TALABALARNING AXBOROT KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MUAMMOLARI

Annotasiya

Maqolada talabalarning axborot kompetentliligini rivojlantirishning dolzarb pedagogik muammolari tahlil qilingan. Unda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘qituvchilarning raqamli madaniyatini rivojlantirish va talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish zarurligi yoritilgan. Shuningdek, kasbiy fanlar integratsiyasi asosida dasturiy ta’minot yaratish axborot kompetentligini rivojlantirishning samarali yo‘li sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
169-172
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Yakubov, B. (2025). TALABALARNING AXBOROT KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MUAMMOLARI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(11), 169–172. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139670
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada talabalarning axborot kompetentliligini rivojlantirishning dolzarb pedagogik muammolari tahlil qilingan. Unda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘qituvchilarning raqamli madaniyatini rivojlantirish va talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish zarurligi yoritilgan. Shuningdek, kasbiy fanlar integratsiyasi asosida dasturiy ta’minot yaratish axborot kompetentligini rivojlantirishning samarali yo‘li sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

169

TALABALARNING AXBOROT KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISHNING

PEDAGOGIK MUAMMOLARI

Yakubov Baxtiyor Baxriddin o‘g‘li

Termiz davlat universiteti

Kompyuter va dasturiy injiniring kafedrasi o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17618415

Annotatsiya.

Maqolada talabalarning axborot kompetentliligini rivojlantirishning dolzarb

pedagogik muammolari tahlil qilingan. Unda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, o‘qituvchilarning raqamli madaniyatini rivojlantirish va talabalarda
amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish zarurligi yoritilgan. Shuningdek, kasbiy fanlar integratsiyasi
asosida dasturiy ta’minot yaratish axborot kompetentligini rivojlantirishning samarali yo‘li
sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.

Tayanch so‘zlar:

axborot kompetentliligi, raqamli pedagogika, AKT, innovatsion ta’lim,

kasbiy fanlar integratsiyasi.

Annotation.

The article analyzes the current pedagogical issues of developing students’

information competence. It highlights the importance of integrating information and
communication technologies into the educational process, improving teachers’ digital literacy,
and enhancing students’ practical skills. Creating software based on the integration of
professional subjects is presented as an effective way to develop information competence.

Keywords:

information competence, digital pedagogy, ICT, innovative education,

integration of professional subjects.

Аннотация.

В статье рассмотрены актуальные педагогические проблемы

развития информационной компетентности студентов. Подчёркивается необходимость
внедрения информационно-коммуникационных технологий в образовательный процесс,
повышения цифровой культуры преподавателей и формирования у студентов
практических навыков. Создание программного обеспечения на основе интеграции
профессиональных дисциплин представлено как эффективный способ развития
информационной компетентности.

Ключевые слова:

информационная компетентность, цифровая педагогика, ИКТ,

инновационное образование, интеграция профессиональных дисциплин.

Hozirgi davrda ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaridan foydalanish eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda. Shu boisdan
ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Prezident farmonlari bilan zamonaviy
kompyuter texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha bir qator qarorlar qabul
qilingan. Ushbu qarorlar asosan yoshlarga berilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi
shakllarda tushuntirish, ularni global axborot maydonida faoliyat yurita oladigan mutaxassislar
sifatida tayyorlashga qaratilgan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot

texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-5349-sonli farmoni doirasida ta’lim muassasalarida axborot infratuzilmasini
rivojlantirish, elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va pedagoglarning


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

170

AKTdan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish belgilangan.[1] Mazkur farmonlarda yosh
pedagoglar zimmasiga o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, axborot resurslaridan oqilona
foydalanish, o‘rganilayotgan obyekt va jarayonlarni zamonaviy texnologiyalar asosida
modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish vazifasi yuklatilgan.

Bundan tashqari, xalqaro darajada ham ta’limda AKTdan foydalanishga oid muhim

hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, UNESCOning “ICT in Education Policy Guidelines” [2]
ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanishni milliy strategiyalar asosida tashkil etish, dars
mashg‘ulotlarini zamonaviy interaktiv vositalar yordamida olib borish, o‘qituvchilarni doimiy
ravishda yangi texnologiyalarga mos ravishda qayta tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Shunday qilib, ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali

foydalanish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Qabul qilingan qaror va
farmonlar, shuningdek, xalqaro tavsiyalar yoshlarning nafaqat nazariy bilim, balki amaliy
ko‘nikmalarini ham mustahkamlashga, o‘qituvchilarning raqamli pedagogika sohasidagi
malakasini oshirishga xizmat qilmoqda.

