NERV SISTEMASI. ORQA MIYA ANATOMIYASI.

Аннотация

Nerv sistemasi kasalliklaridan; hayotimiz mobaynida ko’p uchratadigan kasalliklarimizdan biri bu-disk churrasi (intervertebral churra) hisoblanadi. Ushbu kasallik umurtqa pog’onasidagi oraliq diskning shikastlanishi yoki joyidan siljishi natijasida kelib chiqadi. Disklar joyidan siljishi yoxud shikastlanishi oqibatida nerv ikki disk orasida qisillib qoladi. Bu jarayonda orqa miya qismining tashqi qismi (fibroz halqa) yorilib, ichki qismi (pulpoz yadrosi) tashqariga chiqadi va nerv tolalarini siqib qo’yadi. Nerv tolalari bosim ostida siqilishi natijasida o’sha sohada og’riq kuzatiladi. Og’riq kuzatiladigan sohalarga: bel, bo’yin, oyoqlar kiradi. Disk churasining sabablari: yosh bilan bog’liq o’zgarishlar, og’ir jismoniy ish faolliyati, kam harakat turmush tarzi, noto’g’ri holatda o’tirish yoki yotish, genetik moyillik, ortiqcha vazn, avtohalokat, yiqilish yoki boshqa mexanik shikastlanishlar va boshqa holatlarni o’z ichiga oladi. Disk churrasining turlariga: bo’yin umurtqasi disk churrasi(servikal), ko’krak umurtqasi disk churrasi(torakal), bel umurtqasi disk churrasi(lumbar) kiradi. Diagnostika va davolash chora tadbirlari: shifokor tekshiruvi, rentgen, magnit-rezonas tomografiya (MRT), kompyuter tomografiya (KT), elektromiografiya (EMG) bular diagnostikada qo’llanadigan asosiy usullar. Davolashda asosan konservativ davolash usullari qo’llaniladi. Bularga kiradi: og’riq qoldiruvchi dorilar, steroid in’yektsiyalar, fizioterapiya, qo’l terapiyasi massaj, maxsus mashqlar va yana jarrohlik amaliyotlari. Jarohlik amaliyotlariga: diskektomiya, laminaektomiya, sun’iy disk implantatsiyasi kabi amaliyotlar kiradi. Bu kasallik kelib chiqishiga ko’ra ma’lum doiradagi kasb egalarida kelib chiqishi aniqlangan va shu sabali bu kasallikni “Kasb kasalligi” deb ham nomlanadi. Kasb kasalligi sifatida: disk churrasi haydovchilar, ofis hodimlari, quruvchilar, sportchilar kabi kasb egalarida bu kasallik ko’p uchraydi. Disk churrasi erkak va ayollarda uchrash nisbati 2:1 nisbatda bo’ladi. Eng ko’p hollarda bel sohasidagi churralar taxminan 90% uchraydi. Ushbu kasallik bilan zararlanish asosan 25-55 yoshlar oralig’iga to’g’ri keladi. Umumiy populyatsiyada 5-20% odamda disk churrasi kuzatiladi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Хамроев X., & Ўсканбоева S. (2025). NERV SISTEMASI. ORQA MIYA ANATOMIYASI. Современная наука и исследования, 4(11), 380–384. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139511
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Nerv sistemasi kasalliklaridan; hayotimiz mobaynida ko’p uchratadigan kasalliklarimizdan biri bu-disk churrasi (intervertebral churra) hisoblanadi. Ushbu kasallik umurtqa pog’onasidagi oraliq diskning shikastlanishi yoki joyidan siljishi natijasida kelib chiqadi. Disklar joyidan siljishi yoxud shikastlanishi oqibatida nerv ikki disk orasida qisillib qoladi. Bu jarayonda orqa miya qismining tashqi qismi (fibroz halqa) yorilib, ichki qismi (pulpoz yadrosi) tashqariga chiqadi va nerv tolalarini siqib qo’yadi. Nerv tolalari bosim ostida siqilishi natijasida o’sha sohada og’riq kuzatiladi. Og’riq kuzatiladigan sohalarga: bel, bo’yin, oyoqlar kiradi. Disk churasining sabablari: yosh bilan bog’liq o’zgarishlar, og’ir jismoniy ish faolliyati, kam harakat turmush tarzi, noto’g’ri holatda o’tirish yoki yotish, genetik moyillik, ortiqcha vazn, avtohalokat, yiqilish yoki boshqa mexanik shikastlanishlar va boshqa holatlarni o’z ichiga oladi. Disk churrasining turlariga: bo’yin umurtqasi disk churrasi(servikal), ko’krak umurtqasi disk churrasi(torakal), bel umurtqasi disk churrasi(lumbar) kiradi. Diagnostika va davolash chora tadbirlari: shifokor tekshiruvi, rentgen, magnit-rezonas tomografiya (MRT), kompyuter tomografiya (KT), elektromiografiya (EMG) bular diagnostikada qo’llanadigan asosiy usullar. Davolashda asosan konservativ davolash usullari qo’llaniladi. Bularga kiradi: og’riq qoldiruvchi dorilar, steroid in’yektsiyalar, fizioterapiya, qo’l terapiyasi massaj, maxsus mashqlar va yana jarrohlik amaliyotlari. Jarohlik amaliyotlariga: diskektomiya, laminaektomiya, sun’iy disk implantatsiyasi kabi amaliyotlar kiradi. Bu kasallik kelib chiqishiga ko’ra ma’lum doiradagi kasb egalarida kelib chiqishi aniqlangan va shu sabali bu kasallikni “Kasb kasalligi” deb ham nomlanadi. Kasb kasalligi sifatida: disk churrasi haydovchilar, ofis hodimlari, quruvchilar, sportchilar kabi kasb egalarida bu kasallik ko’p uchraydi. Disk churrasi erkak va ayollarda uchrash nisbati 2:1 nisbatda bo’ladi. Eng ko’p hollarda bel sohasidagi churralar taxminan 90% uchraydi. Ushbu kasallik bilan zararlanish asosan 25-55 yoshlar oralig’iga to’g’ri keladi. Umumiy populyatsiyada 5-20% odamda disk churrasi kuzatiladi.


