603
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
O‘ZBEKISTON ZAMONAVIY TASVIRIY SAN’ATIDA KITOB GRAFIKASINING
O‘RNI: UMUMIY GRAFIKA BILAN UZVIY BOG‘LIQLIGI VA BADIIY-ESTETIK
TENDENSIYALAR
Anvar Alimjanovich Mamadjanov
Oʻzbekiston xalq rassomi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
Turabekova Marjona Usubali qizi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
Dastgoh va kitob grafikasi mutaxassisligi magistri.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17647060
Annotatsiya.
Mazkur maqolada mustaqillik davri O‘zbekiston tasviriy san’atida kitob
grafikasining o‘rni, uning umumiy grafika bilan o‘zaro ta’siri, texnika va janrlar kengayishi
hamda badiiy-estetik rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar davrida
kitob grafikasining funksional va badiiy ahamiyati ortib borayotgani, grafik rassomlarning
milliy an’analar va zamonaviy uslublar sinteziga asoslangan izlanishlari yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
kitob grafikasi, umumiy grafika, raqamli texnologiyalar, milliy an’analar
va zamonaviy uslub.
МЕСТО КНИЖНОЙ ГРАФИКИ В СОВРЕМЕННОМ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМ
ИСКУССТВЕ УЗБЕКИСТАНА: ЕЁ ВЗАИМОСВЯЗЬ С ОБЩЕЙ ГРАФИКОЙ И
ХУДОЖЕСТВЕННО-ЭСТЕТИЧЕСКИЕ ТЕНДЕНЦИИ
Аннотация.
В данной статье анализируются место книжной графики в
изобразительном искусстве Узбекистана периода независимости, её взаимосвязь с общей
графикой, расширение техник и жанров, а также процессы художественно-
эстетического развития. Освещается возрастающее функциональное и художественное
значение книжной графики в эпоху цифровых технологий, а также поиски графиков,
основанные на синтезе национальных традиций и современных стилей.
Ключевые слова:
книжная графика, общая графика, цифровые технологии,
национальные традиции и современный стиль.
THE ROLE OF BOOK GRAPHICS IN CONTEMPORARY VISUAL ARTS OF
UZBEKISTAN: ITS INTEGRATION WITH GENERAL GRAPHICS AND
ARTISTIC-AESTHETIC TRENDS
Annotation.
This article analyzes the role of book graphics in the visual arts of
Uzbekistan during the independence period, its interaction with general graphics, the expansion
of techniques and genres, and the processes of artistic and aesthetic development. It highlights
the increasing functional and artistic significance of book graphics in the digital age, as well as
the research of graphic artists based on the synthesis of national traditions and contemporary
styles.
Keywords:
book graphics, general graphics, digital technologies, national traditions and
contemporary style.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida badiiy ijodning boshqa turlari qatori tasviriy san’at
sohasi rivojiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mustaqillik sharofati bilan yuzaga kelgan ijodiy erkinliklar o‘zbek grafika san'atida ijod
qiluvchi rassomlar asarlarida ham yangi ifoda vositalarining paydo bo‘lishiga olib keldi.
604
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Aynan shunday holatlar rassomlarimiz dunyoqarashini o‘zgartirib yubordi. Shuningdek,
o‘zining betakror san'atiga ega bo‘lgan taniqli va yosh rassomlar shular jumlasidandir.
1
O‘zbekiston tasviriy san’ati mustaqillik yillarida yangi bosqichga ko‘tarildi. Ijodiy
erkinlik, milliy o‘zlikka qaytish, modern va postmodern yo‘nalishlarning kirib kelishi grafik
san’at rivojida sezilarli o‘zgarishlar keltirib chiqardi. Shu jarayonda kitob grafikasi va umumiy
grafika o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yanada kuchaydi. Kitob grafikasi nafaqat nashr bezagi, balki
milliy timsollarni talqin qilish, matnning mazmunini badiiylashtirish va grafik san’at poetikasini
rivojlantirishning muhim maydoniga aylandi.
Umumiy grafika esa — ofort, litografiya, ksilografiya, plakat, avtor grafikasi, raqamli
grafika kabi zamonaviy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan keng badiiy makon bo‘lib, uning
yutuqlari kitob grafikasiga bevosita ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.
San’atning ushbu turiga xos bo‘lgan mazmun va shakl birligi nuqtai-nazardan qilingan
tahlil grafika asarlar ramziy ma’noga ham egaligi to‘g‘risidagi fikrga olib kеladi. Grafikaning
shakli va obrazlarini yuzaga kеltirgan uslubiy vazifalardan ma’no vazifalariga o‘tishning tahlili
qiyin, biroq, mumkin va u hodisalar mohiyatini to‘liqroq tushunib olish uchun zarur. Grafika
asarlarning ma’no-mazmunli, badiiy obrazli ifodalilikning yuqori bosqichiga ko‘tarilgan didaktik
mohiyatiga kirib borish ularning ahamiyatini tushunish, kishilarning alohida ichki dunyosiga
kirish, o‘z ko‘zi bilan ko‘rishning o‘ziga xos sharqona muattar hidini hamda lazzatini xis qilish,
vaqt o‘tgan sari grafikalar qanday o‘zgarganligini va qayta anglanganini kuzatish imkonini
beradi.