XXI asrda jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri bu axborot resurslari va

texnologiyalari hisoblanadi. Globallashuv jarayonida axborot oqimi nihoyatda tezlashib, ta’lim
tizimida ham yangi yondashuvlarni talab etmoqda. Shu boisdan talabalarning axborot
kompetentliligini rivojlantirish masalasi dolzarb ilmiy-pedagogik muammolardan biri sifatida
qaralmoqda. [3]

Jahon hamjamiyatiga integratsiya hamda dunyo oliy ta’lim hududida ishtirok etish mavjud

oliy ta’lim tizimida jiddiy o‘zgarishlar zarurligini ko‘rsatdi. Ulardan biri oliy ta’lim tizimini jahon
standartlari asosida qayta qurish bo‘ldi. Xususan, axborot-ta’lim jarayonini tashkil etishning
kredit-modul tizimini joriy etish bo‘yicha dunyo tajribasini tahlil qilish ushbu tizim pedagog
kadrlarni tayyorlashda qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqladi. Ma’lumki, o‘qituvchi barkamol avlod
ta’lim-tarbiyasi uchun mas’ul shaxs bo‘lib, axloqiy qiyofasi, pedagogik kompetentlikni namoyon
etishi zarur.

Mazkur vazifadan kelib chiqib, respublikamizda milliy ta’lim tizimining tashkiliy- huquqiy

asoslarini shakllantirish uchun keng sharoit yaratildi. Xususan, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy
kompetentlik darajasini rivojlantirish, ta’lim samaradorligini oshirish, xususan, bo‘lajak pedagog
kadrlarni innovatsion faoliyatga yo‘naltirish, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga ta’lim
trendlari, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni tatbiq etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni
o‘zlashtirish ustuvor vazifalar sifatida tavsiflanadi.

Darhaqiqat insoniyat jamiyatida qadimiy kasblardan biri bo‘lgan pedagog kasbi har doim

murakkab va mas’uliyati hisoblangan. Qadimgi mutafakkirlarning asarlarida yoshlarga ustozlik
qilish yo‘lini tanlagan odam nafaqat muayyan xususiyatlarga ega bo‘lishligi balki, mazkur kasb
uchun qobiliyat turiga moyil bo‘lishi, balki tegishli tayyorgarlikka ham ega bo‘lishi kerak.

Axborot kompetentliligi deganda, talabaning nafaqat kompyuter texnologiyalaridan

foydalanish ko‘nikmasi, balki axborotni izlash, tahlil qilish, saralash, baholash va uni amaliy
faoliyatda samarali qo‘llash qobiliyati tushuniladi. Bu kompetentlik zamonaviy sharoitda
shaxsning kasbiy rivoji va raqobatbardoshligini ta’minlaydi. [4]

Axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha qabul qilinayotgan qaror

va farmonlar nafaqat ta’lim jarayonida AKTdan samarali foydalanish imkoniyatlarini


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

171

kengaytirmoqda, balki jamiyatimizda innovatsion yondashuvlarning shakllanishiga ham sabab
bo‘lmoqda. Har bir hujjat o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ta’lim sifatini oshirish, talabalarni
axborot-kommunikatsiya ko‘nikmalariga tayyorlash va axborot kompetentligini rivojlantirishga
xizmat qilmoqda [1].

2017-yil 14-sentyabrdagi PQ–3274-son qaror asosida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi.

Ushbu qaror mamlakatimiz ta’lim tizimida yangi bosqichni boshlab berdi. Qarorda

zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish, o‘quv jarayonida interaktiv
usullardan foydalanish, yuqori kasbiy mahoratga ega bo‘lgan malakali pedagoglarni jalb etish,
shuningdek, o‘quvchilarni nafaqat respublika, balki xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlash
vazifalari belgilandi.

Mazkur qarorning ahamiyatli jihatlaridan biri shundaki, u nafaqat o‘rta ta’limda, balki

butun ta’lim tizimida integratsion yondashuvni kuchaytirishga xizmat qildi. Chunki mazkur
ixtisoslashgan maktabda fanlarni o‘qitish jarayoni faqatgina nazariy bilim bilan cheklanib qolmay,
balki axborot texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash bilan uyg‘unlashgan holda olib borilishi
ko‘zda tutilgan. Natijada, o‘quvchilar dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalangan
holda o‘z g‘oyalarini sinovdan o‘tkazish, amaliy loyihalar ishlab chiqish va xalqaro maydonda o‘z
bilimini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.[5]

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlanganidek,

“yangi fikr, yangi g‘oya, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi”.[6] Bu fikr ta’lim tizimida ham
tub o‘zgarishlarni amalga oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va
zamonaviy dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish zarurligini anglatadi.

Mazkur g‘oya amaliy ifodasini topgan hujjatlardan biri – 2018-yil 19-fevralda qabul

qilingan PF–5349-son Farmondir. Ushbu farmonning asosiy maqsadi AKT sohasini yanada
takomillashtirish, ta’lim uchun zamonaviy o‘quv rejalar va dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek,
raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga kengroq tatbiq etishdan iborat edi. Farmonda ta’lim
jarayonini raqamlashtirish orqali darslarni samarali tashkil etish, elektron ta’lim resurslarini
ko‘paytirish va o‘quv dasturlarini zamon talablariga moslashtirishga alohida urg‘u qaratildi.

Bu esa bevosita talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish masalasiga ham

daxldor. Chunki, birinchidan, o‘quv dasturlarida AKTning keng joriy etilishi talabalarning raqamli
ko‘nikmalarini shakllantiradi; ikkinchidan, yangi dasturiy ta’minotlardan foydalanish ularning
kasbiy fanlar bo‘yicha bilimini axborot texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi;
uchinchidan, talabalarda mustaqil ishlash, elektron resurslardan foydalanish, ma’lumotlarni tahlil
qilish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.

