ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
377
“TASHQI SIYOSAT VA MINTAQAVIY HAMKORLIK”
Ilmiddinov Lutfullo Nizomjon o’g’li
Namangan davlat universiteti, Yuridik fakulteti 1-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17602206
Annotatsiya.
Ushbu maqola orqali hozirgi kunda O’zbekiston xorijiy davlatlar bilan olib
borayotgan iqtisodiy integratsiya, xavfsizlik va barqarorlik, madaniy va ilmiy aloqalar,
shuningdek, faol tashqi siyosat yuritishning ijobiy tomonlari qisqacha yoritib berilgan.
Kalit so’zlar:
Tashqi siyosat, Diplomatik aloqalar, Xalqaro iqtisodiyot, Xalqaro
tashkilotlar, Elchixona.
«ВНЕШНЯЯ
ПОЛИТИКА И РЕГИОНАЛЬНОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО»
Аннотация.
В данной статье кратко освещаются позитивные стороны
современной экономической интеграции Узбекистана с зарубежными странами,
безопасности и стабильности, культурных и научных связей, а также его активной
внешней политики
.
Ключевые
слова:
Внешняя
политика,
Дипломатические
отношения,
Международная экономика, Международные организации, Посольство.
“FOREIGN POLICY AND REGIONAL COOPERATION”
Annotation.
This article briefly highlights the positive aspects of Uzbekistan's current
economic integration with foreign countries, security and stability, cultural and scientific ties, as
well as its active foreign policy.
Keywords:
Foreign Policy, Diplomatic Relations, International Economics, International
Organizations, Embassy.
Tashqi siyosat — biror davlatning boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarini,
manfaatlarini, maqsad va vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan siyosatdir. Tashqi siyosat
davlatning ichki siyosati bilan bog‘liq bo‘lib, uning xalqaro imaydondagi mavqeini va ta’sirini
belgilaydi.
Tashqi siyosatning asosiy elementlari quyidagilar:
Diplomatiya – davlatlarning o‘zaro munosabatlari, muzokaralar va kelishuvlarni
o‘rnatish.
Harbiy strategiya – milliy xavfsizlikni ta’minlash va zarur hollarda mudofaa kuchlarini
ishlatish.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar – savdo, investitsiyalar, moliyaviy va iqtisodiy yordam
kabi masalalar.
Xalqaro tashkilotlarga a’zolik – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Jahon Savdo
Tashkiloti (JST), Yevropa Ittifoqi kabi tashkilotlarda ishtirok etish[2].
Tashqi siyosatning asosiy maqsadi davlat manfaatlarini himoya qilish, global va
mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash va diplomatik
aloqalarni o‘rnatishdir. Bu, shuningdek, davlatning xalqaro maydondagi imijini yaratishda ham
muhim rol o‘ynaydi. Tashqi siyosatni amalga oshirishda davlatlarning ichki siyosiy, iqtisodiy va
harbiy holati ham ahamiyatli bo‘ladi. Har bir davlatning tashqi siyosati o‘zining tarixiy,
geografik, iqtisodiy va siyosiy sharoitlariga asoslanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
378
O’zbekiston Respublikasining 17-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi alqaro
munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir[1]. Qolaversa, O‘zbekistonning tashqi siyosati
davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik,
chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish,
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning
umume’tirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi.
Respublikamiz ko’plab xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga 1992-yil 2-martdan boshlab a’zo hisoblanadi.
O‘zbekiston BMTning barcha asosiy ixtisoslashgan idoralari (UNESCO, WHO, FAO, ILO va
boshqalar) bilan faol hamkorlik qiladi.2023–2025-yillarda BMT Inson huquqlari kengashiga
a’zo bo’ldi. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga 1992-yildan beri a’zo. U bilan siyosiy,
xavfsizlik va saylov tizimi sohalarida hamkorlik qiladi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga 1991-
yildan beri a’zo. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti 2001-yil tashkil topgan, O‘zbekiston esa uning
asoschilaridan biri. Unda xavfsizlik, savdo, energetika va transport loyihalarida faol qatnashadi.
