703
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA AXLOQIY QADRIYATLARNING O‘RNI
Maxmudova Fotima Shamshinovna
Toshkent amaliy fanlar universiteti katta o‘qituvchisi.
G‘afforova Mehriniso Shuhrat qizi
Toshkent amaliy fanlar universiteti talabasi.
mehrinisog‘afforova@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17688421
Annotatsiya.
Mazkur maqola jamiyatning ma’naviy barqarorligi, insonlarning o‘zaro
munosabat madaniyati va millatning kelajagi yosh avlodning qanday tarbiya olishi bilan
chambarchas bog‘liq. Tarbiya jarayonida axloqiy qadriyatlarning o‘rni beqiyosdir.
Chunki axloq — bu insonning ichki dunyosi, uning fazilatlari, iymoni, vijdoni va xulq-
atvorining asosiy mezonidir. Shuning uchun yoshlarni barkamol inson qilib voyaga yetkazishda
axloqiy qadriyatlarga tayanish har qanday jamiyat uchun muhim strategik vazifadir. Axloqiy
fazilatlarini oshirishda madaniy qadriyatlarning ahamiyatini o'rganishga bag'ishlangan. Unda
madaniyat, axloqiy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasining o'zaro bog'liqligi tahlil qilinadi. Yoshlar
o'z madaniy merosini, urf-odatlarini va an'analarini bilib, ularni zamonaviy hayot bilan
uyg'unlashtirish orqali o'z axloqiy fazilatlarini mustahkamlashi mumkin. Maqolada madaniy
qadriyatlarning yoshlar axloqiga ta' siri, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o'zida
mujassamlashtirgan axloqiy tamoyillar asosida axloqiy tarbiya jarayonini samarali tashkil etish
yo'llari ko'rsatiladi. Madaniyat, adolat, halollik, mehr-muhabbat kabi qadriyatlarni yoshlar
ongiga singdirish orqali ularning axloqiy kamolotiga erishish mumkinligi ta'kidlanadi.
Kalit so‘zlar:
Pedagogik metodlar, o‘qituvchi, o‘quvchi, ma’naviyat, ma’daniyat,
yoshlar, axloqiy fazilatlar, qadriyatlar,o‘rganish, resurslar, o‘z-o‘zini baholash.
Аннотация.
Эта статья тесно связана с духовной стабильностью общества,
культурой человеческого взаимодействия и будущим нации, с тем, как воспитывается
подрастающее поколение. Роль нравственных ценностей в процессе воспитания
несравненна. Потому что нравственность является главным критерием внутреннего
мира человека, его качеств, веры, совести и поведения. Поэтому опора на нравственные
ценности в воспитании молодежи как всесторонне развитых личностей является
важной стратегической задачей для любого общества. Она посвящена изучению значения
культурных ценностей в совершенствовании их нравственных качеств. В ней
анализируется взаимозависимость культуры, нравственных ценностей и воспитания
молодежи. Молодые люди могут укрепить свои нравственные качества, изучая свое
культурное наследие, обычаи и традиции и интегрируя их в современную жизнь. В
статье показано влияние культурных ценностей на нравственность молодежи, пути
эффективной организации процесса нравственного воспитания на основе нравственных
принципов, воплощающих национальные и общечеловеческие ценности. Подчеркивается,
что моральная зрелость молодежи может быть достигнута путем привития ей таких
ценностей, как культура, справедливость, честность и любовь.
Ключевые слова:
Педагогические методы, учитель, ученик, духовность, культура,
молодежь, нравственные качества, ценности, обучение, ресурсы, самооценка.
Annotation.
This article is closely related to the spiritual stability of society, the culture
of human interaction, and the future of the nation, how the younger generation is educated. The
role of moral values in the process of upbringing is incomparable. Because morality is the main
criterion of a person's inner world, his qualities, faith, conscience, and behavior.
704
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Therefore, relying on moral values in raising young people as well-rounded individuals is
an important strategic task for any society. It is devoted to studying the importance of cultural
values in improving their moral qualities. It analyzes the interdependence of culture, moral
values, and youth education. Young people can strengthen their moral qualities by learning
about their cultural heritage, customs, and traditions and integrating them with modern life. The
article shows the influence of cultural values on the morality of young people, ways to effectively
organize the process of moral education based on moral principles that emdiv national and
universal values. It is emphasized that the moral maturity of young people can be achieved by
instilling values such as culture, justice, honesty, and love into their minds.
Key words:
Pedagogical methods, teacher, student, spirituality, culture, youth, moral
qualities, values, learning, resources, self-assessment.
O‘zbekiston xalqining asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlari, urf-odatlari va
diniy an’analari axloqiy tarbiyaning mustahkam poydevori bo‘lib kelgan. “Kattaga hurmat,
kichikka izzat”, “Halollik eng katta boylik”, “Yaxshilik qil, suvga tashla” kabi maqollar
xalqimizning axloqiy qarashlarini ifodalaydi.