2
Kitob grafikasining rivoji ko‘p jihatdan umumiy grafikadagi yangilanishlar bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, rassomlar litografiya, ofort, akvatinta, avtor grafikasi, kollaj,
raqamli illustratsiya kabi texnikalarni kitob bezagiga olib kirishi natijasida kitob san’ati yangi
bosqichga ko‘tarildi. Ayni paytda umumiy grafika ham kitob grafikasi bilan o‘zaro boyish
jarayonini boshdan kechirdi: miniatyura maktabi an’analari,
xalqona ornamentlar,
kompozitsiyaviy soddalik va ramziylik umumiy grafik yondashuvlarni ham boyitdi.
Kitob grafikasi O‘zbekiston tasviriy san’atida qadimdan shakllangan an’anaga ega. Unda
miniatyura, xalq amaliy san’ati ornamenti, epigrafika, ritmik kompozitsiya kabi badiiy
komponentlar mujassam.
Kitob grafikasining badiiy yechimlarida ko‘pincha kompozitsiya aniqligi, chiziqning
ifodaviyligi, ramziy obrazlar, matn va tasvir uyg‘unligi, ornamental
ritmlar ustuvor bo‘ladi. Bu
esa umumiy grafik san’atning asosiy tamoyillari bilan bevosita bog‘liq. Shunday qilib, kitob
grafikasi umumiy grafikaning eksperimental, texnologik va konseptual yutuqlarini o‘zlashtirgan
holda, o‘z navbatida umumiy grafikaga milliylik, nafislik va poetiklik uyg‘otadi.
O‘zbekiston grafikasida milliy qadriyatlar muhim o‘rin tutadi. Bu ikki yo‘nalish ham o‘z
badiiy mohiyatini: miniatyura estetikasi, sharqona ritm, milliy naqshlar, tarixiy-mifologik
obrazlar orqali boyitadi. Matn va tasvir uyg‘unligi, chiziqning nozikligi, ramziylik kitob
grafikasini milliy badiiy tafakkur bilan uyg‘unlashtiradi.
Bugungi zamonda raqamli texnologiyalarning kirib kelishi natijasida har ikki yo‘nalish –
kitob grafikasi ham, umumiy grafika ham yangi bosqichga ko‘tarildi.
1
Zarifova,
D.
O.
qizi.
(2023).
SHARQ
GRAFIKA
SAN’ATIDA
MAISHIY
JANRNING
O‘RGANILISHI.
Innovative
Development
in
Educational
Activities
,
2
(9),
57–62.
Retrieved
from
https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259
2
Zarifova,
D.
O.
qizi.
(2023).
SHARQ
GRAFIKA
SAN’ATIDA
MAISHIY
JANRNING
O‘RGANILISHI.
Innovative
Development
in
Educational
Activities
,
2
(9),
57–62.
Retrieved
from
https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259
605
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Raqamli illustratsiya, grafik dizayn, virtual maketlashtirish, elektron nashrlar kitob
grafikasi uchun yangi ijodiy imkoniyatlar yaratmoqda. Umumiy grafikada esa 3D-grafika,
mixed-media, vizual eksperimentlar kuchaymoqda.
Oʻzbekistonda grafika san’ati XX asrda shakllandi va rivojlandi. XX asrning oxirgi
choragida ijodkorlar safiga M. Kagarov, L. Ibrohimov, M.Sodikov, A. Mamajonov, A. Bobrov,
V. Apuxtin, Q. Basharov, A. Li, G. Li kabi rassomlarning kelib qoʻshilishi grafikani ham badiiy
mahorat, ham mavzu jihatdan boyishini taʼminladi.
Oʻzbek grafikachilari grafikaning barcha sohalari (akvarel, litografiya, ksilografiya va
boshqalar)da samarali ijod qilib, mavzu jihatdan rang-barang (tarix, zamonaviylik, ekologiya va
boshqalar) asarlar yaratmoqdalar, jahon va oʻzbek mumtoz adabiyotiga, Sharqning buyuk
arboblari, yozuvchi va olimlari siymolariga murojaat qilmoqdalar.
M. Kagarov
“Sayyoh”
M. Kagarov
“Keksalik”
606
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
A. Bobrov Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” romaniga ishlangan illustratsiya
O‘zbekiston rassomlari namoyon etgan yuksak badiiy tafakkur madaniyatining, ular
butunligining go‘zalligi qarama-qarshi elеmеntlarning jo‘shqin murakkab tizimi sifatida ochib
bеriladigan yangi sintеz, yangi «ma’naviy» uyg‘unlikni yaratishga qo‘shgan hissa dastgox
san’ati uchun ham ahamiyatli ekanligini isbotlab o‘tirishning xojati yo‘q.
3
O‘zbekiston grafik rassomlaridan Asliddin Kalonov, Dilshod Akromov, Nigora
Akbarova, Xurshid Ziyaxanov, Safi Mariya, Laylo Basharova va boshqalar – o‘z ijodiy
izlanishlarida kitob grafikasining poetik-estetik imkoniyatlari bilan umumiy grafikadagi
modernist va konseptual izlanishlarni birlashtirib, zamonaviy san’atga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Masalan, Asliddin Kalonov uning chiziqqa asoslangan metaforik uslubi kitob grafikasi
uchun ham muhim o‘rnak bo‘lgan. Rassomning struktural chiziq plastikasiga asoslangan
kompozitsiyalari hozirgi o‘zbek grafikasida yangi vizual tafakkurni yuzaga keltirdi.
Noaniq kelajak. Asliddin Kalonov 2021 y
Xurshid Ziyaxanovning “Buxorolik ayol”, “Kelinchak”, “Buvilarning ertaklari” “Sopolli
tom” kabi asarlarida ramziylik, psixologik holat, falsafiy qatlamlar kuchli. U yaratgan konseptual
grafika kitob bezagida ham zamonaviylik va chuqur ma’no berish imkonini yaratadi.
3
Zarifova, D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING
O‘RGANILISHI.
Innovative Development in Educational Activities
,
2
(9), 57–62. Retrieved from
https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259
607
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Kelinchak
Xurshid Ziyaxanov
Mato, moybo‘yoq -
2021 yil
Buvilarning ertaklari
Xurshid Ziyaxanov
Mato, moybo‘yoq -
2012 yil
Sopolli tom
Xurshid Ziyaxanov
Qog‘oz, ruchka - 2018
yil
Dilshod Akromov va Jamshid Rashidovlar “Raqamli avlod” vakili sifatida raqamli
grafika, 3D-kompozitsiya, elektron illustratsiyalar uslubini rivojlantirdi. Ularning ishlari bugungi
kunda elektron kitoblar dizayni va raqamli nashriyotchilikka yangi nafas olib kirmoqda.
Mustaqillik davridagi o‘zgarishlar bu ikki yo‘nalishning o‘zaro boyishini tezlashtirdi.
Kitob grafikasi milliy estetik tafakkurning tarixi bo‘lsa umumiy grafika esa zamonaviy
badiiy jarayonlarning markazi. Ikkalasi birga milliy vizual madaniyatning shakllanishini
ta’minlaydi. Raqamli asrda kitob grafikasining qayta jonlanishi va dizayn bilan qo‘shilishi
tadqiqot uchun juda qiziqarli hodisa.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki,
Kitob grafikasi va umumiy grafika
O‘zbekiston tasviriy san’atida bir-birini to‘ldiruvchi, boyituvchi va rivojlantiruvchi ikki katta
yo‘nalishdir. Ular o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik: badiiy tafakkurning chuqurlashuviga, milliy
timsollarning zamonaviy talqiniga, grafik texnikalar rang-barangligiga, vizual madaniyatning
yuksalishiga bevosita ta’sir qiladi.
Mustaqillik yillarida grafik rassomlarning milliy an’ana, modernizm, postmodernizm va
raqamli texnologiyalarni sintez qilishga qaratilgan izlanishlari kitob grafikasining ham, umumiy
grafikaning ham yangilanishini ta’minladi.
Bugungi kunda kitob grafikasi o‘zbek vizual madaniyatining muhim qatlami bo‘lib,
zamonaviy grafik san’atning eng nozik va poetik ifoda vositalaridan biri sifatida rivojlanishda
davom etmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:
1.
Raximova G. O‘zbekiston grafika san’ati taraqqiyoti. — Toshkent, 2018.
2.
Xabibullayev N. Zamonaviy O‘zbekiston san’ati: tendensiyalar va yo‘nalishlar. — 2021.
3.
Hasanov O. Milliy san’atning zamonaviy talqinlari
.
— Toshkent, 2017.
4.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi materiallari.
5.
Quvondiqova, O. (2025). OʻZBEK GRAFIKASIDA ZAMONDOSHLAR MAVZUSINI
YORITILISHI.
Modern Science and Research
,
4
(3), 133–137. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/71855
608
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
6.
Omon qizi, Z. D. (2025). The Role of Self-Portrait in Shaping Students’ Personal Identity
and Creative Expression. American Journal of Education and Evaluation Studies, 2(9),
107–108. Retrieved from https://semantjournals.org/index.php/AJEES/article/view/2438
7.
qizi Zarifova, D. O. (2023). RANGLARNING FAZOVIY BIRIKMALARI VA
XUSUSIYATLARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(5), 159-162.
8.
Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF
THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.
9.
Zarifova, D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING
O‘RGANILISHI.
Innovative Development in Educational Activities
,
2
(9), 57–62.
Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259
10.
Dilfuza Omon qizi Zarifova Sharq grafika san’atida maishiy janrning o‘rganilishi.
Innovative Development in Educational Activities 2023/5/15.
