Authors

  • Marjona Noraliyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.138953

Keywords:

milliy xarakter “shafqatsiz realism” romantik pafos realistik tasvir peyzaj mahorati ruhiy olam inson va tabiat munosabatlari

Abstract

Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayevning “Koʻk dengiz” hikoyasida yoritilgan til va millat tushunchalari va ular bilan bogʻliq muammolar toʻgʻrisida fikr yuritilgan. Shuningdek, adib hayoti u yashagan muhit va odamlarning uning asarlariga qanchalik ta’sir etganligiga urg‘u beriladi. Hikoyadagi o‘tgan asrda Markaziy Osiyoda ildiz otgan til g‘urur masalasi, shu bilan birga millatlarning o‘ziga xos urf-odat va an’analari va o‘zligini saqlab qolish singari o‘rtaga tashlangan masalalar tahlil qilinadi

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

381

SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “KO‘K DENGIZ” HIKOYASIDA TIL VA MILLAT

MASALASI

Noraliyeva Marjona Usmon qizi

noraliyevamarjona9@gmail.com

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti,

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17602258

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayevning “Koʻk dengiz” hikoyasida

yoritilgan til va millat tushunchalari va ular bilan bogʻliq muammolar toʻgʻrisida fikr yuritilgan.

Shuningdek, adib hayoti u yashagan muhit va odamlarning uning asarlariga qanchalik

ta’sir etganligiga urg‘u beriladi. Hikoyadagi o‘tgan asrda Markaziy Osiyoda ildiz otgan til
g‘urur masalasi, shu bilan birga millatlarning o‘ziga xos urf-odat va an’analari va o‘zligini
saqlab qolish singari o‘rtaga tashlangan masalalar tahlil qilinadi

Kalit so‘zlar

:

milliy xarakter, “shafqatsiz realism”, romantik pafos, realistik tasvir,

peyzaj mahorati, ruhiy olam,inson va tabiat munosabatlari

Shukur Xolmirzayev oʻtgan asrda eng koʻzga koʻringan nasrimizning yorqin vakillaridan

biri hisoblanadi. U oʻzining takrorlanmas, oʻtkir syujetli, teran fikrli, tafakkur qilishga
undaydigan ijod namunalari bilan xalqimizning koʻnglidan chuqur joy egalladi.

Shukur Xolmirzayev ijodining dinamikasiga e’tibor qaratadigan boʻlsak, u bir nechta

bosqichlardan iborat. Yaʼni oʻz ijodiy faoliyatini hikoya, ocherklar yozish bilan boshlagan adib
ijodining dastlabki bosqichi mavzusi yoshlik va talabalik yillarining oʻziga xos nozik hissiyotlari
va jozibasi, shuningdek oʻzi tugʻilib oʻsgan jannatmakon, togʻlar bilan oʻralgan Boysun diyorida
yashovchi turfa tabiatli kishilar taqdiri, ular hayotidagi mashaqqatlar, ijtimoiy oʻzgarishlar badiiy
talqin etilgan. Keyinchalik aynan shu qahramonlar adib ijodining keyingi davrida
mukammalashib, har tomonlama yetuklashib, uning asarlarida realistik tasvirning ustuvor
yoʻnalishga aylanishida tayanch boʻldi. Aynan shu insonlar uning asarlarining asosiy
qahramonlariga aylandi. Endi yozuvchi murakkab hayotiy vaziyatlar, kishilarning muammo va
iztiroblarga toʻla, ziddiyatlardan iborat ruhiy olamini koʻrgan sari uning dastlabki asarlarida
ustuvor boʻlgan romantik pafos endi oʻz oʻrnini realizmga boʻshatib berdi. Va aynan shu orqali
adabiyotimizga yangi bir tur, “shafqatsiz realism”, unsurlari kirib kelishiga zamin yaratildi.

