584
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
ZAMONAVIY JAMIYATDA AYOLNING O‘RNI
Mamadiyeva Farangiz
Zafarobod tumani Inson ijtimoiy xizmatlar psixologi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17664868
Tabiat ayolga shunday deydi: “Uddasidan chiqsang, go‘zal bo‘l, istasang, oqila bo‘l,
ammo idrokli bo‘lishing shart”. Nima uchun shunday? Ayol kim o‘zi? Ayol - hayotning
boshlanishi, oila atalmish muqaddas qo‘rg‘onda yo‘qdan bor qiladigan ijodkor va bunyodkor
shaxs. Jamiyatda esa ayol ma’naviyat va tarbiyaning ustunidir.
Zamonaviy rivojlangan jamiyatda ham ayollarning o‘rni, fikrlari va haq-huquqlari doimo
e’tiborga olinayaptimi? Afsuski, yo‘q. Ko‘pincha ayollarga ojiza sifatida qaraladi, ularni faqat
uyda o‘tirishi, farzand tarbiyalashi va turmush o‘rtog‘ining, qaynona-qaynotaning ko‘nglini olish
kabi ishlar bilan band bo‘lishi kerak, degan stereotip mavjud.
Ba’zi erkaklar ayolni faqat uyda bo‘lishga mahkum deb hisoblaydi, ayol pul topsa yoki
jamiyatda faol bo‘lsa, o‘zgaradi, degan eskicha qarashlar ham uchrab turadi. Shuning uchun ayol
bilim olmasa, o‘z ustida ishlamasa, nafaqat kelajak avlodni tarbiyalash, balki jamiyatda faol
bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Turmush o‘rtog‘i va oila a’zolari tomonidan qo‘llab-
quvvatlangan ayol har sohada – uy ishlaridan tortib davlat ishigacha muvaffaqiyatli bo‘la oladi.
Ayolning kuchi uning sokinligi, chidamliligi va mehrini asray bilishida namoyon bo‘ladi.
Bugungi zamonaviy jamiyatda ayolning o‘rni avvalo ta’lim olish bilan belgilanadi. Ilmli
ayol farzandiga sifatli tarbiya bera oladi, mustaqil fikrlaydi va jamiyatda faol pozitsiyaga ega
bo‘ladi. Hozirgi kunda ayollarimiz iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda faollikni qo‘ldan
bermay kelayotgani sir emas. Bundan tashqari ayolning psixologik sog‘ligi ham jamiyat va
oiladagi muvaffaqiyatini belgilovchi muhim omildir. Sog‘lom ruhiy holat ayolga stress va
muammolarni yengib o‘tishda yordam beradi, o‘zini ishonch bilan namoyon qilish imkonini
beradi. Psixologik barqaror ayol nafaqat oilasini baxtli qiladi, balki jamiyatda ham samarali,
ijtimoiy mas’uliyatni his qiladigan, to`g`ri va ongli qarorlar qabul qiladigan shaxs sifatida
ko‘rinadi. Shu bois, ta’lim bilan birga ruhiy sog‘liqni rivojlantirish - zamonaviy ayolning eng
muhim jihatlaridan biridir. Ayolning faolligi oilaning farovonligini va mustahkamligini
oshirishga, jamiyatning rivojlanishiga va barqarorligiga xizmat qiladi.”
O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat bo‘lishini hammamiz orzu qilamiz. Shu buyuk kelajak
sari qadam qo‘yar ekanmiz, hech ikkilanmasdan aytishimiz mumkinki, buyuk kelajakni buyuk
insonlar yaratadi, buyuk insonlarni esa faqat buyuk ayollar dunyoga keltirib, o‘stirib va
tarbiyalashi mumkin. Bu o‘rinda ayollarimizning jismonan hamda ruhan sog‘lom, o‘qimishli va
oqila bo‘lishlari, shuningdek, ma’naviy va huquqiy bilimlari, o‘z burch va majburiyatlarini his
etishlari katta ahamiyatga ega.
