THE PROCEDURE FOR MANAGING ECONOMIC ACTIVITIES OF THE MILITARY UNIT

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Madaminov, G. ., & Mingboyev, I. (2023). THE PROCEDURE FOR MANAGING ECONOMIC ACTIVITIES OF THE MILITARY UNIT. Modern Science and Research, 2(4), 482–487. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19366
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the provision of material means (funds) to the military unit. Conclusion of economic contracts by the military unit. The main rules of organizing the bathroom and laundry service of the military unit will be analyzed.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

482

HARBIY QISMNING XO‘JALIK FAOLIYATINI YURITISH TARTIBI

G‘ayrat Madiyarovich Madaminov

UzMU harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi front orti va moliyaviy ta‘minot sikli boshlig‘i

Mingboyev Ibrohim Alisher o‘g‘li

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi

kursanti, TMI talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7847713

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Harbiy qismni moddiy vositalar (mablag‘lar) bilan taʼminlash.

Harbiy qism tomonidan xo‘jalik shartnomalarini tuzilishi. Harbiy qismning hammom va kir yuvish
xizmatini tashkil etishning asosiy qoidalari tahliliga bag

ishlanadi.

Kalit so‘zlar:

harbiy qism, moddiy vosita, xo’jalik faoliyati, xizmat safari, shaxsiy tarkib.

ПОРЯДОК РУКОВОДСТВА ХОЗЯЙСТВЕННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬЮ

ВОЙСКОВОЙ ЧАСТИ

Аннотация.

В данной статье предусмотрено обеспечение воинской части

материальными средствами (средствами). Заключение хозяйственных договоров воинской
частью. Будут проанализированы основные правила организации санузла и прачечной
воинской части.

Ключевые слова:

воинская часть, материальные средства, хозяйственная

деятельность, командировка, личный состав.

THE PROCEDURE FOR MANAGING ECONOMIC ACTIVITIES OF THE

MILITARY UNIT

Abstract.

In this article, the provision of material means (funds) to the military unit. Conclusion

of economic contracts by the military unit. The main rules of organizing the bathroom and laundry
service of the military unit will be analyzed.

Key words:

military unit, material means, economic activity, business trip, personal

composition.


Bizga ma‘lumki, Harbiy qismlarni moddiy vositalar bilan taʼminlash - ularni tinchlik va harbiy

vaqtda ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirish maqsadida amalga oshiriladi. Harbiy qismlarni moddiy
vositalar bilan taʼminlash tizimi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: moddiy vositalarga bo‘lgan talablarini
aniqlash, markazlashgan holda yetkazib berish va markazlashgan tizim orqali sotib olingan moddiy
vositalarni, belgilangan meʼyorlarga asosan zaxiralarini tuzish, ularni saqlash, bevosita
istemolchilarga tarqatish, foydalanishni (moddiy vositalarni sarflashni) tashkillashtirish, ularni
taʼmirlash va foydali suratda ishlatish.



Markaz

harbiy

okrug

qo‘shilma

harbiy

qism

bo‘linma

harbiy

xizmatchi

(texnika)


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

483

Qo‘shilma (harbiy qismlar)ni moddiy vositalar (HHK nomenklaturasidagi moddiy

vositalari va uy-joy mulklaridan tashqari) hududiy tamoyillarga asosan taʼminlash

chizmasi

1

Xo‘jalik apparati va mustaqil ravishda xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun kerakligicha o‘quv

moddiy bazalar mavjud bo‘lgan harbiy qismlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligini
markaziy apparatidagi bosh boshqarmalar, boshqarmalar, bo‘lim va xizmatlar boshliqlarining
buyruqlari (farmoyish)lari asosida okruglar (markaziy) omborlar (baza)larga moddiy vositalar
taʼminoti bo‘yicha biriktiriladilar.

Qo‘shilma va harbiy qismlarni bir qarorgohdan boshqasiga o‘tkazganda ularni taʼminotga

qo‘yish uchun asos quyidagilar hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrug‘i (direktivasi);

avvalgi qarorgohidagi taʼminlovchi organlar tomonidan berilgan shahodatnoma;

yuqori turuvchi taʼminot organlari tomonidan tasdiqlangan oxirgi hisobotlardan nusxa.
Yangitdan tashkil qilinayotgan harbiy qismlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining

direktivasi asosida, ularni tashkil qilish va tashkil qiluvchi tomonidan berilgan shahodatnomalar
asosida barcha turdagi taʼminot turlariga qo‘yiladi.