background image

380

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

NERV SISTEMASI. ORQA MIYA ANATOMIYASI.

Hamroyev Xudoyshukur

Osiyo Xalqaro Universiteti, Buxoro, O’zbekiston

Kilinik oldi fanlari kafedrasi asistenti.

ORCID: https://orcid.org/0000-0003-1439-6336

O’skanboyeva Sevinch Rustam qizi

Tibbiyot fakulteti davolash ishi yo’nalishi talabasi.

Email:

xudoyshukurhamroyev@gmail.com

Email:

sevinchuskanboyeva@gmail.com

Telefon raqam: +998905105108 +998940796605

https://doi.org/10.5281/zenodo.17611886

Annotatsiya.

Nerv sistemasi kasalliklaridan; hayotimiz mobaynida ko’p uchratadigan

kasalliklarimizdan biri bu-disk churrasi (intervertebral churra) hisoblanadi. Ushbu kasallik
umurtqa pog’onasidagi oraliq diskning shikastlanishi yoki joyidan siljishi natijasida kelib
chiqadi. Disklar joyidan siljishi yoxud shikastlanishi oqibatida nerv ikki disk orasida qisillib
qoladi. Bu jarayonda orqa miya qismining tashqi qismi (fibroz halqa) yorilib, ichki qismi (pulpoz
yadrosi) tashqariga chiqadi va nerv tolalarini siqib qo’yadi. Nerv tolalari bosim ostida siqilishi
natijasida o’sha sohada og’riq kuzatiladi. Og’riq kuzatiladigan sohalarga: bel, bo’yin, oyoqlar
kiradi. Disk churasining sabablari: yosh bilan bog’liq o’zgarishlar, og’ir jismoniy ish faolliyati,
kam harakat turmush tarzi, noto’g’ri holatda o’tirish yoki yotish, genetik moyillik, ortiqcha vazn,
avtohalokat, yiqilish yoki boshqa mexanik shikastlanishlar va boshqa holatlarni o’z ichiga oladi.