Shukur Xolmirzayev asarlarida oʻzbeklarga xos milliy xarakter, inson va tabiat

munosabatlari teran badiiy talqin qilingan. U oʻzbek adabiyotida tuzum muammolarini ochib
bergan, xalq dardini chuqur his qila olgan, jamiyat muammolarini asarlarida xolis koʻz bilan olib
chiqa olgan kam sonli jasoratli realist yozuvchilarimizdan biri edi.

Bunga yana bir dalil sifatida aynan uning birinchilardan boʻlib oʻzbek xalqining eng

yaqin tarixida yuz bergan “bosmachilik harakati” deb atab kelingan davrini oʻrganishi va shu
mavzu asosida bir qancha tarixiy asarlar yaratganligini keltira olamiz. Shuningdek, Shukur
Xolmirzayev asarlarini tahlil qilar ekanmiz, uning peyzaj mahoratini taʼkidlab oʻtmaslik
imkonsiz. Yozuvchi ijodining o‘ziga xos jihatini ta’kidlashda M.Hamidovaning fikrlariga
tayanamiz: “…adib hikoyalarida peyzajning eng muhim funksiyalariga: ya’ni: xronotopik,
syujet-kompozitsiya, psixologik funksiyalar, muallif uchun zarur bo‘lgan rangni yaratish va


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

382

muayyan falsafiy g‘oyalarni ifodalash funksiyasini kuzatish mumkin”[3,102]. U peyzaj sanʼatida
shu qadar mahoratli ediki, kitobxonlar uning asarlarida nafaqat yurtimiz tabiatining xilma-xilligi
va oʻziga xosligi, balki borliq sirini ham kashf qila oladilar. Yana bu aynan biz yuqorida
taʼkidlaganimizdek, yozuvchining bu mahorati shakllanishida u tugʻilib oʻsgan yurt, uning goʻzal
tabiati, boy tili va madaniy merosi katta taʼsir koʻrsatgan boʻlsa ajab emas.

“Koʻk dengiz” hikoyasi Shukur Xolmirzayev ijodidagi mustaqillikning dastlabki

yillarida yozilgan, istiqlol, til va millat kabi umumbashariy masalalarni koʻtargan, oʻquvchini
chuqur oʻyga toldiradigan va mushohada qilishga undaydigan asar hisoblanadi.

Asar bosh qahramoni oltoylik Umrzoq Ivan Ivanovich. Hikoyada dastlab u yertoʻlada

yolgʻiz yashaydigan, hech kimi yoʻq va gʻirt ichkilikka ruju qo‘ygan kishi sifatida koʻrsatilgan.

Biroq voqealar rivojida shuni koʻrishimiz mumkinki, u haqiqiy ziyoli inson boʻlgan. Bir

vaqtlar u Oltoy muallimlar tayyorlov institutida xalq ogʻzaki ijodidan dars bergan, uning xotini
va bir qizi boʻlib, ular birgalikda risoladagidek hayot kechirishgan. Oltmishinchi yillarda
ruslashtirish siyosati Oltoy oʻlkasida amalga oshiriladi va rus tili ommaviy hamma sohaga kirib
boradi, maktablarda darslar rus tilida olib borilishni boshlaydi. Shunda oʻz tiliga sodiq,
millatparvar qahramonimiz sovet hokimiyatiga arznomalar yozadi. Ammo uning qilgan ishlari
bekor ketib, arzimagan ish uchun oʻn yilga “millatchi” degan ayblov bilan qamaladi.

Uning hayoti shu bilan alg‘ov-dalg‘ov boʻlib ketib, alamidan ichkilikka ruju qoʻyadi.
Hattoki qamoq muddati tugagach, uyiga qaytib borganida, unga o‘z uyida yashashga

ruxsat berilmaydi. Tirik boʻla turib oʻz oilasi bilan yasholmaydi. Bu paytda esa ba’zi bir milliy
gʻurur tuygʻusi, Vatan hissi nima ekanligini bilmaydigan kimsalar sovet hukumatini qoʻllab-
quvvatlab, mansabda yuqorilayotgan bir paytda, vatan tuygʻusi qalbini tark etmagan bu inson har
qanday holatda ham oʻz ishini davom ettirishga oʻzida kuch topadi. U yaqin atrofda yashaydigan
bolalarni yertoʻlaga chaqirib, o‘zlarining unutilib ketayotgan milliy qadriyatlari, oʻtmishi, tili,
anʼanalari, urf-odatlari haqida gapirib berib, ularga oʻzligini anglashda koʻprik vazifasini oʻtaydi.