Harbiy okrug hududidagi bir garnizondan boshqa garnizonga (bir harbiy qismdan

boshqasiga) keluvchi alohida komandalar va harbiy xizmatchilarni front orti taʼminoti xizmatlari
bo‘yicha taʼminotga qo‘yish huqui harbiy okruglar qo‘shinlari qo‘mondonining front orti
taʼminoti bo‘yicha o‘rinbosariga beriladi. Bo‘linmalarni, alohida komandalar va alohida harbiy
xizmatchilarni taʼminotga qo‘yish uchun asos shahodatnomalar va xizmat safari guvohnomasi
(taʼtil guvohnomasi) hisoblanadi. Harbiy okruglar (markaziy) omborlariga (bazalarga) moddiy
vositalar taʼminotiga biriktirilgan harbiy qismlar (bo‘linmalar) bir harbiy okrugdan boshqasiga
o‘tkazilganda, harbiy okruglarni tegishli xizmatlari (boshqarmasi, bo‘limi) shahodatnomalar
beradilar. Qo‘shilma (harbiy qismlarga) moddiy vositalar taʼminotiga biriktirilgan xo‘jalik
faoliyatini yurituvchi harbiy qismlar, bir harbiy okrugdan boshqasiga o‘tkazilganda,
shahodatnomalarni ushbu qo‘shilma (harbiy qismlar) tomonidan beriladi.

Shahodatnomalarni nusxalari harbiy okruglarning tegishli xizmatlariga (boshqarma,

bo‘linma)lariga jo‘natiladi. Qo‘shilma (harbiy qism)ni bir harbiy okrug hududi ichida
ko‘chirilganda moddiy vositalarga shahodatnomalar beriladi:

qo‘shilma (harbiy qismlar)ga - boshqa qo‘shilma (birlashma) tarkibiga ketganda yoki

qo‘shilma (harbiy qism)ni qo‘shilma (birlashma) taʼminotidan echganda va okrug (markaz)
omborlari (bazalari)ga taʼminotga biriktirilganda;

uchishga oid va HHM va HHK, hamda QQ VA qismlari - qo‘shilma harbiy qismlari

tomonidan taʼminotdan echilganda.

Shahodatnomalarga moddiy vositalarni ketayotgan kundagi hisobdagi soni, toifasi, hamda

yo‘qotilgan moddiy vositalar bo‘yicha kamomadlar bo‘yicha uzilmagan qarzlar summasi va oxirgi
moddiy vositalarni inventarizasiyai va taftishi sanasi yoziladi.

Ushbu vaziyatlarda moddiy vositalarning mavjudligi Qo‘shilma (harbiy qismlar)ni

taʼminotdan chiqarilgan kunidagi tuzilgan inventarizatsiya (inventarizatsiya) ro‘yxatlari bilan

1

Muallif tomonidan tayyorlandi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

484

tasdiqlanadi. Yangitdan qayta tuzilgan Qo‘shilma (harbiy qismlar) inventarizatsiya
(inventraizatsiya) ro‘yxatini taqdim etmaydilar.

Qo‘shilma (harbiy qism)ni doimiy qarorgohidan ketishidan oldin ularga belgilangan

meʼyorlar asosida barcha moddiy vositalar bilan taʼminlanadilar, kiyim-kechak buyumlari-joriy
yarim yillikning oxirigacha beriladi.

Qo‘shilma (harbiy qism) komandiri boshqa qarorgohga ko‘chirishbo‘yicha buyruq

(direktiva)ni olgandan keyin o‘zining o‘rinbosarlari va qo‘shinlar turi va xizmat boshliqlari orqali
yangi qarorgohga jo‘nashdan oldin quyidagilarni bajarishi lozim:

xizmatlar bo‘yicha taqqoslashni tashkillshatirish va inventarizasiya (inventarizasiya)

ro‘yxatlarini taqdim etish;

uy-joy fondida, kommunal qurilmalarda, asbob-uskunalarni, harbiy shaharcha hududini,

uy-joy mulklarini, hamda bino va imoratlarni konservasiya qilish ishlarini o‘tkazishni
tashkillashtirish;

Uy-joydan foydalanish qismiga dalolatnomalar va ro‘yxatlar bo‘yicha uy-joy fondi,

kommunal qurilmalar, asbob-uskunalarni, harbiy shaharcha hududini, uy-joy mulklarini, hamda
bino va imoratlarni, er uchastkalarini, mebellarni va boshqa uy-joy mulklarini, UJF fondi
extiyojlari uchun foydalanish uchun tayyorlangan materiallar qoldig‘ini, hamda ishlar, inshotlar va
mulklar (foydalanish bo‘yicha hisob hujjatlari, jurnallarni, pasportlarni) barcha hujjatlarni
topshirish va birvaqtning o‘zida uy-joydan foydalanish qismi boshlig‘idan shahodatnoma olish.