Disk churrasining turlariga: bo’yin umurtqasi disk churrasi(servikal), ko’krak umurtqasi

disk churrasi(torakal), bel umurtqasi disk churrasi(lumbar) kiradi. Diagnostika va davolash
chora tadbirlari: shifokor tekshiruvi, rentgen, magnit-rezonas tomografiya (MRT), kompyuter
tomografiya (KT), elektromiografiya (EMG) bular diagnostikada qo’llanadigan asosiy usullar.

Davolashda asosan konservativ davolash usullari qo’llaniladi. Bularga kiradi: og’riq

qoldiruvchi dorilar, steroid in’yektsiyalar, fizioterapiya, qo’l terapiyasi massaj, maxsus mashqlar
va yana jarrohlik amaliyotlari. Jarohlik amaliyotlariga: diskektomiya, laminaektomiya, sun’iy
disk implantatsiyasi kabi amaliyotlar kiradi. Bu kasallik kelib chiqishiga ko’ra ma’lum
doiradagi kasb egalarida kelib chiqishi aniqlangan va shu sabali bu kasallikni “Kasb kasalligi”
deb ham nomlanadi. Kasb kasalligi sifatida: disk churrasi haydovchilar, ofis hodimlari,
quruvchilar, sportchilar kabi kasb egalarida bu kasallik ko’p uchraydi. Disk churrasi erkak va
ayollarda uchrash nisbati 2:1 nisbatda bo’ladi. Eng ko’p hollarda bel sohasidagi churralar
taxminan 90% uchraydi. Ushbu kasallik bilan zararlanish asosan 25-55 yoshlar oralig’iga
to’g’ri keladi. Umumiy populyatsiyada 5-20% odamda disk churrasi kuzatiladi.

Kalit so’zlari:

Nerv tizimi, orqa miya, disk churrasi, kasb kasalligi.

Kirish:

Orqa miya lotin tilida: “Medula spinalis” deyiladi. Umurtqa pog’onasida,

umurtqa kanali ichida joylashgan. Uzunligi 41-45sm. Og’irligi 31-38gr. Bosh miyaning 2%ga
teng. Boshlanadi: ensa suyagidagi foramen magnumda, tugaydi: 2-bel umurtqasida. Orqa miyada
31ta segment mavjud bo’lib, ular quyidagi sohalardan chiqadi: 8tasi bo’yin umurtqalaridan,
12tasi ko’krak umurtqalaridan, 5tasi bel umurtqalaridan, 5tasi dumg’aza umurtqalaridan, 1tasi
dum umurtqasidan segmentlar chiqadi. Bo’yin umurtqasida 8ta segment bo’lishiga sabab:

Birinchi bo’yin umurtqasi va ensa suyagi o’rtasidan ham bitta segment chiqadi. 2-bel

umurtqasiga kelganda, konussimon kengayma “Konus medullaris”ni hosil qiladi.


background image

381

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Kengaymaning ichida 5- (Terminal) qorincha bor. Umurtqa pog’onasi dumg’aza

suyagigacha ichi bo’sh kanal shaklida bo’ladi. Embrional davrda orqa miya umurtqa kanalini
to’liq to’ldirib turadi. Embrion tug’ilgandan so’ng nerv hujayralari o’sadi, ammo ko’paymaydi.

Umurtqa suyaklari esa 25 yoshgacha bo’linib ko’payadi. Shuning uchun voyaga yetgan

inson organizmida orqa miya umurtqa kanalini to’liq to’ldira olmaydi. Bola tug’ilguncha orqa
miyaning barcha tarmoqlari shakllanib, orqa miyadan o’zining innervatsiya etadigan sohasiga
chiqib bo’lgan bo’ladi.

Orqa miya yuzalari 4ta:

1-

yuza: facies ventralis

2-

yuza: facies dorsalis

3-

yuza: facies lateralis
Orqa miya kengaymalari 2ta:

1.

Indumisensiya cervicalis- bo’yin kengaymasi.
2-bo’yin segmentidan, 2-ko’krak segmentigacha bo’lgan sohani o’z ichiga oladi. Eng

qalinlashgan joylari 5,6,7-bo’yin va 1-ko’krak segmentlari hisoblanadi. Sababi, ushbu
segmentlardan qo’llarni inervatsiya qiluvchi nervlar chiqadi. Qo’llar murakkab va ko’p
harakatlarni bajarganligi uchun ko’plab nervlar bilan ta’minlangan.