U bu yoʻlda topishmoqlardan foydalanadi. Sababi topishmoqlar qadim qadimdan beri

Oltoy xalq ijodining “kaliti” hisoblanib, ularda “yashirin tili” aks etgan ekan.

Asarning qamrovi juda keng boʻlib, unda bir qancha umumbashariy masalalar

ko‘tariladi. ,”Asar nafaqat Oltoy oʻlkasiga, balki Chor Rossiyasi zugʻumi ostida qiynalgan
barcha xalqlarga birday taalluqli ekanligi bilan uning saviyasi naqadar yuqori ekanligi, jahon
hikoychiligida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan hikoyaligi koʻrinadi. „Shukur Xolmirzayev “Ko‘k
dengiz” asariga faqat oltoy, o‘zbek xalqini emas, Sovet Ittifoqi deb atalgan sho‘rolar
mamlakatidagi ko‘pdan-ko‘p xalqlarning XX asr nihoyasidagi milliy dard alamlarini singdira
oldi”[3,100]. Ruslashtirish siyosati sababli ayni shu xalqlarning tiliga putur yetdi, rivojlanishdan
toʻxtadi, xalqaro hamjamiyatda oʻz oʻrnini topish imkoniyatlari kamaydi. Va bu paytda
Umrzoqqa oʻxshagan kam sonli fidoyi insonlargina buning qanchalik fojiali ekanligini anglab
yetishdi, xolos. Quyidagi satrlar bilan yozuvchi agar koʻzlar vaqtida ochilmasa, butun bir
xalqning oʻzligi, milliy qadriyatlari, tili yoʻqolishi oqibatida, xalq ham butunlay yoʻqolishiga
ishora qilgan. “ Ay! - deb qo‘l siltadi u. Yok. Biz shaman, kam... Altay. Turk... No bizim kijilar
az... Vsego shestdesyat tnsyacha ostalis! O‘- o‘! I to oni o‘rus tilinda so‘zlayat... Biz yok olamiz.
Mn vgmirayushiy narod... Men bu tomonlarini bilmas edim. Ko‘nglim buzilib:

Yo‘q, - dedim. Siz o‘lmaysiz! Bizning yurt sizning-da yurtingiz!”[2,102]


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

383

Shuningdek, bu hikoyada barcha turkiy xalqlarga xos boʻlgan bir qancha xususiyatlarga

urgʻu beriladi. Misol uchun, mahalla raisining topishmoqni topolmagan paytda “shahar berdim”
degan so‘zlaridan, Umrzoq oʻz xalqiga xos nimanidir eshitganidan yosh bolalarcha xursand
boʻladi. Aynan shu personaj asosida yozuvchi barcha turkiy xalqlarni birodarlardek koʻradigan,
ularning muammosini oʻzimniki deb biladigan naqadar yuqori darajadagi insoniylikka ega
bo‘lgan shaxsni ochib bergan. Aynan bu jihat asar oxirida yanada yaxshiroq anglashiladi. Sababi
endi kitobxon yaxshi biladiki, bu inson “Drujba” mahallasiga uy, ichkilik yoxud yaxshi turmush
kechirish uchun emas, oʻzining xalqi bilan ildizi bir boʻlgan boshqa bir turkiy xalq ahvolini oʻz
koʻzi bilan koʻrish ishtiyoqida, qadimdan mavjud boʻlgan uchta mahobatli koʻlning birini koʻrish
ilinjida kelganligi maʼlum boʻladi. Achinarlisi shuki, uning umidlari sarobga aylanadi: endi Koʻk
koʻl oʻrnida “Qora koʻl” bor edi... Shu paytda u shunchalik dahshatga tushadiki, oʻzini yigʻidan
to‘xtata olmaydi. Hatto uni olib kelgan shu yerda tugʻilib oʻsgan Yo‘lchiboy ham bu holdan ham
hayratda, ham uyatda edi. Axir u hech ham u kabi qaygʻurmagan edi-ku! Shu bilan endi u “Koʻk
dengiz”ni izlab yoʻlga chiqadi...