Qo‘shilma (harbiy qism)ni boshqa joyga ko‘chirilganda zarur bo‘lgan paytlarda katta

komandirning ruxsati bilan harbiy okrug uy-joydan foydalanish organlari bilan kelishilgan xolda
uy-joy inventarlari, mebellar va boshqa uy-joy mulklarini olib ketish.

Harbiy okrugga keluvchi qo‘shilmalar (harbiy qism)lar okrugning taʼminlovchi xizmatlariga

quyidagilarni taqdim etadilar:

qo‘shilma (harbiy qism) shahodatnomasini;

qo‘shilma (harbiy qism)ni taʼminotdan chiqarilgan kunida tuzilgan inventarizasiya

(inventarizatsiya) ro‘yxatlari;

qo‘shilma (harbiy qism) shahodatnomasida ko‘rsatilgan qattiq hisobda turuvchi blankalar.

Harbiy okrug xizmati taqdim etilgan hujjatlarni tekshirganidan keyin:

kelgan qo‘shilma (harbiy qismga) shaxsiy hisob ochadi;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy apparati tegishli bosh boshqarmasi, boshqarmasi,

bo‘lim va xizmati boshlig‘ining qo‘shilma (harbiy qism)ni eng yaqinda joylashgan harbiy okrug
(markaz)ning omborlari (bazasi)ga yoki eng yaqin qo‘shilma (harbiy qism)ga taʼminotga qo‘yish
bo‘yicha qarorini yozib oladi (tikib qo‘yadi).

Harbiy qism tomonidan xo‘jalik shartnomalarini tuzilishi O‘R MV 2021 yil 21 avgustdagi

666 sonli va O‘RMV 2004 yildagi 550 sonli buyruqlari talablari asosida tuziladi.

Xo‘jalikka oid shartnomaga muvofiq bitim, bir tomon belgilangan muddatlarda tovarlarni

yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki o‘z muhiti faoliyatida xizmat ko‘rsatish majburiyatini
zimmasiga oladi, boshqa tomon tovarlarni (ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarni) qabul qilish va
ularni to‘lash majburiyatini zimmasiga oladi.

Shartnoma munosabatlarini asosiy tamoyillari quyidagilar hisoblanadi:

erkin shartnomalarni tuzish;

tomonlarni o‘zaro manfaatdorligi;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

485

shartnoma intizomiga qatʼiy rioya qilish;

tomonlarni mulkchilik bo‘yicha o‘zaro javobgarligi.
Moddiy vositalarni (ishlarni) sotib olish (xizmatlar ko‘rsatish) O‘zbekiston Respublikasining

amaldagi qonunchilikka ko‘ra shartnoma tenderlari o‘tkazish tartibiga asosan tender savdolar xom-
ashyolari, materiallar, butlovchi ashyolar va asbob–uskunalarni sotib olish uchun o‘tqaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida haqiqiy xizmatni chaqiruv yoki shartnoma

asosida oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibi lavozimlarida, hamda harbiy yig‘inlarga
chaqirilgan harbiy xizmatni bajarishga majbur shaxslarni harbiy xizmatni nizom va buyruqlar
asosida o‘tash davrida ularning aybi bilan davlatga yetkazilgan moddiy zarar uchun Qonunchilik
hujjatlarida belgilanngan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Harbiy xizmatchilar va harbiy yig‘inga chaqirilgan harbiy majburlar komandirlarning

buyrug‘ini vijdonan bajarganliklari yoki yaqqol aniq xavf – xatar hollari tasdiqlanib, qonuniy
harakatlar tufayli yetkazilgan moddiy zarar uchun moddiy javobgarlikga tortilmaydilar.

Harbiy xizmatchilar va harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatni bajarishga majbur

shaxslarning aybi bilan davlatga yetkazilgan zarar quyidagi hollarda to‘liq miqdorda to‘lanadi:

harbiy mulkni atayin yo‘q qilish, ziyon yetkazish buzish, o‘g‘irlash, yetishmovchilik va

noqonuniy sarflash (qurol-aslaha, jangovar va boshqa texnika, o‘q-dori, yonilg‘i, oziq-ovqat,
kiyim-kechak, muxandislik, kimyo, uy-joy xizmati buyumlari, boshqa moddiy va pul vositalari,
harbiy qismlar, OHTM, korxona va tashkilotlar ixtiyorida bo‘lgan;

qasddan qilingan harakatlar tufayli yetkazilgan zarar, jinoiy tarzda taʼqib qilinishidan qatʼiy

nazar.

Davlatga yetkazilgan moddiy zarar uchun aybdor deb topilgan harbiy xizmatchilarning

komandiri (boshliqlari) o‘zlarining noto‘g‘ri ko‘rsatmalari tufayli moddiy taʼminot vositalari
hisobini yuritish, saqlash, foydalanish, sarflash va tashishni belgilangan qoidalari buzilgan
hollarda va o‘g‘irlik, yetishmovchilik, ziyon yetkazish va buzish tufayli davlatga yetkazilgan
zararni aybdor shaxslardan undirish uchun chora-tadbir qo‘llanmagan hollarda bir oy ish haqi pul
taʼminotidan yuqori bo‘lmagan miqdorda moddiy javobgarlikga tortiladilar.

