691
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
TEZKOR QIDIRUV FAOLIYATI TARIXI
Atanazarov Samandar Kuvandiq uli
Ichki Ishlar Vazirligi akademiyasi 3-kurs kursanti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17688324
Annotatsiya.
Mazkur maqolada tezkor qidiruv faoliyatining tarixiy shakllanish jarayoni,
uning hozirgi kundagi mazmuni va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, tezkorlik va
huquqiylik tamoyillarining uyg‘unlashuvi hamda yosh mutaxassislarning bu sohadagi
mas’uliyati yoritilgan.
Kalit so‘zlar
: tezkor qidiruv faoliyati, jinoyatchilik, operativ xizmat, huquqiy asos,
xavfsizlik, mas’uliyat.
Insoniyat jamiyatining eng qadimiy davrlaridanoq jinoyatchilikka qarshi kurash dolzarb
masala bo‘lib kelgan. Tarix shuni ko‘rsatadiki, jinoyatni aniqlash, oldini olish va aybdorlarni
fosh etishda tezkorlik, kuzatuvchanlik va tahliliy fikrlash inson tafakkuri bilan birga rivojlangan.
Bugungi kunda bu faoliyat “tezkor qidiruv faoliyati” deb atalib, mustahkam huquqiy
asosga ega bo‘lgan, jamiyat xavfsizligini ta’minlovchi muhim tizim sifatida shakllangan.
Tezkor qidiruv faoliyatining ildizlari qadimgi Sharq sivilizatsiyalariga, xususan,
Movarounnahr hududidagi davlat boshqaruvi an’analariga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda
qayd etilishicha, Amir Temur davrida davlat xavfsizligini ta’minlash, ichki tartibni
mustahkamlash va jamiyatdagi tinchlikni saqlash maqsadida maxfiy axborot yig‘uvchi kishilar
faoliyat yuritgan.
Ular jamiyatdagi xavfli guruhlar, fitna yoki jinoyat alomatlari haqida ma’lumot to‘plab,
davlat rahbariga yetkazishgan.
O‘rta asrlarda bu faoliyat hozirgi zamon tezkor qidiruv tizimining ilk ko‘rinishlari sifatida
namoyon bo‘lgan. Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur o‘z “Tuzuklari”da davlat
boshqaruvi, adolat va halollik tamoyillarini chuqur ifoda etgan. U har bir viloyatdagi ahvolni
bilib turish uchun diyonatli, to‘g‘ri so‘zli voqeanavislarni tayinlagan.
Ularning vazifasi — xalq turmushi, boshqaruvdagi holat va jamiyatdagi muammolar
haqida aniq ma’lumot to‘plash va uni bevosita hukmdorga yetkazish edi. Agar ular haqiqatni
buzgan yoki yolg‘on yozgan bo‘lsa, jazolangan.
Amir Temur uchun adolat — kuch manbai, xalq tinchligi esa davlat qudratining o‘lchovi
bo‘lgan. U hokimlar yoki sipohiylar xalqka zulm qilganini eshitsa, darhol chora ko‘rgan. Bu esa
bugungi tezkor xodimlar uchun ham o‘rnak: har bir axborot, har bir xabar ortida inson taqdiri
turganini unutmaslik kerak.
Bugungi kunda tezkor qidiruv faoliyati jinoyatlarning oldini olish, ularni fosh etish,
jinoyatchilarni aniqlash va izlashda hal qiluvchi o‘rinni egallaydi. Davlat xavfsizligini
ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda bu tizimning roli beqiyosdir.
Zamonaviy davrda texnologiyalar, sun’iy intellekt, videokuzatuv tizimlari, biometrik
ma’lumotlar va ma’lumotlar tahlili kabi innovatsion vositalar tezkorlikni oshirishda katta yordam
bermoqda. Biroq har qanday ilg‘or texnika ortida inson omili — halollik, hushyorlik va fidoyilik
turadi. Shu sababli har bir tezkor xodim o‘z faoliyatida “kuch – adolatda” degan tarixiy
tamoyilni yodda tutishi zarur.
Tezkor qidiruv faoliyati — bu nafaqat jinoyatchilikka qarshi kurashning, balki jamiyat
tinchligi va adolatni ta’minlashning asosiy tayanchi. Uning tarixi uzoq, mazmuni esa doimo
yangilanib borayotgan tizimdir.
692
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Yangi avlod tezkor xodimlari esa bu sohaning faxrli davomchilari sifatida nafaqat tajriba,
balki zamonaviy bilim va texnologik tafakkur bilan qurollanishlari lozim.
Manbalar
1.
“Temur tuzuklari” — Amir Temur
2.
O‘zbekiston Respublikasi “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (2009-yil 25-
sentabr, O‘RQ–223-son)
3.
Jinoyatchilik va unga qarshi kurash tarixiga oid ilmiy maqolalar.