Turkiy Davlatlar Tashkilotiga 2009-yildan boshlab a’zo hisoblanadi. Bu tashkilot turkiy
tilli davlatlar o‘rtasidagi madaniy, iqtisodiy va siyosiy integratsiyani rivojlantiradi. Islom
Hamkorlik Tashkiloti 1996-yildan beri a’zo. Islom mamlakatlari o‘rtasida birdamlik va
rivojlanishga qaratilgan tashabbuslarda faol ishtirok etadi. BMTning Osiyo va Tinch okeani
uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi Jahon banki, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi, Osiyo
taraqqiyot bankining ham a’zosi hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va
investitsiyalarni jalb etish sohasida ham hamkorlik olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro
manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashiq siyosiy
kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi
keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi
va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik,
barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy
manfaatlarini faol tarzda ilgari surishdir[4]. Bu faollikka misol tarzda mamlakatimiz xorijiy
davlatlar bilan imzolagan hujatlarni keltirishimiz mumkin. Turkmaniston bilan 2025-yil 28-
yanvarda Toshkentda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkmaniston Tashqi
ishlar vaziri Reshid Meredov ikki hujjatni imzoladi — biri “2025-2026 yillarga mo‘ljallangan
hamkorlik dasturi”, ikkinchisi “huquqiy-shartnoma bazasini inventarizatsiya qilish va
takomillashtirish protokoli”. Shuningdek, tomonlar bir-birlarining xalqaro tashkilotlardagi
nomzodlarini qo‘llab-quvvatlashga og‘zaki eslatma almashdilar. Bu hujjatlar Shanxay
Hamkorlik Tashkiloti mintaqasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, huquqiy bazani
mustahkamlash va qo‘shni respublikalar bilan aloqalarni poydevorini oshirishga mo‘ljallangan.
Mongoliya bilan 2025-yil 25-iyunda Ulan-Bator shahrida Shavkat Mirziyoyev va Ухнаагийн
Хүрэлсүх bilan yuqori darajadagi muzokaralar natijasida “kompleks hamkorlik deklaratsiyasi”
imzolandi. Mazkur deklaratsiya bilan birga quyidagi hujjatlar ham imzolindi: o‘simlik karantini
va himoyasi bo‘yicha hamkorlik; oliy ta’lim bo‘yicha hamkorlik; konchilik va atrof-muhitni
muhofaza qilish; jinoyatni oldini olish va nazorat qilish; sog‘liqni saqlash va tibbiyot; jismoniy
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
379
tarbiya va sport. Bu, O‘zbekistonga shimoliy qo‘shni bilan strategik jihatdan yangi hamkorlik
yo‘nalishlarini ochish imkonini beradi — ta’lim, sog‘liqni saqlash, atrof-muhit, sport kabi
sohalar ham kiradi. Xitoyning Fujian viloyati delegatsiyasi bilan Toshkentda 2025-yil 23-may
kuni O‘zbekistonda 20 dan ortiq investitsiya va savdo bitimlari imzolandi. Mazkur bitimlar
qurilish materiallari, konchilik, to‘qimachilik, avtomobil komponentlari va sanoat parklarini
rivojlantirish kabi sohalar bo‘yicha bo‘lgan. Bu bitim Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlikni
kengaytirish, ayniqsa investitsiya va sanoat parklari orqali mahalliy ishlab chiqarishni
rivojlantirish yo‘nalishida muhim qadam. Portugaliya, Slovakiya va Hindiston bilan 2025-yil 27-
mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan uchta xalqaro shartnoma ratifikatsiya
qilindi[3]. O’zbekiston bu davlatlardan tashqari rivojlangan boshqa davlatlar bilan ham ijobiy
munosabatda.
2025-yilgi Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo sammiti 2025 -yilning 3-4-aprel
Samarqand shahrida boʻlib oʻtdi Bu Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari Qozogʻiston,
Qirgʻiziston , Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi birinchi sammit boʻldi.