1. Axloqiy qadriyatlarning mohiyati
Axloqiy qadriyatlar — bu insonning jamiyatda o‘zini tutish, boshqalar bilan munosabatda
bo‘lish, halollik, adolat, mehr-shafqat, vatanparvarlik kabi fazilatlarni o‘zida mujassam etuvchi
me’yorlardir. Ular nafaqat oila, balki ta’lim muassasalari va jamiyat hayotida ham yoshlar
tarbiyasining asosini tashkil etadi.
2. Axloqiy tarbiyaning oiladagi o‘rni
Oila — bu inson shaxsining shakllanishida birinchi va eng muhim maktabdir. Bola
avvalo ota-onasining xatti-harakatlariga, so‘zlariga, turmush tarziga qarab o‘rnak oladi. Shu bois
ota-onaning axloqiy fazilatlari farzand tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Oila muhitida mehr, sabr, hurmat, mas’uliyat, milliy qadriyatlar singdirilsa, bola hayotga
ijobiy qarash bilan ulg‘ayadi. Aksincha, axloqiy bo‘shliq bo‘lgan muhitda tarbiyalangan farzand
jamiyatga moslashishda qiyinchiliklarga duch keladi.
3. Maktab va ta’lim tizimining roli
Yosh avlod tarbiyasida maktab va ta’lim muassasalari o‘ta muhim o‘rin tutadi.
O‘qituvchilar nafaqat bilim beruvchi, balki shaxs tarbiyalovchi insonlardir. Maktabdagi
ta’lim-tarbiya jarayonida milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, do‘stlik va
insonparvarlik ruhida o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazish zarur.
Bugungi kunda O‘zbekistonda “Ma’naviyat va ma’rifat” yo‘nalishidagi darslar, “Milliy
g‘oya”, “Axloq asoslari” kabi fanlar yoshlarni ezgu fazilatlar bilan qurollantirishga xizmat
qilmoqda.
4. Axloqiy qadriyatlarning zamonaviy talqini
Globallashuv davrida internet, ommaviy madaniyat va texnologik rivojlanish yoshlarning
dunyoqarashiga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli axloqiy tarbiyani zamon ruhiga
moslashtirish, uni yoshlar qiziqishlariga uyg‘un shaklda berish muhim. Masalan, ijtimoiy
tarmoqlarda milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi sahifalar, videoroliklar va loyihalar yoshlar
ongida ijobiy g‘oyalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, ta’limda raqamli
texnologiyalar yordamida axloqiy mavzularni interaktiv tarzda o‘rganish samarali natijalar
bermoqda.
705
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
5. Axloqiy qadriyatlar — milliy g‘urur va barkamollik garovi
Axloqiy qadriyatlar shaxsning ma’naviy barkamolligini, milliy g‘ururini shakllantiradi.
Halollik, fidoyilik, vatanparvarlik, mehr-oqibat kabi qadriyatlar yoshlarni jamiyat oldida
mas’uliyatli inson sifatida tarbiyalaydi.
Prezident Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek:
“Yoshlarimizning qalbida Vatanga sadoqat, insoniylik, halollik va mehr-muruvvat
tuyg‘ularini singdirish bizning eng muhim vazifamizdir.
Bu so‘zlar yosh avlodni axloqiy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash masalasi davlat
siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ko‘rsatadi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar milliy
davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz
chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini,
millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini ta'minlash uchun muhim poydevor bo'ldi,
xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga
chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Tarix - ijtimoiy hayot hamda inson tafakkuri mahsulidir. Shunday ekan o'tmishdan yuz
bergan har bir hodisa ma'lum ma'naviy-ruhiy, ijtimoiy-siyosiy muhit ta'sirida yuz berganligini
ko'ramiz. Unga nazar solsak, asrlar silsilasini varaqlash jarayonida har birimizdan alohida
ziyraklik va zukkolik bilan ish ko'rishlik talab etiladi. Natijada voqealar zamiridagi mantiq,
falsafa, ruhiyat, siyosat, qo'yinki, har bir davrning o'ziga xos shukuhiyu tashvishlari, sevinchu
iztiroblari ko'zda yaxlitligicha tashlanganligining guvohi bo'lamiz. Bunday hol kishini fikrlashga,
o'tmishni idrok qilib kelajakni aql yo'rig'i bilan belgilashga chorlaydi. Tarixning tafakkur
mahsuli va ulug' murabbiyligi, uning muqaddas hamda oliy qadriyat ekanligini o'tmish
ajdodlarimiz isbotlab keldilar. Jonajon tariximiz mustaqillik davrida yana ham oliymaqom
mavqe va nufuzga ega bo'ldi.