2.

Indumisensiya sacrolumbalis - dumg’aza bel kengaymasi.

2-bel umurtqasi qarshisida joylashadi. Eng kengaygan sohasi: bel umurtqalarining tugash va

dumg’aza umurtqalarining boshlanish sohasi hisoblanadi. Bular oyoq mushaklarini nerv bilan
ta’minlaydi. Oyoq mushaklari murakkab va ko’p harakat bajarishi hisobiga orqa miyaning
oyoqni nerv bilan ta’minlovchi qismi Gipertrofiyaga uchraydi. Kattalashib kengayma hosil
qiladi.

Orqa miya 2-bel umurtqasi qarshisida “conus medullaris”ni hosil qilib tugaydi. Undan

pastga qarab orqa miyaning iplari- fillum terminalis davom etadi. Mana shu sohada ot dumi-
cauda equina hosil bo’ladi.

Fillum terminalisning 2xil qismi mavjud:

1.

Tashqi qismi:
Faqat

orqa

miyaning

pardalaridan

iborat.

2-dumg’aza

umurqasidan 2-dum

umurtqasigacha davom etadi.

2.

Ichki qismi:

Orqa miyaning pardalari va nervlaridan iborat.
2-bel umurtqasidan 2-dumg’aza umurtqasigacha davom etadi.

Orqa miyaning ko’ndalang kesmasiga qaraganimizda orqa miyaning 2xil moddasini

ko’rishimiz mumkin. Bularga quyidagilar kiradi:

1.

Kulrang modda – substantia grisea
Nerv hujayralaridan iborat.

2.

Oq modda – substantia alba
Nerv hujayralarining aksonlaridan iborat.

Orqa miyada 2ta yarimshar mavjud:
1.

O’ng yarimshar (semisferi dextra)

2.

Chap yarimshar (semisferi sinstra)
Ularni birlashtirib turgan narsa oldingi tomondagi yoriq (fissura mediana anterior) va

orqa tomondagi egat (sulcus medianus posterior) hisoblanadi.

Kulrang modda shoxlari va oq modda tizimchalari farqlanadi.


background image

382

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Har bir yarimsharda 3tadan tizimcha mavjud:
1)Funiculus anterior
2)Funiculus lateralis
3)Funiculus posterior
Eng ahamiyatlisi orqa tizimcha hisoblanadi. Negaki, bunda sezuvchi o’tkazuv yo’llari

mavjud.

Funiculus posteriorda 2ta dasta mavjud:

1. Nozik dasta (fasciculus gracilis) -GOH tutami
2. Ponasimon dasta (fasciculus cuniatus) -GODAH tutami

Kulrang moddada 2ta shox mavjud:

1.

Oldingi shox (corno anterior)

2.

Orqa shox (corno posterior)
Oldingi shoxdan nerv tolalari orqa miyadan chiqadi. (Harakatlantiruvchi nerv tolalari)
Orqa shoxdan nerv tolalari orqa miyaga kiradi. (Sezuvchi nerv tolalari)
Oldingi shoxda 6ta o’zak mavjud:

1)

Nukleus anterior

2)

Nukleus anteriolateralis

3)

Nukleus anteriomedialis

4)

Nukleus centralis

5)

Nukleus posteriolateralis

6)

Nukleus posteriomedialis
Birinchidan o’ttiz birinchigacha bo’lgan har bir segmentda ushbu o’zaklar mavjud.
Bo’yin umurtqalaridan C1-C6 da qo’shimcha bittadan o’zaklar mavjud. C1-C5 da nervus

trigemenusning o’zagi, C6da nervus accistorius o’zagi bo’ladi.

Orqa shoxda 4ta o’zak mavjud:

1)

Xususiy o’zak (nukleus proprius)

2)

Dildiroq o’zak (nucleus gelatinous)

3)

Markaziy o’zak (nukleus centralis)

4)

Qirrali o’zak (nukleus marginalis)
Kulrang moddaning markaziy qismida yoriqcha mavjud.
Bu yoriqcha orqa miya kanali (canalis spinalis) deb ataladi.
Bu nay embrional rivojlanishda naysimon nerv tizimidagi ichi bo’sh nayning qoldig’i

hisoblanadi. Bu naydan orqa miya suyuqligi harakatlanadi. U bosh miya bilan bog’langan
bo’ladi. Suyuqlik bosh miyada ishlab chiqariladi. Orqa miya kanalida to’planadi.