Harbiy qism komandirlari, muassasa boshliqlari, OHTM, korxona va tashkilot rahbarlari

ishchi va xizmatchilarni noqonuniy tarzda ishdan bo‘shatib yoki bir ishdan boshqa ishga o‘tkazib,
unga yetkazilgan moddiy zararning to‘liq qiymatini to‘lashga majburlar.

Agar ishdash bo‘shatishi yoki boshqa ishga o‘tkazishda qonun talablari buzilgan bo‘lsa, yoki

yuqori qo‘mondonlikning qarorini bajarilishi taʼminlanmasa yoki sudning ishchi va xizmachini ish
joyiga tiklanishi to‘g‘risidagi qarori bajarilmasa ular moddiy javobgarlikga tortiladilar.

Qo‘shinlarga hammom-kirxona xizmatini ko‘rsatish - harbiy xizmatchilar maishiy

ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan. U tana va ichki kiyimlarning tozaligini ushlab turish, teri
kassaliklarining oldini olish, shaxsiy tarkibni sog‘ligini saqlash va jangovar qobiliyatini taʼminlash
maqsadida tashkillashtiriladi.







background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

486























O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hammom-kirxona korxonalari

2

Shtatidagi shaxsiy tarkibiga pul taʼminotini, ish haqini, hamda lager va xizmat safarlarida

bo‘lgan vaqtlar uchun sutkalik pul to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi smetasi
hisobidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi smetasining 4234990031
moddasiga qo‘shin hammom-kirxona korxonalarining qo‘yidagi xarajatlari kiradi:

Kichik hammom-kirxona inventarlari taʼmiri;

Ichki kiyim va choyshablar taʼmiri;

Tjoriy taʼmirlash, kirxona texnologik jixozlari qayta montaj va montaj qilish.

Mudofaa vazirligi smetasining 4299990031 moddasiga:

mexnat muxofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha xarajatlar;

Maketlar, sxemalar, qo‘llanma va stendlar tayyorlash bo‘yicha xarajatlar;

Mudofaa vazirligi 4299990031 moddasi bo‘yicha ishlaydigan ishchilarga lagerlarda

bo‘lgan vaqtlari uchun so‘tkalik pul to‘lash.

Qo‘shin hammom-kirxona korxonalarini yonilg‘i, suv, bug‘, elektroenergiya, mebel, yong‘in

o‘chirish inventarlari va boshqa komunal xizmatlarini ko‘rsatish uy-joydan foydalanish organlari
tomonidan amalga oshiriladi.


2

Muallif tomonidan tayyorlandi.

O‘zbekiston

Respublikasi

Mudofaa

Vazirligi

hammom-kirxona

korxonalarining ish faoliyatini tashkillashtirilishiga va o‘zining moliyaviy –
hujalik faoliyati xarakteriga qarab bo‘linadi:

a) o‘z xarajatlarini o‘ziqoplaydigan

hammom-kirxona korxonalari

Bbbb

b) qo‘shinlar (byudjet) hammom-kirxona

korxonalari

Qo‘shin hududida joylashgan, ko‘rsatilgan
xizmatlardan tushgan pul vositalaridan ish
faoliyatini amalga oshiradigan, bank
muassasasida mustaqil balans va to‘lov
hisobiga ega bo‘lmagan hammom-kirxona
korxonalari o‘z xarajatlarini
o‘ziqoplaydigan hammom-kirxona
korxonalari hisoblanadi.

Qo‘shin (byudjetidagi) hammom va
korxonalariga O‘zbekiston Respublikasi
Mudofaa Vazirligi smetasining
4299990031 moddasiga аsosan ish
yurutadigan hammom va korxonalar
kiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

487

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Umum harbiy Nizomlari. Toshkent -1996 y.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2021 yil 21 avgustdagi 666 -sonli buyrug‘i:
“O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining qo‘shinlar xo‘jaligi
to‘g‘risidagi Nizomi”

3.

“ Qo‘shinlar xo‘jaligi asoslari” O‘quv qo‘llanmasi Toshkent-2019 y.




References

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Umum harbiy Nizomlari. Toshkent -1996 y.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2021 yil 21 avgustdagi 666 -sonli buyrug‘i: “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining qo‘shinlar xo‘jaligi to‘g‘risidagi Nizomi”

“ Qo‘shinlar xo‘jaligi asoslari” O‘quv qo‘llanmasi Toshkent-2019 y.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов