27-12-2025
1-468
32
11
“KLINIK AMALIYOTDA TERAPIYA VA ENDOKRINOLOGIYADAGI DOLZARB MASALALAR: DAVOLASHGA YANGICHA YONDASHUV” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
Mazkur respublika ilmiy-amaliy anjuman klinik amaliyotda terapiya va endokrinologiya sohalarida uchrayotgan dolzarb muammolarni ilmiy asosda tahlil qilish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini muhokama etish hamda amaliy tibbiyotga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga bag‘ishlangan. Anjumanda endokrin tizim kasalliklari, metabolik sindrom, qandli diabet, qalqonsimon bez patologiyalari, yurak-qon tomir va ichki kasalliklarning endokrin omillar bilan bog‘liqligi, shuningdek, kompleks va individual davolash strategiyalarining samaradorligi masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, klinik protokollarni takomillashtirish, dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish, yangi dori vositalari va terapevtik yondashuvlarning afzalliklari hamda multidisiplinar hamkorlikning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi. Anjuman materiallari shifokorlar, ilmiy xodimlar, magistrantlar va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun nazariy va amaliy jihatdan muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.