Orqa miya tugunlari:
Tugunlar orqa miyadan tashqarida umurtqaning ikki yonida joylashgan bo’lib, lotin tilida:

“Ganglios spinale” deb ataladi.

Bu tugunlar nerv hujayralarining to’planishi hisobiga sodir bo’ladi.
Sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlar umurtqa pog’onasining ikki yonidan chiqqandan

so’ng birlashib Aralash nervni hosil qiladi.

Orqa miyaning simpatik nervlar chiqadigan segmentlarida (C8, T1-T12, L1, L2, S1, S2)

yon shoxlari (corno collaterale) mavjud bo’ladi.

Orqa miya pardalari. Orqa miyada 3ta parda farqlanadi:
1)

Qattiq parda (dura mater spinalis)


background image

383

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Qattiq pardada 2ta tashqi va ichki varoqlar mavjud. Tashqi varoq umurtqani ichki

tomondan qoplab periost vazifasini bajaradi.

Ichki varog’i haqiqiy dura mater vazifasini bajaradi. Ikkala varoqlar o’rtasida epidural

bo’shliq mavjud. Epidural bo’shliqni yog’ kletchatkasi va venoz chigallar qoplab turgan bo’ladi.

2) To’r parda (arachnoidea spinalis)
Juda yupqa bo’ladi. Haqiqiy qattiq parda va to’r parda o’rtasidagi bo’shliq (subdural

bo’shliq) qon tomir va nervlarga boy bo’ladi.

3) Yumshoq parda (pia mater spinalis)
Yumshoq parda orqa miya to’qimasiga zich yopishib ketgan bo’ladi. Uni ajratib

bo’lmaydi. To’r parda va yumshoq parda o’rtasidagi bo’shliq (subarachnoideal bo’shliq)
ahamiyati katta hisoblanadi. Bu bo’shliqda orqa miya suyuqligi (likver) mavjud. Ushbu suyuqlik
orqa miya kanalidagi suyuqlik bilan bir xil. Orqa miya suyuqligining zichligi deyarli suvga yaqin
bo’ladi. Biz turli xil harakatlarni bajarganimizda orqa miyaga shikast yetmasligi uchun
Tishsimon boylamlar (ligamentum denticulatum) orqa miyani mahkam tutib turadi. 21tagacha
bo’ladi. Bu boylam pia materdan zich chatishib boshlanib, yonga va qisman yuqoriga qarab
yo’naladi.

Umurtqadagi oyoqchalarning periostiga borib birikadi.
Orqa miyaning qon bilan ta’minlanishi:
Bo’yin qismini 2ta qon tomir qon bilan ta’minlaydi:
1) Arteria spinalis anterior et posterior
2) Arteria cervicalis assendens
Ko’krak qismini 2ta qon tomir qon bilan ta’minlaydi:
1) Arteria intercostalis posterior
2) Arteria subcostalis
Bel qismini 2ta qon tomir qon bilan ta’minlaydi:
1) Arteria ileolumbalis
2) Arteria lumbalis
Dumg’aza qismini 2ta qon tomir qon bilan ta’minlaydi:
1) Arteria sacralis mediana
2) Arteria sacralis lateralis
Xulosa: Nerv tizimi kasalliklari inson sog’lig’iga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan murrakab

patalogiya hisoblanadi. Ular tug’ma yoki ortirilgan bo’lishi mumkin va har xil omillar, jumladan,
irsiyat, infeksiyalar, jarohatlar, qon aylanish tizimi muammolari hamda stress tufayli yuzaga
keladi. Bu kasalliklar markaziy (bosh va orqa miya) yoki periferik nerv tizimiga ta’sir qilishi
mumkin. Vaqtida tashxis qo’yish va to’g’ri davolash kasallikning rivojlanishini oldini olish yoki
kasallikning simptomlari kechishini yengillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sog’lom turmush
tarzi, muntazam tibbiy tekshiruvlar va profilaktik choralar nerv tizimi kasalliklarining oldini
olishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Абдурахмонов А. А., Хожиев Б. Х. Inson anatomiyasi. – Toshkent: “Tibbiyot”

nashriyoti, 2018.