Insonparvarlik, inson qadr-qimmati, sha'ni va or-nomusi, xaq-huquqlari hamda
manfaatlarining ustuvorligi tamoyiliga tayanadi. Unda insonning hayoti oliy qadriyatdir. Bu
tamoyil o'tkinchi xarakterga ega bo'lmay, balki O'zbekistonning demokratik rivojlanish
istiqbolini o'zida mujassam etadi. Bunda milliy g'oyaning insonparvarlik va demokratik
tamoyillari inson hamda jamiyat manfaatlari uyg'unligini belgilab beruvchi tayanch nuqta va
jipslashtiruvchi omil vazifasini o'taydi. Demak, milliy g'oya ikki muhim, bir-biri bilan bog'liq
bo'lgan negizga tayanadi.
Bu bir tomondan, O'zbekiston xalqining tarixi, turmush tarzi, urf-odat, an'analari,
madaniyati bilan bog'liq milliy madaniy meros bo'lib, bu uning asosi, bosh negizi, tayanchi
hisoblanadi. Ikkinchisi, dunyo xalqlari e'tirof etib, faqat ezgulikka, bunyodkorlik ishlariga, o'zaro
totuvlik va hamjihatlikka xizmat qilib kelayotgan umuminsoniy tamoyillardir. Shu ma'noda
milliy istiqlol g'oyasi umumbashariy qadriyatlarni e'tirof etadi.
Yoshlar jamiyatning eng katta va harakatchan qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham
ularni har doim kuzatib, nazorat qilish zamonning dolzarb masalalari qatoriga kiradi.
Hozirgi davrda taraqqiyotimiz uchun xavfli bo'lgan, yoshlar ma'naviyatiga salbiy ta'sir
etuvchi, yoshlarni dushmanlik ruhida tarbiyalaydigan buzg'unchi g'oyalarga qo'shimcha ta'sirlar
sifatida quyidagi vositalardan ham foydalanilmoqda, bular: internet, sputnik aloqalari, badiiy
adabiyot, gazeta va jurnallar, san'at (tasviriy san'at, haykaltaroshlik, kino, seriallar, musiqa, raqs)
orqali salbiy ta'sir o'tkazishdir.
706
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Bunday tahdidlarning turlari, ularning xususiyatlari ba'zan oshkora va ba'zan o'ta maxfiy,
ichki, yashirin bo'ladi, bu maqsadlarni bilish va o'z vaqtida anglash hamda unga qarshi javob
berish uchun, yoshlar yuksak ma'naviyatli, g'oyaviy ongli, ma'naviy barkamol bo'lishlari shart.
Faqat shunday yoshlargina bunday ta'sirlardan himoyalanishga qodir bo'ladi.
Xulosa:
Hozirgi kundagi mavjud bo'lgan mazkur mafkuraviy va ma'naviy xurujlarning
maqsad va mohiyatini o'z vaqtida anglab oladigan va ularga qarshi o'z fikri va mustaqil
dunyoqarashiga ega bo'lgan barkamol avlodni tarbiyalashda milliy qadriyatlarning o'rni
beqiyosdir. Milliy qadriyatlar insonni o'z-o'zini anglashi, milliy g'ururga ega bo'lishi, o'z millati
va uning tarixi bilan faxrlanuvchi, yuksak ideallarga intiluvchi va mehnatsevar, iymonli va
insofli, o'tmish ajdodlar va keksalarga nisbatan izzat-hurmatli hamda yurt taqdirini o'z taqdiri
bilan bir deb hisoblovchi shaxs bo'lib etishishi uchun xizmat qiladi.
Yoshlarimizning ma'naviy tarbiyasida beparvolik va va loqaydlik hukm sursa, eng
dolzarb masalalar o'zibo'larchilikka tashlab qo'yilsa, o'sha yOerda ma'naviyat eng ojiz va zaif
nuqtaga aylanadi. Yoki aksincha, qayerda xushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va
tafakkur xukmron bo'lsa, o'sha erda ma'naviyat qudratli kuchga aylanadi.
Oldimizdagi turgan ezgu maqsadlarimiz-mamlakatimizning buyuk kelajagi xam, ertangi
kunimiz, erkin va faravon xayotimiz xam, O'zbekiston XXI asrda jaxon xamjamiyatidan qanday
o'rin egallashi xam - bularning barchasi, avvalambor yosh avlod, unib - o'sib kelayotgan
farzandlarimiz qanday insonlar bo'lib voyaga etishiga bog'liqdir. Yoshlar tarbiyasida doimo ogoh
va sergak bo'lish, hamda milliy qadriyatlarimizni ularning ongiga singdirish biz ota onalarning
burchimizdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi: (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar.-
T.:Sharq,2001.
2.
Sagdullayev A. S. O'zbekiston tarixi. - T.: VNESHINVESTPROM, 2019.
3.
Ziyomuhammadov B., Ziyomuhammedova S., Qodirova S. Ma'naviyat asoslari. T.:
O'zbekiston Milliy etiklopediyasidavlat ilmiy nashriyoti, 2000.
4.
Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. - Т: «Sharq», 2010. - 512 b.
5.
Ma'naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug'ati. T.: G'.G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi, 2010.
6.
www.goole.uz
