaziy o‘rinlardan birini egallaydi. Mavzuning
dolzarbligi shundaki, bugungi globallashuv, axborot texnologiyalari va madaniy aloqalar
kengaygan davrda tilning falsafiy, psixologik va sotsiologik jihatlarini birgalikda o‘rganish
zarurati yanada ortmoqda. Tilning ko‘p qirrali tabiatini chuqur anglash nafaqat lingvistik bilimni
boyitadi, balki inson tafakkuri, ijtimoiy ong va madaniy o‘ziga xoslikni tushunishga ham xizmat
qiladi. Shu sababli, tilshunoslikning falsafa, psixologiya va sotsiologiya bilan aloqalarini
o‘rganish ilmiy jihatdan ham, amaliy nuqtayi nazardan ham dolzarb masala hisoblanadi.

Til va tafakkur o‘rtasidagi munosabat qadimdan insoniyat tafakkurining eng muhim

falsafiy muammolaridan biri bo‘lib kelgan. Chunki til — inson tafakkurining shakli, tafakkur esa
tilning mazmunidir. Falsafada bu masala asosan “til inson tafakkurini ifodalovchimi yoki uni
shakllantiruvchimi?” degan savol asosida tahlil qilinadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda,
tilshunoslik va falsafa bir-biridan ajralmas, o‘zaro boyituvchi fan sohalaridir. Falsafa tilni bilish,
tafakkur, mavjudlik va haqiqatni ifodalash vositasi sifatida o‘rganiladi.

Masalan, Aristotel: “Til – insonning tafakkuriy qobiliyatini tashqi shaklda ifodalovchi

vosita”, deb hisoblagan. Keyinchalik R.Dekart, I.Kant, F.Gegel kabi faylasuflar tilni inson aqliy
faoliyatining muhim ko‘rinishi sifatida tahlil qilganlar. XX asr falsafasida esa
L.Vitgenshteynning “til falsafasi” konsepsiyasi alohida e’tiborga loyiq bo‘lib, u til orqali inson
dunyoni qanday idrok etishi va haqiqatni qanday shakllantirishi masalasiga yangi nazariy asos
yaratgan. Tilshunoslikda esa bu jarayon til tizimi va inson tafakkuri o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir
orqali izohlanadi.

Til — fikrni tashqi shaklga soluvchi vosita bo‘lish bilan birga, inson ongining

rivojlanishida faol rol o‘ynaydi. Shu sababli zamonaviy lingvistika, ayniqsa kognitiv tilshunoslik
yo‘nalishi, falsafaning “bilish nazariyasi” bilan chambarchas bog‘langan. Kognitiv lingvistika
tilni inson ongida shakllanadigan bilimlar, tushunchalar va mantiqiy bog‘lanishlar tizimi sifatida
o‘rganadi. Tilshunoslik va falsafa o‘rtasidagi uzviy aloqaning yana bir muhim jihati —
semantika (ma’no nazariyasi)da ko‘rinadi. Falsafa ma’no, haqiqat va tushuncha munosabatlarini
tahlil qilsa, lingvistika bu munosabatlarning tilda qanday shaklda ifodalanishini o‘rganadi.
Masalan, “haqiqat”, “borliq”, “ong”, “ruh” kabi falsafiy tushunchalar tildagi leksik-semantik
tizim orqali shakllanadi va madaniy tafakkurda o‘z ifodasini topadi.

Til va psixologiya inson faoliyatining ikki ajralmas sohasi bo‘lib, ularning o‘zaro aloqasi

asosan nutq va tafakkur jarayonlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Psixologiya insonning ruhiy
kechinmalari, idrok, tafakkur, xotira va emotsional holatini o‘rganar ekan, tilshunoslik aynan shu
jarayonlarning tildagi ifodasi va tuzilishini tahlil qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

371

Shu bois tilshunoslikning psixologiya bilan aloqasi inson nutq faoliyatining ichki

mexanizmlarini anglashda alohida ahamiyat kasb etadi. Tilshunoslik va psixologiya o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlik natijasida psixolingvistika deb ataluvchi yangi fan sohasi vujudga keldi va bu
atamani ilk marotaba 1936-yilda Yakob Kontor o’z asarida foydalandi. “Psixolingvistika
nutqning hosil bo’lishi va eshitib his etish jihatlarini nutq faoliyatining jamiyat, shaxs
rivojlanishi bilan bog’liq ravishda murakkab sistema va struktura sifatida ilmiy tadqiq etadi”

1

.

Mazkur sohaning rivojlanishida A.A.Leontev, L.S.Vigotskiy, J.Piajе, N.Xomsky kabi
olimlarning ishlari muhim o‘rin tutadi. L.S.Vigotskiy tilni “tafakkurning vositasi” sifatida talqin
qilib, bola nutqining shakllanishida ijtimoiy muhit va psixologik rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro
ta’sirni chuqur tahlil qilgan.

Inson nutqining yuzaga chiqishida bir nechta psixologik bosqichlar mavjud: fikr paydo

bo‘lishi, uni tilda shakllantirish, so‘zlarni tanlash, grammatik tuzilma hosil qilish va nutqni
talaffuz qilish. Bu jarayonlarning har biri inson ongida kechadigan murakkab psixik faoliyat
bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, bir fikrni aytishdan oldin inson ,avvalo, u haqda tasavvur
hosil qiladi, so‘ng uni tushuncha sifatida ongida shakllantiradi. Keyin esa bu tushuncha tilda so‘z
va gap tuzilmasi orqali ifodalanadi. Shuning uchun tilshunoslik nutqni faqat grammatik hodisa
deb emas, balki psixologik jarayon sifatida ham o‘rganadi.

Tilni o‘zlashtirish, ayniqsa bolalik davrida, murakkab psixologik mexanizmlar asosida

kechadi. Bola so‘zlarni eshitish, takrorlash va kontekstda qo‘llash orqali til tizimini o‘zlashtiradi.

Bu jarayonda idrok, xotira va diqqat kabi psixik jarayonlar muhim rol o‘ynaydi.
Vigotskiy nazariyasiga ko‘ra, bola avval “tashqi nutq” orqali atrof-muhit bilan muloqot

qiladi, keyin esa bu jarayon asta-sekin “ichki nutq”ga — ya’ni tafakkur shakliga aylanadi.

Bundan tashqari, nutqning emotsional jihati ham psixologik holat bilan chambarchas

bog‘liq. Masalan, quvonch, g‘azab yoki qo‘rquv kabi his-tuyg‘ular inson nutqining ohangiga,
so‘z tanlashiga va hatto grammatik tuzilishiga ham ta’sir qiladi. Shuning uchun nutqni to‘liq
anglash uchun faqat til tizimini emas, balki inson psixologiyasini ham bilish zarur.

Bugungi kunda kognitiv tilshunoslik, neyrolingvistika va kommunikativ pragmatika kabi

yo‘nalishlar ham til va psixologiya o‘rtasidagi aloqadorlikni chuqur o‘rganmoqda. Kognitiv
tilshunoslik tilni inson ongidagi bilimlar tizimi sifatida talqin qiladi. Masalan, odam “vaqt”,
“joy” yoki “harakat” tushunchalarini tildagi grammatik vositalar orqali ifoda etar ekan, bu
jarayon aslida ongda kechadigan aqliy tuzilmalarning natijasidir.

Neyrolingvistika esa miya faoliyati va til o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadi. Zamonaviy

neyropsixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tilning turli jihatlari (so‘zlash, tinglash, o‘qish,
yozish) miyaning turli sohalarida shakllanadi. Bu holat tilni faqat ijtimoiy emas, balki biologik-
psixologik hodisa sifatida ham talqin qilish zarurligini ko‘rsatadi.

Til — bu nafaqat aloqa vositasi, balki jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi, madaniy

qadriyatlari va tarixiy tajribasining in’ikosi (aksidir). Har qanday til o‘z jamiyatining hayoti bilan
uzviy bog‘liq holda shakllanadi, rivojlanadi va o‘zgaradi. Shu bois tilshunoslikni sotsiologiya
fanidan ajratib o‘rganish mumkin emas. Tilshunoslikning jamiyat bilan aloqadorlik jihatini
o‘rganuvchi yo‘nalish sotsiolingvistika deb ataladi.

1

Xolmanova Z. Tilshunoslik nazariyasi.-Toshkent:Spectum Media Group, 2022.-267


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

372

“Sotsiolingvistika (lot., societas — jamiyat va lingvistika) — tilshunoslik, sotsiologiya

(jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etnografiya fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va
tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, ijtimoiy omillarning tilga taʼsir koʻrsatish
mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar
majmuini oʻrganuvchi ilmiy-nazariy soha”. Bu atama birinchi bor XX asrning o‘rtalarida
amerikalik olim Jozef Fishman tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan.

Fishman tilni jamiyatdagi ijtimoiy tizimning ajralmas qismi deb bilgan va tilning ijtimoiy

funksiyalarini “language in society” — “jamiyatdagi til” tushunchasi orqali izohlab bergan.

O‘zbek tilshunosligida ham sotsiolingvistika yo‘nalishi shakllanib, bu borada bir qator

ilmiy ishlar amalga oshirilgan. M.Qo‘shnazarova, N.Mahmudov, B.O‘rinboyev va boshqa
olimlar tilning ijtimoiy vazifasi, adabiy tilning jamiyatdagi o‘rni, hududiy dialektlarning ijtimoiy
asoslari kabi masalalarni chuqur o‘rganishgan. M.Qo‘shnazarova o‘z tadqiqotlarida tilni
“ijtimoiy hayotning doimiy harakatdagi aks sadosi” deb ataydi.

Tilning ijtimoiy mohiyati shundaki, u jamiyatdagi har qanday o‘zgarishlarga sezgirlik

bilan javob qaytaradi. Mustaqillikdan so‘ng o‘zbek tilida yangi siyosiy, iqtisodiy va texnologik
terminlar — “fuqarolik jamiyati”, “axborot makoni”, “raqamli iqtisodiyot”, “sun’iy intellekt”
kabi iboralar paydo bo‘ldi. Bu hodisa tilning jamiyat taraqqiyoti bilan sistemali tarzda
yangilanayotganini ko‘rsatadi. Sotsiolingvistika shuningdek, jamiyatdagi til siyosati, til mavqei,
ko‘p tillilik va tilni saqlash muammolarini ham o‘rganadi. O‘zbekiston misolida bu jarayon
davlat tili maqomini mustahkamlash va millatlararo muloqotni uyg‘unlashtirish orqali amalga
oshmoqda. 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek,
2020-yilda kuchga kirgan yangi tahriridagi qonun tildan foydalanishning huquqiy asoslarini
belgilab berdi.

Til va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning yana bir muhim jihati — madaniy

identifikatsiyadir. Har bir millat o‘z tili orqali o‘zligini anglaydi. Insonning nutqi, so‘z boyligi,
talaffuzi va uslubiy odatlari uning ijtimoiy kelib chiqishini, madaniy muhitini va kasbiy doirasini
aks ettiradi. Shu bois, til jamiyatning ijtimoiy ko‘zgusi, madaniyatning tashuvchisi va milliy
o‘zlikni belgilovchi vosita sifatida qaraladi.

Xulosa qilib aytganda, tilshunoslik inson tafakkuri va jamiyat hayotining ajralmas qismi

bo‘lib, u falsafa, psixologiya va sotsiologiya bilan uzviy aloqada rivojlanadi.

Til falsafada — haqiqatni ifodalash vositasi, psixologiyada — tafakkur va idrok jarayoni

mahsuli, sotsiologiyada esa — jamiyatning madaniy va ijtimoiy ko‘zgusi sifatida namoyon
bo‘ladi. Demak, tilni faqat lingvistik hodisa sifatida emas, balki inson ongini, tafakkurini va
ijtimoiy hayotini birlashtiruvchi murakkab tizim sifatida o‘rganish zarur. Tilshunoslikning
fanlararo yondashuvi bugungi kunda inson va jamiyatni chuqurroq anglashning eng samarali
yo‘lidir.


Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Xolmanova Z. Tilshunoslik nazariyasi. – Toshkent: Spectum Media Group, 2022. – 320b.

2.

Qo‘shnazarova, M. Til va jamiyat munosabatlari. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy

universiteti nashriyoti, 2018.

3.

Fishman, J. A. The Sociology of Language. — Rowley, MA: Newbury House, 1972.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

373

4.

Nurmonov A. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. –Toshkent: Sharq, 2001- 176b.

5.

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni. — 1989-yil 21-oktabr, yangi

tahrir 2020-yil.

6.

Levert, W. J. M., “Psixolingvistika tarixi: Xomskiygacha bo‘lgan davr” 1938-(2013)

7.

Oxford universiteti matbuoti. ISBN 9780191627200. OCLC 824525524

8.

Kantor J. R., “Psychological Linguistics” Principia Press, 1977. P: 156

9.

Orziqulova G (2025). PSIXOLINGVISTIKANING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI

VA INSON RUHIYATIDA TILNING O‘RNI. Qo‘qon DPI ilmiy xabarlari. 942-946-
betlar.


Bibliografik manbalar

Xolmanova Z. Tilshunoslik nazariyasi. – Toshkent: Spectum Media Group, 2022. – 320b.

Qo‘shnazarova, M. Til va jamiyat munosabatlari. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2018.

Fishman, J. A. The Sociology of Language. — Rowley, MA: Newbury House, 1972.

Nurmonov A. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. –Toshkent: Sharq, 2001- 176b.

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni. — 1989-yil 21-oktabr, yangi tahrir 2020-yil.

Levert, W. J. M., “Psixolingvistika tarixi: Xomskiygacha bo‘lgan davr” 1938-(2013)

Oxford universiteti matbuoti. ISBN 9780191627200. OCLC 824525524

Kantor J. R., “Psychological Linguistics” Principia Press, 1977. P: 156

Orziqulova G (2025). PSIXOLINGVISTIKANING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA INSON RUHIYATIDA TILNING O‘RNI. Qo‘qon DPI ilmiy xabarlari. 942-946-betlar.