2.

Абдуллаев А. А., Хамракулов А. Х. Markaziy nerv tizimi anatomiyasi. – Toshkent:

O‘zMU nashriyoti, 2020.


background image

384

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

3.

Синельников Р. Д. Атлас анатомии человека. Том 3. Нервная система и органы

чувств. – Москва: Медицина, 2011.

4.

Неттер Ф. Х. Atlas of Human Anatomy. – 8th ed. – Philadelphia: Elsevier, 2022.

5.

Сапин М. Р., Брыксин З. Г. Анатомия человека. Том 2. – Москва: Медицина, 2015.

6.

Moore K. L., Dalley A. F., Agur A. M. R. Clinically Oriented Anatomy. – 9th ed. –

Wolters Kluwer, 2023.

7.

Gray H., Standring S. (ed.) Gray’s Anatomy: The Anatomical Basis of Clinical Practice. –

43rd ed. – Elsevier, 2020.

8.

Йоффе Ю. С. Топографическая анатомия и оперативная хирургия. Том 1. – Москва:

ГЭОТАР-Медиа, 2019.

9.

Лубоцкий С. И. Топографическая анатомия нервной системы. – Санкт-Петербург:

СпецЛит, 2017.

10.

Snell R. S. Clinical Neuroanatomy. – 8th ed. – Wolters Kluwer, 2019.

11.

Duus P. Topical Diagnosis in Neurology. – 6th ed. – Thieme, 2020.

12.

Вирченко Г. Г., Касьянов В. А. Атлас по топографической анатомии человека. –

Москва: МЕДпресс-информ, 2018.

13.

Standring S. Gray’s Anatomy Review. – 3rd ed. – Elsevier, 2021.

14.

Романов Ю. А., Боброва В. М. Функциональная анатомия нервной системы. –

Москва: Медицина, 2016.

15.

Purves D., Augustine G. J., Fitzpatrick D. et al. Neuroscience. – 6th ed. – Oxford

University Press, 2018.

Библиографические ссылки

Абдурахмонов А. А., Хожиев Б. Х. Inson anatomiyasi. – Toshkent: “Tibbiyot” nashriyoti, 2018.

Абдуллаев А. А., Хамракулов А. Х. Markaziy nerv tizimi anatomiyasi. – Toshkent: O‘zMU nashriyoti, 2020.

Синельников Р. Д. Атлас анатомии человека. Том 3. Нервная система и органы чувств. – Москва: Медицина, 2011.

Неттер Ф. Х. Atlas of Human Anatomy. – 8th ed. – Philadelphia: Elsevier, 2022.

Сапин М. Р., Брыксин З. Г. Анатомия человека. Том 2. – Москва: Медицина, 2015.

Moore K. L., Dalley A. F., Agur A. M. R. Clinically Oriented Anatomy. – 9th ed. – Wolters Kluwer, 2023.

Gray H., Standring S. (ed.) Gray’s Anatomy: The Anatomical Basis of Clinical Practice. – 43rd ed. – Elsevier, 2020.

Йоффе Ю. С. Топографическая анатомия и оперативная хирургия. Том 1. – Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2019.

Лубоцкий С. И. Топографическая анатомия нервной системы. – Санкт-Петербург: СпецЛит, 2017.

Snell R. S. Clinical Neuroanatomy. – 8th ed. – Wolters Kluwer, 2019.

Duus P. Topical Diagnosis in Neurology. – 6th ed. – Thieme, 2020.

Вирченко Г. Г., Касьянов В. А. Атлас по топографической анатомии человека. – Москва: МЕДпресс-информ, 2018.

Standring S. Gray’s Anatomy Review. – 3rd ed. – Elsevier, 2021.

Романов Ю. А., Боброва В. М. Функциональная анатомия нервной системы. – Москва: Медицина, 2016.

Purves D., Augustine G. J., Fitzpatrick D. et al. Neuroscience. – 6th ed. – Oxford University Press, 2018.