Sammit Markaziy Osiyoda iqtisodiy rivojlanish, inson huquqlari va siyosiy repressiya kabi
umumiy manfaatlarga ega boʻlgan sohalarda hamkorlikni kengaytirdi[4]. Sammit Yevropa
Ittifoqi-Markaziy Osiyo strategik sheriklik, siyosiy va iqtisodiy hamkorlik rejasining boshlanishi
bilan yakunlandi. Evropa Ittifoqi infratuzilmani rivojlantirish, yashil energiya va mintaqaviy
o'sishni rag'batlantirishga qaratilgan texnologiya loyihalarini qo'llab-quvvatlash uchun 13,2
milliard dollar va'da qildi. Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlarini siyosiy erkinliklar, inson
huquqlari va sud adolatini yaxshilashga chaqirdi. Bundan ko’rinib turibdiki, bu sammit faqat
O’zbekiston uchun emas, balki barcha Markaziy Osiyo davlatlari, qolaversa, Yevropa ittifoqi
davlatlari uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Hozirda O‘zbekiston 34 ta elchixona va 18 ta konsullik vakolatxonasiga ega.
Elchixonalar quyidagi davlatlarda faoliyat yuritadi: Avstriya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Belgiya,
Buyuk Britaniya, Misr, Isroil, Hindiston, Indoneziya, Eron, Italiya, Ispaniya, Qozog‘iston, Xitoy,
Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Quvayt, Malayziya, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, AQSh,
Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Shveysariya, Ukraina, Polsha,
Kanada, Belarus, Singapur, BAA. Qolaversa, bu davlatlarning ham elchixonalari O’zbekiston
hududida o’z faoliyatini olib bormoqda.
Iqtisodiy va diplomatik aloqalarga to’xtaladigan bo’lsak, O‘zbekiston mustaqillikka
erishganidan so‘ng jahon hamjamiyatiga faol integratsiyalashishga intildi. Bugungi kunda
mamlakat 180 dan ortiq davlatlar bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalar o‘rnatgan.
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati eksport-import hajmini oshirish, xorijiy
investitsiyalarni jalb etish va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan. O‘zbekiston
2025-yilning yanvar–sentabr oylarida taxminan 59,8 mlrd AQSH dollar miqdorida tashqi savdo
aylanmasiga ega bo‘lgan — bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,9 % ga o‘sishni anglatadi.
Shu davrda eksport 26,7 mlrd dollar, import esa 33,1 mlrd dollarni tashkil etgan. Savdo aloqalari
keng, 2025-yil oxirida O‘zbekiston 206 davlat bilan tashqi savdo aloqalariga ega bo‘lgan. Eng
yirik savdo hamkorlaridan bo’lmish Xitoyning ulushi taxminan 19.1%ni, Rossiya 15,7 %ni,
Qozogʻiston 5,8 %ni, Turkiya 3,6 %ni tashkil etsa, Janubiy Koreya 2,2 %ni tashkil etadi[5].
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
380
Turkiya bilan iqtisodiy aloqalar alohida ravishda rivojlanmoqda: Ular “Strategik
hamkorlik” darajasiga ko‘tarilgan va savdo hajmi 2016-yildagi 1,2 mlrd dollardan 2024-yilda
3,5 mlrd dollarga yetgan. Xitoy bilan savdo ayniqsa katta o‘sish ko‘rsatmoqda — 2025-yilning
birinchi yarmida Xitoy bilan savdo hajmi 6,556,8 mln dollarni tashkil qilgan.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston tashqi siyosati milliy manfaatlarni
himoya qilish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. Mamlakat qo‘shni va boshqa
davlatlar bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantiradi, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi
hamda iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirishga intiladi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning
tashqi siyosati xalqaro maydonda nufuzini oshirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat
qilmoqda.
Foydalanilgan manbalar
1.
O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi.www.lex.uz
2.
Tashkent Law Spring. https://tashkentlawspring.uz/
3.
Kun.uz. https://www.kun.uz/en/news/
4.
www.wikepediya
5.
Yuz.uz.https://yuz.uz/