Shukur Xolmirzayev hikoyani butkul nihoyalamaydi. Sababi Umrzoqqa oʻxshagan el yurt

dardida yongan insonlarni so‘ndirib boʻlmaydi, ular hech qachon o‘z yoʻlidan voz kechmaydilar.

Shukur Xolmirzayev hikoyalari ustida tadqiqot olib borgan adabiyotshunos olima Sh.

Doniyorova bu haqida fikr yuritib, timsollar haqida quyidagilarni yozadi. “Umrzoq intilgan va
ardoqlagan “Koʻk koʻl” aslida Orol dengizi boʻlib, uning fojeasi nafaqat Orolboʻyi xalqlari, balki
oltoyliklarning ham fojeasidir. Koʻk dengiz - Umrzoq nazarida, mustaqillik mavjud boʻlgan
oʻlka, baliqlar esa mustaqillikni orzu qilgan oʻlkaning odamlari”[1,14].

Xulosa qilganda, Shukur Xolmirzayev oʻzbek adabiyotida o‘z yo‘lini topa olgan, o‘z

uslubini shakllantira olgan yorqin namoyondalardan biri hisoblanadi. Bugun kitobxon uning
asarlarini oʻqiganda bemalol boshqalaridan tili ravonligi, xalqchilligi, teran fikrlari bilan farqlay
oladi. Uning „Ko‘k dengiz“ hikoyasi mavzusining qamrovi jihatdan yuqori ahamiyatga ega.

Maqolada aynan undagi til va millat masalasiga urg‘u berilgan.Davlatning kelajagida,

uning gullab yashnab, jahonda o‘zining mustahkam o‘ringa ega bo‘lishida millatning birlashishi
va ona tilida muloqot qilinishiga e’tibor berilishi va asosiy til sifatida hurmat qilinishi muhim
ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Doniyorova Sh. Shukur Xolmirzayev hikoyalarining badiiy uslubiy o‘ziga xosligi: Filol.
fanlari nomzodi…diss. avtoref. – Toshkent,2000

2.

Xolmirzayev Sh. Tanlangan asarlar: Hikoyalar. – T.: Sharq, 2020

3.

Hamidova M. “Shukur Xolmirzayev nasrida inson va tabiat tasviri”.Maqola. “ Yangi
O‘zbekistonda Ozbek Adabiy Tilining rivojlanish tendensiyalari: muammolar, yechimlar,
tavsiyalar” mavzusida Respublika ilmiy amaliy anjumani, 2024. -102 b.

4.

Xolmirzayev Sh. O‘zbek xarakteri: hikoyalar. – T.: Ziyo nashr, 2023. -240 b.

References

Doniyorova Sh. Shukur Xolmirzayev hikoyalarining badiiy uslubiy o‘ziga xosligi: Filol. fanlari nomzodi…diss. avtoref. – Toshkent,2000

Xolmirzayev Sh. Tanlangan asarlar: Hikoyalar. – T.: Sharq, 2020

Hamidova M. “Shukur Xolmirzayev nasrida inson va tabiat tasviri”.Maqola. “ Yangi O‘zbekistonda Ozbek Adabiy Tilining rivojlanish tendensiyalari: muammolar, yechimlar, tavsiyalar” mavzusida Respublika ilmiy amaliy anjumani, 2024. -102 b.

Xolmirzayev Sh. O‘zbek xarakteri: hikoyalar. – T.: Ziyo nashr, 2023. -240 b.