Tadqiqotchi olimlar ham ushbu yo‘nalishda turli fikrlarni bildirganlar. Masalan, Fokina

V.N. innovatsion madaniyatni “o‘qituvchining ta’lim jarayoniga yangi elementlarni kiritish,
yangiliklarga psixologik tayyorlik va axborot kompetentligining shakllanganlik darajasi bilan
belgilanadigan jarayon” sifatida izohlaydi.[7] Bu fikr shuni ko‘rsatadiki, axborot kompetentligiga
ega bo‘lmagan pedagogning innovatsion faoliyat olib borishi qiyin, chunki har qanday yangilik
avvalo o‘qituvchining axborot texnologiyalaridan foydalanish qobiliyatiga bog‘liq.

Smolnikova S.L. esa zamonaviy jamiyatni axborot texnologiyalari hayotning barcha

sohalariga chuqur kirib borganligi bilan tavsiflaydi. [8]


background image

2025

NOVEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 11

172

Unga ko‘ra, bugungi kunda ta’lim jarayoni jamiyatdagi umumiy axborotlashuvdan ajralib

qolishi mumkin emas, aksincha, uni uzviy ravishda to‘ldirishi va rivojlantirishi zarur.

Shuningdek, F.Umarova tadqiqotlarida texnik oliy ta’lim muassasalarida raqamli

pedagogik vositalarni tatbiq etish samaradorligini ko‘rsatib, interaktiv dars vositalari, virtual
laboratoriyalar va real vaqtli monitoring tizimlaridan foydalanish talabalarning o‘qishga bo‘lgan
motivatsiyasini oshirishi hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishini ta’kidlaydilar.[9]

L.Ahmedova ingliz tili o‘qitishda elektron ta’lim platformalaridan foydalanishni o‘rganib,

o‘qituvchining axborot kompetentligining darajasi talabalarning til ko‘nikmalari o‘sishiga bevosita
ta’sir etishini aniqlagan. Bu fikr, ayniqsa, filologiya va xorijiy tillarni o‘qitishda kasbiy fanlar
integratsiyasi asosida AKTdan foydalanish naqadar samarali ekanini ko‘rsatadi.[10]

Shu nuqtai nazardan, mavjud dasturiy ta’minotlarning ko‘pi alohida fanlarga qaratilgan

bo‘lsa-da, ularning kasbiy fanlar integratsiyasi asosida yaratilishi yetarli emas. Demak, talabalarni
zamonaviy kasbiy faoliyatga tayyorlash, ularning axborot kompetentligini rivojlantirish uchun
integratsiyalashgan dasturiy ta’minotni yaratish va takomillashtirish dolzarb ilmiy-amaliy vazifa
sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Foydalanil adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5349-
son Farmoni

2.

UNESCO. ICT in Education Policy Guidelines. – Paris, 2022.

3.

Adashboyev Sh. Uzluksiz malaka oshirish tizimida oliy taʼlim muassasalari pedagog
kadrlarining raqamli kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari. Avtoreferat. Toshkent:
2024

4.

Abdiraxmonova G. Axborot kompetentligini rivojlantirish masalalari. – T.: O‘zbekiston
Milliy universiteti, 2020.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentyabdagi PQ–3274-son Qarori

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5349-son Farmoni, 2018-yil 19-fevral.

7.

Fokina V.N. Innovatsionnaya kultura prepodavatelya vuza. – Moskva, 2016.

8.

Smolnikova S.L. Informatsionnoye obshchestvo i obrazovaniye. – Moskva: Nauka, 2015.

9.

Umarova F., Mirzayeva N. Zamonaviy raqamli pedagogik vositalardan foydalanish
samaradorligi. – Toshkent: 2025.

10.

Ahmedova L. Ingliz tilini o‘qitishda elektron ta’lim platformalaridan foydalanish tajribasi. –
Toshkent, 2023.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5349-son Farmoni

UNESCO. ICT in Education Policy Guidelines. – Paris, 2022.

Adashboyev Sh. Uzluksiz malaka oshirish tizimida oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining raqamli kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari. Avtoreferat. Toshkent: 2024

Abdiraxmonova G. Axborot kompetentligini rivojlantirish masalalari. – T.: O‘zbekiston Milliy universiteti, 2020.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentyabdagi PQ–3274-son Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5349-son Farmoni, 2018-yil 19-fevral.

Fokina V.N. Innovatsionnaya kultura prepodavatelya vuza. – Moskva, 2016.

Smolnikova S.L. Informatsionnoye obshchestvo i obrazovaniye. – Moskva: Nauka, 2015.

Umarova F., Mirzayeva N. Zamonaviy raqamli pedagogik vositalardan foydalanish samaradorligi. – Toshkent: 2025.

Ahmedova L. Ingliz tilini o‘qitishda elektron ta’lim platformalaridan foydalanish tajribasi. – Toshkent, 2023.